TARBIYA JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasining mazmuni.
Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari qiyosiy tahlili.
Rivojlangan mamlakatlarining tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun ilg‘or tajribalari.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Tarbiyaning butun dunyodagi maqsadi ezgulik va yorqin kelajak bo‘lsa-da, uslub turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.
=== Taqdimot 4 ===
Pedagogika nazariyasi qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazardan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
=== Taqdimot 5 ===
Amalga oshirilgan tahlillar quyidagi vazifalarni belgiladi:
Pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish;
Boshqa mamlakatlarda tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish;
Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish;
Zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash.
=== Taqdimot 6 ===
Konsepsiya (lotincha conceptio – majmua, tizim) – biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar.
Dunyo olimlari tomonidan pedagogikada maqsad va vazifalarning keng ijtimoiy-madaniy ko‘rinishlarini qamrab olgan, bola tarbiyasi va rivojlanishining alohida jihatlarini ishlab chiqishga qaratilgan tarbiyaviy konsepsiyalar ishlab chiqilgan.
Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasining mazmuni
=== Taqdimot 7 ===
=== Taqdimot 8 ===
Zamonaviy tarbiya konsepsiyalari
Jamoaviy tarbiyaga yo‘naltirilgan konsepsiya;
Ijtimoiy tarbiya konsepsiyasi;
Shaxsga yo‘naltirilgan madaniy konsepsiya;
O‘z-o‘zini tarbiyalash konsepsiyasi
=== Taqdimot 9 ===
2024-yil 21-iyunda “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-232
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Qarori qabul qilindi.
=== Taqdimot 10 ===
Yaponiya tarbiya tizimi
Yaponiya – aholisi farzandlarining tarbiyasiga o‘ta jiddiy qarashadi. Bu yerda har bir yoshga nisbatan ma’lum bir munosabatda bo‘linadi va ayri tarbiya usullari qo‘llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masaru Ibukaning fikriga ko‘ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin.
=== Taqdimot 11 ===
Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o‘ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog‘chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to‘ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar mavjud.
=== Taqdimot 12 ===
Yaponiyada axloqiy tarbiya 4 qismdan iborat
01
02
03
04
Boshqa odamlar bilan munosabat
O‘zlikni anglash
Hayot mazmuni, tabiat va oliy qadriyatlarga munosabatlar
Jamoa va jamiyat bilan munosabat
=== Taqdimot 13 ===
Yapon bolalarini tarbiyalashdagi beshta usul
Shaxsiy misol.
Ona va bola juda yaqin: “amae”ning muhimligi.
“Ikudzi” tizimi: podshox, xizmatkor va teng.
Oilaning yuqori ahamiyati.
Hissiyotlarga munosabat.
01
04
02
03
05
=== Taqdimot 14 ===
Yaponiya maktablarida farroshlar yo‘q, darslar tugagandan so‘ng maktab o‘quvchilari o‘zlari maktabni va uning atrofini tozalashadi.
=== Taqdimot 15 ===
Xitoyda bola tarbiyasi
Bola uchun asosiy maqsad — tinmay mehnat qilish va eng yaxshisi bo‘lish.
Ota-ona nazorati va jismoniy jazo.
O‘qituvchilar hammani o‘zlashtirishiga erishadilar.
Kattalarning gapi — qonun.
=== Taqdimot 16 ===
Amerika Qo‘shma Shtatlarida bola tarbiyasi
AQSh dagi erkinlik bola tarbiyasida ham o‘z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o‘yinchoqlarning barcha turi bilan tanishishadi.
=== Taqdimot 17 ===
Amerikalik bolakaylar “Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan”, degan so‘zlarni har kuni eshitgan holda o‘sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urishmay: “Yana bir marotaba harakat qilib ko‘r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo‘rsan!” deya qo‘llab-quvvatlanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Germaniyada farzand tarbiyasi
Germaniyada bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e’tibor beriladi. Onalar o‘z farzandlarini boshlang‘ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo‘lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Maqsad jamoa bo‘lib o‘ynash, o‘zaro muloqotga o‘rgatishdir.
=== Taqdimot 19 ===
Nemislar bolani tinglaydi, savollariga sokinlik bilan javob beradi va imkoni boricha mustaqillikka oʻrgatadi. Ammo bu erkinlik shundayki, bolada ota-onaga nisbatan hurmatsizlik yoki erkalik emas, doʻstona ota-ona va farzand munosabatlari shakllanadi.
=== Taqdimot 20 ===
Skandinaviyada bola tarbiyasi
Skandinaviya mamlakatlarida bolalarga nisbatan muhabbat ularga toʻliq erkinlik berish bilan ifodalanadi. Bolaning mashgʻulot, faoliyat va oʻyinchoqlar borasidagi tanlovi cheklanmaydi. Kun tartibiga ham u qadar qatʼiy amal qilish shartmas. Skandinaviyaliklarning fikricha, tarbiyaning asosiy vazifasi — boladagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat.
=== Taqdimot 21 ===
Maktab va bogʻchalarda bolalar oʻz fikrini ifoda etish va uni himoya qilishga oʻrgatiladi. Taʼlimning katta qismi oʻyin shaklida oʻtkaziladi. Bolaga nisbatan pedagogik chora sifatida qoʻllaniluvchi istalgan zoʻravonlik qatʼiyan man etiladi.  Ota-onalar ham bolaga baland ovoz ohangida gapirishi va qoʻl koʻtarishi taqiqlangan, ijtimoiy xizmatlar bu borada qatʼiy nazorat qilib boradi.
=== Taqdimot 22 ===
Angliyada farzand tarbiyasi
Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. Ko‘pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e’tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab bolaga dasturxon atrofida o‘zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo‘lishni, o‘z hissiyotlarini yashirishni o‘rgatishadi. Angliya shaharlarining ko‘chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin
=== Taqdimot 23 ===
Shvetsiyada bola tarbiyasi
Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o‘z huquqlari va majburiyatlari bor. Shuningdek, shvedlardagi bag‘rikenglik, o‘zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo‘lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo‘lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdan yosh avlod ongiga singdiriladi.
=== Taqdimot 24 ===
Shvetsiyada bola tarbiyasi
8-sinfdan boshlab o‘quvchilarga “Bolalar haqida” fani o‘tiladi. Ular oila qurish, bola tarbiyasi va balog‘at yoshida o‘smirlar bilishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. “Save the children” deb ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar va bolalar yaxshi yashashlarining ro‘yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni tuzib chiqadi. Unda Shvetsiya deyarli har yili birinchi o‘rinni egallaydi. Chaqaloq dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.
=== Taqdimot 25 ===
Finlandiyada bola tarbiyasi
Finlyandiya dunyodagi eng bolajon mamlakatlardan biri. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog‘cha va maktablarga borishadi. Bu yerda nogiron va sog‘lom bolaga ajratish qabul qilinmagan.
=== Taqdimot 26 ===
Turkiyada bola tarbiyasi
Turk oilasida farzandni alohida shaxs sifatida koʻriladi, bolalarga alohida eʼtibor bilan munosabatda boʻlishadi. Turklarda bola kichik boʻlgani uchungina fikrini ifoda etishdan cheklanmaydi. Ular bolani gapirgan vaqtida quloq tutib, eshitadi. Hattoki, farzandining fikri bilan ish tutadigan oilalar ham yoʻq emas.
=== Taqdimot 27 ===
Xulosa
“Biron xalqning u yoki bu udumiga baho berishda “bunisi menga yoqadi, unisi esa yoqmaydi”, deyishga hech kimning haqqi yo‘q, negaki har bir xalq an’analari yillar mobaynida shakllangan va o‘sha xalqning hayot tarziga aylangan”.
Abu Rayhon Beruniy
=== Taqdimot 28 ===
P.I.Kapnist
“… tarbiyaviy ishlarda maktabning milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak.
Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning tarbiyaviy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va eksperimentlarni takrorlashdan bizni qutqaradi“.
=== Taqdimot 29 ===
“Globoalfavit” metodi
=== Taqdimot 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TARBIYA JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar