Suzush va uni o’qitish metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
Suvda chukayotgan odamga birinchi yordam kursatish
Slayd 2
Reja:
Cho’kishning sabablari va turlari
Holdan toygan odamga yordam ko’rsatish
Cho’kayotgan odamni qutqarish
Sun’iy nafas oldirish
Slayd 3
Cho’kishning sabablari va turlari
Suvga cho’kish bizning diyorimiz sharoitida asosan yoz
Oylarida sodir bo’lsa-da, ammo tog’li tumanlarda bo’ladigan bahorgi suv toshqinlari, sel kelishlari oqibatida ham odamlar suv girdobida g’arq bo’lish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda odamlar albatta, kiyim-boshda bo’ladilar. Natijada sal vaqt ichida suvga
Botib, cho’ka boshlaydilar. Suvda kiyimlarni kuchingizborida yechishga harakat qiling. Buning uchun suvga
Chalqancha yotib, yoqani, tugmachalarni yechish, bir zum
G’ujanak bo’lib turib, nafasni chuqur olgancha, avval
Poyabzalni, so’ng ustki kiyimlarni yechish zarur.
Slayd 4
Umuman, cho’kish turlari quyidagicha
Haqiqiy yoki «ho’l» cho’kish
Asfiksiya yoki «quruq» cho’kish
A) oq asfiksiya (bo’g’ma) holat
B) ko’k asfiksiya – o’pkaga suv tushib, nafas ololmaydigan holat).
Ikkilamchi cho’kish
Suvdagi o’lim
Slayd 5
Bunda odam o’z organizmida kislorod tanqisligini seza boshlagach, talvasaga tushadi, nima bo’lsa ham, bir marta nafas olishga intiladi. Ammosuzishni bilmagani uchun qo’l-oyoqlarini osongina harakat-lantira olmaydi. Kislorod tanqisligi yuz bergach, u beixtyor og’zini ochib yuboradi va nafas olmoqchi bo’lib, butun o’pkasini suvga to’ldirib qo’yadi. Natijada miya kisloroddan ochiqib, odam hushidan ketadi. Hushidan ketgandan so’ng u boshqa nafas ololmaydi. Shu tufayli o’pka «o’zicha» bir necha marta nafas olib, o’zidagi bor havoni ham siqib chiqaradi va o’rni suv bilan to’ladi. Bunday paytlarda odamning arterial va venoz qonbosimi haddan tashqari oshib (1,5-2 baravar), yurak urishi sekinlashadi va shunda yurak urishining to’xtashidan oldin kuzatiladigan bradikardiya taxikardiyaga aylanadi va qon bosimi keskin pasaya boshlaydi.
Chuchuk suvga cho’kkan odam o’pkasining hajmi juda kattalashadi-yu, lekin sho’r suvda cho’kkan odamlarnikiga qaraganda suyuqlik kamroq yig’iladi. Chunki unda osmotik bosim ko’proq bo’lgani uchun chuchuk suv qonga o’tib, qonning umumiy miqdorini oshiradi. Shungdang sung yurak urishdan to’xtaydi.
Slayd 6
Chukkan odamda kuzatilatidan xolatlar
Cho’kkan odamning rangi odatda ko’karib, klinik o’lim holati 3,6 daqiqa davom etadi. Dengiz suvining tarkibida 4 foiz atrofida tuz bo’lib, qonga nisbatan ko’proq osmotik bosimga ega bo’ladi. Shu tufayli tomirlardagi qon quyuqlashib.
Eritrotsitlar kamayadi, alveolalarga ko’p miqdorda suyuqlik yig’ilib, natijada o’pka yorilishi ham mumkin.
Cho’kkan odamning rangi oqarib, qon tomirlari bo’rtmaydi. Sho’r suvda (dengiz suvida) cho’kkan odamda klinik o’lim holati uzoqroq (10,12 daqiqa) davom etadi. «Oqarib ketgan» odamlarning cho’kkanidan 10 daqiqa o’tgan bo’lsa ham, tiriltirsa bo’ladi. Haqiqiy cho’kish odatda, suzishni bilmagan kishilarda ro’y beradi.
Slayd 7
Asfiksiya yoki «quruq» cho’kish hiqildoqning reflektor spazmi tufayli, suv o’pkaga kirmay qolishi bilan kechadi. Yuqori nafas yo’llari suvdan ta’sirlanganda hiqildoq yoki traxeyaning yo’li butunlay bekilib qoladi va cho’kkan odam bo’g’ilib (asfiksiya bo’lib), o’lib qoladi. Iflos, xlor konsentrasiyasi ko’p, kimyoviy moddalar, eritma zarrachalari bor bo’lgan qumli suvda ham bo’g’ilib cho’kish hollari kuzatilgan. Bunday cho’kkan odamning rangi oqarib ketadi. Cho’kishning bu turi ko’pincha (5,20 foizgacha) bolalar va ayollar o’rtasida uchraydi.
Slayd 8
Sovuq (16°S dan past) suvda cho’milish
Sovuq (16°S dan past) suvda cho’milgan kishi sovuqlik shoki yuz berishi natijasida cho’kib ketishi mumkin. Ma’lumki, odam sovuq suvga tushganida teridagi qon tomirlari torayadi. Qon tana yuzasida ichki a’zolarga oqib ketadi va shuning uchun ularning faoliyati anchagina tezlashadi. Bu esa moddalar almashinuvining ortishiga, oksidlanish jarayonining tezlashishiga, binobarin, issiqlik hosil bo’lishining ko’payishiga olib keladi. Yurak faoliyati ham ancha tezlashadi. Shuning uchun qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi kuchayadi, teriga juda ko’p iligan qon keladi va teri yuzasi qattiq sovub ketmaydi. Agar odam uzoq vaqt sovuq suvda cho’milsa, yoki sovuq suvga tushib ketsa, dastlabki paytda yuragini «to’xtab qolganday» his etadi. Chunki yurak faoliyati bir necha sekundgacha nihoyatda sekinlashib qoladi. Teri retseptorlaridan boshlangan intensiv impuls katta yarimsharlar po’stlog’iga borishi natijasida bosh miya tomirlari torayadi, miyada spastik anemiya ro’y beradi va yurak reflektor ravishda to’xtab qoladi.
Slayd 9
Boshqacha bo’lishi ham mumkin
Masalan, quyosh nurining kuchli ta’siridan haddan tashqari issiqlab ketgan kishi cho’milganida, og’ir ish qilganida yoki mast holatda (tana harorati 37°S ga (agar spirtli ichimlik iste’mol qilingan bo’lsa, harorati qo’shilib, shu harorat bilan sovuq suvga tushilganda) cho’milganida suvda sovuqlik shoki yuz berishi mumkin. Bundan tashqari, agar odam uzoq vaqt sovuq (20°S dan past) suvda cho’milsa (chiniqmagan bo’lsa) sovqotadi, sovuqlik shoki rivojlanmasada, u cho’kib ketishi mumkin. Bunday suvda issiqlikni tashqariga chiqarish keskin ravishda kuchayib, gavdaning harorati pasayib ketadi, markaziy nerv sistemasi astasekin susayib, skelet mushaklari og’riydi va tirishib, qisqarib, tomirlar tortishadi. Tezlik bilan yordam ko’rsatilmasa, ba’zan ko’ngilsiz hodisa yuz beradi. Sovuq suvga cho’kkan odamda klinik o’lim holati uzoq (20 daqiqagacha) cho’zilib, cho’kkaniga hatto 20 daqiqa bo’lgan bo’lsa ham, tiriltirish mumkinligini esda tuting. Reflektor ravishda to’xtab qoladi.
Slayd 10
Suvga sakrashda, sho’ng’ish, qorin yoki jinsiy a’zolar suvga urilganda yoki bosh bilan suv ostiga urilish tufayli jarohatlanish shoki avj olishi natijasida odam cho’kib ketishi ham mumkin. Shikastlanib, suv ostida qolganda, suv nafas yo’llariga, alveolalarga, o’pkaga kiradi va odam cho’kishiga sabab bo’ladi. Bunday cho’kish holati ikkilamchi cho’kish deyiladi. Vestibulyar analizatorlarning buzilishi, asfiksiya bilan birga rivojlanishi ham ba’zan odamning cho’kishiga olib keladi. Suvda bo’lgan odamning qulog’iga sovuq suv tushganida (quloq pardasi nuqsoni yoki Yevstaxiy nayi orqali) vestibulyar apparatning kuchli ta’sirlanishi oqibatida odam suvda tik tura olmaydi, boshi aylanadi, ko’ngli aynaydi va h. k. Ma’lumki, odam suvga sho’ng’iganida boshi bilan pastga yoki yuqoriga qilayotgan harakatini bemalol his eta oladi. Vestibulyar apparati zararlangan kishi esa suvda qaysi holatda harakatlanayotganini yoki suvning ma’lum qatlamidan pastga yoki yuqori tomon siljiyotganini bilolmay qolib, asfiksiyaga uchraydi va ko’pincha g’arq bo’lib ketadi. Odatda, kar-soqovlarning vestibulyar apparati zararlanganligiga ko’ra, ularning yoz oylarida cho’milishlari ancha xavflidir. Chunki bunday kishilar orasida shu kabi hodisalar ro’y berish ehtimoli ko’proq bo’ladi.
Slayd 11
Suv ostida suzuvchi sportchilarda ham o’ziga xos cho’kish holatlari uchraydi. Suvning ostida tura olish muddatini uzaytirish maqsadida suvga sho’ng’uvchi o’zini suvga tashlashdan avval, bir necha marta tez-tez va chuqur nafas oladi (giperventilyasiya). Bunda qondagi karbonad angigrid (So2) tanqisligidan gazning suyuqlikdagi bosimi (20 mm/sim. Ust. Gacha) pasayadi. Suv ostida esa qondagi karbonat angidridning tanqisligi, odatda, oshadi va alveolalar havosidagi karbonad angidridning tanqisligi darajasiga (38-42 mm. Sim. Ust. Ga) yetadi. Qonda kislorod tanqisligi keskin kamayishi natijasida miya gipoksiyasi rivojlanib, suzuvchi hushidan ketishi mumkin. Qanday suvda (dengiz yoki chuchuk, sovuq yoki iliq suvda) cho’kishdan qat’i nazar nafas to’xtagan, yurak faoliyati keskin susaygan yoki to’xtab qolgan odamga tez yordam ko’rsatish lozim. Qon aylanishi, nafas faoliyatini tiklashga qaratilgan reanimatsion tadbir-larning shoshilinch chorasini ko’rish zarur. Sun’iy nafas berish qonni kislorodga yetarlicha to’yintirishda va suvga cho’kkandan keyingi og’ir asoratlardan biri bo’lgan o’pka shishining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega.
Slayd 12
Cho’kayotgan odamni qutqarish
Cho’kayotgan odamni qutqarish har bir insonning burchidir. Bu burchni ado etish uchun albatta, suzishni yaxshi bilish kerak. Qutqarishning bir necha usul va amallari bor. Masalan, suvga cho’kib borayotgan odamni suv oqimi qutqaruvchi tomonga oqizib kelayotgan bo’lsa, qutqaruvchi cho’kayotgan kishi oldiga burchak hosil qilib, suzib chiqishi lozim. Hushidan ketgan odamni suvdan olib chiqish quyidagicha bajariladi:
A) cho’kkan odamning sochidan ushlanadi va oyoqlarni brass usulida harakatlantirib, yonboshlab, bo’sh qo’l yordamida suzib olib chiqiladi;
B) cho’kkan odamnng iyagidan ikki qo’l bilan bosh tarafidan kelib ushlanadi va chalqancha yotgan holda brass usulida oyoqlar bilan harakat qilib suzib olib chiqiladi;
V) cho’kkan odamning orqa tomonidan bir qo’lni ikki qo’lti-g’idan o’tkazib ushlab, ikkinchi bo’sh qo’l bilan yonboshlab suzib, oyoqlarni ham shu usulga ko’ra harakatlantirib olib chiqadi;
G) qo’lni cho’kkan odamning bir qo’ltig’idan o’tkazib, iyagidan ushlab yonboshlab suzish harakatlari bilan olib chiqiladi va h. k. Qutqarish usuli qanday bo’lmasin, cho’kkan odamga sharoitga qarab nafas olishiga imkon berish kerak, bu hech qachon esdan chiqmasligi shart bo’lgan, birinchi navbatda qilinadigan vazifadir.
Slayd 13
Ma’lumki, cho’kayotgan odam ongli harakat qilmaydi. Qo’llarini osmonga yemas, pastga olishni u xayoliga ham keltirmaydi. Dod solib, qo’llarini suv urgancha tepaga ko’taraveradi, natijada suv o’z qa’riga tortib ketadi. Aslini olganda, odamzotni cho’ktiradigan narsa – mana shu qo’rquv, dahshat vasvasasidir. Odam qo’rqib ketmasa, u o’zini suvda tutib tura oladi. Suzishga o’rganayotganda hammamiz ham shu hissiyot paydo bo’lganidagina suzib ketganmiz. Chunki xuddi shu paytda bizda ongli harakat qilishga yerkin ixtiyor tug’ilgan.
