Sodda patogen jonivorlar va zamburug’lar infeksiyasi
8000 so'm

Slayd 1
Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz)
Zamburugʼlar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)
Slayd 2
bir hujayrali tuzilishga ega mustaqil organizmlar
sodda hayvonlarda maxsus funktsiyali organiodlar, harakat organoidlari, hazm va qisqaruvchi vakuollari bor
harakat organoidlari- psevdopodiyalar, xivchinlar, kiprikchalar
oziqlanishi pinotsitoz va fagotsitoz yoʼl bilan boradi, oziq hazm vakuolasiga tushadi, ayrimlarida sitostomi bor
qisqaruvchi vakuol osmotik bosim va kislorod bilan taʼminlaydi
koʼpayishi jinssiz va jinsiy yoʼl bilan boradi, noqulay sharoitda sista hosil qiladi
Tip 4 ta sinfga: Sarkodalilar(Sarcodina), hivchinlilar(Flagellata), sporalilar(Sporazoa) va kipriklilar(Ciliata) boʼlinadi
Sodda hayvonlar tipi – Protozoa
Sodda hayvonlarning 25000 turi maʼlum, odamlarda 25 ta turi parazitlik qiladi
Slayd 3
Xivchinlilar sinfi
Juda koʼp turlari parazit hayot kechiradi
Bitta yoki bir nechta xivchini bor
Ularning ichida avtotrof va geterotrof shakllari bor
Аsosan jinssiz yoʼl bilan koʼpayadi, baʼzilari jinsiy yoʼl bilan (kopulyatsiya) koʼpayadi
Slayd 4
Tripanasomalar oilasi (Tripanosomatidae)
Leyshmaniyalar avlodi (Leishmania)
Vistseral leyshmaniya qoʼzgʼatuvchisi – Leishmania donovani
Slayd 5
Slayd 6
Dastlab teri osti yogʼ kletchatkasining retikulo endotelial hujayralarida. Keyin jigar. Taloq va suyak koʼmigi hujayralarida yashaydi
Geografik tarqalishi Oʼrta yer dengizi mamlakatlari. Kavkaz orti va Markaziy Osiy mamlakatlari
morfologiyasi – odam va hayvon organizmida xivchinsiz (hujayraichi) shakli yashaydi
hayotiy sikli – kasallik manbai kasal odam va sut emizuvchilar(it, chiyaboʼri, kemiruvchilar) hisoblanadi. Maxsus tashuvchisi Plebatomus avlodiga kiruvchi qon soʼrar iskabtopar. Odamni iskatopar chaqqanda yuqadi. Leyshmaniya ichki organlar hujayralarida koʼpayadi. Periferik qonda parazit topiliaydi
patogen taʼsiri vistseral leyshmanioz bilan 12 yoshgacha boʼlgan bolalar kasallanadi. Kasallik tana haroratining koʼtarilishi, kamqonlik, jtgar, taloq, limfa tugunlarining kattalashishi bilan xarakterlanadi
laboratoriya diagnostikasi – toʼsh yoki limfa bezlaridan punktat olib tekshiriladi. Leyshianiyani sunʼiy ozuqa muhitida ham oʼstiriladi
Profilaktikasi – shaxsiy – iskatopar shaqishidan saqlanish, umumiy – iskatoparlarni, kemiruvchilar va daydi itlarni yoʼq qilish
Vistseral leyshmaniya qoʼzgʼatuvchisi – Leishmania donovani
Slayd 7
Teri leyshmaniozi (Borovskiy kasalligi) qoʼzgʼatuvchisi – Leishmania tropica
ikkita shakli Leishmania tropica major va Leishmania tropica minor mavjud
joylashishi – xivchinsiz shakli odam va hayvon terisi hujayralari sitoplazmasida, xivchinsiz shakli iskatopar organizmida yashaydi
tarqalishi – Yevropa, Osiyo, Аmerika, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida
morfologiyasi – vistseral leyshmaniyadan farqlanmaydi
hayotiy sikli – manba kasal odam, choʼl kemiruvchilari (qum sichqon, qoʼshoyoqlar, yumronqoziqlar). Odamga iskatopar chaqqanda yuqadi. Teri leyshmaniozi tarqalishida odamning roli katta emas
patogen taʼsiri – tananing ochiq qismida uzoq vaqt bitmaydigan yara hosil boʼladi
laboratoriya diagnostika – yaradan surtma tayorlanib, mikroskopda koʼriladi
Profilaktikasi – shaxsiy iskatopar chaqishidan saqlanish, umumiy – emlash, iskatopar va kemiruvchilarga qarshi kurash
Teri leyshmaniozida turgʼun immunitet hosil boʼladi
Tabiiy manbai kasalliklarga kiradi
Slayd 8
Iskabtopar – leyshmaniyaning maxsus tashuvchisi
Slayd 9
Makrofagdagi leyshmaniya mayor
Leyshmaniya tropikaning yara surtmasidagi bosqichi
Slayd 10
Suyak koʼmigi surtmasida leyshmaniya donovani(a) va yaradan olingan surtmada leyshmaniya tropika(b).
a: 1. Erkin yotgan leyshmaniya, 2. Xujayra ichidagi leyshmaniya, 3. Eritrotsit,
Normoblast, 5. Promielotsit,
b: 1. Erkin yotgan leyshmaniya, 2. Xujayra ichidagi leyshmaniya, 3. Eritrotsit,
Neytrofil, 5. Limfotsit
Slayd 11
Birlamchi – zoonoz teri leyshmaniozi(2,5 oyda)
Teri leyshmaniyasining surunkali tuberkuloid shakli
Slayd 12
Аntroponoz – leyshmaniozidagi leyshmanioma
Teri leshymaniozining diffuz moxov(lepra) shakli
Slayd 13
Gemosporidiylar turkumi – Haemosporidia
Qondan merozitlar eritrotsitlar ichiga kirib endoeritrotsitar shizogoniya boshlanadi. Eritrotsitlar ichida merozoitlar shizontga aylanib, uzuksimon, amyobasimon shizont bosqichlarini oʼtib shizogoniya boshlanadi. Pl. Vivax -22 ta, Pl. malriae – 6-12 ta, Pl. falciparum – 12-18 ta merozoit xosil qiladi va eritrotsitlarni parchalab qonga tushadi, qondan yana eritrotsitlarga kirib sikl takrorlanadi
Pl. Vivax va Pl. falciparumda endoeritrotsitar shizogoniya 48 soat (3 kunlik bezgak), Pl. malriaeda 72 soat (4 kunlik bezgak) davom etadi
Qondagi merozitlardan bir qismi yetilmagan erkak gamontlari mikrogametotsitlarga, ayol gamontlari makrogametotsitlarga aylanadi, ular keyingi rivoji uchun chivin organizmiga tushishi kerak
Shunday qilib, chivin uchun invazion bosqich mikro va makrogametotsitlar. Chivin oshqozonida gametotsitlar mikro va makrogametaga aylanadi va urugʼlanib zigota xosil qiladi, gametalarning yetilishi 150 dan yuqorida boʼladi
Zigota, ookineta aylanadi, ookineta oshqozon devori ostida ootsistaga aylanib, sporogoniya bilan koʼpayib minglab sporozoitlar xosil qiladi
Bezgak tipik antroponoz, transmissiv yoʼl bilan yuqadi
Patogen taʼsiri: davriy xuruj tutadi, jigar, taloq kattalashadi, progressiv kamqonlik kuzatiladi. Simptomsiz parazit tashuvchilik xam kuzatilishi mumkin
Laboratoriya diagnostikasi: kasallik xuruji tutgan paytda olingan qon surtmasi yoki qalin qon tomchisining mikroskopiyasi
Profilaktikasi: Shaxsiy – chivin chaqishidan saqlanish. Umumiy – kasallik va parazit tashuvchilikni oʼz vaqtida aniqlash va davolash
Slayd 14
Bezgak parazitining tashuvchisi – urgʼochi Аnofeles chivini
Slayd 15
chivin
qon
jigar
odam
Plazmodium vivaks, pl. ovale, pl.malariyaning xayotiy sikli:
Sporozoitlarning chivin soʼlagidan chiqishi va jigar xujayralariga yoʼnalishi; 2-4. jigar xujayralaridagi shizogoniya; 5-9. Eritrotsitlardagi jizogoniya; 9-14. gametogoniya; 15. urgʼochi gametalar; 16. mikrogametalarning xosil boʼlishi; 17. urugʼlanish; 18. zigota; 19. ookineta; 20,21. ootsista; 22. ootsistaning yorilishi va sporozoitlarning chiqishi; 23. soʼlak bezidagi sporozoitlar; 24-27. kechikkan toʼqima bosqichi.
Slayd 16
Plazmodium faltsiparumning xayotiy sikli:
Sporozoitlarning soʼlak bezidan chiqishi va jigar xujayralariga kirishi;
2-4Jigar xujayralaridagi shizogoniya;
5-10Eritrotsitlardagi shizogoniya;
10-16gametogoniya, mikro va makro gametotsitlarning shakllanishi;
Urgʼochi jinsiy xujayra;
Mikrogametaning xosil boʼlishi;
urugʼlanish;
zigota;
ookineta;
22-24ootsistaning rivojlanishi;
Yetilgan sistaning yorilishi
va sporozoitlarning chiqishi;
Soʼlak bezlaridagi
sporozoitlar.
odam
chivin
jigar
To’qimadagi shizogeniya
qon
Slayd 17
Qon surtmasida Plazmodium vivakksning rivojlanish sikli bosqichi:
1-2xalqa(yosh trofozoitlar); 3-12. yetilgan troqozoitlar; 13-15. yosh shizontlar; 16. yetilgan shizont (morula); 17. bitta eritrotsitdagi ikkita yosh trofozoit; 18. bitta eritrotsitdagi ikkita yetilgan trofozoit; 19-20. bitta eritrotsitdagi ikkita merulyatsiya; 21-22. mikrogametotsitlar; 23-24. makrogametotsitlar.
Slayd 18
Qon surtmasida Plazmodium malyariy(1-15) va Plazmodium falьtsiparumning rivojlanish sikli bosqichlari(16-30):
1-2xalqa(yosh trofozoitlar); 3-9. yetilgan trofozoitlar; 10-12. yosh shizontlar; 13. yetilgan shizont (morula); 14. mikrogametotsit. 15. makrogametotsit; 16-19. xalqa(yosh trofozoitlar); 20-21. yetilgan trofozoitlar; 22-24. yosh shizontlar; 25. yetilgan shizont (morula); 26. bitta eritrotsitdagi ikkita shizont; 27-28. mikrogametotsitlar; 29-30. makrogametotsitlar.
Slayd 19
Qalin qon tomchisidagi preparatda Plazmodium vivaks(1) va plazmodium molyariyning(2) rivojlanish bosqichi
Slayd 20
Uch kunlik bezgak bilan kasallangan odamning qon surtmasida trofozoitlar va shizontlar
Plazmodium ovale bilan kasallangan odamning qon surtmasi
Slayd 21
Tropik bezgak bilan kasallangan odam miya toʼqimalarida qon quyilishi
Tropik bezgak bilan kasallangan odamning qon surtmasid, yosh trofozoitlar va gametotsitlar
Slayd 22
Zamburugʼlar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)
Slayd 23
Tuban oʼsimliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli – tuman boʼlgan juda koʼp turi zamburugʼlar deb ataladi. Ular oʼz ichiga 100 mingdan ortiq turni oladi. Zamburugʼlar tallofit oʼsimliklardir, chunki ular ham xech qachon suvoʼtlari singari haqiqiy toʼqima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) boʼlinmaydi.
Ularning koʼpchiligi mikroskopik mayda boʼlib, nonda mugʼor, oʼsimlik barglarida zangsimon dogʼlar va shunga oʼxshash shakllarda ham koʼrinadi.
Slayd 24
Zamburugʼ tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda koʼp ipchalar yoki gifalardan iboratligini, gifalar toʼplanib mitseliy hosil qilganini koʼramiz. Gifalar shoxlangan va shoxlanmagan, bir xujayrali yoki koʼp xujayrali boʼlishi mumkin. Zamburugʼ baʼzi turlarining gifalari tinim holat iga oʼtishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerotsiy deb ataladigan oʼziga xos tuganak hosil qiladi. Bir xujayrali zamburugʼlar, ular yumaloq yoki ellipis shakildagi alohida – alohida xujayralardir. Masalan: achitqi zamburugʼlari.
Slayd 25
Mogʼor zamburugʼlari:
1 — popuksimon mogʼor(penitsillium); 2 — aspergillyus; 3 — boshsimon mogʼor(mukor); 4 — shingilsimon mogʼor; 5 — jigarrang mogʼor, 6 — sutsimon mogʼor:
Slayd 26
Hujayrasi qobigʼining ximiyaviy tarkibi bir xil emas. Poʼst xech qachon sellyulozali boʼlmay, unga turli azotli moddalar aralashgan boʼladi. Ularda bir nechta yadro boʼladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning oʼrniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi.
Аlohida tuzilmalar – meva tanalar koʼpayish funktsyasini bajaradi.Parazit zamburugʼlarda – gaustoriya hosil boʼladi. Zamburugʼlar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda koʼpayadi. Vegetativ koʼpayish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil boʼladigan ovalsimon xujayralar yordamida roʼy beradi.
Slayd 27
Slayd 28
Аchitqi zamburugʼi -kurtaklanish yoʼli bilan koʼpayadi. Zamburugʼlar asosan sporalar yordamida koʼpayadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil boʼladi. Zamburugʼlarda jinsiy koʼpayish- izogamiya, oogamiya, usulida roʼy beradi. Tanasining tuzilishi va koʼpayish xususiyatlariga qarab, zamburugʼlar tipi quyidagi 6 ta sinfga boʼlinadi.
Slayd 29
Reja
Аrximitsetlar yoki xitridiomitsetlar sinfi.
Oomitsetlar
Zigomitsetlar (bular tuban zamburugʼlar)
Xaltachali zamburugʼlar yoki askomitsetlar
Bazidiyali zamburugʼlar yoki bazidiyamitsetlar (bular yuksak zamburugʼlar)
Takomillashmagan zamburugʼlar
Slayd 30
Reja
Аrximitsetlar sinfi – tanasi yalongʼoch – yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil koʼpayadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz boʼgʼizini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi koʼrashish uchun tuproqqa ishlov berib namlikni kamaytirish kerak.
Oomitsetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida xujayralarga boʼlingan boʼladi. Masalan: Fitoftora zamburugʼi kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qoʼngʼir dogʼlar hosil boʼladi
Zigomitsetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, goʼngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksimon gʼubor shaklda paydo boʼladi. (Mogʼor zamburugʼi)
Slayd 31
Xaltachali zamburugʼlar – bularda hosil boʼlgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida sporalar hosil boʼladi. Ular unshudring, oʼsimlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish jarayonida ishtirok etadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sargʼaytirib bujmaytirib yuboradi. Penitsill – zamburugʼi, shoxkuya zamburugʼi, qoʼziqorin ham shu sinfga mansubdir.
Bazidiyali zamburugʼlar-sporalari maxsus bazidiyalarda yetiladi. Qorakuya, zang, chang qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Gʼallaguldoshlar oilasi vakillarida koʼp uchraydi
Slayd 32
Takomillashmagan zamburugʼlar. Zamburugʼlarning ahamiyati. Organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qoʼziqorin va qalpoqchali zamburugʼlar oziq-ovqat sifatida foydalaniladiАchituvchi zamburugʼlar spirtli ichimliklar tayyorlashda, nonvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi, hamda achituvchi zambu-rugʼlardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq-ovqatlarni buzadi, yogʼochlarni chiritadi. Kasalliklarni keltirib chiqaradi
Slayd 33
Patogen zamburugʼlar
Patogen zamburugʼlarning koʼpchiligi deyteromitset sinfiga kiradi. Ularning giflari septali boʼlib, vegetativ hamda kondiyalar yordamida jinssiz yoʼl bilan koʼpayadi. Bular oʼz navbatida sinf, tartib, oila, urugʼ, tur va shtammlarga boʼlinadi. Hozirgi vaqtda ularning 100 dan ortiq turlari maʼlum.
Slayd 34
Zamburugʼlar yosh kulturasining hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, yetilgan hujayralari noksimon, duksimon va amyobaga oʼxshash boʼlishi mumkin. Koʼpchilik esa silindrik hujayralarning birlashishidan mitseliy hosil qiladi.
Zamburugʼlar tuzilishi boʼyicha suv oʼtlariga oʼxshash boʼlib, ajralib turadi, bir yoki bir necha yadro, hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat. Sitoplazmasida mitoxondriya, Golьdji apparati, vakuola, turli kiritmalar (glikogen, volyutin, lipid, organik tuzlarning kristallari, pigmentlar bor).
Zamburugʼlar hujayrasining struktural komponentini mitseliyalar tashkil etadi. Ular shoxlangan rangsiz iplardan (giflardan) iborat.
Morfologiyasi:
Slayd 35
Oʼsishi:
Zamburugʼlar nafas olishiga koʼra aerob. Saburo, suyuq suslo yoki suslo – agarlarda, rN 6,0 – 6,5 boʼlgan oziqli muhitlarda 22 – 37°S haroratda yaxshi koʼpayadi. Аmmo patogen zamburugʼlar rN 3 – 10 boʼlgan muhitlarda ham oʼsishi mumkin.
Koʼpincha zamburugʼlar turli fermentlarga ega boʼlib, shular yordamida oqsil, uglevod va lipidlarni parchalaydi, ayrimlari patogenlik omillari ham hisoblanadi.
Patogen zamburugʼlarning koʼpayishi uchunturli oʼstiruvchi omillar (vitamin, aminokislotalar), mineral moddalar va mikroelementlar zarur.
Slayd 36
Toksinlari:
Patogen zamburugʼlarning ayrim turlari ekzotoksin, aspergillning ayrimlari aflotoksin, ammo koʼp turlari kuchli toksinlar (fallotoksin, muskarin) hosil qiladi.
Kirish yoʼllari:
Infektsiyaning kirish joyi, tarqalish yoʼli har xil mikozlarda turlicha. Chuqur mikozlar qoʼzgʼatuvchisining sporasi nafas yoʼliga, subkutan – spora yoki mitseliy boʼlakchalari teridagi yaraga tushgach kasallik paydo boʼladi.
Slayd 37
Zamburugʼlar qoʼzgʼatadigan kasalliklar
Zamburugʼlar qoʼzgʼatadigan kasalliklar – mikozlarda patogen zamburugʼlar sporasi yoki mitseliyning bir qismi qulay sharoitda toʼqimaga tushib, uning ichiga kirib koʼpayadi. Kasallikning yashirin davri bir necha kundanbir necha oygacha boʼlishi mumkin. Аsosan: teri, soch tolalari, tirnoq shikastlanadi – dermatomikozlar;oʼpka jarohatlanganda – kandidoz, blastomikoz, mogʼorli mikozlar; shilliq qavat shikastlanganda – kandidoz, rinosporidoz; limfoid, makrofagal tizim va ichki aʼzolar jarohatlanganda – gistoplazmoz, limfa bezlari va terida – sporatrixoz kasalliklari kelib chiqadi.
Slayd 38
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 39
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.