=== Taqdimot 1 ===
Shaxsning hissiy-irodaviy soxasi
=== Taqdimot 2 ===
HISSIYOT
=== Taqdimot 3 ===
Rejа:
Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.
Psixik holatlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.
Prostratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.
=== Taqdimot 4 ===
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg‘otadi.
=== Taqdimot 5 ===
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi.
=== Taqdimot 6 ===
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
=== Taqdimot 7 ===
Hissiyotlar faqat insonga xos bo‘lib, emotsional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. “Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi.”
=== Taqdimot 8 ===
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
=== Taqdimot 9 ===
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtayi nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi
=== Taqdimot 10 ===
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, hattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
=== Taqdimot 11 ===
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida “Yuragi orqaga tortib ketdi”, “Sovuq ter bosib ketdi” kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
=== Taqdimot 12 ===
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 13 ===
Inson emotsiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o‘zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta’sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to‘sqinlik qilish bilan aloqador bo‘lgan narsalar kishidan norozilik, g‘am, qayg‘u, nafrat va shu singarilarni keltirib chiqaradi.
=== Taqdimot 14 ===
Ifodalovchi
Boshqaruvchi
Aks ettiruvchi
Daraklovchi
Kommunikativ
Moslashuvchi
O‘tqazuvchi
Mustahkamlovchi
Hissiyotlarning turlicha vazifalari mavjud:
Undovchi (rag‘batlantruvchi)
Hosil qiluvchi
=== Taqdimot 15 ===
Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson xulq-atvorini boshqarish vazifasini bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‘z jon ozig‘i deydilar. Bunda, avvalambor, muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga verbal ta’siri ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bunda hissiyotlar va sezgilarning boshqaruvchi vazifasi namoyon bo‘ladi.
Aks ettiruvchi vazifasi voqealarning umumiy baholanishi ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun, ular ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning foydasi yoki zararini aniqlashga va zararli ta’sir aniqlangunicha ta’sirlanish imkonini beradi. Masalan, yo‘lni kesib o‘tayotgan odam…..
=== Taqdimot 16 ===
Xabarlovchi vazifasi yuzaga keladigan kechinmalar insonga undagi ehtiyojlarni qondirish jarayonining kechishi, yo‘lida qanday to‘siqlarga uchrashi, birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi va h.k.lar haqida xabar berishdan iborat.
Mustahkamlovchi vazifa hissiyotlar va sezgilarning o‘qitishda bevosita ishtirok etishidan iborat. Kuchli emotsional ta’sirlanishga sabab bo‘ladigan ahamiyatga molik voqealar uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi.
=== Taqdimot 17 ===
Moslashuvchi vazifasi hissiyotlar tufayli jonli mavjudotlar o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda u yoki bu sharoitlarning ahamiyatliligini ko‘rsatishlaridan iborat. Ch.Darvin fikriga ko‘ra, hissiyotlar moslashtiruvchi vosita sifatida yuzaga kelgan. O‘z vaqtida paydo bo‘lgan sezgi tufayli organizm atrof-muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega.
=== Taqdimot 18 ===
Sezgilarning kommunikativ vazifasi ham mavjud. Mimika va pantomimika harakatlari insonga o‘z kechinmalarini boshqalarga etkazib berishga, o‘zlarining atrof-olam jism va hodisalariga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lumot berish imkoniyatini tug‘diradilar. Mimika, tana holatlari, imo-ishoralar, ma’noli xo‘rsinishlar, tovush ohangining o‘zgarishi “insoniy hislar tili”, hissiyotlardan xabar beruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sezgilarning barcha ifodalanishlarini ham oson aniqlab bo‘lmaydi. Dahshat (57%), so‘ngra nafrat (48%) va ajablanish (34%) kabi hislarni oson aniqlab olish mumkin. Kommunikativ vazifada atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatish vazifasini ham ajratish mumkin.
=== Taqdimot 19 ===
Hissiyotlarning umumlashtiruvchi vazifasi vaqt va fazoda bir-biriga yaqin bo‘lgan alohida voqea va dalillarni birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‘p hollarda ular periferik xususiyatga ega bo‘lgan organik o‘zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, yurakning tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va pantomimikada, lokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar orqali biz, odatda, atrofdagi odamlarning emotsional holati kayfiyatdagi o‘zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz.
=== Taqdimot 20 ===
Yuksаk hislаrning muhim turlаri: prаksik, аxloqiy, intellektuаl, estetik turlаri аjrаtilаdi. Аxloqiy hislаr odаmning boshqа kishilаrgа, jаmoа vа o‘zining ijtimoiy burchlаrigа bo‘lgаn munosаbаtlаridа ifodаlаnаdi.odаmning bilish jаrаyoni bilаn bog‘liq bo‘lgаn hissiyotlаr borIntellektuаl hislаr biror nаrsаdаn hаyron qolish, hаyrаtdа qolish,shubhаlаnish kаbi holаtlаrdа ifodаlаnаdi.Estetik hislar degаndа biz go‘zаllikni idrok qilish,go‘zаllikdаn zаvqlаnish vа go‘zаllik yarаtishgа intilishni tushunаmiz.Prаksik hislаr. inson аmаliy hаyotining istаlgаn sohаsidа mehnаt fаoliyati bilаn bog‘liq hislаrimiz.
=== Taqdimot 21 ===
Agar kishi hayajonlangan, kuchaytirilgan bo‘lsa (masalan imtihon oldida turgan talaba) yoki alohida ko‘tarinkilikni (ijodiy ish davrida) his qilsa, uning tuyg‘ulari stenik bo‘ladi. Ular kishining kuch va g‘ayratini oshiradi. Aksincha kishining holati noaniq bo‘lsa, his-tuyg‘ulari ham sust o‘tib boradi. Aksincha, his-tuyg‘ularning passivligi shunda ifodalanadiki, ular astenik (bo‘shashtiruvchi) tuyg‘ularga aylanib, ishchanlikni, g‘ayratni pasaytiradi. Аstenik tuyg‘ular qayg‘u hasrat, umidsizlik, loqaydlik va hokazo.
=== Taqdimot 22 ===
Emotsiyalar – fiziologik aks ettirish chegarasida turuvchi va odamga o‘z ehtiyojlari bilan bog‘liq qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qilganda o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshiruvchi psixik aks ettirishning sodda shaklidir. Emotsiyalar real dunyoni predmet hamda hodisalarni emas, balki obyektiv munosabatlarini aks ettiradi, unda mazkur predmet hamda hodisalar inson ehtiyoji uchun organizm xizmatida bo‘ladilar.
=== Taqdimot 23 ===
Emotsiyalar ko‘pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir hissiy ohang bag‘ishlaydi, ma’lum darajada davom etadigan ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan his-tuyg‘ular birdaniga paydo bo‘lib, shiddatli va nisbatan tez o‘tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki emotsional holatlar deb ataladi. Ular jumlasiga:
kayfiyatlar;
affektlar (qattiq ayajonlanish);
frustrasiya;
stress kiradi.
=== Taqdimot 24 ===
Kayfiyat – zaif yoki o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan va odatda ancha barqaror emotsional holatdir. Fransuz yozuvchisi Mopassan bunday degan edi: “Bizning vaqti chog‘ligimizni qayg‘uga, laqmaligimizni azobga aylantiradigan o‘sha sirli ta’sirlar qayerdan kelib chiqadi? Men juda xursand bo‘lib uyg‘onaman, qo‘shiq aytgim keladi. Buning sababi nima? Daryo bo‘ylab pastga tushaman va unchalik ko‘p sayr qilmay, to‘satdan uyga g‘amgin bo‘lib qaytaman, go‘yo uyda meni qandaydir falokat kutayotgandek. Buning sababi nima?”. Bu avtorga sababsiz bo‘lib tuyulgan tipik kayfiyatning namunasidir.
=== Taqdimot 25 ===
Affekt – tez paydo bo‘ladigan, nihoyat darajada kuchli, g‘oyat jo‘shqinlik bilan o‘tadigan qisqa muddatli emotsional holat. Аffektiv holatning paydo bo‘lishi miya po‘stlog‘ida kuchli qo‘zg‘alish manbaining vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Buning natijasida tormozlanish jarayonlari susayadi va katta yarim sharlar po‘stlog‘i po‘stloq osti markazlaridan kelayotgan shiddatli impulslar oqimini nazorat qilish, bostirish imkoniga ega bo‘lmay qoladi. Shunday qilib, miya po‘stlog‘i bilan po‘stloq osti faoliyati o‘rtasidagi zarur muvozanat o‘zgaradi.
=== Taqdimot 26 ===
Ehtiros – Kuchli va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan, qandaydir bir qiziqish, intilish va faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror his-tuyg‘ulardir. Ular insondagi ehtiyojlar (barchasi) qondirilishiga qaratilgandir.
=== Taqdimot 27 ===
Stress – odamni kuchli, chuqur larzaga keltiradigan his-tuyg‘ular oqibatidagi emotsional holat. Ular kuchli psixik zo‘r berishlarda: xavf – xatar vaqtida, ortiqcha jismoniy va aqliy mehnat qilishda, faoliyatning juda qiyin va ma’sumiyatli davrlarida yuzaga keladi.
=== Taqdimot 28 ===
Frustrаsiya (lotincha – aldanish, haddan tashqari kutish, xafa bo‘lish). Maqsadga erishishga xalaqit beradigan sabablar ostida paydo bo‘lgan holat. Odam tajang, jahldor bo‘ladi. Oqibatda odam nevroz kasaliga duchor bo‘ladi.
=== Taqdimot 29 ===
Emotsional ton (yunoncha tonus – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi),Emotsiyalar (lotincha emaver – qo‘zg‘atish, hayajonlanish demakdir),Affektlar (lotincha affekt – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi),Stress (inglizcha stress – zo‘riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniyatiga ega.
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.