TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq joriy va istiqboldagi vazifalar.
Ta’lim-tarbiya jarayonida – tarbiya, ta’lim, shaxsni rivojlantirish.
Ta’lim -tarbiyaga  pedagogik yondashuvlar.
=== Taqdimot 3 ===
Mustaqil shaxsni shakllantirish, uni jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida ijtimoiy-foydali mehnatga layoqatli kadr darajasigacha tarbiyalash – ko‘p qirrali va murakkab jarayondir.
Bu borada quyidagi iborani esga olish o‘rinlidir: “ – Kadrlar tayyorlash uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, u har birimizdan astoydil, betinim va mashaqqatli mehnatni talab etadi”.
=== Taqdimot 4 ===
Darhaqiqat, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlar, ayniqsa, ta’lim tizimi mutasaddilarining zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
Bunda ta’lim tizimini takomillashtirish va uning mazmunini chuqurlashtirish hamda ko‘pgina tashkiliy-tarbiyaviy ishlar nazarda tutiladi. Ikkinchi tomondan, bevosita ushbu masalani amalga oshirishga burchli bo‘lgan pedagog kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularni zamon talablari bilan hamnafas tarzda kasbiy faoliyat yuritishga tayyorlash davlat va jamiyat zimmasidagi ulkan ijtimoiy vazifadir.
=== Taqdimot 5 ===
Kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq joriy va istiqboldagi vazifalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq bo‘lgan ongli fuqaroni, o‘z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir ko‘rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola bilishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
=== Taqdimot 6 ===
Ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma’nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog‘i kerak.
=== Taqdimot 7 ===
Uchinchidan, yosh avlod milliy istiqlol g‘oyasini to‘liq aniqlay olishi lozim.Tabiiyki, bu uzoq davom etadigan, barcha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlarining, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining faoliyati va pedagogik sohadagi ishlar mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadigan murakkab jarayondir.
Yoshlarni barkamol qilib yetishtirish jarayonida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga e’tiborni kuchaytirish va ta’lim sohasida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishiga ustunlik berishni ta’minlashdan iborat.
=== Taqdimot 8 ===
Ta’lim-tarbiya jarayonining uch tarkibiy birligi – tarbiya, ta’lim, shaxsni rivojlantirish to‘liq darajada amalga oshirilishiga erishish lozim. Ta’lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan voz kechish kerak. Bu maqsadda mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan yangi uslub va vositalar ishlab chiqilishi va joriy etilishi zarur.
Bugungi kunda pedagogikada o‘quvchi-talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan:
muammoli o‘qitish,
ish faoliyatini ifodalovchi o‘yinlar,
rolli o‘yinlar,
mavzuli o‘qitish va hokazolar.
=== Taqdimot 9 ===
An’anaviy o‘qitishning usul va metodlari respublikamizda keng tarqalgan va ular o‘zining ma’lum tarixiga ham egadir. Biroq ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an’anaviy ta’limning imkoniyatlari cheklangan. Muhim ta’limiy muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Qator ilg‘or pedagogik tajribalar to‘liq ommalashgani yo‘q.
=== Taqdimot 10 ===
Yangi ta’limiy islohotlarning o‘ziga xos jihati, o‘quvchi-talabalarning mustaqilligi, ularni belgilangan maqsad sari yo‘naltirish, o‘quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, biror bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirish o‘rniga Pedagogik jarayonni samarali tashkil etish orqali talabalarda fan asoslarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni orttirish, ularning imkoniyatlarini chegaralamasdan bilim va hunar egallashning demokratik yo‘llarini o‘zlashtirishdan iborat.
=== Taqdimot 11 ===
Pedagogik texnologiya – texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash) olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar to‘plami tushuniladi ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul va metodlar majmuasini anglatadi.
Agar metodni bilish yo‘li, tadqiqot yo‘li yoki biror faoliyatdagi ma’lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashning harakatlari, operatsiyalari, usullari majmuasi bo‘lsa Pedagogik texnologiya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasi sanaladi.
=== Taqdimot 12 ===
Loyihalashtirish faoliyati talabalar bilan ishlashni tashkillashtirishning eng ommabop shakllaridandir. Loyihalash metodi – o‘qitishni tashkillashtirish bo‘lib, talabalar rejalashtirish jarayoni va amaliy vazifalarni bajarishlari orqali loyiha ko‘rinishda bilim oladi. Loyihalashtirish metodini qo‘llash natijasida loyiha ko‘rinishidagi bilim o‘zlashtiriladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi hamkorlik pedagogikasiga tayanib, talabalarning birgalikda ta’lim olishlari amalga oshiriladi. Talabalarning hamkorlikda ta’lim olishlari, ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish kabilar zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy metodlari hisoblanadi.
=== Taqdimot 13 ===
Og‘zaki-ko‘rgazmali yondashuv. U an’anaviy bo‘lib, asosan, o‘qituvchining axborot berishi, talabalarning bilimni qabul qilishi, to‘plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Bunday bilimlar, ularni qo‘llay olish ko‘nikmalari orqali tekshirib ko‘riladi. Bu tizimdagi bilimlar, asosan, esda saqlab qolish natijasi, ko‘pincha, rasmiy ma’lumotdir, u ba’zan yuzaki bo‘lishi ham mumkin. Ular xotira tubida saqlangan bo‘ladi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, faqat unga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol qo‘yilganda esga olinadi. Qayta esga olish darajasidagi bilim uzoq vaqt xotirada saqlanmaydi. Talaba savol berilganda uni eslashi, ba’zan esa umuman eslay olmasligi ham mumkin.
=== Taqdimot 14 ===
V. Guzeyevning ta’kidlashicha, an’anaviy metodikaga xos bo‘lgan xususiyat dastur talablarida ifodalanuvchi ta’lim maqsadlarini “o‘zlashtirish” tushunchasi qobig‘iga o‘ralgan qandaydir noaniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bunda ta’lim jarayonida ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirish asosida ta’lim jarayonlari tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun ilg‘or o‘qituvchi (pedagog) larning pedagogik faoliyati namunasi qidiriladi, ammo ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan bir qator olimlar va amaliyotchilar alohida metodikalarning davri o‘tib ketganligi va har qanday ilg‘or pedagoglar tajribalarini umumlashtirish tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan, samarali ta’limni qurish imkonini bermasligini jiddiy ta’kidlashmoqda.
=== Taqdimot 15 ===
Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Ta’limning maqsadi talabada biror muammoni yechish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim va tajribani mustaqil ravishda o‘zlashtirish, harakatning yangi zamonaviy usullarini topish va tashabbus ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Tadqiqiy–ijodiy yondashuvda pedagog talabaning o‘quv faoliyatiga rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, shaxsiy tashabbusini qo‘llab- quvvatlab, u bilan hamkorlik qiladi hamda uning fikr va qiziqishlarini doimo nazarda tutadi.
=== Taqdimot 16 ===
Pedagogning talaba shaxsiga bo‘lgan munosabati, ularga muhabbati va jon koyitishi, yuksak ishonchi, o‘zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, tahsil olish jarayonida talabalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kechish va aksincha, ijobiy rag‘batlantirishning ustunligi tufayli ko‘zlangan maqsadga erishish, talabalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lish, ularni bartaraf etishning eng samarali yo‘llarini qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 17 ===
Izlanuvchan yondashuv. Bu yondashuvdagi maqsad talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil o‘zlashtirish, ta’sir etishning yangi yo‘llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir.
Izlanuvchan ta’lim andozasida ta’lim mazmuni tabiat va jamiyat bilan uzviy o‘zaro ta’sirdagi shaxsni tadqiqotchilik yo‘liga boshlash, uning jadal ijodiy faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 18 ===
Shu bilan birga, pedagog ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqarishda demokratik, rag‘batlantiruvchi yo‘l tutadi, ularning shaxsiy tugallanmagan tajribani mustaqil o‘zlashtirish, xatti-harakati, harakatning yangi yo‘llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirish yo‘lini tutadi. Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‘zaro ta’siri shaxsni tadqiqotchilik yo‘liga boshlashi uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 19 ===
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsifga ega, u pedagogikada keng qo‘llanadi. “Tizimli yondashuv” tushunchasi, ko‘pincha, “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda anglanadi. Chunki tizimli tahlil usullari ham obyektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv tuzilish vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin.
=== Taqdimot 20 ===
Tizimli tahlilning obyekti yaxlit narsa yoki hodisa hisoblanadi, u obyektning turli qismlarini, qismlarning o‘zaro uzviyligini, tizimning chegaralarini va tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi. Bu tizimda bir qancha qoida va prinsiplar majmuyidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
=== Taqdimot 21 ===
Texnologik yondashuv. Texnologiya – tayyor mahsulot olish uchun ishlabchiqarish jarayonlarida qo‘llanadigan usul va metodlar majmuyi bo‘lib, shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini topadi.
=== Taqdimot 22 ===
Ta’limga texnologik yondashuv o‘quv jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq bosqichlar va amallarga ajratishni va bo‘lishni, ta’limdan ko‘zlangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, bosqichma-bosqich amalga oshirishni, loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini bir xil tarzda bajarishni nazarda tutadi.
=== Taqdimot 23 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar