Tabiatning jamiyatni shakllantirishdagi roli
4000 so'm

Slayd 1
Jamiyatni shakillantirishda tabiatning ro‘LI.
Slayd 2
Reja:
Atrof-muhitgainson taziyqining kuchayishi va uning ekologik oqibatlari.
Fanva texnikaning rivojlanishi va ular odidagi muammolar.
Tabiat,jamiat va inson o’rtasidagi munosabatlar evolyutsiyasi
Ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari.
Ekologikinqiroz, tabiatni muxofaza qilish, atrof-muhitni
muxofaza qilish tushunchalari.
Slayd 3
Fan texnika inqilobi jamiat va tabiatning o ’zaro munosabatida
sifat jixatidan yangi bosqich ni boshlab berdi. Bu bosqich tabiiy
boyliklarni o’zlashtirish g’oyat zarurligi sayyoramizdagi mavjud
resurslardan misli ko’rilmagamn darajada foydalanish bilan
tavsiflanadi.
Slayd 4
Fan texnika inqilobi ilgari ma ’lum bo’lmagan texnik va texnologik vositalarni yuzag a keltirdi. Inson fan va texnika inqilobi natijasida tabiatga munosabat borasidagi erkinlikda yangi bosqichga ko’tarildi, natijada u o’ziga ilgari buysunmagan ko’pgina kuchlarni jilovlab oldi.
Slayd 5
Fan texnikaning shiddatli taraqqiyoti hozirgi vaqtda insonning tabiatga ta’sir ko’rsatishi doirasi va mikeslarining kengayganligi
shunga olib keldiki, antropogen omillarning ta’sirida tabiiy muhitda o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday o’zgarishlar esa hayotning
moddiy asoslarini qo’pormoqda. Insonni o’rab olgan atrof-muhitni, jamiyat hayot faoliyati uchun yaroqsiz holatga aylantirmoqda,
sayyoramizning o’lib borish xavfini tug’dirmoqda.
Slayd 6
Hayot kechirish vositalarini saqlab qolish muammosi; Asr mavzusiga aylanib, jahon
jamoatchiligi diqqat markazida turibdi.Ishlab chiqari sh jarayonlari oqibatida muhitning ifloslanishi kelgusi avlodlar uchun mutloqo
ochiq-ko’rinib turgan xavf bo’libgina qolmay, balki u hozirning o’zida ham ijtimoiy halokat yoqasiga kelib qoldi.
Slayd 7
Fan texnika inqilobi atrofimizni o’rab turgan tabiatga ijtimoiy ta’sirning kuchayishi tabiatning jamiyatga ta’siri kuchayishiga olib kelganligini yaqqol ko’rsatmoqda.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ro’y berayotgan jadallashuvi xalq xo’jaligiga tobora o’sib boruvchi miqdorlarda tabiat boyliklarini jalb
qilishni taqozo etadi.
Slayd 8
Bu bilan jamiyatning tabiatga bevosita qaramligini ham kuchaytiradi. Hozirgi fan texnika inqilobi davrida insonning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari g’oyat kengayadi. Shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning tabiatga va atrof muhitga xavfli zararli tasiri ancha ortadi. Keyingi 100 yilda insoniyat energetika boyliklarini ming barobar ko’paytirdi. Bu esa unga tabiatga jiddiy va oqibatlari uzoqqa cho’ziladigan tasir o’tkazish imkonini beradi.
Slayd 9
Fan texnika inqilobi davomida bu ko’rsatkichlar yana o’sib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda 2 barobarga ortmokda. Shunga muvofiq ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni bulg’ovchi
xo’jalik faoliyati chiqindilari miqdori ham 2 barobar ko’paymoqda.
Slayd 10
Ishlab chiqarish tabiatdan 100 shartli birlikni oladi, lekin 3 -4 qismidan foydalanadi xolos. Qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar ko’rinishida atrof -muhitga chiqarib tashlanadi.
Industriya jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tab iatdan har yili jon boshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5 % etmasa istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun ham xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi.
Slayd 11
Fan texnika inqilobi shunga olib kel diki, birinchidan biosferaning xarakat qilish jarayonlari jadallashadi, ikkinchidan biosferaning materiya va energiyaning yangi ko’rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko’rinishda bo’lmaydi: uchinchidan tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi yo’nalishlari harakatga ega bo’lib boradi.
Jamiyatning tabiat bilan munosabatlaridagi uygunlashuv talablari insoniyat oldiga yangi -yangi muammolarni qo’yaversa, bora -bora
muammolar ham ko’ndalang to’radi.
Slayd 12
Hozir atrof muhitga ta’sir o’tkazishning asosiy yo’nalishlari-bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori sur’atlarda o’sishi,moddiy iste’molning yuqori darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma’lum bo’lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va ani qlandi, o’ziga xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bo’gan genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari,shu jumladan ilgari bo’lmagan kimyoviy moddalar massasini
ko’payishidan avj oladigan zaharlanishi-allergik kasalliklar shular jumlasidandir.
Slayd 13
Shunday qilib atrof muhit aholining sog’lig’ini va umuman inson rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o’ynadi.Sog’liqni yaxshilash va mustahkamlash uchun shartsharoitlar yaratilsa, uning ta’sirini hazm qilish mumkin
Ijtimoiy guruhda odamlar birligi tarixiy shakllari oila,ishlab chiqarish jamoasi,kasbkorlar guruhi, millat,davlat,ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli darajalarda aloqalar va munosabatlarning ijtimoiy tizimini chuqur urganm asdan inson ekologiyasini tushunib bo’lmaydi.Ekologik vaziyat turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri aniq shakllarining rivojlanish darajasiga bevosita bog’liqdir.
Slayd 14
Organizm bilan atrof-muhit o’rtasidagi munosabat mos lashuv negizida ro’y beradi. I.P.Pavlovning fikricha, jonzot eng umumiy tavsifi shundan iboratki u o’zining muayyan o’ziga xos faoliyati bilan nafaqat tashqi kuzatuvchilarga balki shuningdek alohida davrida aloqada bo’lgan boshqa kuzatuvchilarga ham javob beradi. Ya’ni jonli mavjudot moslashish qobiliyatigaega bo’ladi.
Slayd 15
Bu xususiyat turli tarzda namoyon bo’ladi,unga faqat tor ma’noda qaramaslik kerak. Hayvonot turlarining katta guruxi ob-havo sharoitlariga ham sust va faol moslashadi. Shu nuqtai nazardan moslashuv shunday jarayondirki, u ham organizmlarga ham uni o’rab turgan atrof muhitga ta’lluqlidir.Insoniyat jamiyati o’zining butun tarixi davomida atrof muhit bilan uzliksiz-munosabatda bo’ladi.Bunda u atrof muhitga muttasil moslashib boradi. Lekin bu moslashuv faol xarakterga ega bo’ladi.
Slayd 16
O’z atrofidagi muhitni va turmush tarzini asta-sekin takomillashtira borish insonning moslashuvida ayni faol shakl hisoblanadi. Inson atrof muhitga o’z ta’sirini mehnat orqali amalga oshiradi.U ijtimoiy ishlab chiqarish jamiyatini tabiatdan ajratibgina qolmay, balki jamiyatni tabiatning qolgan qismi bilan boglaydi ham. Boshqa jonli organizmlardan farqli o’larok, ayni ishlab chiqarish tabiatni o’zgartiruvchanlik faoliyati o’ziga xos va insonga xos faoliyatidir.
Slayd 17
Inson o’z atrofidagi muhitni shakllantiradi. Tabiat va inson jonli mavjudotlarni tashkil etadi. Jamiyat tabiatdan tashqari o’zining noorganiq jismida yashay olmaydi. Xorijiy ijtimoiy
amaliyotchilar, ijtimoiy gigienachilar fan texnika taraqqiyotining insoniyat taqd iriga ta’sirini baholab, fan va texnika o’z -o’zidan
insoniyatni elektron jannatga olib keladi, deb xisoblaydilar. Unda hozirgi zamonning barcha ziddiyatlari bartaraf etiladi, odamlar va
maorif rivoji ta’siri ostida eng oliy axloqiy sifatlarga ega bo’ladilar.
Slayd 18
Keyingi vaqtda yangi texnikaning umumiy tez rivojlanishi bilan birga xavfsizlikni ta’minlashda ham sezilarli siljish kuzatilmoqda. Ammo
hayotning barcha jabhalari jadal texnikalashayotgani, texnikaviy uskunalar sonining keskin ko’payishi, ular hayoti tabiiy sharoitlarini
uning sog’lig’i va hayotini muhofaza qilishning samarali chegaralari jiddiy ravishda
keskinlashmoqda
Slayd 19
Bu ziddiyat o’z manbasiga ko’ra ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan bog’ liq emas va texnikani keng qo’llaydigan har bir jamiyatda paydo bulaveradi. Ammo ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bu ziddiyatlarni hal etishning shakl va usullariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’tmishdan xulosa chiqarib, ilmiy texnikaviy va muxandislik loyihalarini chinakamiga va ulkan miqyoslarga ijt imoiy ekspertiza qilishni yo’lga qo’yish zarur. Bu ishga keng jamoatchilikni
jalb etish lozim.
Slayd 20
Ana shunda loyihalarni nazoratsiz ishlab chiqish va ularni amalga oshirish oqibatida ro’y berishi mumkin bo‘lgan ekologik va boshqa qusurlarni juda kamaytirish va qolaversa to’la yo’q qilisb
mumkin.Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolari jiddiy tus olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat urtasidagi munasabatlarni muvozanatga keltirish asosiy vazifalardan xisoblanadi.Tabiat, inson va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik muammosi asosiy masalalardan biridir.Tabiat jamiyatning yashash muhiti,uning moddiy
va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai hisoblanadi.
Slayd 21
Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo’lib,alohida ijtimoiy mazmunga ega. Tabiat va jamiyat o’zaro uzviy boglangan bir butun materiyaning ikkiqismi,o’ziga xos ijtimoiy ekosistema hisoblanadi.Tabiat va jamiyatning o’zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o’rin egallaydi.Inson bir vaqtning o’zida ham tabiat ham jamiyatning ajralmas qismi bo’lib,ijtimoiy biologik mohiyatga ega.Modda va energiya almashinuvi tabiat mavjudligining asosidir. Materiya xarakatning yuqori shakli bo’lgan jamiyat tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.Jamiyat rivojlanishining turli bosqichla rida uning tabiatga bo’lgan munosabati ham o’zgarib borgan.
Slayd 22
Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o’tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi
tabiatga ta’sirning kuchayishiga sabab bo’lgan. Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi
natijasida insonning ta’sir doirasi va surati o’sib borgan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji,sanoat, transportning vujudga kelishi,tabiiy boyliklarning tezkor o’zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga etkazdi.
Slayd 23
Antropogen modda almashinuvi yani xom ashyolarini tabiatdan oshig’i bilan olinishi va zararli chiqindi xolida atrof muhitga tashlanishi tabial va jamiyat o’rtasidagi azaliy muvozanatning
buzilishiga sabab bo’ldi. Tabiat va jamiyat munosabatlari ning rivojlanishida biogen, antropogen va texnogen (noogen) bosqichlar
ajratiladi.Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o’garishi,jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.Mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni ajratish mumkin.
Slayd 24
Yer yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko’payishi ekologik inqiroz xavfining real ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik muammolarni hal qilish uchun barcha zarur chora tadbirlar ko’rilmasa, ekologik inqiroz muqarrar bo’lib qolishi mumkin.Tabiat va jamiyatning o’zaro mutanosib rivojlanishi
koevolyutsiya deb ataladi.Bu rivojlanish suratlari o’zaro mos kelmasa inqirozga olib keladi. Jamiyatning tabiatga ta’sirini meyorga solib
turish lozimdir. Ekologiya deganda organizmlarning o’zaro va muhit bilan aloqadorligini o’rganadigan biologik fan tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish deganda barcha avlodlarning
extiyojlarini hisobga olgan xolda tabiiy boyliklardan oqilona
foydalanish va atrof muhitni mussafo xolida saqlashga qaratilgan,
ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar
majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda kompleks fan
ham nazarda tutiladi.
Slayd 25
Ekologiya deganda organizmlarning o’zaro va muhit bilan aloqadorligini o’rganadigan biologik fan tushuniladi.Tabiatni muhofaza qilish deganda barcha avlodlarning extiyojlarini hisobga olgan xolda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni mussafo xolida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda kompleks fan ham nazarda tutiladi.
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.