Sinfdan tashqari o’qish Prosper Merime
8000 so'm

Slayd 1
Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish
Slayd 2
PROSPER MERIME (1803 — 1870)
Fransuz yozuvchisi
Novella janrining mohir ustasi.
Slayd 3
MATTЕO FALKONЕ
Porto-Vekkodan shimoli-g‘arbga — orolning ichkarisiga qarab yo‘l olsangiz, ancha tik qiyaliklardan ko‘tarilishga to‘g‘ri keladi. Katta-katta xarsangtoshlar qalashib yotgan, ba’zi joylari o‘pirilib ketgan ilon izi so‘qmoqdan uch soatlar chamasi yursangiz, boshi keti ko‘rinmaydigan qalin makiga ro‘para bo‘lasiz. Maki — korsikalik cho‘ponlar bilan qonunga chap berib yurganlarning makoni.
Slayd 4
MATTЕO FALKONЕ
Uni o‘rta bo‘yli, lekin baquvvat, jingalak sochlari qoramoyday tim qora, qirra burun, lablari yupqa, ko‘zlari tiyrak, yuzi oshlanmagan terining rangidagi bir odam deb tasavvur qilavering.
Slayd 5
MATTЕO FALKONЕ
Uni odamlar ham yaxshi do‘st, ham xavfli raqib hisoblashardi. Biroq u do‘stlaridan jonini ham ayamas, faqirlarga mehru shafqat bilan qarar, Porto-Vekko viloyatida hamma bilan inoq, tinch-totuv yashardi.
Slayd 6
MATTЕO FALKONЕ
10 yosh
Juzeppa
Uch qiz
Fortunato
Slayd 7
KELISHUV
Matteo Falkonening o‘g‘limisan?— Ha.
— Men Jannetto Sanperoman. Orqamdan sariq yoqalar quvib kelyapti. Meni yashir. Yurgani holim qolmadi.— So‘ramasdan seni yashirsam, otam nima deydi?— Yaxshi qilibsan deydi.
Kumush tanga
Slayd 8
MATTЕO FALKONЕ
Soldatlardan biri g‘aramning oldiga bordi. Mushukni ko‘rib, loqaydlik bilan pichanga nayza sanchdi, so‘ng baribir, bu behuda gap, degandek yelkasini qisdi. G‘aram ichida hech narsa g‘imir etmadi, bolaning chehrasida ham zarracha tashvish alomati sezilmadi.
Slayd 9
MATTЕO FALKONЕ
Serjant kissasidan kumush soatini chiqardi. jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj— Hoy, mug‘ombir! Ko‘kragingga shunaqa soat osib, Porto-Vekko ko‘chalaridan tovusday gerdayib yurging kelar-a? O‘tgan-ketgan sendan: “Soat necha?” deb so‘raydi, sen esa: “Mana, o‘zingiz ko‘ra qoling”, deb soatni tutasan.
Teodor Gamba
Slayd 10
MATTЕO FALKONЕ
Qo‘l-oyog‘i bog‘liq, bir bog‘ o‘tinday yerda yotar ekan, Jannetto oldiga kelgan Fortunatoga yuzini o‘girdi-da:— … O‘g‘il emish! — dedi. Uning ohangida g‘azabdan ko‘ra nafrat kuchliroq edi.
Bola undan olgan kumush tangani qaytarib oldiga tashladi — bu in’omni olishga haqqi yo‘qligiga aqli yetdi.
Slayd 11
MATTЕO FALKONЕ
—Xudoga shukur! — deb nido qildi Juzeppa. — O‘tgan hafta sog‘in echkilarni o‘marib ketgan edi.— Bechora! — dedi Matteo.
— U och edi!
Yaxshi xotinning burchi — jang vaq-tida eriga miltiq o‘qlab berib turish bo‘ladi.
Slayd 12
MATTЕO FALKONЕ
Matteoni Gambaning yonida ko‘rib Jannetto g‘alati bir istehzo bilan kuldi-da, keyin uy tomonga yuzini o‘girib, ostonaga tupurdi.
— Sotqinning uyi! — dedi u ijirg‘anib.
Matteo nogahoniy kulfatdan singan odamday mushtini peshanasiga tiragancha dong qotib qoldi.
Slayd 13
JAZO
— Ota! Rahm qil! Meni kechir! Hech qachon bunaqa qilmayman! Jannettoni afv qilishini kapral amakimdan yalinib so‘rayman.
— Seni xudoning o‘zi kechirsin!Fortunato jon-jahdi bilan sapchib turmoqchi, otasining oyoqlariga o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi, lekin ulgurolmadi. Matteo o‘q uzdi, bola jonsiz yiqildi.
Slayd 14
MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ
1. Fortunato to‘g‘ri ish qildi deb o‘ylaysizmi?
2. Matteo-chi?
3. Sizningcha ham, adolat qaror topdimi?
4. Kechirilmas xato deganda nimani tushunasiz?
Fikrlaringizni yozma bayon qiling va sinfdoshlaringiz bilan mulohazalaringizni o‘rtoqlashing.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.