Sitologiya fanining tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi
8000 so'm

Slayd 1
Sitologiya fanining qisqacha tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi
Slayd 2
Reja
Sitofizik tekshirish metodlari.
Tarixiy malumotlar.
Boshqa fanlar bilan aloqasi.
Slayd 3
Hujayraning tuzilishi, yaratilishi va rivojlanishini sitologiya fani o’rganadi. Sitologiya fundamental fan, chunki tiriklikning barchasini hujayra tashkil qiladi. Hujayra tirik organizmlar tuzilishining asosiy birligidir.
Bu kurs davomida hujayraning tuzilishi, umumiy qonuniyatlari, tekshirish uslublari. Rivojlanishi, tarixi kabi masalalar o’rganiladi. Sitologiya umumbiologik fanlarning bir tarmo’i bo’lib rivojlandi, ayniqsa keyingi yillarda o’rganishni murakkab usullarining paydo bo’lishi bir qancha fanlar bilan aloqaasini yanada mustaxkamladi. Jumladan, gistologiya, embriologiya, individual taraqqiyot biologiyasi, immunologiya va boshqalar bilan tadqiq qilinishi bilan birga o’rganilmokda.
Slayd 4
Binobarin, sitologiyada konkret tadqiqot obekttlari, shuningdek, murakkab tekshirish uslublari mavjud bo’lib, uni tarmoqlarga bo’lib o’rganishni taqozo etmoqda. Natijada sitologiyaning xozirda sitoximiya, sitofiziologiya, qiyosiy sitologiya, eksperimental sitologiya, tasviriy sitologiya, evolyusion sitologiya, ekologik sitologiya kabi hozirgi zamon soxalari yuzaga keldi
Sitoximiya – hujayraning kimyoviy tarkibini, xossalarini o’rganadi. Uning afzalligi organoidlar alohida – alohida buyab o’rganiladi. Masalan: DNKni o’rganishda alohida o’ziga xos buyokda buyaladi. Hujayraning boshqa q’ismlari deyarli buyalmaydi. Bu usul yordamida hujayraning oqsillari, fermentlari, aminokislotalari, uglevodlari va boshqa organik moddalarini aniqlash, o’rganish mumkin.
Slayd 5
Sitofiziologiya – hayvon va o’simlik hujayralarini mikroskopik tuzilishini, uning vazifasiga boglab o’rganadi. Jumladan: organoid mitoxondriyalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar fiziologik tadqiq qilinadi. energetik manba nuktai nazaridan o’rganiladi. Qiyosiy sitologiya – xar xil organizmlardagi hujayralarning rivojlanishi, tuzilishi va funksiyasini kiyosiy takkoslab o’rganadi. Hozirgi zamon tekshirish usullari yordamida ko’p hujayrali hayvonlar hujayrani evolyusion tarakiyot davrida tarkibiy o’zgarishlarga uchrashini, hujayra va oralik moddalardagi tuxtovsiz jarayonlarni va bu jarayon tufayli ularni takomillashib borishini o’rganadi.
Slayd 6
Eksperimental sitologiya – maxsus tadqiqotlar o’tkazishdagi turli xildagi eksperimentlar tasir ettirib hujayralardagi o’zgarishlar o’rganadi.
Tasviriy sitologiya – tuzilishni tasvirlab o’rganadi.
Evolyusion sitologiya filogenez jarayonida hujayraning rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi.
Ekologik sitologiya- yashash sharoitiga boglab o’rganadi.
Bo’lardan tashqari biotexnologiya, geninjeneriya kabi xozirda eng keng tarkalib, rivojlanib borayotgan soxalar yuzaga keldiki bu fanning yanada ahamiyatini oshirdi.
Slayd 7
Xulosa qilib aytganda sitologiya fani o’zini oldiga aniq vazifalar kuyadi. Hujayraning strukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
eqologik sharoitga, yoshga bo’liq o’zgarishlarni tekshiradi.
Hujayradagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin imun sistemalarning rolini tadqiq qiladi.
Turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar tasiriga hayvon va o’simliklar hujayralarini moslanuvchanligini tadqiq qiladi.
Hujayraning diferenlashuvi va rivojlanishi qonunlarini o’rganadi.
Sitologiya mustaqil fan sifatida X1X asr oxirida shakllangan bo’lsada, lekin hujayra eng kichiq birlik tugrisidagi avalrok shakllana boshlagan edi.
Slayd 8
1610 yili G.Galiley birinchi bo’lib ko’rish trubkasini yaratdi. So’ng golandiyalik omillar Zaxar va Yansenlar stol lupasi ko’rinishidagi mikroskop ixtiro qildilar. 1665 yili R.Guk – hujayra terminini fanga kiritdi.
1671 yil italiyalik olim M.Malpigi hayvon organizmlarini, N.Gryu 1673 yil o’simlik organizmlarini mikroskop ostida birinchilardan bo’lib kuzatishdi. Sitologiya tarixida olim A.Van Levenguk ishlari dikkatga sazovor, chunki uning nomi bilan butun bir soddalar deb ataladigan uzga dunyo kashf etiladi. Mikroskopni takomillashtirdi. 200 marta katalashtira oladigan mikroskop ixtiro qildi. Keng kulamda olib borilgan mikroskopik tadqiqotlar natijasida o’simlik va hayvon organizmlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Uning tuzilishini o’rganishga Ya.Purkin’e, Y.Myo’ller maktablari katta xissa qo’shdilar. R. Braun 1833 yilda yadroni tekshirdi.
Slayd 9
Hujayra nazariyasi 1838yili botaniq M.Shleyder va zoolog T.Shvann 1939yil asarlarida uz ifodasini topdi va shundag So’ng sitologiyaga oid ko’plab tadqiqotlar rivojlana bordi, etibor kuchaydi. 1848yil Gofmeystr xromasomaga asos soldi. 1876yili Van Benden, 1888yili Beveri hujayra markazini, Benda 1894yili mitoxondriyani, K.Gol’dji 1898yil goldji apparatini asoslab fanga kiritishgan bo’lsa, 1882yili Strasburger – o’simlik xromasomalarini aniqladi. Xromasoma terminini 1888 Val’der fanga kiritdi.
Slayd 10
Mitoz bo’linishi 1882 yil Fleming fanga kiritib asosladi. 1874 yil o’simliklarda Chistyakov, 1878 yil Shleyxer kariokinez terminini, 1887 yili Utman sitokinez terminini fangakiritgan bo’lsa, 1894 yil Geydengeyn esa telefazani ixtiro qildi. Strasburger 1884 yil profaza, metofaza, telofaza, anafaza terminini fanga kiritdi. Hujayralar bo’linishini yanada tugrirok tarifi X!X asrning yirik olimlaridan Oskar Gertvig (1849-1922y) asarlarida uz ifodasini topgan. Hujayralarni juda ko’p mayda komponentlardan to’zilganini va ularni tarkiblari, to’zimlari tugrisidagi fikrlarni ham Gertvig olga so’rgan edi.
Slayd 11
Sitologiya fan sifatida shakllanar ekan, o’zining bir qancha o’rganish ilmiy tekshirish uslublari mavjud. Shulardan asosiylari mikroskopiyadir. Asosan hujayra strukturasi yoruglik va elektron mikroskop yordamida o’rganiladi. U mikroskoplardan tashqari sitofizika, radioaftografiya, ul’trasentrafugalash, bioximiyaviy, sitoximiyaviy, sitofotometriya, sitofiziologik, mikroxirurgiya va boshqalardan iborat.
Slayd 12
Nazorat savollari:
Sitologiya fanining predmeti nima?
Sitologiyani qanday tadqiqot uslublari bor?
Sitologiyaning asosiy tekshirish usullari qanday?
Qanday mikroskop turlari mavjud?
Optik mikroskoplarning ishlashi qanday?
elektron mikroskop qanday to’zilgan va ishlaydi?
Sitologiya fani qaysi fanlar bilan aloqaada?
Sitologiyaning qisqacha tarixi ‘aqida gapiring?
Sitologiya qanday fan? U nimani o’rganadi?
Hujayra nazariyasi nima?
Kimlar tomonidan asoslangan?
Slayd 13
Thank you for your attention!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.