=== Taqdimot 1 ===
Shaxs psixodiagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
“Rorshax siyoh dog‘lari” metodikasi.
Proyektiv metodikalar haqida tushuncha.
Proyektiv metodikalarning asosiy guruhlari.
‘‘Rozentsveyg frustratsiya testi ’’ proyektiv metodikasi.
01
03
02
04
‘‘Lyusher ranglarni tanlash testi ’’ proyektiv metodikasi.
05
‘‘Mavjud bo‘lmagan hayvon ’’ proyektiv metodikasi.
06
=== Taqdimot 3 ===
Proyektiv psixologiya tarixi asrlik tarixga ega bo‘lsa-da, undan oldin ham ba’zi olimlar inson proyeksiyalari masalasiga to‘xtalib o‘tganlar. Ularning qarashlari proyektiv psixologiya haqidagi klassik nazariyalar hisoblanadi. Proyektiv testlar masalasiga to‘xtalishdan oldin proyeksiya tushunchasi mazmuniga e’tibor berish lozim. Proyeksiya tushunchasi dastlab, Z.Freyd tomonidan shaxslarning ongli va ongsiz tarzda ko‘chirilgan shaxsiy xususiyatlari,tashqi obyektlarga nisbatan munosabatini ifodalaydi.
=== Taqdimot 4 ===
Proyeksiya lotincha «proektio» so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga irg‘itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Proyeksiya ba’zida insonning men mexanizmi bilan, ichki himoya kuch sifatida namoyon bo‘lishini Freyd ta’kidlaydi. Proyeksiya sublimatsiya, ratsionalizatsiya, forig‘lanish kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.Bu metodikalar orqali shaxsni ijtimoiy xulq atvorini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 5 ===
G.S. Frimen insondagi proyeksiyalarni shunday izohlaydi.
1. Ongsizlik holati, ya’ni insonning bu holatda boshqa kishilarning g‘oya, qarash, istak, hissiyot yoki xarakter xislatlarini o‘ziga olishi sifatida.
2. O‘z shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko‘chirish sifatida.
3. Qandaydir tajribaga asoslangan noto‘g‘ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi.
=== Taqdimot 6 ===
Proyeksiya – voqelikni, insonlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tavsiflash tendensiyasi mavjud. Proyeksiya–anglanmagan psixologik mexanizm sanaladi, ya’ni proyeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi. Bu holat klinik tadqiqotlar, psixoterapevtlik izlanishlarda ham yaqqol ko‘zga tashlangan. Chunki proyektiv testlarga berilgan dastlabki ta’rif klinik nuqtayi nazardan berilgan.
=== Taqdimot 7 ===
Proyektiv metodikalar ildizi 1904-1905-yilda K.Gustav Yung tomonidan yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi. Bu metodikani yaratish bilan Yung shaxsning ongsizlik holatlaridagi kechinmalarini assotsiativ diagnostika qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlashda (yolg‘on detektori) M.Veyrtgaymer va A.R.Luriya tomonidan normani patologiyadan ajratish va boshqa vaziyatlar uchun qo‘llanilgan.
=== Taqdimot 8 ===
Proyektiv testlar qatoridagi tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham Yungning assotsiativ testidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Bundan tashqari Yevropaning klassik psixologiya maktabi vakillari Frenk, G.Rorshax, G. Myurrey kabi olimlarning hissasi proyektiv testlarni kelib chiqishiga keng ahamiyat kasb etadi. Proektiv metodikalar (lot.projectio -oldinga otish)-proyektiv diagnostik nuqtayi nazar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shaxsni o‘rganishga yo‘naltirilgan metodikalar majmuidir.
