Shaxs ijtimoiylashuvi va xulq-atvor

4000 so'm


Shaxs ijtimoiylashuvi va xulq-atvor

 

 

Slayd 1

Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor

Slayd 2

Reja:
Ijtimoiypsixologiyada shaxs ijtimoiylashuvi muammosi.
Shaxsning «Men» –obrazi va oʻz-oʻziga baho berishi muammosi.
Shaxsdunyoqarashini va etiqodini oʻzgartiruvchi omillar.
Tayanch tushunchalar: shaxs, ijtimoiylashuv, attraksiya, motiv, konformizm empatiya, ustanovka, altruizm, etnotsentrizm.

Slayd 3

1. Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi.
Muloqot jarayonining xam guruxiy jarayonlarning ham egasi—subyekti xamda obyekti aslida aloxida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiya aloxida shaxs muammosini xam oʻrgandiki, uni oʻsha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Malumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada xam, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, xuquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus boʻlimlarida ham oʻrganiladi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning oʻziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan boʻladigan turli shakldagi oʻzaro munosabatlarning oqibati sifatida karaladi. Yani, ijtimoiy psixologiya avvalo biror gu­ruhning azosi hisoblangan shaxs xulk-atvori kanday konuniyatlarga boʻysunishini, shaxsning mulokotlar sistemasida olgan tasirlari uning ongida kanday aks topishini oʻrganadi.

Slayd 4

Xulosa kilib aytganda, shaxsga sosial-psixologik yondashish uni malum guruhlarning azosi, konkret sharoitida oʻziga oʻxshash shaxslar bilan mulokotga kirishuvchi konkret odam deb tushuniladi.
Shaxs sosializasiyasi toʻgʻrisida gap ketarkan, uning fanda koʻpincha «shaxs taraqqiyoti» yoki «tarbiyasi» tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida etibor berish kerak. Lekin sosializasiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bulib, aytib oʻtilgan tushunchalardan fark qiladi. Sosializasiya-bu individning ijtimoiy muhitga qoʻshilishi, ijtimoiy tasirlarni oʻziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir.

Slayd 5

Shaxs sosializasiyasi yoki shakllanishining oʻz sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 1) faoliyat sohasi, yani umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bulib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va koʻnikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yoʻlidagi faolligi unda uziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;

Slayd 6

Muloqot sohasi, ayniksa maktabgacha yosh davrdagi va usmirlik davrlaridagi mulokot sistemalari bolada bir kancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo kiladiki, buning natijasida u faol xayotiy mavksga ega buladi, jamiyatda oʻz oʻrnini tasavvur kilishga erishadi
Oʻz-oʻzini anglash sohasi, yani ,,Men» obrazining yil sayin oʻzgarib borishi jarayoni boʻlib, avval oʻzini boshkalardan farkliligini, uzicha mustakil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish kobiliyatini anglash, soʻngra esa oʻz-uzini baxolash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular xam faol shaxs psixologiyasining tarkibii kismidir
Sosializasiya jarayoni ruy beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan boʻlsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa oʻquv dargohlari, mehnat jamoalarinpng roli nazarda tutiladi.

Slayd 7

Ijtimoiylashuv jarayonidagi muomala va muloqotning psixologik vositalari
Odamlar bir – birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy koʻzlagan maqsadlaridan biri – oʻzaro bir-birlariga tasir koʻrsatish, yani fikr-gʻoyalariga koʻndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni oʻzgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik tasir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga tasir koʻrsata olishdir.

Slayd 8

Ijtimoiy psixologiyada psixologik tasirning asosan uch vositasi farqlanadi.
Verbal tasir – bu soʻz va nutqimiz orqali koʻrsatadigan tasirimizdir. Bundagi asosiy vositalar soʻzlardir. Malumki, nutq – bu soʻzlashuv, oʻzaro muomala jarayoni boʻlib, uning vositasi – soʻzlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam oʻzidagi barcha soʻzlar zahirasidan foydalanib, eng tasirchan soʻzlarni topib, sherigiga tasir koʻrsatishni xohlaydi.
Paralingvistik tasir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, toʻxtashlar, duduqlanish, yoʻtal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, doʻstimiz bizga biror narsani vada berayotgan boʻlsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib – pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.

Slayd 9

Noverbal tasirning manosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida oʻrtogʻingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Koʻrganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?
Aslida esa, oʻsha soʻzlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol oʻynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha tasir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat oʻzgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol toʻgʻri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».

Slayd 10

Muloqotning qanday kechishi va kimning koʻproq tasirga ega boʻlishi sheriklarning rollariga ham bogʻliq. Tasirning tashabbuskori – bu shunday sherikki, unda ataylab tasir koʻrsatish maqsadi boʻladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida takidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u oʻrnidan turib kutib oladi, iltifot koʻrsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq soʻraydi va soʻngra gapning asosiy qismiga oʻtadi.
Tasirning adresati – tasir yoʻnaltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi boʻlmasa, yoki adresat tajribalirok sherik boʻlsa, u tashabbusni oʻz qoʻliga olishi va tasir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin boʻladi.

Slayd 11

Shaxsning «Men» – obrazi va oʻz-oʻziga baho berishi muammosi
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini malum manoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning oʻziga ham bogʻliqdir.
Shaxsning oʻzi, oʻz xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil boʻlgan obraz – «Men» – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» – obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning oʻzi va oʻz sifatlari toʻgʻrisidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb tarif berish mumkin.

Slayd 12

Lekin shuni alohida takidlash lozimki, «Men» – obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana oʻsha shaxsni oʻrab turgan tashqi muhit, oʻzgalar va ularning munosabati katta rol oʻynaydi. Odam oʻzgalarga qarab, guyoki oynada oʻzini koʻrganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati – aynan oʻziga oʻxshash odamlar obrazi orqali oʻzi toʻgʻrisidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» – obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, koʻchada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga oʻz yutuqlaringiz va mashgʻulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan boʻlib, uning qayergadir shoshayotganligiga etibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «maxmadona, laqmaroq» boʻlib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu oʻrtogʻingiz bilan uchrashganda, oldingi hatoga yoʻl qoʻymaslik uchun «Oʻrtoq, shoshmayapsanmi?» deb soʻrab ham qoʻyasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Yani, suhbatdosh oʻrniga turib, oʻzingizga tashlangan nazar («men unga qanday koʻrinyapman?») – refleksiyadir.

Slayd 13

«Men» – obrazi asosida ham bir shaxsda oʻz-oʻziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil boʻlishi mumkin. Oʻz-oʻziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bogʻliq xolda turlicha boʻlishi mumkin. Yani, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi tasirida – aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bogʻliq boʻlsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, yani, uning oʻzi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bogʻliq tarzda shakllanadi
Oʻz-oʻziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), toʻgʻri boʻlishi, balki u oʻta past yoki yuqori ham boʻlishi mumkin.
Oʻz-oʻziga bahoning past boʻlishi koʻpincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qoʻyayotgan talablarining oʻta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil etirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, oʻqishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil boʻlishi mumkin.

Slayd 14

Oʻz-oʻziga baho oʻta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi tasir koʻrsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan suniy tarzda boʻrttirilishi, nooʻrin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab oʻtishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo boʻladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, magʻlubiyatga uchraganda yoki oʻzida nochorlik, oʻquvsizliklarni sezganda ham buning sababini oʻzgalarda deb biladi va shunga oʻzini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi boʻlmaganida» kabi bahonalar koʻpayadi). Yani, nimaiki boʻlmasin, aybdor oʻzi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyogʻi erdan oʻzilgan», «manmansiragan», «dimogʻdor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, oʻz-oʻziga baho realistiq, adekvat, toʻgʻri boʻlishi kerak.

Slayd 15

Realistik baho shaxsni oʻrab turganlar – ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qoʻni-qoʻshni va yaqinlarning oʻrinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli boʻlib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk Yoshligidanoq xolis qabul qilishga, oʻz vaqtida kerak boʻlsa toʻgʻrilashga oʻrgatilgan boʻladi.
Shunday qilib, oʻz-oʻziga baho sof ijtimoiy hodisa boʻlib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni oʻrab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va ezozlanadigan qadriyatlarga bogʻliq boʻladi. Keng manodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini oʻynashi oqibatida shakllanadigan oʻz-oʻziga baho – oʻz-oʻzini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz Yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir Yosh avlodda oʻzligini anglash, oʻzi mansub boʻlgan halq va millat manaviyatini kadrlash hislarini tarbiyalamoqda.

