TA‘LIM MUASSASALARI VA UNING PERSONALI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Ta‘lim muassasalari va uning personali
=== Taqdimot 2 ===
Bugun darsimizda:
maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;maktabdan tashqari ta’lim.
maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, oliy ta’lim kadrlar tuzilmasi va uning faoliyati.
01
03
Ta‘lim turlari
Ta‘lim tashkilotlari ishchi xizmatchilari va ularning faoliyati, lavozim majburiyatlari
=== Taqdimot 3 ===
Kirish
Ta’lim muassasalari va uning personali jamiyat taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tizimlardan biri hisoblanadi. Ta’lim insonning individual rivojlanishi va jamiyatning umumiy farovonligini ta’minlashda asosiy vositalardan biridir. Har bir mamlakatning madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, avvalo, uning ta’lim tizimi va ushbu tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarining bilim, malaka hamda kasbiy kompetensiyalariga bog‘liqdir. Ta’lim muassasalari – bu nafaqat ta’lim jarayonlari amalga oshiriladigan joy, balki yosh avlodga bilim berish, ularni tarbiyalash va jamiyatga foydali inson sifatida shakllantirish uchun yaratilgan muhitdir.
=== Taqdimot 4 ===
Ta’lim muassasasi — bu ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot bo‘lib, uning asosiy maqsadi fuqarolarning bilim, ko‘nikma va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishdir.
Davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa.
=== Taqdimot 5 ===
Davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar.
=== Taqdimot 6 ===
Malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi.
Mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi.
Nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
=== Taqdimot 7 ===
Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
=== Taqdimot 8 ===
Ta’lim tizimi
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi;
ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
=== Taqdimot 9 ===
Ta‘lim turlari
maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
01
=== Taqdimot 10 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
=== Taqdimot 11 ===
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi, ta’lim to’g’risidagi qonun shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
=== Taqdimot 13 ===
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
=== Taqdimot 14 ===
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi. O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 15 ===
Professional ta’lim
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 16 ===
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 17 ===
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 18 ===
Oliy ta’lim
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
=== Taqdimot 19 ===
Oliy ta’lim ikki bosqichga bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
=== Taqdimot 20 ===
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
=== Taqdimot 21 ===
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
=== Taqdimot 22 ===
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
=== Taqdimot 23 ===
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 24 ===
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
=== Taqdimot 25 ===
Ta‘lim tashkilotlari ishchi xizmatchilari va ularning faoliyati, lavozim majburiyatlari
maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, oliy ta’lim kadrlar tuzilmasi va uning faoliyati.
02
=== Taqdimot 26 ===
Maktabgacha ta’lim tashkiloti kadrlar tuzilmasi lavozim majburiyatlari
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori;
metodisti;
tarbiyachisi;
psixologi;
o‘qituvchilari;
hamshirasi;
xo‘jalik mudiri;
bosh oshpazi;
texnik xizmatchilari.
=== Taqdimot 27 ===
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori
Tashkilotning nizom (Ustav)ga muvofiq faoliyatini tashkil etish;
tashkilot joylashgan hududda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish;
tashkilotni yuqori kompetentlik, mahoratli va malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash;
maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish;
=== Taqdimot 28 ===
– vakolati doirasida xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish va mehnat munosabatlari yuzasidan tegishli buyruqlarni chiqarish; maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish; - ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish; - tashkilot xodimlari o‘rtasidagi vazifalar taqsimotini belgilash; - tashkilotda pedagog va mutaxassislarning o‘z xizmat vazifalarining sifatli bajarishlarida tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.
=== Taqdimot 29 ===
Malaka talablari:
Kamida bakalavr darajasidagi maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy pedagogik ma’lumot (nomutaxassis va nopedagog oliy ma’lumotli kadrlar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi lozim);
Xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi kerak;
Uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji;
Ta’lim sohasida ishlagan, zamonaviy bilim va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega mustaqil fikrlaydigan hamda menejerlik qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
=== Taqdimot 30 ===
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari kadrlar tuzilmasining tarkibiy tuzilishi
Maktab direktori(shtat birligi asosida);
O’quv ishlari bo’yicha direktor (boshlang‘ich, o‘rta, yuqori sinflar sonidan kelib chiqqan holda) o’rinbosari;
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari(maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda);
Tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda).
=== Taqdimot 31 ===
Maktab personali va uning tarkibiy tuzilishi
01
02
03
04
05
Kasaba uyushmasi ra’isi
Maktab psixologi va inspektor psixologi
Yoshlar yetakchisi
Kadrlar bo‘yicha
menejer
Xo‘jalik ishlari mudiri va texnik xodimlar
=== Taqdimot 32 ===
Direktor lavozim majburiyatlari
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsad va vazifalari,o‘quv-tarbiya jarayonini va ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
dars jadvali, shtatlar jadvali va tarifikatsiya ro‘yxatlari, mehnat ta’tili jadvalini tasdiqlash;
strategik reja asosida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda maktabni rivojlantirish;
=== Taqdimot 33 ===
kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va menejerlik sertifikati (ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga afzallik beriladi);
taʼlim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj;
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillari)ni bilish ustuvorlik beradi.
maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, taʼlim standartlaridan xabardor boʼlishi kerak;
“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar taʼlim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
=== Taqdimot 34 ===
Oliy ta’lim kadrlar tuzilmasi va uning faoliyati
Oliy ta’lim — uzluksiz ta’limning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi ikki bosqichdan iborat (bakalavriat va magistratura) mustaqil turi;
=== Taqdimot 35 ===
Oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori);
prorektor (filial direktori o‘rinbosari) sohalar bo‘yicha;
bosh buxgalter;
yuridik buyro boshlig‘i;
bo‘lim (boshqarma) boshlig‘i;
fakultet dekani;
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i;
kafedra mudiri;
professor, dotsent, katta o‘qituvchi,
o‘qituvchi,
stajyor-o‘qituvchi;
texnik xizmat ko‘rsatuvchilar hamda soha xodimlari.
=== Taqdimot 36 ===
Oliy ta’lim muassasasi rektori
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
=== Taqdimot 37 ===
Oliy ta’lim rektori malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
=== Taqdimot 38 ===
Xulosa
Ta’lim muassasalari jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlodni shakllantirishda asosiy institutlardan biridir. Ushbu muassasalarning samarali faoliyati ulardagi ta’lim jarayonlarini tashkil etuvchi personalga, ya’ni pedagoglar, ma’muriy xodimlar va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga bevosita bog‘liq.
=== Taqdimot 39 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TA‘LIM MUASSASALARI VA UNING PERSONALI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar