Sinf rahbarining ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimidagi faoliyati

4000 so'm


Sinf rahbarining ta'lim-tarbiyaviy ishlar tizimidagi faoliyati

 

 

Slayd 1

Maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati.

Slayd 2

Reja:
Tarbiyaviyishlarni boshqarishda sinf rahbarining o‘rni.
Ota-onalarsinf majlisini tashkil qilishda o‘qituvchining pedagogik mahorati.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish shakl va rejalari.

Slayd 3

Respublikamiz hukumati maktabgacha va maktab ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o’tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish vazifasi, asosan, o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu, o’z navbatida, maktab ishini boshqaradigan rahbarning faoliyati bilan bog’liqdir. Qaysi maktabda ichki va tashqi nazorat ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari ham izchil bo’ladi. Pedagoglar jamoasi ishini sistemali nazorat qilish, bir tomondan, har bir o’qituvchining o’z ishi uchun mas’uliyatini oshiradi hamda o’z ishida kamchilik- larni vaqtida aniqlash va tuzatish imkonini beradi. Maktab ichki nazoratining bir qancha yo’l-yo’riqlari mavjud.

Slayd 4

Ularning birinchisi maktab direktori va ilmiy bo’lim mudirining darslarga kirishlari, darslarni va mashg’ulotlarning boshqa shakllarini tahlil qilishlaridir. Maktab direktori va ilmiy bo’lim mudiri darslarga muntazam kirib turishlari shart. Buning uchun ular yil davomida darslarga kirish rejalarini tuzadilar hamda tartiblarini kelishib oladilar. Direktor va uning o’rinbosari bolalar bilan olib boriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga rahbarlik qiladilar va ularni tekshirib turadilar. Direktor va uning o’rinbosari tadbirlarning g’oyaviy yo’nalishini tashkil etishning ilmiy-metodik darajasi bolalarning qiziqishlari va ularning faolligi, mashg’ulotning o’quv-tarbiyaviy qimmatiga alohida e’tibor qaratadilar. O’qituvchilar, sinf rahbarlari, direktor va uning o’rinbosarlariga o’zlarining ishlari haqida hisob beradilar. Hisob berish o’qituvchilar va maktab rahbarlariga o’z ishlarining natijalarini tahlil qilishga, kamchiliklarning sabablarini aniqlashga, ularni bartaraf etish yo’llarini belgilashga ko’maklashadi.

Slayd 5

Boshqarish faoliyatida muayyan tizimning bo’lishi muhimdir. Buning ma’nosi shundan iboratki, bu ish tasodifiy bir-biriga aloqasi bo’lgan tadbirlar yig’indisidan iborat bo’lmay, sharoit xususiyatlarini qat’iy hisobga olishni taqozo etadi.Maktab ichki nazorati bo’yicha ishlangan rejani bir chorakka, yarim yillik va bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzish mumkin. Lekin rejani bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzish maqsadga muvofiqdir.

Slayd 6

Maktabning hamma ko’rsatkichlari bo’yicha rejaning baja- rilishi.
O’quv-tarbiya ishlarining ahvoli.
Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar.
Maktabdagi jamoatchilik hamda otaliq tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar.
Maktabda pedagog xodimlar bilan ishlash masalasi.
Maktab hujjatlarini yuritish holati.
Maktab o’quvchi-yoshlar tashkilotining ishlari.
Maktabning moliya-xo’jalik ishlari.
Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi.
Sinf rahbarlarining ishlari va hokazo masalalar.

Slayd 7

Bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzilgan maktab ichki nazorati­ning mavzu rejasini o’quv yilidagi pedagoglarning birinchi yig’ili- shida tasdiqlash va uni maktab o’qituvchilari jamoasiga ma’lum qilish maqsadga muvofiqdir. Lekin nazorat qilishda ma’lum tizim va aniq rejaning bo’lmasligi, maqsadning noaniqligi, hujjatlarni tartibga solishga va ma’lum bir fikrga kelish uchun tegishli mate- riallar to’plashga e’tibor bermaslik, nazorat ishlariga yetarlicha faol jalb etmaslik ayrim maktab rahbarlarining o’qituvchilar jamoasi tavsiyasini yaxshi bila olmasligiga sabab bo’ladi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktab ichki nazoratining shakl va usullari turlichadir. Buni qay darajada, qanday qilib amalga oshirish maktab rahbarlarining ilmiy-metodik, pedagogik saviyalariga hamda mazkur masalaga nisbatan qunt bilan izlanishlariga bog’liqdir.

Slayd 8

Maktab ichki nazoratini o’rganiladigan masalaga qarab, asosan, ikki guruhga bo’lish mumkin: a) maktab ishlarini tematik nazorat qilish; b) maktab ishlarini kompleks (frontal) nazorat qilish.Maktab tarbiyaviy ishini samarali tashkil etishning yana bir muhim sharti — rahbarda tarkib topgan kelajak maqsadlarining mavjudligi, o’zining bugungi tarbiyalanuvchisining ertangi qiyofasi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishidir. Shaxsni tarbiyalash uzoq davom etadigan jarayondir.Xullas, maktab direktori tarbiyaga oid qo’yilgan vazifalarni hal qilish va o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish sistemasini nisbiy ravishda uch ko’rinishga ajratadi. Bular quyidagilardir:

Slayd 9

«Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u holda uni har tomonlama bilishi ham zarur». Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ushbu fikri har bir sinf rahbari va guruh murabbiysi uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi kerak.Muvaffaqiyatli ishlash uchun tarbiyalanuvchini doimo o‘rganib borish zarur. O‘quvchilarni o‘rganish pedagogdan har bir shaxs psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashni, buning uchun pedagogik tadqiqotlar prinsiplari va metodlarini o‘zlashtirishni talab etadi.Muayyan shaxs to‘g‘risida, uning xarakteri, qobiliyati, sog‘lig‘i va boshqa xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun uni tabiiy sharoitda, uning hayotiy faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq holda o‘rganish muhimdir. Doimiy qonuniyat – o‘rgana borib tarbiyalash, tarbiyalay borib o‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim.

Slayd 10

Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu ish agar sistemali tarzda va ilmiy asoslangan holda, sinf rahbarining umumiy faoliyati bilan birga qo‘shib olib borilsa, muvaffaqiyat keltiradi.Ota-onalar bilan ishlash tizimining asosiy elementlari oilani o‘rganish, uning urf-odatlari, an’analari, oilada ota-ona hamda kattalarning o‘rni, mikroiqlim, undagi tarbiya xarakteri, bola tarbiyasida ota yoki onaning o‘rni, bola tarbiyasida oilaviy hamkorlik, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi yagona talablarga rioya qilish, ota-onalar o‘rtasida kundalik yangiliklar muhokamasi, maktab va oila o‘rtasida bola rivojlanishi to‘g‘risida o‘zaro axborot almashib turish, birgalik-da qarorlar qabul qilish, zarur pedagogik yordam, maslahatlarni uyushtirib turish, ota-onalarni sinf va maktabdagi turli tarbiya mavzusidagi tadbirlarga taklif etish, jamoatchilikni oila va maktab hamkorligiga keng jalb etishdan iborat.

Slayd 11

Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari yagona talablar asosida o‘zaro ishonch, hurmat, ishchan munosabatlarga tayanib yo‘lga qo‘yilishi kerak.Murabbiylar, guruh rahbarlarining talaba yoshlarning ota-onalari bilan ishlashi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunday sharoitda talaba yoshlarning ota-onalari bilan telefon orqali so‘zlashuvlar, xat yozishuvlar, ularni o‘quv yurtiga taklif etish orqali kelishib olish, maslahatli ishlarni birgalikda bajarish, boshqa talabalar yordamida ota-onalar bilan sistemali aloqalar o‘rnatish foydalidir.Ayniqsa, bunday ishlar sinf yoki guruh ota-onalar faollari qo‘mitalari orqali muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Shuning uchun sinf rahbari shunday faollar, qo‘mitalar faoliyatini birlashtirish va yo‘naltirishga alohida e’tibor berishi lozim.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sinf rahbarining ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimidagi faoliyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

ten − four =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar