SUDRALIB YURUVCHILARNING KLASSIFIKATSIYASI, XILMA-XILLIGI, TARQALISHI VA YASHASH SHAROITLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
SUDRALIB YURUVCHILARNING KLASSIFIKATSIYASI, XILMA-XILLIGI, TARQALISHI VA YASHASH SHAROITLARI
=== Taqdimot 2 ===
Sudralib yuruvchilar (reptilia) sinfi
Lepidozavrlar (Lepidosauria)
Xartumboshlilar (Rhynchocephalia). 1 oila1 ta tur.
Yagona tur ( spendon punctatus)-gatteriya.
Tangachalilar  (Squamata) 2 ta kenja turkum. 6000 tur.
Kaltakesaklar (Sauria). Kenja turkum.
Ilonlar (Ophidia) kenja turkum.
=== Taqdimot 3 ===
Sudralib yuruvchilar (reptilia) sinfi
Arxozavrlar (Archosauria).
Timsohlar (Crocodilia) 23 tur 3 ta oila.
Aligatorlar (Aligatoridae) 4 urug‘ 8 tur.
Haqiqiy timsohlar (Crocodylidae) 14 tur.
=== Taqdimot 4 ===
Sudralib yuruvchilar (reptilia) sinfi
Anapsidalar (Anapsida).
Toshbaqalar (Chelonia yoki Testudines) 5 ta kenja turkum 13 ta oila.
Yashirin bo‘yinlilar (Cryptodira).
Yon bo‘yinlilar (Pleurodira).
Yumshoq terililar (Trionychoidei).
Dengiz toshbaqalari (Chelonioidae).
Qalqonsiz toshbaqa (Athecae).
=== Taqdimot 5 ===
Lipodazavrlar kenja sinfi Xartumboshlilar yoki tumshuqboshilar turkumi  (Rhynchocephalia)
Bu turkumning yagona turi Gatteriya (Spenodon punctatus) hozirgi vaqtda yashayotgan eng qadimgi sudralib yuruvchilardan hisoblanadi.
Gatteriya tashqi ko‘rinishidan yirik kaltakesakka o‘xshaydi, lekin Tuzilishining ayrim xususiyatlari bu turning primitiv ekanligidan dalolat beradi. Bu tur faqat yangi Zenlandiyada tarqalgan. Rangi qizg‘ish ko‘kimtir tusda. Uzunligi 50 sm dan 75 sm gacha boradi. Gavdasining usti mayda donador muguz tangachalar bilan qoplangan. Orqa va qorin qismidagi tangachalari nisbatan yirik plastinkalar shaklida bo‘ladi. Ensasining uchidan to dumining uchiga qadar qator o‘rnashgan uchburchak shakldagi shox plastinkalardan iborat.
=== Taqdimot 6 ===
Gatteriya yer ostidagi uyalarda, Albatros va boshqa ko‘plab okean qushlari bilan birga yashaydi, asosan tunda faol. Ular kaltakesaklarga qarama-qarshi sekin harakat qiladi. Ko‘payishi bahorda, janubiy yarimsharda esa noyabr- dekabr oylarida bo‘ladi. O‘zlari yashaydigan uyasiga yaqin joyda maxsus uya kovlab 8-12 ta, ba’zan 15-17 ta tuxum qo‘yadi. bilan oziqlanadi. Hozirgi vaqtda gatteriya qonun yo‘li bilan himoyalansa-da tabiatda juda kam uchraydi.
=== Taqdimot 7 ===
Tangachalilar (Squamata) turkumi
Tangachalari turkumi hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar orasida eng ko‘p turga ega bo‘lgan va keng tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi. Terisi har xil shakldagi shox tangachalar va qalqonchalar bilan qoplangan. Kvadrat suyagi miya qutisiga harakatchan qo‘shilganligi bilan boshqa sudralib yuruvchilardan farq qiladi. Tangachalilar kopulyativ organi juft kovak xaltacha shaklida bo‘ladi. Tuxum qo‘yish, ayrim turlari tirik tug‘ish yo‘li bilan ko‘payadi. Tuxumlari timsohlar va toshbaqalar tuxumlaridan farqli o‘laroq oqsilsiz va pergamentiman parda bilan qoplangan bo‘ladi. Tangachalilar turkumi 2 ta kenja turkumga bo‘linadi.
1. Kaltakesaklar ( sauria va Lacertilia) kenja turkumi.
2. Ilonlar ( Ophidia yoki Serpentes) kenja turkumlari.
=== Taqdimot 8 ===
Kaltakesaklar (Sauria yoki lacertilia) kenja turkumi
Kaltakesaklar kenja turkumiga 4300 ga yaqin tur kiradi va ular Yer yuzida keng tarqalgan, MDHda 6 ta oilasi va 80 ga yaqin turi uchraydi. O‘zbekistonda 38 turi aniqlangan. Gavdasining shakli turli-tuman, Asosan cho‘zinchoq, uzun harakatchan dumi, yaxshi rivojlangan bo‘yin, qisqa va besh barmoqli oyoqlari bor. Ayrim turlarining oyoqlari yo‘qolib ketgan.
Italyan kaltakesak. (Podarcis siculus)
Asl kaltakesaklar (Lacertidae) oilasi.
=== Taqdimot 9 ===
Asl kaltakesaklar (Lacertidae)
Bu oilaning 22 ta avlodi va 200 tacha turi bor. Ularning tanasi silindr shaklida, Bo‘yin qismi tanasidan yaqqol ajralib turadi, besh barmoqli oyoqlari yaxshi takomil etgan, tashqi quloq teshigi bo‘ladi. Asli kaltakesaklar mayda va o‘rtacha kattalikda bo‘ladi, dumi uzun va uziluvchan bo‘ladi.Tanasi o‘rta qismining aylanasida 33-54 qator tangachalari bor. Son teshiklari 10—21 ta.
Tez kaltakesak – Lacertaagilis L.
=== Taqdimot 10 ===
Echkemarlar (Varanidale)
Echkemarlar oilasining 1  avlodi hamda 30 turi bor. Ularning oldingi va orqa oyoqlaridagi o‘tkir tirnoqli beshta barmoqli bo‘ladi. Bo‘yin qismi uzun, uchburchak shaklidagi boshi cho‘zilgan, ularning ko‘z qovoqlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi. Oyoqlari bor. Gavdasining ikki yon tomonlarida uzunasiga ketgan teri burmasi yo‘q.
Bo‘z (kulrang) echkemar – Varanus griseus Daudin.
=== Taqdimot 11 ===
Agamalar (Agamidae) oilasi
Shakli kichik, yelkasida ko‘ndalang qora chiziqlar yo‘q, tilining uchi ayri emas, yumaloqlangan. Dumidagi tangachalar qiyshiq joylashgan bo‘ladi.
Cho‘l agamasi — Agama sanguinolenta Pallas.
=== Taqdimot 12 ===
Dumidagi tangachalar oddiy ko‘ndalang joylashgan.
Kavkaz agamasi — Agama caucasica Fischer.
=== Taqdimot 13 ===
Gekkonlar (Gekkonidae) oilasi.
Oilaning 80 ta avlodi va 900 ga yaqin turi bor. MDHda 9 turi, O‘zbekistonda esa 8 ta turi uchraydi. Bu oila vakillarining uzunligi 3.5 sm dan 35 sm gacha.Ularning tanasi biroz yassi va kichikligi, ko‘z qorachig‘i tik joylashganligi va bilan boshqa kaltaksaklardan farq qiladi. Gekkonlar barmoqlarining pastki yuzasi plastinkasimon, unga mayda mikroskopik ko‘rinishdagi tukchalar joylashgan. Shu tukchalar tufayli ular vertikal, hatto uy shiftida ham o‘rmalab yuradi. Kunduzi hayot kechiradigan turlarining ko‘z qorachig‘I yumaloq.
=== Taqdimot 14 ===
Ssinksimon gekkon
O‘rta Osiyoda uchraydigan Gekkonlar oilasi vakillari
Taroqbarmoqli gekkon
Chiyildoq gekkon
Kulrang gekkon
Turkiston gekkoni
=== Taqdimot 15 ===
Furcifer pardalis
Furcifer pardalis – kameleon lamparci
=== Taqdimot 16 ===
Ilonlar (Ophidae yoki Serpentes) kenja turkumi.
Ilonlarning gavdasi silindr shaklda deyarli qismlarga bo‘linmaydi. O‘rmalab yurishga va katta- katta g‘animlarni butunlay yutishga moslashgan. Ilonlarning oyoqlari, oyoq kamarlari va to‘sh suyagi yo‘qolib ketgan, faqat bo‘g‘ma ilon va ko‘r ilonlarda chanoq kamari suyaklari qoldiqlari saqlanib qolgan.
O‘pkasi toq, ularda faqat o‘ng o‘pka pallasi rivojlangan. Buyraklari va jinsiy organlari tasmasimon cho‘ziq joylashgan, siydik pufagi yo‘q. Jag‘ apparatlariining suyaklari (tanglay, qanotsimon va tangachasimon)  o‘zaro harakatchan birikkan. Shuning uchun ham ular o‘z o‘ljasini butunlay yutadi.
Ilonlar kenja turkumining sistmatikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 ga yaqin tur kiradi. Shu jumladan O‘zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 tur ilonlar uchraydi.
=== Taqdimot 17 ===
Ko‘zi terisi ostiga yashiringan bo‘lib, kichik qora nuqtaga o‘xshab yaltirab turadi. Dumi kalta. Uzunligi kengligiga teng.