Slayd 16

Demak, oʻz-oʻzini baholash – oʻz-oʻzini tarbiyalashning muhim mezonidir. Oʻz-oʻzini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
Oʻz-oʻzi bilan muloqot (oʻzini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etish va oʻzi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
Oʻz-oʻzini ishontirish ( oʻz imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga boʻysundirish);
Oʻz-oʻziga buyruq berish (tigʻiz va ekstremal holatlarda oʻzini qoʻlga olish va maqbul yoʻlga oʻzini chorlay olish sifati);
Oʻz-oʻziga tasir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda oʻzida maqul ustanovkalarni shakllantirish);
Ichki intizom – oʻz-oʻzini boshqarishning muhim mezoni, har doim har erda oʻzining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.

Slayd 17

Shaxs dunyoqarashini va etiqodini oʻzgartiruvchi omillar.
Dunyoqarash – shaxsning shaxsligini (individ emas), uning manaviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini koʻrsatuvchi kuchli motivlardandir.
Davlatimizning Yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu oʻrinda psixologiya oʻzgarishlar sharoitida etiqod, dunyoqarash va ideallar oʻzgarishiga sabab boʻluvchi omillar xususida quyidagilar ajaratadi:
Manaviyat va marifat. Avvalo marifat xususida. Bu – odamning tabiat, jamiyat va insonlar toʻgʻrisidagi turli bilimlari, tushunchalari, malumotlari majmui boʻlib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun – mohiyatini belgilaydi.

Slayd 18

Oila. Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida ezozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim oʻchogʻi boʻlgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan Yoshlar etiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. 3. Mafkura. Har bir davrning oʻz mafkurasi boʻladi va u shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga tasir koʻrsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Yangi mafkura mustaqillik va milliy qadriyatlar gʻoyasi tasirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda Yoshlar dunyoqarashini oʻzgartiruvchi muhim shartdir. 4. Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik manoda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va oʻzgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm – bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu – shaxsning atrof muhitida sodir boʻlayotgan ijtimoiy xodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni malum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar oʻrnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham oʻzgartirishga aloqador kategoriyadir.

Slayd 19

Rus olimi V. A. Yadov oʻzining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni toʻrt bosqich va toʻrt tizimli sifatida tasavvur qilgan. :
A)elementar ustanovkalar (set) – oddiy, elementar ehtiyojlar asosida koʻpincha ongsiz tarzda hosil boʻladigan ustanovkalar. Ularni oʻzgartirish uchun moddiy shart – sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini oʻzgartirish kifoya.
B)ijtimoiy ustnovkalar (attitud) – ijtimoiy vaziyatlar tasirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni oʻzgartirish uchun ijtimoiy shart – sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini oʻzgartirish kerak.

Slayd 20

V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar – ular shaxsning umumiy yoʻnalishini belgilaydi va ularni oʻzgartirish etiqodlar va dunyoqarashlarni oʻzgartirish demakdir.
G) qadriyatlar tizimi – ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr – qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga oʻz qadrini yoʻqotmay kelayotgan qadriyatlardir.

Slayd 21

Sharq madaniyati va manaviyati shu qadar noyob, betakror va jozibali boʻlib, buning asosiy sabablaridan biri oʻzbek oilasining betakror muhiti, undagi ananalar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barhayotligidadir.
Demak,oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson boʻlib etishishiga tasir koʻrsatadigan katta tarbiya oʻchogʻidir.
Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir.

Slayd 22

Ananaga koʻra, farzandlarning yurish-turishi va oʻzaro munosabat qoidalari, Yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati,kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar.
Hayot tajribasini koʻrsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni axloq-odob boʻlib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning manaviy kamoliga, axloqiga katta etibor berib kelganlar.

Slayd 23

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 24

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Shaxs ijtimoiylashuvi va xulq-atvor” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar