Suzish va uni o’qitish metodikasi fani
8000 so'm

Slayd 1
Suzish va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Suzish sportining rivojlanish tarixi
Slayd 2
Reja:
Suzish va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi.
Suzish va uni o’qitish metodikasi fanining vazifalari.
Suzish sportining rivojlanish tarixi
Slayd 3
Suzish va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga suzish va uni o’qitish metodikasi fani bo’yicha bilim berish, amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish,
Suzish turlari,
Suzish texnikasi va usullari,
Suzish mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish uslubiyotini o’rgatish,
Xavfsizlik qoidalari, cho’kayotgan odamlarni qutqarish va ularga birinchi yordam ko’rsatish bilan bog’liq bilimlarni o’rgatishga qaratilgan.
Suzish va uni o’qitish metodikasi fanini talabalarga o’qitishdan yana bir maqsad – suzish bo’yicha yuqori malakali pedagog-trenerlarni tayorlash va va O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasining turli tizimlarida mustaqil ish olib borish.
Slayd 4
Suzish va uni o’qitish metodikasi fanining vazifalari
Fanning oldiga qo’ygan vazifalari – talabalarga suzish mashg’ulotlari o’quv dasturlari asosida nazariy va amaliy shaklida o’tkaziladi.
Mashg’ulotlar jarayonida suzish sportining rivojlanish tarixi, O’zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida suzishning o’rni, suzish texnikasining ilmiynazariy asoslari, suzish mashg’ulotlarida mashq qilish va o’rgatish asoslari, suzishning usullarini o’rgatish va o’zlashtirish bo’yicha tayyorlov mashqlari, suzish texnikasini takomillashtirish va o’rgatishda maxsus sport mashqlari, ko’krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o’rgatish, suzish mashg’ulotlarida o’rgatish metodlari, suzishda startdan chiqish va burilishlarni o’rgatish, suvda cho’kayotgan odamga birinchi yordam ko’rsatish, suzish bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish, musobaqa hujjatlari, hakamlik qilish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Slayd 5
Suzish sportining rivojlanish tarixi
Turkistonda ommaviy suzishning dastlabki qadamlari 1918-yilda Vseobuchning yuzaga kelishi bilan bogliq bo’lib, u Toshkent xalq universiteti qoshida havaskor suzuvchilar to’garagining paydo bo’lishiga turtki berdi. Ular Soylar yoki Bo’zsuvdagi o’zlari yoqtirib qolgan joyda to’planib, birgalikda cho’milar yoki suzar edilar. O’zbekistonda sportcha suzishning rivojlanishi XX asrning 20-yillaridan boshlangan. 1920-yilda Toshkent shahrida hozirgi «Paxtakor» stadioni bilan Anxor kanali orasida mashhur aka uka shifokor Slonimlarning mablag’iga 15 m li suzish basseyni va davolovchi solyariy qurildi. Aynan shu zaminda Turkiston respublikasida birinchi suzish maktabi paydo bo’ldi. Maktabda turli jins va yoshdagi 800 ga yaqin kishi suzishni o’rgangan. Bu maktabning tashkilotchisi va yagona murabbiysi 1914-yilda AQShdan kelgan Sidney Lvovich Djakson edi. U serqirra sportchi – tashabbuskor bo’lib, uning birinchi shogirdlari – suzuvchilar P. T. Taranov, V. K. Morozov va boshqalar bo’lgan.
Slayd 6
1921-yilda Turkfront Vseobuchi boshqarmasi huzurida Jismoniy tarbiya markaziy kengashining tashkil etilganligi suzishning rivojlanishida qatta rol o’ynadi.
1922-yilda «Fortuna» sport jamiyati yuzaga keldi, unda suzish havaskorlarining to’garaklari birlashtirildi va suzish bo’yicha dastlabki jamiyat birinchiliklari o’tkazildi. Shu yilning o’zida Toshkent shahri birinchiligi uchun ilk musobaqalar o’tkazildi. Barcha masofalarda S. L. Djakson g’oliblikni qo’lga kiritdi.
1924-25 yillarda Toshkent yaqinidagi Bo’zsuv daryosida gidroyelektrostansiya qurildi va suzish bo’yicha sport ishlari hosil bo’lgan suv omborida davom ettirildi, biroq bu yerda ko’p vaqtgacha suzish uchun suv stansiyasi yo’q edi. Keyinchalik suv ombori qirg’og’ida qayiqlar stansiyasi tashkil qilindi.
1927-yilda Bo’zsuv kanalida TashGRES suv omborida 50 metrlik suzish basseyni bo’lgan birinchi suv stansiyasining qurili shi respublikaning sport hayotidagi katta voqea bo’ldi.
Slayd 7
1927-yilning yozi oxirida shu stansiyalarda Turkiston harbiy okrugining suzish bo’yicha musobaqalari, shuningdek, I Butun o’zbek spartakiadasi dasturidagi musobaqalar tashkil qilindi.
Suzish buyicha ilk bor O’zbekiston birinchiligi 1935-yilda Andijonda o’tkazildi. Unda Andijon, Farg’ona, Qo’qon jamoalari to’la tarkibda qatnashdi. Toshkentdan bor yo’g’i 4 kishi ishtirok etdi. Erkin usulda 100 va 200 m suzishda Andijonlik N. Davidenko, brass usulida suzishda toshkentlik V. Mixaylov, yonlamasiga suzishda toshkentlik A. Vajnin, 100, 200 va 400 m tredjenda Toshkentlik N. Zokirov dastlabki respublika chempiyonlari bo’ldilar. Ular ko’rsatgan natijalar unchalik yuqori emas – Ii razryad darajasida edi.
Slayd 8
Slayd 9
1772 yilda Parijda cho’ka-yotganlarni qutqarish to’g’risida Nizom nashr etildi, Rossiyada 1866 yilda Kronshtadt dengizchilari tomonidan kemalar halokati vaqtida yordam berishni uyushtirish jamiyati tashkil etildi.
1774 yilda esa eng yirik «Cho’kayotganlarni qutqarish bo’yicha Angliya Qirollik jamiyati»ga asos solindi.
Slayd 10
1871 yilda «Suvda qutqarish bo’yicha Rossiya
Jamiyati»ga aylantiriydi.
1799 yilda Rossiyada chop etilgan «Xalq uchun qisqacha kitob»da «uning (cho’kkan odamning) o’pkasiga og’izdan-og’izga yoki shishirilgan qon yordamida puflab qaytadan havo kiritishga harakat qilish» tavsiya etilgan.
Suzish havaskorlarining birinchi maktabi 1785 yilda Parijda ochildi. Rossiyadagi birinchi shunday maktab 1827 yilda Nevadagi shaharda
Slayd 11
Mustaqil o’zbekiston Respublikasida suzish
Respublikamiz o’z mustaqilligiga erishganidan keyin sportchilar va, xususan, suzuvchilar terma jamoasi oldida katta imkoniyatlar ochildi. Bizning suzuvchilarimiz davlatimiz bayrog’i ostida alohida jamoa bo’lib xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladilar.
1992-yilda mustaqil O’zbekistoning suzish federasiyasi tashkil etildi, Shokarim Abdullayevich Annazarov uning prezidenti etib saylandi.
1996-yilda O’zbekiston Suzish federasiyasi Prezidenti etib Navoiy tog’-metallurgiya kombinati direktori Nikolay Ivanovich Kucherskiy saylandi.
1996-yilda terma jaomamiz Tailandning Bangkok shahrida o’tgan Vi Osiyo Chempionatida qatnashdi va 1 ta oltin, 1 ta kumush hamda 3 ta bronza medalini yutib oldi.
Slayd 12
Suzush usullarining amaliy axamiyati
Amaliy ahamiyati. Suzishning ko’krakda krol usulining amaliy ahamiyati shundaki, ushbu usul turli sharoitlarda suv to’siqlarini kesib o’tish, kiyimda suzish, suvda cho’kayotganlarga yordam berish va boshqalarda foydalanilishidir. Ko’krakda krol usuli bilan suvga sho’ng’ib suv ostida suzish, faqatgina oyoqlar bilan ishlab yoki brass usuli kabi qo’llar eshish harakati bilan yordamlashib suzish mumkin
Amaliy ahamiyati. Chalqancha krol usulida suzishni bilmaydiganlarni transportirovkasida, suvda cho’kayotganlarga yordam ko’rsatishda hamda turli yuklar bilan suzish va boshqa holatlarda qo’llaniladi.
Amaliy ahamiyati. Brass usulida suzish suvga sho’ng’ishda, suvda cho’kuvchilarni qutqarishda, turli predmetlarni transportirovkalashda, suv chiziqlaridan suzib o’tishda (brass bilan ovoz chiqarmasdan, yo’nalishni saqlab turib va atrofni kuzatib turgan holda suzish mumkin)
Amaliy ahamiyati. Batterflayning amaliy ahamiyati yo’q.
Slayd 13
Slayd 14
Slayd 15
Slayd 16
Slayd 17
Qiziq fakt
Juda yoshligida suzishni o’rgangan bolalar rivojlanishning asosiy bosqichlarini o’z tengdoshlariga nisbatan avvalroq bosib o’tishadi. Avstraliyaning Griffiti universiteti olimlari xuddi shunday xulosaga kelishgan. Uch yil davom etgan tadqiqot davomida Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQShdagi besh yoshgacha bo’lgan bolalarning 7 ming nafar ota-onasi o’rtasida so’rovnoma o’tkazilgan.
Bundan tashqari, yana 180 nafar uch-besh yosh oralig’idagi bolalar izchil test jarayonlariga jalb etilgan.
Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, bolaligining ilk yillarida suzishni o’rgangan bolalar suzishni bilmaydigan tengdoshlariga nisbatan ko’proq, kengroq bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish imkoniga ega bo’lishadi. Ushbu ko’nikmalarning aksariyati bolalarga bog’chadan maktabga o’tish yoshidagi qiyinchiliklarni osonroq yengib, tezroq moslashishga yordam beradi.
Qayd etilishicha, erta suzishni o’rgangan bolalar jismoniy jihatdan tezroq rivojlangan, vizual-motorli bilimlarni (qog’oz kesish, chiziqlar chizish va bo’yash, katta shakllarni yasash) tez o’zlashtirgan, matematik masalalarni yaxshiroq hisoblagan. Ularning nutqi ham yaxshiroq rivojlangan, yaxshi hisob-kitob qilgan.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.