Ko‘r ilon — Typhlops vermicularis Mer.
=== Taqdimot 18 ===
Ko‘zi terisi ostiga yashirinmagan, yuqoriga qaragan. Dumi ustidagi tangachalar silliq.
Qum bo‘g‘ma iloni – Eryx miliaris Pallas.
=== Taqdimot 19 ===
Dumining ostki qismida uzunasiga bir qator bo‘lib joylashgan tangachalari bor. Yon tomonidagi tangachalari qiyshiq joylashgan.
Qum charxiloni – Echis carinatus Schneider.
=== Taqdimot 20 ===
Dumining  ostki  qismidagi  tangachalari  ikki  qator  bo‘lib  joylashgan.Yon  tomonidagi tangachalari qiyshiq joylashmagan.
Ko‘lvor ilon — Qora ilon (gyurza) — Vipera lebetina L.
=== Taqdimot 21 ===
Dum  osti  qalqonchalari  20  juftga  yetmaydi. Boshining eng keng joyi og‘iz burchagi bilan tumshug‘ining uchigacha bo‘lgan masofadan kam.
Dasht qora iloni — Vipera ursini Bonaparte.
=== Taqdimot 22 ===
Tanasining o‘rta qismidagi tangachalar 23 ta, ba’zan 25 ta. Ko‘zi  bilan burun teshigi orasida chuqurcha bor.
Oddiy qalqontumshuq – Ansistradon halys Pallas.
=== Taqdimot 23 ===
Ustki jag‘ining oldingi qismida zahar tishlari joylashgan, ular yaxshi ko‘rinadi. Chakka qalqoni yo‘q.
O‘rta Osiyo kapcha. iloni — Naja oxiana L.
=== Taqdimot 24 ===
Ustki jag‘ining oldingi qismida zahar tishlari joylash- magan. Tanasidagi tangachalar qirrali.
Suv ilon — Natrix tesselata L.
=== Taqdimot 25 ===
Tanasining o‘rta qismidagi tangachalar soni 19 ta.
Chakka qalqoni bitta, tanasining ustida qoramtir chiziqlari bor.
O‘q ilon — Psammophis lineolatum Brandt.
=== Taqdimot 26 ===
Anapsidalar kenja sinfi Toshbaqalar — testudinidae turkumi
Reptiliyalar orasida toshbaqalar ancha murakkab guruh hisoblanadi. O‘ziga xos asosiy belgilari, avvalo ularning tanasi suyak – muguz yoki suyak-teri sovut (qalqon) bilan qoplanganligidir. Sovut orqa-karapaks va qorin-plastrondan iborat. Uning tanasi, ba’zan bo‘yni va boshi, oyoqlari va dumi sovut kosa ichida bo‘ladi. Bu suyak pansir kosasi dushmandan himoya qiladigan organi hisoblanadi. Ustki qismi karapaks suyak plastinkalaridan hosil bo‘lgan va uga umrtqa pag‘onasi va qovurg‘alar birlashib ketgan. Pastki qismi plastron 4 juft suyakdan tashkil topgan, unga to‘sh va o‘mrov suyaklari birlashib ketgan. Plastron va karapaks pay yoki suyak tutqich bilan bog‘langan.
=== Taqdimot 27 ===
Timsohlar sudralib yuruvchilarning eng qadimgi vakillaridan hisoblanadi. Ular 3000 yil ilgari paydo bo‘lgan. Hozir yashab yurgan timsohlar turli- tuman arxozavrlar kenja sinfining qoldig‘i hisoblanadi. Suvda yashashga moslashgan belgilariga  oyoqlaridagi (orqa) barmoqlari oralig‘idagi pardalari, suv sho‘ng‘iganda quloq va burun teshiklariga suv kirib ketmasligi uchun teri qopqolari(klpanlari borligi), burun teshiklari va ko‘zlari boshining ustidagi bo‘rtmalarida joylashganligi, og‘iz bo‘shlig‘ining orqa tomonida halqum teshigi oldiga o‘rnashgan maxsus tanglay pardasi borligi, burun teshigini berkita olishi, bunda hayvon faqat burun teshiklarini suvdan chiqarib, suv ichida og‘zini ochgan holda nafas olishi timsohlarga xos belgilardir. Ularning boshqa reptiliyalardan farq ilib ter bezlari borligi ham ahamiyatlidir.
Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi Timsohlar (Crocodilia) turkumi
=== Taqdimot 28 ===
O‘rta  Osiyo  toshbaqasi  (Testudo  horsfieldi  L.)
=== Taqdimot 29 ===
Missisipi alligatori
Qora kayman
Gavial
=== Taqdimot 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SUDRALIB YURUVCHILARNING KLASSIFIKATSIYASI, XILMA-XILLIGI, TARQALISHI VA YASHASH SHAROITLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar