=== Taqdimot 1 ===
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llash
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
STEAM ta’lim texnologiyasining yaratilishi.
STEAM ta’lim texnologiyalari turlari.
STEAM ta’lim texnologiyalarining afzalliklari.
=== Taqdimot 3 ===
Biz texnologik inqilob davrida yashayapmiz. Kundan kunga yangi texnologiyalar, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda. Pedagog, tarbiyachi sifatida o‘ylash kerakki, biz bolalarga mana shunday yangi texnologiyalar orqali bilim beryapmizmi, biz berayotgan bilimlar hayotda bolaga foydali bo‘ladimi, ta’lim mazmuni va texnologiyalari bugungi kundagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun qanday moslashtirilishi kerak?
=== Taqdimot 4 ===
STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi — Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu universitetning shiori “Mens et Manus” (Aql va qo‘l). Massachusets Texnologiya Instituti bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi.
=== Taqdimot 5 ===
Statistikaga ko‘ra, 2011-yildan buyon STEAM-kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17% ga oshdi, oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa butun dunyo bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga katta talabni ko‘rsatadi
2014-yilda Quddusda bo‘lib o‘tgan “STEAM forward” xalqaro konferensiyasida quyidagi bayonotlar bildirildi: Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarni bolalar bog‘chalariga kiritish kerak. Fan tili ingliz tilidir. Agar ilm-fanni o‘rganish va olim bo‘lishni istasangiz, bu tilni bilishingiz kerak.
=== Taqdimot 6 ===
2014-yilda Quddusda bo‘lib o‘tgan “STEAM forward” xalqaro konferensiyasida quyidagi bayonotlar bildirildi:
=== Taqdimot 7 ===
Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarni bolalar bog‘chalariga kiritish kerak. Fan tili ingliz tilidir. Agar ilm-fanni o‘rganish va olim bo‘lishni istasangiz, bu tilni bilishingiz kerak.
=== Taqdimot 8 ===
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va sardorlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 9 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalar STEAM yondashuvi tufayli tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va sardorlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 10 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-texnik ijodiyotni sintez qilish umuman AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish media ma’lumotlarni takomillashtirish asosida animatsion samarali foydali mustaqil faoliyatini tashkil etish bolalarni mantiqiy va algoritmik fikrlashi rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
=== Taqdimot 11 ===
Bizga ma’lumki, maktabgacha ta’limda faoliyatning yetakchi turi o‘yin deb hisoblanadi. Lekin, STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. O‘yinchoqlar yordamida bolalar o‘qish, o‘lchash tekislash, hisoblash bo‘yash muloqot qilishni o‘rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik san’at ko‘nikmalarini olishga yordam beradi.
=== Taqdimot 12 ===
STEAM ta’lim texnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar.
=== Taqdimot 13 ===
STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat:
Savol(vazifa);
Muhokamalar;
Dizayn;
Qurilish;
Test;
Takomillashtirish.
=== Taqdimot 14 ===
Multimedia atamasining lug‘aviy ma’nosi [multum+medium] (yoki [ingl. multi+media]) kabi ikkita so‘z yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, multi – ko‘p, media – muhit ma’nosini anglatadi. Hozirgi davrda multimedia atamasi ko‘p qirrali bo‘lib, turli xil tushunchalarni ifodalashga tatbiq etilib kelinmoqda.
=== Taqdimot 15 ===
Multimedia – bu maxsus texnologiya bo‘lib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtning o‘zida tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda (hattoki videofilm holatida) ifodalash imkoniyatidir. Maktabgacha yosh davrida bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va har tomonlama rivojlantirishda multimedialardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 16 ===
Animatsiyada ijodiy fikrlash erkinligi, eng muhimi, ota-onalarning bolalarni har tomonlama rivojlanishida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari yaratiladi. Bolalar asosan tasviriy faoliyatga qiziqishadi va turli xil san’at turlari orqali ijodiy g‘oyalarini shakllantiradilar, ijodiy jarayonda faollik ko‘rsatadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z tengdoshlari, kattalar bilan birgalikda ijodiy hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ularning axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilish darajasi, foydalanish samaradorligi oshadi.
=== Taqdimot 17 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalarda lego-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli sifatida o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish-yasash va konstruksiyalashga o‘rgatishda har bir yosh guruhlaridagi rivojlanish markazlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakllardagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar, masalan, kuzatgan va ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, binolar, do‘konlar va hokazolar.
=== Taqdimot 18 ===
Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p narsalarni o‘zlashtirib oladilar. Bu esa bolalarda ilk matematik qobiliyatlar va ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi, Shu orqali ularda ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganadi. Ushbu markazda tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalarni, yuk mashinalari, baland binolar, samolyotlar, turli qurilish materiallari tavsiya etiladi.
=== Taqdimot 19 ===
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali – mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo…) iborat.
=== Taqdimot 20 ===
Mashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda to‘plamlardan foydalaniladi. Mashg‘ulot paytida materiallar ko‘p bo‘lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi aniq narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yo‘lovchilar uchun ko‘prik yasaydilar.
=== Taqdimot 21 ===
O‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o‘yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallarni ma’lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi. Konstruktorlar-katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar.
=== Taqdimot 22 ===
Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
=== Taqdimot 23 ===
Tarbiyachi avval konstruktor yig‘ishni metodik ko‘rsatmalarini o‘rgatadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog‘ochli, plastmassali va metalldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar.
=== Taqdimot 24 ===
Bu to‘plamlar yordamida qismlarning joylashtirilishi ancha murakkab bo‘lgan qurilmalar yasaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida lego-qurilish, konstruksiyalash-STEAM ta’lim moduli sifatida o‘rgatishda ularga turli qurilish materiallaridan iborat o‘yinchoqlardan foydalanish hamda lego bo‘lakchalaridan samarali qo‘llash shunda yaxshi samara beradi.
=== Taqdimot 25 ===
Xulosa qilib aytganda, an’anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va bolaning o‘ziga mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi o‘qishni osonlashtiradi.
=== Taqdimot 26 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.