Sportchini tayyorlash tizimi asoslari
8000 so'm

Slayd 1
Sportchini tayyorlash tizimi.
Slayd 2
Reja:
Sport trenirovkasiga kirish
Sportning jamiyatdagi funksiyalari
Sportchilarni tayyorlash jarayoni va uning bosqichlari
Sportda tanlab olish va yo‘naltirish
Slayd 3
Sport trenirovkasiga kirish
Xar bir fan o‘zining tushunachalariga ega bo‘lganidek, sport trenirovkasi jarayoni xam o‘zining tushunchalariga ega.
«Trenirovka» atamasi boshqa ko‘p atamalar singari bir ma’noli so‘z emas. Uni eng keng ma’noda, mashqlarning konkret mazmuni mutlaqo xilma-xil bo‘lishi mumkinligiga qaramay, xar qanday mashq qilish, odatlantirish jarayoni ma’nosida tushunadilar.
Slayd 4
Misol uchun, «aqliy trenirovka», «jismoniy trenirovka» va xatto. Xayvonlar «trenirovkasi» deb gapiradilar. Bu esa bir-biridan prinsipial farq qiladigan narsalarni qorishtirib yubormaslik uchun dastlabki tushuncha ta’rifini qat’iy aniqlab olishimizni talab qiladi.
Slayd 5
Sport trenirovkasi-pedagogik xodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘naltirilgan maxsus pedagogik jarayondir. Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy trabiyaning «sport orqali», sport vositasida amalga oshiriladigan jarayonidir. Bunda sport pedagogik nuqtai nazardan o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan narsa bo‘lmay, balki tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, odamni xayotga tayyorlash vositasi ekanligini nazarda tutish g‘oyat muximdir.
Slayd 6
«Sport trenirovkasi» termini bilan bir qatorda «sportchini tayyorlash» termini ham qo‘llaniladi. Bulardan anglashiladigan tushuncha ma’no jixatidan bir-biriga juda yaqin, biroq bir xil emas.
Slayd 7
Sportchini tayyorlash kengrok tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lish va buni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Slayd 8
Sport trenirovkasi sportchini tayyorlashning asosiy shaklini (amalga oshirish vositasini) tashkil etadi, deyish mumkin. Sport trenirovkasida jismoniy tayyorgarlik, shuningdek, sportchining sport-texnika, taktik va ma’naviy iroda tayyorgarligining amaliy qismlari eng ko‘p o‘rin olgandir.
Slayd 9
Umuman sport trenirovkasi va sportchini tayyorlash biologik va psixologik o‘zgarishlarning murakkab kompleksini yuzaga keltirib, natijada mashq ko‘rganlik, tayyorlik, sport formasida bo‘lishlik darajasini yaxshilanishiga olib keladi.
Slayd 10
«Mashq ko‘rganlik» tushunchasi odatda trenirovka ta’siri ostida sportchi organizmida sodir bo‘ladigan xamda uning ish qobiliyatida o‘z ifodasini topadigan biologik (funksional va morfologik) moslashuv o‘zgarishlaridir. Bu o‘zgarishlar asosan bir-biri bilan bog‘lik ikki yo‘nalishda yuz beradi. Birinchidan, struktura va bioximik o‘zgarishlar bazasida organizmning turli organ va sistemalari (nerv, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqalar)ning funksional imkoniyatlari, ishga layoqatliligi yuksaladi.
Slayd 11
Umumiy va maxsus mashq ko‘rganlik bir-biridan farq qiladi
Ikkinchidan, markaziy nerv sistemasining barcha organlar ishini tartibga solib turishi va o‘z-o‘zidan sozlanishi takomillashadi. Sportchi qanchalik yaxshi mashq ko‘rgan bo‘lsa, u muayyan ishni shunchalik samarali va mukammal bajaradi. Demak, mashq ko‘rganlik-trenirovka vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
Umumiy mashq ko‘rganlik xarakat faoliyatining g‘oyat xilma-xil turlariga moslasha olishning umumiy darajasi bilan xarakterlanadi.
Slayd 12
Sportchining maxsus mashq ko‘rganligi tanlangan sport turining spetsifik talablariga sportchi organizmini qanchalik moslasha olganligini ko‘rsatadi.
Sportchini tayyorlash–bu sportchini sport natijalariga erishish uchun etarli darajada tayyorlashga imkon beruvchi omillarning barchasidan foydalanishning ko‘p qirrali jarayoni xisoblanadi.
Sportchi tayyorgarligi natijalarini xarakterlash uchun mashq ko‘rganlikdan tashqari, undan kengrok tushuncha-tayyorlik darajasi tushunchasi ishlatiladi. Bu tushuncha tegishli tayyorgarlik darajasida sportda yutuqlarni qo‘lga kiritishga tayyor bo‘lganlikning barcha elementarini o‘z ichiga oladi.
Slayd 13
Sportning jamiyatdagi funksiyalari.
Sport insonning tarixan shakllangan faoliyat turi bo‘lib, musobaqalarga asoslanadi va sport natijasini xamda g‘olibni aniqlab beradi. Sport zamonaviy jamiyat strukturasida o‘z o‘rniga ega, uning axamiyati bebaxo va xar tomonlamadir.
Jaxon ijtimoiy-siyosiy tizimiga quyidagi tashkilotlar sportning elementi sifatida kiradi:
Sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalar, sportning texnik turlari bo‘yicha xalqaro birlashmalar, xalqaro sayyoxlik tashkilotlari.
Slayd 14
Sportning ko‘p tomonlama axamyati uning jamiyatdagi funksiyalari bilan belgilanadi. Ular quydagilardir:
Musobaqa funksiyasi.
Ushbu funksiya boshqalariga nisbatan asosiy xisoblanadi va sport jamoalari xamda sportchilar orasida g‘olibni aniqlab beradi, jamoalar va qatnashchilarni egallagan o‘rinlari bo‘yicha joylashtiradi. U sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlashga, ularni musobaqa faoliyatiga tayyorlash tizimini ishlab chiqishga, ekstremal sharoitlarda insonning zaxiradagi imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Slayd 15
Bir tomondan sportchilarning musobaqa faoliyatlari samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy faol shaxsning xar tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Ammo sport faoliyatining o‘zi kutilayotgan tarbiyaviy samarani ta’minlay olmaydi. Sportning ta’siri xam ijobiy, agar undan noto‘g‘ri foydalanilsa salbiy xam bo‘lishi mumkin sportning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi eng avvalo jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligiga va ijtimoiy strukturasiga bog‘liq. Bizning mamlakatimizda sportchilar bilan tarbiyaviy ishlar jamiyat talablaridan kelib chiqqan xolda olib boriladi.
Tarbiyaviy funksiyalari.
Slayd 16
Insonni xar tomonlama rivojlantirishga yordam berishga, turli xil ijtimoiy faoliyatlarga tayyorlashga qaratilgan. Sportning bu funksiyasi insonning jismoniy va ruxiy sifatlarini takomillashtirishga, xayotiy zarur xarakat ko‘nikmalarini boyitishga, ulardan murakkab sharoitlarda foydalanishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni mexnat va boshqa faoliyatlarga tayyorlashga qaratilgan.
Sog‘lomlashtiruvchi va rekreatsion-madaniy funksiyasi
Insonlarning sog‘ligini mustaxkamlashga, faol dam olishni tashkil etishga, jismoniy faollik soxasida estetik qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Jismoniy faollikni oshirish funksiyasi.
Slayd 17
Sog‘liqni mustaxkamlash, jamoani birlashtirish xisobiga ishlab chiqarish suratini oshirishga, sog‘lom turmush tarzini tadbiq qilishga va ijobiy ruxiy muxitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqlar va mamlakatlar orasidagi o‘zoro munosabatlarni yaxshilash, tinchlikni mustaxkamlash funksiyasi.
Sportning bu funksiyasi Per De Kubertenning «Sen xalqlar orasida samimiy, do‘stona munosabatlar o‘rnatasan. O sport! Sen – tinchliksan!» degan so‘zlardan iborat sport xaqida odasida o‘z ifodasini topgan.
Sportning tomoshaboplik funksiyasi.
Milionlab odamlarning sport musobaqalarini, taniqli sportchilarning chiqishlarini ko‘rishga bo‘lgan extiyojini qondiradi.
Ishlab chiqarish funksiyasi.
Slayd 18
Ushbu funksiya mamlakat ichkarisida sportni rivojlantirishni mablag‘ bilan ta’minlash va tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishdan iborat. Mamlakatimizda sportni rivojlantirish sport lotoreyalaridan, musobaqalardan, sanoatdan, reklamadan tushgan mablag‘lar xisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek xalqaro musobaqalardan, chet el firmalarini xomiylik uchun jalb qilganlikdan tushgan valyutalardan va qisman davlat buyudjetidan xam ushbu maqsad uchun mablag‘ ajratiladi.
Sportning yana bir funksiyasi shundan iboratki, sportchilarning xalqaro maydonlarda erishgan yutiqlari va sportni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda qilinayotgan ishlar mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi, obro‘sini dunyoga ko‘z-ko‘z qilish uchun xizmat qiladi.
Sportning iqtisodiy funksiyasi.
Slayd 19
Sportchilarni tayyorlash jarayoni va uning bosqichlari.
Sport ixtissosligidan qat’iy nazar sportchini tayyorlashning umumiy maqsadi bo‘lib, uning ma’naviy va jismoniy qobiliyatini oshirish xisoblanadi. O‘z o‘rnida sportchini tayyorlashning maxsus maqsadi bo‘lib–yuqori sport natijalariga erishish xisoblanadi.
Sportchini tayyorlash va tarbiyalash jarayonida L. P. Matveevning fikricha quyidagi 3 gurux vazifalar xal etiladi:
Mafkuraviy, axloqiy, nafosat va intellektual tarbiya xamda ruxiy tayyorgarlik bo‘yicha maxsus vazifalar.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar.
Texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar.
Slayd 20
Namuna sifatida biz quyida sport o‘yinlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning ko‘p yillik bosqichlarini keltirmoqdamiz.
1–Bosqich. Bolalarda sportga qiziqishni tarbiyalash, ularni sport o‘yinlari bilan do‘stlashtirish, o‘yinning texnika va taktikasiga, qoidalariga dastlabki o‘rgatish, jismoniy sifatlarni o‘yinning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda umumiy asosda tarbiyalash, individual va jamoa bo‘lib musobaqalashish malakalarini (mini–basketbol, mini- futbol) shakllantirish bosqichi. Bu bosqich 11 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Slayd 21
2–Bosqich. Dastlabki jismoniy va texnik–taktik tayyorgarlik bosqichi. Bu vaqtda o‘yin texnikasi va taktikasining asoslari sportchining maydonda bajaradigan funksiyalariga bog‘liq bo‘lmagan xolda shakllantiriladi. Sport o‘yinlariga xos bo‘lgan musobaqalashish sifatlari tarbiyalanadi. Bu bosqich 12–14 yoshgacha bo‘lgan davrdan iborat.
3–Bosqich. Bu bosqich maxsus texnik–taktik, jismoniy, o‘yin va musobaqa tayyorgarligiga yo‘naltirilgan. Mashg‘ulot jarayoniga sportchilarning maydonda bajaradigan funksiyalariga oid maxsus mashqlar kiritiladi. 15–17 yoshgacha bo‘lgan davrdan iborat.
Slayd 22
4-Bosqich. Bu bosqich texnik–taktik maxoratni takomillashtirishga, maydonda biron–bir funksiyani (ximoyachi, xujumchi, qanot ximoyachisi va xakazo) bajarishga o‘rgatish, yuqori malakali jamoalarning talablariga shug‘ullanuvchilar organizmini ko‘niktirish. Bu bosqich 18–20 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
5–Bosqich. Katta sportda yuqori natijalar namoyish qilish davri. 21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan davrdan iborat.
Yuqorida ko‘rsatilgan yosh chegaralari shartli ravishda qabul qilingan. Bu erda asosiy ko‘rsatkich – sportchining maxorat darajasidir. Shuning uchun xam yuqori tayyorgarlikka ega bo‘lgan sportchilar agar o‘rnatilgan talablarni bajarsalar, keyingi bosqichga muddatidan ilgari o‘tkaziladi.
Slayd 23
Sportda yuqori natijalar ko‘rsatish davri xam shartli ravishda qabul qilingan. Agarda sportchi muntazam o‘zi ustida ter to‘ksa, kun tartibiga to‘liq rioya qilsa 30–35 yoshgacha katta sportda yuqori natijalar ko‘rsatishi mumkin
6–Bosqich. «Sportda uzoq yillar yashash» bosqichi deb ataladi. Bunda garchi sportchi katta sportni tark etgan bo‘lsada, mustaqil tarzda shug‘ullanishda davom etadi va ommaviy sport borasidagi musobaqalarda ishtirok etib keladi. Bu erda yosh chegaralari o‘rnatilmagan.
Xar bir bosqichning asosiy yo‘nalishiga ko‘ra mashg‘ulotlar va musobaqalar uchun vazifalar aniqlanadi, vosita va usullar tanlanadi.
Slayd 24
Sportda tanlab olish va yo‘naltirish.
Insonlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, ularning qiziqishlari va shaxsiy natijalari ko‘p jixatdan individual xususiyatlarning u yoki bu sport turining spetsifikasiga mos tushishiga bog‘liq.
Xar bir inson tomonidan o‘zining individual xususiyatlariga eng ko‘p darajada mos tushadigan sport turini tanlash-sportda yo‘naltirishning (orientatsiya) moxiyatini tashkil etadi. Sportda yo‘naltirish birinchi o‘rinda bolalar-o‘smirlar va ommaviy sport bilan bog‘langan. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan yo‘naltirish sportda tanlab olish jarayonining samaradorligini oshiradi.
Slayd 25
Sportda tanlab olish-bu sportning xususiyatlariga to‘la javob beradigan, yuqori qobiliyatlarga ega sportchilarni aniqlashga qaratilgan kompleks jarayondir. Sportda tanlab olish sportchilarni tayyorlashning ko‘p yillik tizimiga kirib, to‘rtta darajadan iborat bo‘ladi.
Slayd 26
Birinchi daraja – konkret sport turini egallash uchun potensial imkoniyatlarga ega bolalarni aniqlashga qaratilgan dastlabki tanlov(ko‘p sport turlari uchun bu 9-14 yosh davri). Tashkiliy jixatdan bu tanlov uchta bosqichdan iborat:
Mashg‘ulotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borish;
Bolalarning sport turiga bo‘lgan qobiliyatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va test sinovlari o‘tkazish;
O‘quv materialini o‘zlashtirish sur’atini aniqlash maqsadida o‘rgatish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonini kuzatish.
Slayd 27
Ikkinchi daraja – ma’lum bir sport turiga nisbatan yuqori qobiliyatlarga ega va aniq ixtisos olishga ishtiyoqi bor, umidli yigit-qizlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan chuqurlashtirilgan tanlov(16-17yosh).
Uchinchi daraja – yuqori malakali sportchilar jamoasiga kiritish uchun sportchilarni tanlab olish(17-20yosh).
To‘rtinchi daraja – turli xil (viloyat, shaxar, respublika)terma jamoalar uchun sportchilarni aniqlab olish maqsadida o‘tkaziladigan tanlov.
Sportda tanlab olish jarayonida ushbu kontingent bilan ishlovchi murabbiylar, ushbu mintaqaning eng tajribali mutaxassislaridan tuzilgan ekspertlar guruxi ishtirok etadi. Tanlovning konkret mazmuni sport turining spetsifikasidan kelib chiqadi.
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.