Shukur Xolmirzaev hayoti va ijodi
5000 so'm

=== Taqdimot: Shukur Xolmirzaev hayoti va ijodi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Shukur Xolmirzaev hayoti va ijodi
=== Slayd 2 ===
Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko‘p qirrali iste’dod sohibi Shukur Xolmirzayev adabiyotning turli janrlarida rang-barang badiiy asarlar yaratib, o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib o‘zining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o‘rin egallaydi
=== Slayd 3 ===
Shukur Xolmirzayev 1940-yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ildi. Maktabni a’lo baholar bilan bitirib, u 1956-yilda Toshkent Davlat Universitetiga o‘qishga kirdi. Shukur Xolmirzayev eslashicha, maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq unda adabiyotga havas uyg‘onadi.
=== Slayd 4 ===
Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida bu havas yanada ortadi. Xuddi shu yillari Shukur Xolmirzayev badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo‘yadi. Uning dadil ijod yo‘liga kirishida fakultetdagi tanqidchi M.Qo‘shjonov boshchilik qilgan adabiy to‘garak katta maktablik vazifasini o‘taydi. Dorilfununda Shukur Xolmirzayev jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi.
=== Slayd 5 ===
Iqtidorli yozuvchi Shukur Xolmirzayev hozirgi o‘zbek adabiyotida o‘z ovoziga, uslubiga ega bo‘lgan ijodkorlardan hisoblanadi. U adabiyotimizga 1962-yil “Oq otli” povesti bilan kirib keldi. Povest bolalar uchun yozilgan bo‘lib, unda yoshlarning o‘ziga xos orzu o‘ylari va hayotga qarashlari aks etgan. Shukur Xolmirzayev mazkur povestini e’lon qildirgandan so‘ng o‘tgan o‘ttiz yildan ziyodroq davr ichida juda ko‘plab hikoyalar, bir qancha qissa va romanlar yozdi.
=== Slayd 6 ===
Yozuvchi Shukur Xolmirzayev hikoyanavis sifatida qaysi mavzuni qalamga olmasin, qandaydir muhim, salmoqdor ijtimoiy fikrni ifodalashga intiladi. Uning bu xususiyatlari, ayniqsa, keyingi yillarda yaratilgan “Shudring tushgan bedazor”, “Cho‘loq turna”, “Podachi”, “Ko‘k dengiz”, “Xorun ar-Rashid”, “Qadimda bo‘lgan ekan”, “Tabassum”, “Ustoz”, “Farzand” kabi hikoyalarida yaqqol namoyon bo‘lgan. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida, asosan, Surxon vohasining koloriti yorqin sezilib turadi. Yozuvchining hikoyalarida surxondaryoliklarning o‘ziga xosligi, yorqin va katta xarakterlari, yashash tarzi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Uning “Arpali qishlog‘ida”, “Olis yulduz ostida”, “Miltiq otildi”, “Kimsasiz hovli”, “Ov” kabi hikoyalari, “So‘nggi bekat”, “Qil ko‘prik”, “Olabo‘ji” romanlarida bu koloritni aniq sezish mumkin
=== Slayd 7 ===
Yozuvchi Shukur Xolmirzayev dastlabki ijodiy qadamlaridanoq “o‘zligini”, o‘z uslubini topib olgani yo‘q. U tinimsiz izlanishlar, ijodiy tajribani o‘zlashtirish jarayonida shunga erishdi. “Mana o‘tmish-u hozirgi zamon adabiyoti yozish usullaridan ozmi-ko‘pmi o‘rganib, o‘z yo‘limni topish ustida ko‘p o‘ylandim, – degan edi yozuvchi, – bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qo‘yish borasida ham bo‘ladi”.
Bu uning, xususan, so‘nggi yillarda yaratayotgan asarlarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Yozuvchining “Hayot abadiy”, “Kulgan bilan kuldirgan”, “Og‘ir tosh ko`chsa”, “Boychechak ochildi”, “Cho‘loq turna”, “Qariya”, “Ot egasi” kabi hikoyalarida katta ijtimoiy ma’nolar o‘z ifodasini topgan. Ular zamondoshlarimizning o‘zaro munosabatlari orqali ochib beriladi.
=== Slayd 8 ===
Hayot hodisalari va inson ruhiyatini xolis kuzatish, taftish etish orqali yozuvchilar davrimizning muhim jarayonlari mohiyatini yoritishga erishmoqdalar, yoxud o‘tmish davr – mustabid tuzum, uning mafkurasi yetkazgan fojialarni insonlar ong-u tafakkuri hamda ruhdagi inqirozga, ziddiyatga bog‘lab yoritmoqdalar. Demak, nasrimiz o‘z taraqqiyotining yangi davrini davom ettirmoqda. Ma’rifatli jamiyatdagi inson haqidagi haqiqatni aytish zamondoshimiz qiyofasining to‘liq qirralarini tasvirlash, yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashga da’vat ruhi mustaqillik davri o‘zbek qissalarining muhim estetik xususiyatdir.
=== Slayd 9 ===
Yozuvchining mahorati shundaki, qissalaridagi qahramonlar bir–biriga o‘xshamaydi, ular soddaligi, to‘poriligi va ayni paytda samimiyligi bilan, shu bilan birga o‘ziga xos ichki dunyosi bilan bir – biridan ajralib turadi. Bizning fikrimizcha, bu adib qissalarining o‘qimishli bo‘lishini ta’minlagan omillardan biri. Shu bois ham u yaratgan qahramonlar kitobxon qalbiga yaqin kishilardir.
Darhaqiqat, Shukur Xolmirzayev adabiyotimizga milliy o‘zligini anglagan, yangicha tafakkur ufqlarini o‘zida aks ettirgan inson obrazini, yangi qahramonlarni olib kirdi.
=== Slayd 10 ===
Yozuvchi o‘z asarlarida bolaligi kechgan qishloq manzaralarini mahorat bilan chizadi. Shu bois yozuvchining Boysun haqidagi asarlari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Chunki ijodkorning bolalikdagi hayoti o‘sha makonlarda o‘tgan. Ayni paytda adibning bolaligi qiyin kechdi. Uning otasi Fayzulla Xolmirza o‘g‘li qirqinchi yillarda qatag‘on qurboni bo‘ldi, ehtimol shu tufayli Shukur Xolmirzayev qatag‘on davrining jarohatlarini birinchi bo‘lib o‘z asarlarida olib chiqqan o‘zbek adiblaridandir.Yozuvchi 80–yillarning oxirida yaratgan asarlarida kechagi kun fojialariniqalamga olgan. Sho‘ro tuzumining ayanchli voqealarini yoritishga jazm qilganyozuvchi badiiy vositalardan foydalanib inson xarakterini ochadi. Uning asarlarida davr iztiroblarini chekkan insonlar taqdiri o‘z aksini topgan.
=== Slayd 11 ===
“Bukri tol” qissasining qahramonlari samimiy va sodda kishilardir.
“So‘nggi bekat” Shukur Xolmirzayevning jiddiy yutug‘i hisoblanadi. Yozuvchining o‘zi ham: “ijodda, izlanishda o‘zimning ham kelib to‘xtagan so‘nggi bekatim bu”, – deb yozadi romandagi so‘zboshida. Romanning “So‘nggi bekat” deb atalishida ma’lum ramziy ma’no mavjud. Asar qahramonlari hayotidagi muhim nuqta – so‘nggi bekati tasvirlanadi. Romanda Bekat qishlog‘i, u yerda yashayotgan zamondoshlarimizning amalga oshirayotgan ishlari haqida hikoya qilinadi. Asar qahramonlari so‘nggi bekatga yetib kelishgach, bosib o‘tgan yo‘llari haqida o‘ylaydilar. So‘nggi bekat ular hayotida muayyan darajada burilish nuqtasi bo‘ladi. Ular yo‘l qo‘ygan xatolarini anglab yetishadi va uni tuzatishadi. Masalan, O‘ktam, Nasiba bilan aloqasini uzadi. Nasiba ham O‘ktam bilan baxtli bo‘la olmasligini bilib, qishloqdan ketadi. Quvvatbekov esa shaharga ketmay, qishloqda qolishga qaror qiladi. Ishoq chol esa o‘zining kim ekanligini anglab yetadi, Shamsuddinov ham o‘zidagi kamchiliklarni tuzatishga kirishadi.
=== Slayd 12 ===
“Ola bo‘ji” asarida 80-yillar oxiri va 90-yillarning boshlaridagi sharoit qamrab olingan. Agar asar sovet davrining so‘nggi yillari tasviri bilan boshlansa, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridagi o‘zgarishlar manzarasi bilan xotimalanadi. Asar markazida tarixchi maktab o‘qituvchisi Ulton obrazi turadi. Uni yozuvchi sotsialistik realizm talablariga mos keladigan ijobiy qahramon sifatida ko‘rsatishni maqsad qilib olgan. Asar oxirlariga borib esa muallif sotsialistik realizm qoidalaridan chekinibroq Ultonni zaifliklar, kamchiliklar va qusurlar egasi sifatida ham namoyon qilishga urinadi. Demak, davr shiddati asar metodiga ham o‘z tamg‘asini bosgan.
=== Slayd 13 ===
Shukur Xolmirzayev iste’dodining yana bir yangi qirrasi namoyon bo‘la boshladi, ya’ni u yaxshi dramaturg sifatida ijodning eng qiyin sohasida dastlabki qadamlarni qo‘ya boshladi.
=== Slayd 14 ===
Dramaturgiyaga qiziqish Shukur Xolmirzayev qalbida va ongida juda erta uyg‘ongan. Bunday qiziqish ilk bor Shukur Xolmirzayev Toshkent Davlat dorilfununi filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan paytlarda namoyon bo‘lgan. O‘sha paytda, ya’ni 60-yillarning boshlarida dorilfununda juda yaxshi drama to‘garagi bor edi. Unga mashhur aktyor Shukur Burhonov rahbarlik qilar edi. Shu to‘garakka faol qatnashib, Shukur Xolmirzayev Shekspirning “Gamlet” tragediyasida bosh rolni o‘ynaydi. Uning o‘zi eslashicha, o‘shanda Shukur Burhonov Xolmirzayevni teatr san’ati institutiga olib ketmoqchi bo‘lgan. Lekin aktyor bo‘lishdan ko‘ra dramaturg sifatida qalam tebratishni afzal bilgan Shukur Xolmirzayev dorilfunundagi o‘qishni davom ettirgan. Shunga qaramay, u dramatik asar yozishga birdaniga kirishmagan. Juda ko‘p hikoya, qissa va romanlar yozgandan keyingina Shukur Xolmirzayev san’atning eng qiyin sohasiga, ya’ni adabiyotning gultoji hisoblanuvchi dramaturgiyaga qo‘l urdi.
=== Slayd 15 ===
Shukur Xolmirzayevning “Ziyofat” asari jiddiy drama yaratish yo‘lidagi ilk izlanishi bo‘lgan. “Ziyofat” asar ma’naviy-axloqiy muammolar talqiniga bag‘ishlangan dramadir. Shukur Xolmirzayev bu dramasida ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar haqida fikr bildiradi. “Ziyofat” dramasi xotin-qizlarimizning taqdiri to‘g‘risida haqqoniy bahs yurituvchi asardir.
Drama ikki pardadan iborat bo‘lib, birinchi pardasida Xayrigul ismli bir ayol o‘ziga o‘t qo‘yib o‘lganidan so‘ng, sovxoz direktori Metin, qishloq soveti raisi Habiba, rayon militsioneri Nurmat, gazeta muxbiri Qismat, mehmonxona xizmatchisi Omon va uning xotini Paxtagulning bo‘lib o‘tgan noxush voqea xususida fikrlashuvlari haqida gap boradi. Birinchi parda shunday xulosa bilan yakunlanadi.
=== Slayd 16 ===
Shukur Xolmirzayevning “Ziyofat” asari jiddiy drama yaratish yo‘lidagi ilk izlanishi bo‘lgan. “Ziyofat” asar ma’naviy-axloqiy muammolar talqiniga bag‘ishlangan dramadir. Shukur Xolmirzayev bu dramasida ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar haqida fikr bildiradi. “Ziyofat” dramasi xotin-qizlarimizning taqdiri to‘g‘risida haqqoniy bahs yurituvchi asardir.
Drama ikki pardadan iborat bo‘lib, birinchi pardasida Xayrigul ismli bir ayol o‘ziga o‘t qo‘yib o‘lganidan so‘ng, sovxoz direktori Metin, qishloq soveti raisi Habiba, rayon militsioneri Nurmat, gazeta muxbiri Qismat, mehmonxona xizmatchisi Omon va uning xotini Paxtagulning bo‘lib o‘tgan noxush voqea xususida fikrlashuvlari haqida gap boradi. Birinchi parda shunday xulosa bilan yakunlanadi.
Go‘yoki Xayrigul sevimli erining fojiali o‘limiga dosh berolmay, o‘z joniga qasd qilgan…
=== Slayd 17 ===
Dramada Habiba, Nurmat, Qismat bir maktabda o‘qigan sinfdoshlardir. Ular jamiyatdagi eng kir, ma’naviy tubanlashgan shaxslardir. Paxtagul aytganidek, ular bir jamoa, kelishib ish qiladilar. Har qanday ishni pul bilan o‘lchaydigan razil kishilar qiyofasidir. Ular Paxtagul aytganidek, mafiyadir.
Dramada hozirgi hayotimizda bo‘layotgan hodisalar o‘z ifodasini topgan. Ya’ni tanish-bilishchilik, mansab, amaldorlik kabi illatlarni ham adib fosh etadi.
=== Slayd 18 ===
Shukur Xolmirzayevning “Qora kamar” dramasi bu janrdagi ikkinchi asari hisoblanib, bizning ko‘z o‘ngimizda birmuncha uzoqroq davrlar manzarasini jonlantiradi. Unda Oktyabr inqilobidan keyingi yillarning shiddatli o‘zgarishlari, grajdanlar urushi davrining murakkab, ziddiyatli hodisalari, falokatlari, zahmatlari qalamga olingan. Bularning hammasi dramadagi qahramonlarning ruhi va o‘y-fikrlariga o‘z muhrini bosadi. Shunga ko‘ra “Qora kamar” o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik drama hisoblanadi.
=== Slayd 19 ===
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davrda Shukur Xolmirzayev ijodining yetuklik bosqichi boshlandi. Bu davrda yozuvchi “Bulut to‘sgan oy”, “Bandi burgut”, “Ozodlik” kabi hikoyalarini va “Dinozavr” romanini e’lon qilib, hozirgi hayotning mohiyati, murakkabliklari, ziddiyatlari, qiyinchiliklari to‘g‘risidagi shafqatsiz haqiqatni ifodalashga intildi. Mazkur asarlar Shukur Xolmirzayev hozirgi o‘zbek adabiyotida realistik metodning hayotbaxsh an’analari, tamoyillari yangidan tantana qilishi va ijobiy samaralar berishi yo‘lida faol kurashayotgan yozuvchilardan biri darajasiga ko`tarilganligini yaqqol isbotlaydi.
=== Slayd 20 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.