=== Taqdimot 1 ===
TARIXIY METROLOGIYA VAZIFALARI, RIVOJLANISHI. QADIMGI YEVROPA VA O‘RTA OSIYODA QO‘LLANILADIGAN O‘LCHOV BIRLIKLARI. GERALDIKA TARIXIY FAN SIFATIDA
=== Taqdimot 2 ===
1. Tarixiy metrologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va rivojlanish bosqichlari.
2. Eng qadimgi o‘lchov birliklari, ularning xo‘jalik taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi.
3. Qadimgi Sharq davlatlarining uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchov birliklari.
4. O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchov birliklari.
5. Gerblarning paydo bo‘lishi va fan sifatida shakllanishi.
6. Gerblarning turlarga bo‘linishi va bugungi kundagi rivoji.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Metrologiya – (grekcha “metron” so‘zi – o‘lchov, va “logos” – so‘z, fan deganidir) yordamchi fanlaridan biri bo‘lib, u turli o‘lchov birliklarini o‘rganadi. Tarixiy metrologiya o‘lchov sistemalarini har bir tarixiy bosqichdagi rivojlanishini, o‘zgarib borishini aniqlaydi. Bizga ma’lumki, yer maydonlari o‘lchovi, solik solish, pul sanog‘i sistemasi davr o‘zgarishi bilan aniq sabablarga ko‘ra o‘zgarib borgan.
O‘lchov sistemasini o‘rganishga tarixiy nuqtayi-nazardan yondashish zarurligini sharoitning o‘zi taqozo qiladi, chunki o‘tmish davr o‘lchovlari sistemasi Hozirgi zamonnikidan farq qilgan. Zamon va vaqt o‘tishi bilan o‘lchov sistemasi doimo o‘zgargan, har bir tarixiy davrning o‘zida turli hududlarda har xil o‘lchov birliklari qo‘llanilgan.
=== Taqdimot 4 ===
XI asr oxiridan kitob va traktatlarda metrologiya atamasi bilan bog‘liq o‘lchovlar uchraydi. Predmet sifatida lineyka, kvadrat, kub, og‘irlik, vaqt va qimmat tangalarda o‘lchovlari ishlatilib ular xar bir davlatda va hatto bir davlat ichidan shaharlarda turlicha bo‘lgan.
Bularga hisob o‘lchovlari va mahsulot ham, masalan: “dyujina”, “gros”, “stopa”, “mook”, “pasma” kabi terminlar ishlatilgan. Buyuk fransuz inqilobi davrida yaratilgan o‘lchovlarning metrik sistemasi metrologiya rivojining burilish pallasi bo‘ldi. Bu sistemasi ko‘plab davlatlarda qiyinlashtirilgan va chalkashtiruvchi milliy va mahalliy o‘lchovlarning qo‘llanishiga chek qo‘ydi.
=== Taqdimot 5 ===
Metrologiya haqidagi manbalarlar Yevropada XVI asrdan, Rossiyada esa XVIII asr ikkinchi yarmi XIX asrdan paydo bo‘ldi. 1849-yilda F.I.Petrushevskiyning “Umumiy metrologiya” deb nomlangan asari nashrdan chiqdi.
XIX asr ikkinchi yarmida Prozarovskiy, Nikitskiy, Kaufmanlarning o‘lchov sistemalarini o‘rganishga bag‘ishlangan asarlari yaratiladi. Bu ishlarning yakuni sifatida Kuznesovning “Qadimgi rus metrologiyasi” deb nomlangan asari 1913-yilda nashrdan chiqdi.
1930-1940-yillarda Ustyugov va Yerepninlarning umumiy metrologiya kursidan ma’ruzalari chiqadi. 1965-yilda esa bu mualliflarning “Rus metrologiyasi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
=== Taqdimot 6 ===
Qadimgi davrlarda o‘lchov birligi tabiatda odamni o‘rab turgan narsa sifatida qabul qilingan. Shunday qilib, tosh va arpa donasi vaznning o‘lchovi bo‘lishi mumkin; odamning tayog‘i, qo‘li yoki barmog‘i – uzunlik o‘lchovi bilan; Hindiston yong‘og‘ining bo‘sh po‘stlog‘i – suyuqlik yoki quyma qattiq moddalarning sig‘imi. Bundan kelib chiqadiki, yerning turli qismlarida odamlar o‘xshash choralarni qo‘lladilar. Bundan tashqari, dastlab bir xil o‘lchov hajmi jihatidan farq qilishi aniq. Bu yong‘oq yoki toshning kattaligi yoki o‘lchov uchun qanday tayoq olinganiga bog‘liq edi. Va agar odamning qadami uzunlik o‘lchovi bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, unda bu o‘lchovning qiymati odamning bo‘yiga bog‘liq edi.
QADIMGI SHARQDAGI O‘LCHOV BIRLIKLARI
=== Taqdimot 7 ===
Xitoyning chora-tadbirlar tizimi butunlay mustaqil bo‘lib, Xitoyning Osiyo va Yevropa sivilizatsiyalarining rivojlanish markazlaridan yetarlicha geografik masofada joylashganligi sababli Xitoyda chora-tadbirlar tizimining paydo bo‘ldi. Miloddan avvalgi III asrdan beri butun mamlakat uchun yagona chora-tadbirlar tizimi yaratilgan. Fen uzunlik birligi dastlab tariqning bir donasining uzunligiga teng edi, bu ikki qadamga teng uzunlik o‘lchovi va zang uzunligi o‘lchovi barmoqlarning uchlari orasidagi masofaga teng edi. Koreya va Yaponiyaning Xitoy bilan yaqin tarixiy aloqalari tufayli ushbu mamlakatlarning o‘lchov birliklarining aksariyati Xitoy o‘lchovlariga o‘xshashdir.
XITOYDA CHORA-TADBIRLAR TIZIMI
=== Taqdimot 8 ===
Akbargacha bo‘lgan davr, Akbar davri va Angliya mustamlakasi davri. Akbargacha bo‘lgan davrda vazn va o‘lchovlar tizimi har bir mintaqada, tovardan tovarga va qishloqdan shaharga qarab turlicha bo‘lgan. Og‘irligi har xil urug‘larning vazniga, qo‘llarning uzunligiga va barmoqlarning kengligiga asoslangan edi. Akbar yagona tizim arpa va makkajo‘xori o‘lchov tizimini tanlagan ammo, bu mavjud tizim o‘rnini bosmadi. Inglizlar Hindistonda arpa-makkajo‘xori oltinni tortish uchun “don” birligi sifatida qabul qildilar. 1956-yilda Hindiston hukumati 1958-yilda kuchga kirgan “Og‘irlik standartlari to‘g‘risida” gi qonunni qabul qildi. Metrik og‘irliklar 1960-yil oktyabrgacha, metrikalar esa 1962-yil aprelgacha majburiydir.
HIND O‘LCHOV TIZIMLARI TARIXINI UCHTA DAVRGA BO‘LISH MUMKIN:
=== Taqdimot 9 ===
Har bir o‘lchov birligi o‘zining uzoq tarixiga ega. O‘lchov birliklari mavjud bo‘lmagan davrlarda odamlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, biror narsaning miqdorini o‘lchashda ulardan foydalanganlar. Ilgari inson tana a’zolari ham o‘lchov vositasi sifatida qo‘llanilgan. Bizga yetib kelgan yozma yodgorliklarda ular o‘z ifodasini topib, turli davrlarda har xil yuritilgan. Asosiysi, bu o‘lchovlarni hamma ham ishlata olishini hisobga olgan holda joriy etishgan. Masalan, ularni ishlatish uchun barmoq, qo‘l, qadam, ko‘z, quloq, bo‘g‘in, chaqirim, qo‘sh, tegirmon, mo‘ndi, tirsak, tosh va boshqa narsalar asos qilib olingan.
ENG QADIMGI O‘LCHOV BIRLIKLARI, ULARNING XO‘JALIK TARAQQIYOTI BILAN BOG‘LIQLIGI
=== Taqdimot 10 ===
O‘rta Osiyoda qadimdan quyidagi o‘lchov birliklari bo‘lgan. Chunonchi, marhala, farsax, (farsang), tosh yig‘och tanob, botmon, pud, isbat (barmoq), qadoq, chorak, quloch, tutam, enli, qarich, qadam, manzil, gaz, cho‘zim, mina, misqol, nima, nimata, paysa, payt, pina, posira quruh, shar’i ashrafiy, shohruxiy, man, shibir (qarich), po‘ta, sotih, chilla, talant, tassuj, turmusa, uqiya, unsiya, ziro, suyam, aqirim, paqir, miri, dahsar, nimcha, shair, yetmay, yesirak, dona va boshqalar. Har xil qiymatlarni ifodalovchi bu o‘lchov birliklari qadimdan xalqlarimiz o‘rtasida turli qiymatga ega bo‘lgan o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilib kelgan.
=== Taqdimot 11 ===
Abu Rayhon Beruniy “Qonuni ma’sudiy” kitobida o‘zining yasagan katta globusi haqida yozib, “diametri 10 cho‘zim bo‘lgan Yer kurrasining yarmini ishladim, uning sirtida kenglik va uzunliklarni chizib qo‘ydim” deb aytgan edi. Unda 1 “cho‘zim” qancha uzunlikka teng degan savol tug‘ilishi tabiiy, 1 cho‘zim-0,5-0,6, metr. Shunday qilib bobomiz Beruniy diametri 5-6 metrlik yarimta globus yasagan. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida dirham, davraq, misqol, ritl kabi o‘nlab o‘lchov birliklari ishlatilgan. Yoki so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 4 tomli izohli lug‘atida “qari” so‘zi ko‘p ishlatilgan, ya’ni bir qari barmoq uchidan tirsakkacha bo‘lgan uzunlik o‘lchovi deb berilgan. 1 qari qo‘l uchidan tirsakkacha masofa bo‘lib, 6 tutamga tengdir, 1 tutam esa 4 enlikka, 1 enlik 6 arpa donasining bo‘ylamasiga teng bo‘lgan.
=== Taqdimot 12 ===
Musulmon o‘lkalarida har doim o‘lchovlar masalasida aniq xulosalarga tayanib ish ko‘rilgan. Chunki o‘lchovda ozgina adashilsa, kimningdir haqiga xiyonat, qaysidir tomonga zulm bo‘ladi. Bu o‘lchovlarga fiqh kitoblarida, tarixiy hikoyalarda bot-bot duch kelamiz. Hatto ba’zi ishlarni ular asosida amalga oshiramiz. Masalan, zakot, fitr sadaqasi, ushr, qasr masofasi masalalarida tarixiy o‘lchovlar bizga yordam beradi. Ushbu muxtasar ma’lumotlar Abdul Azim Ziyouddinning “O‘lchov birliklari” kitobidan olingan bo‘lib, bu risola haqida rahmatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bunday e’tirof qilgan edilar: “Shar’iy o‘lchamlarda” Abdul Azim Ziyouddinning “O‘lchov birliklari” kitobini asos qilib oldik.
ISLOMDA O‘LCHOV BIRLIKLARI
=== Taqdimot 13 ===
Oldingi yunonlarda qadimgi yunonlar va rimliklar o‘rtasida uzunlik birliklarida paydo bo‘lgan uyg‘unlik va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni qayd etib, biz o‘rta asr Yevropasiga murojaat qilib, yana bir bor metrologik betartiblikka botishimiz kerak. Barcha uzunlik o‘lchovlari asosan tarixning oldingi bosqichlarida mavjud bo‘lgan Rim o‘lchov birliklarining oldingi hukmronligini yo‘q qilgan alohida Yevropa mintaqalarining mahalliy bazasiga asoslangan edi. O‘n minglab yangi o‘lchov birliklari va ularning yuz minglab mahalliy o‘zgarishlari Atlantika okeanidan Yevropaning sharqiy chegaralariga qadar paydo bo‘ldi.
O‘RTA ASRLARDA QO‘LLANILGAN UZUNLIK, MAYDON VA OG‘IRLIK O‘LCHOV BIRLIKLARI
=== Taqdimot 14 ===
XVIII asrning I yarmi, XX asrda ingliz o‘lchov sistemasi muhim o‘rin tutdi. U o‘sha davrdagi ingliz koloniyalari va qator boshqa davlatlarning o‘lchov sistemalari bilan birikdi. Rossiyada “fut”, “dyuym”, paydo bo‘ldi. Ingliz o‘lchov sistemasiga uzunlik o‘lchovi “yard”, va og‘irlik o‘lchovi “savdo funti” misol bo‘la oladi. Ushbu sistema Angliyada hozirda ham metrik o‘lchov sistemasiga o‘tish haqidagi qarorga qaramasdan qo‘llaniladi. Rossiya imperiyasida 1899-yil qonun yul bilan metrik o‘lchov sistemasi eski rus o‘lchovlari bilan bir qatorda qo‘llanilgan. Bu ishda ximik olim D.I.Mendeleyevning hissasi katta.
YANGI VA ENG YANGI DAVRLARDA O‘LCHOV BIRLIKLARI. METRIK O‘LCHOV TIZIMINING QABUL QILINISHI
=== Taqdimot 15 ===
Zamonaviy xalqaro metr (uzunlik) o‘lchamlari sistemasi Fransuz burjua inqilobi davrida, ya’ni XVIII asrda yaratilgan yagona o‘lchamlar birligi sistemasini tuzish haqidagi masala XVIII asrda Fransiyada vujudga kelgan. Bu sistema asosini tabiiy, o‘zgarmas birliklar tashkil etadi. XVIII asrda aniqrog‘i ikkinchi yarmida Fransuz astronomi Mo‘ton o‘lchovlar sistemasining o‘nlik prinsipi tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Uning negizini yer meridiani yoyining bir minutlik qiymatiga teng bo‘lgan uzunlik birligi tashkil etgan.
ZAMONAVIY METROLOGIYANING VAZIFALARI. TARIXNING YANGI DAVRIDA YAGONA O‘LCHOV BIRLIKLARINI QABUL QILISHGA URINISHLAR VA BU BORADAGI MUAMMOLAR
=== Taqdimot 16 ===
1795-yil Konvent tomonidan Fransuz respublikasi o‘lchovlari deb nomlangan yangi o‘lchov birligi qabul qilingan. 1798-yil Meshen va Delambr o‘z ishlarini yakunlab, metr uzunligini aniqlab oldilar va 1799-yil dekabr oyida yakuniy metr sistemasi qabul qilindi. Meshen va Delambr tadqiqotlariga binoan asosiy birlik va sistemaning nomi ham grekcha so‘z “metron” dan kelib chiqqan va o‘lchov deb nomlangan. Suyuqliklar uchun “litra” – funt og‘irligi, og‘irlik birligi qilib, gramm qabul qilingan “gramm” – grekcha so‘z – belgi, yozuv degani, qolgan barcha birliklar birgina 10 koefisenti yordamida o‘rnatildi. Biroq, yagona va majburiy metr sistemasi Fransiyada faqatgina 1837-yilda tan olingan.
=== Taqdimot 17 ===
Geraldika atamasi lotincha “heraldus” – jarchi, Polyakcha “herb”, nemischa “erbo” atamalari meros va merosxo‘r ma’nolarida qo‘llanilgan. Gerb biron bir mamlakat yoki hududning siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos tabiiy va xo‘jalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‘ va boshqalarning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgidir. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini: gerb, tamg‘a, muhr, nishonlarni hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o‘rganadi. Milliy an’analar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni o‘rganishga yordam beradi.
GERALDIKA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
=== Taqdimot 18 ===
Fanning asosiy vazifasi belgilangan obyektga qarab tarixiy manbalarni o‘rganish, tadqiq etish va ular orqali ma’lum bir davrning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini ochib berish, hukmdorlar, sulolalar, shaxslar, voqealarni davrlashtirishdan iborat. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ko‘pincha gerblarning ta’rifi va tasviriga duch kelamiz. Gerblar yoki uning alohida elementlari moddiy madaniyatning turli buyumlarida: qo‘lyozmalar va kitoblar, tangalar va muhrlar, qurollar, ro‘zg‘or buyumlari, kiyim, me’morchilik yodgorliklari va boshqalarda ko‘plab uchraydi.
=== Taqdimot 19 ===
Turli ashyolardagi geraldik tasvirlar
=== Taqdimot 20 ===
GERB VA GERALDIK MATERIAL BILAN ISHLASHDA MUAMMOLAR
Geraldika bilan tanish bo‘lmagan tarixchi uchun gerb o‘ziga xos topishmoq bo‘lib qolaveradi. Hatto gerb va uning tavsifini to‘g‘ri o‘qiy olgan holda ham, gerbda berilayotgan barcha ma’lumotni to‘g‘ri baholay olmaslik mumkin.
Masalan, nima uchun gerb u yoki bu buyumda tasvirlangan, uning boshqa gerblarga aloqasi qanday, o‘sha davrda yuz bergan tarixiy hodisalarda uning o‘rni qanday bo‘lgan va h.k. Shunday qilib, tarixchining geraldika bilan tanish bo‘lishi bu muhim manbaning ahamiyatini to‘g‘ri baholash zaruriyati bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 21 ===
Gerblar tarixiy bilimlarning ko‘plab sohalari: Diplomatiya, sfragistika, numizmatika va boshqalarda o‘ziga xos manba vazifasini bajaradi. Geraldika vujudga kelgan ittifoqlar, hududiy o‘zgarishlar, sulolaviy nikohlarni aks ettirgan holda siyosiy tarix haqida. Hukmron tabaqa o‘rtasidagi demografik jarayon va boshqalar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bera oladi. Nafaqat siyosiy va ijtimoiy tarix sohasida,
balki o‘rganilayotgan davrning psixologik muhitini qayta tiklashda ham
geraldik materiallardan samarali foydalanish mumkin. Masalan, o‘rta asrlar xronikasi, siyosiy va badiiy adabiyotida gerblar tavsifi ko‘p uchraydi.
Ular umuman o‘sha davr mentaliteti yoki turli toifalar mentalitetiga
xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zida aks ettiradi.
=== Taqdimot 22 ===
Geraldika rivojlanishining dastlabki davrlari oxiriga yetmagan masalalar bilan to‘la. Masalan, nimani gerb deb hisoblash, uning paydo bo‘lish sabablari va vaqti muammosi. Bu xususda turlicha fikrlar mavjud. Geraldikaning paydo bo‘lish vaqti haqida gap ketganda, birinchidan, qalqonlarga biror – bir tasvirni tushirish an’anasi antik davrdayoq mavjud bo‘lganligini, ikkinchidan, gerblarga feodalizmgacha mavjud bo‘lgan urug‘chilik timsollarining ko‘pchiligi kirganligini hisobga olish zarur. Ammo qalqonga tushirilgan timsol hali to‘liq ma’noda gerb degani emas. Bu timsollar o‘zida aniq ijtimoiy, huquqiy munosabatlarni aks ettira boshlaganidan so‘nggina haqiqiy gerblarga aylandi deyish mumkin.
GERBLARNING PAYDO BO‘LISHI TARIXI
=== Taqdimot 23 ===
An’anaviy tarzda gerblar XI asrda paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Ammo bu ma’lumotni tasdiqlovchi dalillar juda oz va isbot talab etadi. 1080-yilgi Baye gilamidagi gerbni eslatuvchi qalqondagi tasvirlar bunga misol bo‘la oladi. Bu davrdagi gerb yodgorliklari asosan muhrlar bilan bog‘liq. Geraldikaning keng tarqalishi va uning tizim sifatida shakllanishini XII asrdan boshlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Buni sfragistik materiallar ham, qabrtoshlarda gerblarning tasvirlanishi ham tasdiqlaydi. Muzeydagi tanga esa biroz boshqacharoq, Yevkratid portreti nuqtali obodok bilan o‘rab olingan. XIII asr boshidan bizga ma’lum gerblar soni ko‘paydi. Ulardan barcha yirik feodallar foydalana boshladi. Gerb tasvirlari qalqonlardan tashqari ritsarlarning ustki kiyimlariga, otlarning yopinchiqlariga tushirila boshlandi.
=== Taqdimot 24 ===
SALIB YURISHIGA OTLANGAN RISARLAR
=== Taqdimot 25 ===
RITSARLAR TURNIRI
Darhaqiqat, geraldika jangchini jang maydoni va turnirda tanitish zaruriyatini qondira olardi. U qo‘shinlarni boshqarishda ham foyda berardi, chunki bayroqlardagi suratlar gerblarni takrorlab, dushman qo‘shini haqida ma’lumot olishga imkon berardi. Ammo bu tor, xususiy holatlar geraldika kabi murakkab tizimning vujudga kelishi uchun ozlik qilardi. Bundan tashqari, geraldika jamiyatning harbiylar va ritsarlar doirasidan tashqari, kengroq doiralarda ham qo‘llanilardi.
=== Taqdimot 26 ===
O‘rta asr geraldikasining aniqligi va oddiyligi bilan feodallari orasida tez tarqaldi. Bu jarayon ayniqsa XIII-XIV asrlarda kuchaydi. Bu davrdan boshlab shahar va shahar birlashmalari gerblari ham vujudga keldi. O‘rta asrlar davriga kelganda gerblar huquqiy asosga ega bo‘lib, gerblarga bo‘lgan bunday ommaviy talab geraldika bilan maxsus shug‘ullanuvchi kishilar xizmatiga ehtiyoj tug‘dirdi. Bunday kishilar sifatida o‘rta asrlarda turnirlar marosimi, diplomatik kelishuvlarni boshqaruvchi, senorlarning vakillari sifatida ish olib boruvchi geroldlar faoliyat yuritardilar. XII asrda paydo bo‘lgan geroldlar instituti murakkab tuzilishga ega edi. XIX asrning birinchi yarmigacha geroldlar dvoryan, sex va yer mulklarining gerblarini tuzish bilan shug‘ullanganlar. XIV asrdan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan.
O‘RTA ASR GERALDIKASI
=== Taqdimot 27 ===
XII asrda paydo bo‘lgan geroldlar
=== Taqdimot 28 ===
Geraldikaning shakllanishi va ravnaq topishi o‘rta asrlarda yuz berdi. Bunga turli omillar sabab bo‘ldi, birinchi navbatda feodalizmning rivoj topishi va salib yurishlari. Hujjatlardagi muhrlarda tasvirlangan gerblar
ilk bor XI asrda paydo bo‘lgan. Ilk gerb tasvirini Anju va Men grafi, ingliz qiroli Genrix I ning kuyovi Joffrua Plantagenetning sag‘anasidagi fransuz emal suratida ko‘rish mumkin. Birinchi bor o‘z gerbiga ega bo‘lgan ingliz qiroli Richard I Sheryurak bo‘lgan. Salib yurishlari Yevropa tarixida muhim davr bo‘lib, turli mamlakat ritsarlarining bir yerda to‘planishi, salibchilar qo‘shinlarining turli millat vakillaridan iborat ekanligi, qurollanishining o‘ziga xos xususiyatlari, Sharq sivilizatsiyasining ko‘pgina ixtirolarining o‘zlashtirilishi va shu kabi boshqa omillar geraldikaning vujudga kelishi va rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
=== Taqdimot 29 ===
Geraldika rivojlanishining ilk davrlarida uning nazariy qismiga oid rasmiy qonun – qoidalar deyarli yo‘q edi. Albatta, boshlang‘ich davrdayoq rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, amalda rioya etiladigan talablar, qoidalar mavjud bo‘lgan.
GERBLARNING TURLARI
Bugungi kunda qo‘llanilib kelinayotgan qoidalar asosan XVIII asrda ishlab chiqilgan. Ushbu fanni o‘rganuvchilar gerblarni ta’riflash, tahlil qilish uchun maxsus atamalar va qonun-qoidalar bilan tanishishlari shart. Shu bois biz ular haqida umumiy ma’lumot berib o‘tamiz.
=== Taqdimot 30 ===
To‘liq gerb
Gerb tasviri to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. To‘liq gerb quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: qalqon, dubulg‘a, nashlemnik, burelet, namet, qalqon tutuvchi, mantiya, asos, shior.
=== Taqdimot 31 ===
Dubulg‘a qalqon ustiga joylashtiriladi. Dubulg‘aning shakli vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turgan. Asta – sekin dubulg‘ani gerb egasining tituli, mavqei va unvoniga qarab tasvirlovchi qoidalar ishlab chiqildi
Dubulg‘alarning shakllari
=== Taqdimot 32 ===
Nashlemnik dubulg‘aning tepasiga mahkamlangan bezak bo‘lib, dastlab ular hayvonlar shohi va qush patlaridan tayyorlangan. Gerbning bu qismi ritsarlar turnirlari paytida keng tarqaldi. Qalqonda tasvirlangan gerbga qaraganda dubulg‘a uchiga o‘rnatilgan bezak ritsarni uzoqdan tanish imkoniyatini bergan. Dubulg‘a bezaklarining asosiy turlari quyidagilar bo‘lgan: shohlar, qanotlar, patlar, bayroqlar, tabiiy shakllar (inson va hayvon shakllari), bosh kiyimlar va h.k. Nashlemnik darhol gerbning tarkibiy qismiga aylanmadi. Uni XVI asrda ingliz geroldlari qonunlashtirdilar.
NASHLEMNIK
=== Taqdimot 33 ===
Dubulg‘a bezagi dubulg‘aga burlet yoki toj bilan biriktirilgan. Burlet yoki burelet deb gerbning turli rangdagi matolardan tayyorlangan chambarakka o‘xshash aytilgan qismiga aytilgan
BURLET
=== Taqdimot 34 ===
Toj dubulg‘a ustiga, yoki davlat gerblarida bo‘lgani kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qalqon tepasiga joylashtiriladi. Gerbdagi toj gerb egasining unvonini ko‘rsatgan. Gerblarda tojning quyidagi turlari uchraydi: monarxlar va davlat gerblarida suverenitet ramzi sifatida berilgan imperator, qirol va knyazlik tojlari, markiz, graf, vikont, baronlar toji, dvoryanlar diademasi, ruhoniylarning mitrasi, tiarasi va bosh kiyimlari, shahar gerblarida aks ettirilgan minora tojlari.
TOJ
=== Taqdimot 35 ===
Namyot – dubulg‘aga mahkamlangan mato tarzida tasvirlangan bo‘lib, butun yoki yirtilgan yopinchiqni eslatadi. Burlet va namyotning paydo bo‘lishi salib yurishlari bilan bog‘liq. Issiq Sharq mamlakatlarida ritsarlar o‘zlarini quyosh tig‘idan saqlash uchun arab jangchilari singari dubulg‘a ustidan yopinchiq tashlab, uni chambarak bilan mahkamlaganlar. Bu ikki element keyinchalik gerbning muhim tarkibiy qismiga aylangan. XIV asrda namyot butun yoki chekkalari kesilgan tarzda, XV asrda ensiz mato bo‘laklari tarzida, XVI asrda o‘simliksimon naqsh tarzida tasvirlangan.
NAMYOTNING TURLI SHAKLLARI
=== Taqdimot 36 ===
Mantiya – monarxlarning tantanali kiyimining an’anaviy qismi bo‘lib, geraldikada suverenitet ramzi sifatida monarxlar va suverenlarning, shuningdek zodagonlarning yuqori tabaqa vakillari gerblarida berilgan.
MANTIYA
=== Taqdimot 37 ===
Qalqon tutuvchilar deb qalqonning ikki tomonida tasvirlangan va uni tutib turgan shakllarga aytilgan. Ular geraldik hayvonlar yoki inson qiyofasida berilgan. Qalqon tutuvchi bitta yoki ikkita bo‘lishi mumkin. Asos bu qalqon tutuvchilar va gerbning o‘zi joylashgan platformadir. Bu o‘tloq yoki tepalik (Buyuk Britaniya gerbi), muzlik (Islandiya gerbi), o‘ymakor plita (Gresiya va Shvesiya gerbi), tog‘ (Malavi gerbi) va boshqalar bo‘lishi mumkin. Asos gerbning zaruriy qismi bo‘lmay, ko‘pincha uning o‘rniga shior lentasi tasvirlanadi.
QALQON TUTUVCHI
=== Taqdimot 38 ===
Gerblarda ranglarning ramziy ma’nosiga albatta e’tibor qaratilgan. Masalan, oltin – qudrat va boylik, kumush – oliyjanoblik, tozalik, doimiylik, moviy rang – bo‘yuklik, go‘zallik, aniqlik, qizil rang qudrat, yoshlik, qora rang-donishmandlik, jiddiylik kabi ma’nolarni bildirib kelgan. Geraldik shakllar geraldik qalqonning turlicha bo‘linishidan paydo bo‘ladi va o‘z navbatida asosiy va ikkinchi darajali shakllarga bo‘linadi.
Afsonaviy shakllar
=== Taqdimot 39 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.