=== Taqdimot 9 ===
Dastlab 1939-yilda L.Frank bu metodikalarni belgilash uchun proyeksiya tushunchasini kiritgan, bu tushunchani o‘zgartirishga bir necha urinish bo‘lishiga qaramasdan psixologik diagnostika fanida barcha tomonidan e’tirof etildi. Proyektiv metodlarning muhim belgisi shundan iboratki, bunda aniq bo‘lmagan, bir xil tuzilmagan stimullardan foydalaniladi. Sinaluvchi uni qayta qurishi, rivojlantirishi, to‘ldirishi, sharhlashi zarur. Proyektiv farazga mos ravishda individimning har bir hissiyoti, uning idroki, his-tuyg‘ulari, fikrlari, harakatlarida shaxsning izini qoldiradi.
=== Taqdimot 10 ===
Proyeksiyani shunday tushunish uni psixoanalitik talqin qilishdan tubdan farq qiladi. Psixoanaliz proyeksiyani himoya mexanizmlaridan biri deb hisobladi. Bunda “Men” uchun xos bo‘lgan ichki impulslar va hissiyotlar tashqi obyektga yo‘naltiriladi, tevarak-atrofni o‘zgargan holda idrok qilish sifatida ongga kirib boradi.
Stimul vaziyat bilan bog‘liq proyeksiya jarayonini dastlab G.Myurrey tavsiflagan. Myurreyning ta’kidlashicha, proyeksiya insonning o‘z qiziqishlari, ehtiyojlari ta’siri ostida harakat qilishi tabiiy holati bilan bog‘lanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Insonni faollikka undovchi stimul-vaziyatlar qanchalik kam stereotip bo‘lsa, shaxs o‘zini shunchalik yorqinroq namoyon qiladi. Proyektiv metodikalardagi stimullar nafaqat uning obyektiv mazmuniga ko‘ra ahamiyatga ega bo‘lmaydi, sinaluvchi uchun shaxsiy ma’nosiga ko‘ra ham ega bo‘ladi. Ana shundan proyektiv metodikalar uchun xos bo‘lgan javoblarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb baholash xos emas.
=== Taqdimot 12 ===
XX asrning 40-yillarida “g‘arb psixologiyasi”da “proyektiv harakatlar” rivojlandi. Proyektiv metodikalar psixodiagnostikada keng ommalashadi, an’anaviy psixodiagnostik testlar ikkinchi darajaga siqib chiqariladi. Hozirgi vaqtda g‘arb psixologiyasida shaxsni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda, ayniqsa klinik psixodiagnostika sohasida keng qo‘llanilmoqda. Bunga misol sifatida dunyoning ko‘p davlatlarida tashkil etilgan maxsus ilmiy institut va jamiyatlar, faqatgina proyektiv metodikalarga bag‘ishlangan davriy nashrlar, to‘plamlar va monografiyalar, doimiy ravishda o‘tkaziluvchi xalqaro konferensiyalar misol bo‘ladi.
=== Taqdimot 13 ===
Proyektiv metodikalarning asosiy guruhlari
Konstitutiv-stimulni bezash, unga ma’no berish. (Rorshax testi);
Konstruktiv –bezatilgan qismlardan ma’noli bir butunlikni yaratish. (Mira testi);
Interpretativ-qandaydir voqeani, hodisani sharhlash. (Tematik appertseptson test);
Katartik maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o‘yin faoliyatini amalga oshirish. (Psixodrama);
Ekspressiv –erkin yoki berilgan mavzu bo‘yicha rasm chizish. ( Uy daraxt odam ) testi;
Impressiv-boshqalarga nisbatan qaysidir stimulni afzal ko‘rish. (Lyusherning ranglarni tanlash) testi.
Additiv-gapni, hikoyani, tarixni tugallash. (Tugallanmagan gaplar ) metodikasi.
=== Taqdimot 14 ===
O‘zi rassom bo‘lishiga qaramay Rorshax sanat va rassomchilik tarixiga juda qiziqqan.Unga ma’lum bo‘lishicha, buyuk rassom Leonardo Da Vinchi o‘z hayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirgan. Bu xususiyat ya’ni atrofimizdagi “predmetli dunyoni jonlantirish” barchaga, ayniqsa rassomlar va yosh bolalarga xos bo‘lgan xususiyatdir deb qaraladi.
=== Taqdimot 15 ===
Biroq Rorshax birinchi bo‘lib fantaziya obrazlarini shaxsning sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshaxning tadqiqotlari g‘oyasi bugungi kunda ikki yirik yo‘nalishlarda AQSh (Beek Klopfer, Davidson Rapoport) va Yevropada (Bohm, Doosli-Listeri) bilan o‘rganilmoqda. Rossiyada Rorshax testini o‘rganishga urinishlar XX-asrning 20-30-yillariga to‘g‘ri kelib,u asosan shaxsning anomal xususiyatlarini aniqlash, nevroz va psixopatiyalar diagnostikasida, shuningdek epilepsiya (tutqanoqlik) kasalligini tadqiq qilishda foydalanilgan.
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
O‘tgan asrning buyuk ertakshunoslari yozgan ertaklari mazmuni ham proyektiv xarakterli hisoblangan. Bu esa bolalarning turli xil psixologik xususiyat va holatlarini o‘rganishda qo‘l kelgan. Fransiyada Sh.Perro, Germaniyada aka-uka Grimlar juda ko‘p proyektiv xarakterli ertaklar yaratgan. Bunga misol qilib “Qizil shapkacha”, “Uxlab yotgan parizod”, “Dono qiz”, “Bo‘ri bilan echki”, “Qor malikasi”, kabi ertaklarni keltirish mumkin. Aynan, ushbu ertaklar ham proyektiv testlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan degan ma’lumotlar mavjud.
=== Taqdimot 19 ===
Proyektiv metodikalarning o‘ziga xosligi:
Topshiriqlar strukturalashmagan;
Topshiriqlar javoblari cheklanmagan;
Test stimullarining sabablari bir xilda emas.
Qo‘llanilishi;
Sud-psixologik ekspertiza;
Pedagogik psixologiya;
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.
=== Taqdimot 20 ===
Lyusherning testi sinalayotgan odamning ma’lum bir faoliyati, kayfiyatiga, funksional holat va shaxsning eng barqaror tomonlariga yo‘nalishi rang tanlashda ifodalanadi degan taxminda asoslangan.
Chet el psixologlari Lyusher testini kasbga yo‘naltirishda, xodimlarni tanlashda, ishlab chiqaruvchi jamoani yig‘ganida, etnik va gerontologik tadqiqotlarda, kelin-kuyovlar bir-birlarini tanlashdagi tavsiyalarida va boshqa hollarda ko‘p ishlatiladi.
Lyusherning rang testi
=== Taqdimot 21 ===
Ranglarning ma’nosi ularning psixologik interpretatsiyasida har xil sinalayotganlarning ko‘p sonli kontingentini har tomonlama o‘rganish davomida tadqiq qilinadi. Lyusher bo‘yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 qo‘shimcha ranglarni o‘z ichiga oladi. Ko‘k-tinchlik, qoniqarli holatni ifodalaydi. Ko‘k-yashil-dadillik, qat’iylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi.
=== Taqdimot 22 ===
Sariq-qizil-irodali kuch, agressivlik, jangovarlik, va qo‘zg‘atuvchanlikni ifodalaydi. Och-sariq-aktivlik,muloqotga intiluvchanlik, ekspansivlik, xushchaqchaqlik hissi. Asosiy ranglar konfliktning yo‘qligida optimal holatda ko‘proq birinchi 5 pozitsiyani egallashi zarur.
Qo‘shimcha ranglar: siyohrang jigarrang qora rang nolga barobar bo‘lgan.
=== Taqdimot 23 ===
Rene Jil metodikasi – Muallifning ushbu testi bolalarning shaxslararo munosabatlar hamda uning oilaviy munosabatlarni idrok qilingan sohasini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan. Metodikaning maqsadi bolaning ijtimoiy moslashuvchanligi, uning atrofdagilar bilan aloqasi va munosabatini ochishdir. Metodika vizual – verbal xarakterda bo‘lib, bolalar bilan kattalar rasmi tasvirlangan. Vazifalar 42 ta rasm va matn shaklidan berilgan savollardan tuzilgan.
=== Taqdimot 24 ===
“Geometrik figuralar testi” proyektiv xarakterdagi metodikalar sirasiga kiradi. Metodika muallifi E. Mox hisoblanadi. E.Mox testda o‘z testida inson qiyofasini ifodalashda uchta geometrik figuradan foydalandi. Ya’ni aylana, uchburchak, kvadratni tanladi. Ular qaysidir ma’noda inson proyeksiyasini bashorat qiladi.
Aylana shakl – Insonning mayl sohasi, hissiyot olami, emotsional kechinmalarining qanday tusga egaligini anglatadi. Agar tekshiriluvchilar chizishda aylanadan ko‘p foydalansalar.
=== Taqdimot 25 ===
Uchburchak shakl – insonning fantaziyalarini anglatib qay darajada undan foydalanganligini anglatadi. Bu uchburchak shakldan bir rasmda qancha ko‘p foydalanganligi bilan belgilanadi. Kvadrat shakl – insondagi aql sohasi bo‘lib, ratsional imkoniyatga qaratilgan. Test talabiga ko‘ra tekshiriluvchi vazifada foydalangan figuralar soni 10 tadan oshmasligi kerak. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki bugungi kunda proyektiv testlarsiz amaliy psixologiyani yutuqlarini sezish qiyin.
=== Taqdimot 26 ===
Shakl (figura) ning markaziy qismi: bosh yoki uning o‘rnini bosuvchi bo‘lak. Bosh o‘ngga qaragan – faoliyatga, harakatchanlikka bo‘lgan turg‘un tendensiya deyarli nima o‘ylanilgan, rejalashtirilgan bo‘lsa barchasi amalga oshiriladi, yoki juda bo‘lmasa, amalga oshirilib boshlanadi (hatto oxiriga etkazilmasa-da). Sinaluvchi o‘z niyatlarini amalga oshirishga faol kirishadi. Bosh chapga qaraganda – refleksiyaga (o‘z to‘g‘risida o‘ylashga), fikrlashga bo‘lgan tendensiyasi.
Mavjud bo‘lmagan hayvon
=== Taqdimot 27 ===
Bu harakat odami emas: fikrlarning faqat ozgina qismi amalga oshadi yoki amalga osha boshlaydi. Ko‘pincha faol harakatlardan qo‘rqish yoki jur’atsizlik (Variant: harakatga bo‘lgan tendensiyaning yo‘qligi yoki faollikdan qo‘rqish – buni qo‘shimcha aniqlash zarur).
“Anfas” holati, ya’ni bosh rasmni chizayotgan odamga (o‘ziga) qaratilgan bo‘lsa, bu holat anfas deb baholanadi.
=== Taqdimot 28 ===
Boshda sezgi organlariga mos keladigan detallar – quloqlar, og‘iz, ko‘zlar joylashgan bo‘lsa informatsiyalarga bo‘lgan qiziquvchanlik, atrofdagilarning o‘zi to‘g‘risidagi fikrlarning ahamiyatliligi. Boshqa ko‘rsatkichlar va ularning majmuiga qarab qo‘shimcha ravishda odam ijobiy baho olish uchun biron-bir narsa qiladimi yoki atrofdagilarning bahosiga nisbatan o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirmasdan, faqat hissiy javob (xursandchilik, mag‘rurlanish, xafa bo‘lish, achinish) beradimi, shuni aniqlanadi.
=== Taqdimot 29 ===
Sal ochilgan og‘iz til bilan birgalikda, lekin lablar aniq chizilmagan bo‘lsa – bu katta nutqiy faollik (ko‘p gaplik) deb baholanadi, bunga aniq chizilgan lablar ham qo‘shilsa sezgirlik, ba’zida u ham bu ham birgalikda bo‘lishi mumkin. Ochiq og‘iz aniq chizilgan til va lablarsiz bo‘lsa, ayniqsa qattiq chizilgan bo‘lsa – xavotirlanish, qo‘rquv, ishonchsizlikning osonlikcha paydo bo‘lishi deb qaraladi.
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.