Cho’kayotgan odam jon holatda unga yordamga kelgan kishini duch kelgan yeridan mahkam tutib olishi mumkin. Bunday vaziyatda qutqaruvchi yes-hushini yo’qotib qo’ymasligi kerak. Masalan, cho’ka-yotgan kishi uning ikki bilagidan tutib qolganida, qutqaruvchi qo’llarini pastdan yonga siltab, chiqarib olishi, bordi-yu, cho’kayotgan odam uning orqa tomonidan, bo’ynidan ikkala qo’li bilan ushlab olsa, darhol uning bosh barmoqlaridan tutib ajratib, qo’lini qo’yvormagan holda, o’zining oldiga uning orqasini qilib o’tkazib olishi lozim. Agar cho’kayotgan odam old tomondan bo’yinga yopishib olsa, tizzani unga tirab, yengagidan itarib ajratish lozim. Shunday hollar ham bo’ladiki, cho’kayotgan kishi sizga mahkam yopishib oladi. Bunday holatda bir zum suv tagiga tushish, ya’ni cho’kayotganday harakat qilishi kerak. Shunda sizni o’zi qo’yib yuboradi va suvdan chiqishga o’zi talpinadi, harakat qiladi va yordam berayotganda boshqa qarshilik ko’rsatmaydi.
Slayd 14
Xullas, cho’kayotgan odamni qutqarish, unga yordam berish yoki suv tubidan cho’kkan odamni olib chiqish o’ziga xos usul va amallarga ega. Suzishni biladigan, ayniqsa, sportchi suzuvchilar har qanday vaziyatda ham yordamga shay bo’lishlari lozim. Suvdan qutqarib chiqilgan odamning ahvoli, odatda, har xil bo’ladi. Ba’zilari yengil – sal og’iz-burniga suv kirgan, biroz yo’talib, o’qchib, qusib, keyin tuzalib ketadi. Boshqa birlari og’irroq – o’pkaga suv kirgan, nafas olishi qiyinlashib qolgan, afti-angori ko’karib ketgan bo’ladi. Bundaylarni albatta, tezlik bilan shifokor qabuliga eltish kerak. Uchinchi xildagilar esa ancha og’ir – hushini yo’qotgan, nafasi to’xtab qolgan, ammo yuragi sekin-sekin urib turgan bo’ladi. Bundaylarga shu zahoti – bir daqiqa ham o’tkazmay, zudlik bilan sun’iy nafas oldirish zarur.
Slayd 15
Cho’kayotganlarni qutqarish Suvda baxtsiz hodisalarning oldini olish
Suvda odamlarning halok bo’lish sabablaridan eng asosiysi suvda o’zini tutish qoidalarini buzish,
Cho’milish va suzish mashg’ulotlari paytida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslikdir
Slayd 16
Quyidagi qoidalarni yaxshi bilish va ularga qat’iy rioya qilish zarur –
Suzish bilan faqat shifokor ruxsatini olganlargina shug’ullanishi mumkin. Suzish bilan shug’ullanganda, muntazam ravishda tibbiy ko’rikdan o’tib turish lozim- suzish va cho’milishga faqat shu maqsadlar uchun ajratilgan joylar: basseynlar, o’rganish plyajlari, suv stansiyalari hamda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan boshqa yerlarda ruxsat etiladi – harorati 15oC dan past bo’lmagan toza suvdagina cho’milishga ruxsat etiladi. Suvdagi mashg’ulotlar davomiyligi 5 daqiqadan boshlab 25 daqiqagacha yetkazilishi mumkin
Slayd 17
0,6-0,9 M dan chuqur bo’lmagan
Maxsus suv havzalarida yaxshi suzishni biladiganlar nazorati ostida cho’milishlari mumkin.
Suvdagi barcha mashqlar, shuningdek, suzishga dastlabki urinishlar qirg’oq tomon bajarilishi zarur;
Suzishni bilmaydiganlar
Slayd 18
Suvga tushish va suvdan chiqish faqat mashg’ulot o’tka-zuvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi;
Suzishni biladiganlargagina suvga sakrash va sho’ng’ishni o’r-ganishga ruxsat etiladi. Quyidagilar qat’iyan man etiladi: kemalar, motorli va motorsiz qayiqlarga yaqin suzib borish suv havzasining o’rtasida suzish, daryolarni suzib o’tish;
Slayd 19
Sho’xlik qilish va yolg’ondan yordam so’rab shovqin ko’tarish – ogohlantiruvchi belgilar: masalan, bakenlar ustiga chiqish
Slayd 20
Maxsus moslashtirilmagan inshootlardan suvga sakrash, chu-qurligi va suvning holati noma’lum joylarda sho’ng’ish Suvda baxtsiz hodisa yuz bergudek bo’lsa, kishi o’zini xotirjam tutishi, tez va aniq harakat qilishi lozim. Ko’pincha kishilar tomir tortishishidan xavfsiraydilar. Bu suzish tayyorgarligi yetarli bo’lmagan kishilarda yuz beradi, yaxshi suzuv-chilarda esa deyarli uchramaydi. Agar sizning boldir mushagingiz
Tortishsa, oyoq panjangizni o’zingizga tomon tortib, tegishli mushakni uqalab yuboring
Slayd 21
Suvda qutqarishni rivojlantirish va ommalashtirishda cho’kayotganlarni qutqarish bo’yicha musobaqalar uyushtirish katta ahamiyatga ega. Qutqaruv va sportning amaliy turlari xalqaro federasiyasi 1971 yildan buyon qutqaruv ko’pkurashi bo’yicha chempionatlar o’tkazib keladi. Ular quyidagi mashqlarni o’z ichiga oladi: katerni «qutqaruv trevogasi»ga ko’ra 1000 m masofaga olib chiqish, 50 m masofaga suzib qutqarish; qutqaruvchi qayiqlarda 1000 m eshkak eshib, manekenni suvdan chiqarib olish; 200 m erkin usulda to’siqlar osha suzish; qutqaruv chambarini uzoqlikka aniq uzatib berish.
Slayd 22
Cho’kishning oldini olish uchun ommaviy cho’milish joylari yoki kechuvlardagi qutqaruv stansiyalarida bo’lishi kerak hisoblangan qutqarish vositalaridan foydalanishni bilish zarur. Bular qutqaruv chambarlari, sharlar, xodalar, qutqaruv taxtalari, ko’krakpechlar, belbog’, nimcha, kamzul
Slayd 23
Chambardan, yaxshisi, quyidagicha foydalanish lozim: uning oldiga suzib kelib, bir tomoniga bosiladi, u vertikal holatni olgach, ichiga bosh va qo’llar kiritiladi, qo’llar
Tushirilib, yordam kutiladi. Baxtsiz hodisaga uchragan odamga yordam berish mumkin bo’l-masa, unga biror suzuvchi buyum tashlanadi yoki ushlab olish
Uchun tayoq yoki xoda uzatiladi. Bunday tasodifiy buyumlardan tashqari maxsus uloqtiriladigan moslamalar ham bor
Slayd 24
Qo’l ostidagi qutqaruv vositalari sifatida turli suzuvchi narsalar: taxtalar, g’o’lalar, qamish bog’lari yoki havoga to’ldirish mumkin bo’lgan buyumlar xizmat qilishi mumkin (kiyimlar,bo’sh bochka yoki kanistrlar, avtomobil kameralari, koptoklar to’shaklar). Shuningdek, shoxshabba, qarmoq, xodalar, eshkak, chang’i, arqon, sim, kamar, sharf kabi narsalarni ham qo’llasa bo’ladi
Slayd 25
Cho’kayotgan kishining yaqiniga suzib kelgach, ko’riladigan tadbirlar uning qayerdaligiga bog’liq bo’ladi:
Havza tubiga tushib ketdimi yoki hali suv yuzasidami. Birinchi holatda uning ortidan suvga sho’ng’ish kerak. Agar cho’kayotgan kishi suv yuzasida bo’lsa, uni uzoqdanoq tinchlantirish, agar buning iloji bo’lmasa, yaxshisi orqasidan suzib kelish kerak, shunda uning tirmashib olishlaridan qutulish mumkin, bu esa ba’zan juda qiyin kechadi.
Slayd 26
Slayd 27
Slayd 28
Slayd 29
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.