SHARQ UYG‘ONISH DAVRI VA UNDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Sharq uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiya masalalari
=== Taqdimot 2 ===
01
Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyatlari.
02
Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.
03
Al-Forobiy va Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari.
04
Xulosa.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyatlari
IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy-madaniy jihatdan eng rivoj topgan o‘lka sifatida mashhur bo‘lib, bu yerda qadimiy an’analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi Yunon ilmiy-madaniy an’analari qorishuvi asosida islomiy falsafiy va tabiiy ilmlar – astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug‘rofiya kabilar rivoj topdi. Maxsus hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib, tarixshunoslikda ham muhim asarlar vujudga keldi.
=== Taqdimot 4 ===
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tarqalgan va rivojlangan tasavvuf ta’limotlari, oqimlari ham jamiyat ma’naviy hayotining rivoji uchun xizmat etib, uning o‘ziga xosligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu davrda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaytirildi, ko‘plab sug‘orish inshootlari tiklandi va yangilari qurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ular tolasidan mato to‘qilgan. Movarounnahrda, xususan, Urganch, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro to‘qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Natijada Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko‘lami ortib bordi.
=== Taqdimot 5 ===
Markaziy Osiyoda ilk Uyg‘onish davri haqida so‘z borganda, quyidagi omillarni alohida ko‘rsatmoq zarur:
IX-XII asrlarda arab xalifaligidan qutilib, yerli mustaqil davlatlarning vujudga kelganligi.
yagona din – Islom tufayli katta hudud – Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning rivoj topishi,
oldingi “Ipak yo‘li” ahamiyatining oshuvi, mamlakatlararo savdo-sotiq,
jahon madaniyati avval erishgan yutuqlar, xususan, qadimgi yunon, hind, Eron madaniyati, ilm-fani yutuqlari keng foydalangani.
=== Taqdimot 6 ===
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Somoniylar davlati Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlaridan sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi, ammo yoziladigan hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘lsa ham, arab imlosida yozilar edi.
=== Taqdimot 7 ===
Saljuqiylardan Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul-Mulk o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi va ma’rifatparvar inson sifatida dovruq qozondi. U G‘aznaviylar ish uslubiga bir oz o‘zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarishning o‘z uslubini ishlab chiqadi va uni o‘zining “Siyosatnoma” asarida (1091-1092) bayon etadi.
Nizom ul-Mulkning maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari beqiyos. U 1067-yilda Bag‘dodda o‘zining shaxsiy jamg‘armasiga o‘sha davrning eng mashhur o‘quv yurti – “Nizomiyya” madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so‘fiylarga katta e’tibor berib, ularga homiylik qiladi.
=== Taqdimot 8 ===
Uyg‘onish davri madaniyatiga xos quyidagi xarakterli tomonlarni qayd etib o‘tish mumkin:
koinotning vujudga kelishi, bosqichlari, olamning tuzilishi, modda va ruhning xususiyatlari;
insonni koinot yaratuvchining eng oliy mahsuli deb baholash;
axloq, odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilish;
komil inson rivojlangan davlatchilikda shakllanadi;
mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira oladi.
=== Taqdimot 9 ===
Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ldi:
Matematika-tibbiyot yo‘nalishi
Xorazmiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Umar Hayyom, Beruniy, ar-Roziy, Yusuf Tabib
Ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish
Ta’limiy-axloqiy yo‘nalish
Forobiy, Ibn Sino, Narshaxiylar, Beruniy, Koshifiy, Davoniy, Ali Yazdiy, Abdurazzoq  Samarqandiy, Mashxadiy…
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, al-Buxoriy, Kaykovus, Umar Zamaxshariy, G‘iyosiddin Jamshid…
=== Taqdimot 10 ===
Insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalanganligi uchun ham Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Axloq haqida risola”, “Ishq risolasi”, “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Hibatul-haqoyiq”, “Qobusnoma”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Mahbub ul-qulub” kabi Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy, Kaykovus, Sa’diy, Jomiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etishda sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 11 ===
Muhammad ibn Al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma’rifatining buyuk namoyandasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783-yilda Xorazmiyda dunyoga kelib, 847-850-yillar oralig‘ida Bog‘dodda vafot etgan.
Xorazmiy tug‘ilib voyaga yetayotgan davrda Movarounnahr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi.
Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa Horun ar-Rashidning o‘g‘li  Ma’mun ar-Rashid Marvda xalifa noibi bo‘lib  turganda saroyida juda ko‘p olimlarni to‘plagan, so‘ng xalifa bo‘lib ko‘tarilgach ularni ham Bog‘dodda olib ketganini ta’kidlaydi.
Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari
=== Taqdimot 12 ===
“Baytul Xikma” da matematika, geodeziya, geografiya falakiyot va boshqa sohalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi   Xalifa al-Ma’mun xatto Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida Hindiston va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing quyi oqimi) dagi o‘lkaga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi.
Olim insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning muhimligi g‘oyasini ilgari so‘rgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida ham munosib o‘rin egallaydi. Xorazmiy matematika, geografiya, geodeziya, falakiyot sohalarida yirik tadqiqotlar olib borgan. “Al-Jabr va muqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib o‘zidan avvalgi bilimlarni o‘rgandi va ularni sintezlashtirish hamda amalda qo‘llash usullarini bayon etdi. Shu asar tufayli “Al-Xorazmiy” nomli lotincha transkripsiyada “Algoritm” shaklini oldi.
=== Taqdimot 13 ===
Al-Xorazmiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari
Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. “Al kitob al muxtasari hisob aljabr va muqobala” asarida (“Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar ularni yechish yo‘llarni bayon etadi.
Risola uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi algebraik qism uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim keltiriladi. Ikkinchi – geometrik qism algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash ularni ifodalash va kuzatilganlarni uyushtira olish malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga katta baho beradi. “Al-kitob al muxtasar fi hisob ajab va al-muqobala” asarida olimlarni uch guruhga bo‘ladi.
=== Taqdimot 14 ===
Ko‘pchilik muvaffaqiyatlar qatori Xorazmiy ham bilim berishning ko‘rgazmali tajriba usullari, savol-javob malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, bilimlarni sinash usullarimdan foydalangan.
Masalan, Xorazmiyning arifmetikaga oid risolalari uning tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor.  Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: “Sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, “mantiqiy” bayon bilish esa haqiqiy bilishning muhim tomonini namoyon etadi.
Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllar ifodaladi. Olimning ijodi haqidagi ma’lumotlar ham uning hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar kabi juda kam.
=== Taqdimot 15 ===
Rayhon Beruniyning pedagogik qaraishlari
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi bo‘lgan Abu Rayxon Beruniy (973-1048) ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar rivojlanishiga ko‘p hissa qo‘shgan.
Beruniyning mashhur asarlaridan:
1. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
(“Al-osorul boqiya an il qurun il Holiya”);
2. “Turar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash” (“Geodeziya”);
3. “Hindiston”;
4. “Qimmatbaho toshlarni aniqlash haqida to‘plam” (“Mineralogiya”);
5. “Kitob as-Saydona” (“Tibbiyotda dorishunoslik”);
6. “Yulduzshunoslikda boshlang‘ich ta’limotlarni aniqlash”;
7. “Qonuniy Mas’udiy” kabilardir.
=== Taqdimot 16 ===
Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasi yetib kelgan. Ulug‘ olimning turli fanlarga doir asarlari orasida ijtimoiy ta’limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o‘rin tutadi. Masalan, “Kitob –axborotil mubayyizot vilqaromita” (“Oq kiyimliklar va karomatilar xabarlari haqida kitob”),
Olim “Mineralogiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini ifodalaydi.
=== Taqdimot 17 ===
Fanning foydasi – ular yordamida oltin va kumush to‘plash emas, balki kerakli narsalar hosil qilishdir – deb yozadi u “Geodeziya” asarida va fanlarni quyidagicha ta’riflaydi: “Musiqa –insonga ichki ta’sir etib, yoqimli kayfiyat bag‘ishlaydi: til – nutqning tarozisi va muomala qurolidir: geodeziya – harakatsiz yulduz va quyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o‘rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya – yer haqidagi fanlardir; geometriya . . . jismlarning shakllarini, falakiyot – koinot sirlarini, mineralogiya – javohir va la’llarni o‘rgatadi; dorishunoslik – tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi”.
=== Taqdimot 18 ===
Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o‘qitish usullarini ham bayon etgan. U o‘quvchiga bilim berishda:
O‘quvchini zeriktirmaslik;
Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
Uzviylik, izchillikka rioya qilish; mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish;
Beruniy ilmni uch yo‘l bilan hosil bo‘lishini alohida uqtirgan.
=== Taqdimot 19 ===
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari
Qadimgi xalqlardaman qolgan yodgorliklar “Qir” (“Al-osorul boqiyan il qurun il Holiya”);
“Hindiston”;
“Turar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash” (“Geodeziya”);
“Qimmatbaho toshlarni aniqlash haqida to‘plam” (“Mineralogiya”);
“Kitob as-Saydona” (“Tibbiyotda dorishunoslik”);
“Yulduzshunoslikda boshlang‘ich ta’limotlarni aniqlash”;
“Qonuni Mas’udiy” kabilardir.
=== Taqdimot 20 ===
Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasi yetib kelgan. Ulug‘ olimning turli fanlarga doir asarlari orasida ijtimoiy ta’limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o‘rin tutadi. Masalan, “Kitob –axborotil mubayyizot vilqaromita” (“Oq kiyimliklar va karomatilar xabarlari haqida kitob”).
Olim “Mineralogiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi. Insonga katta sharaf ko‘rsatilgan – unga aql-zakovat va kuch armug‘on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak axloqi, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor”.
=== Taqdimot 21 ===
Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo‘lgan deb hisoblaydi
=== Taqdimot 22 ===
Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o‘qitish usullarini ham bayon etan. O‘quvchiga bilim berishda:
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik
o‘quvchini zeriktirmaslik
uzviylik, izchillikka rioya qilish;
mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish
=== Taqdimot 23 ===
Beruniy ilmni quyidagi uch yo‘l bilan hosil bo‘lishini alohida uqtirgan:
Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to‘g‘ri boshlash zarur.
Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o‘ziga borib yetguncha soddalashtirib borish.
Ilm o‘rganish vaqt va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas.
=== Taqdimot 24 ===
Mutafakkirlar asarlarida inson kamoloti va uni tarbiyalash masalalari
O‘rnak olish
Donishmand va olimlar xulqlaridan o‘rnak olish, yaxshi xulqni rivojlantirish, yomon odatlarni yo‘q qilish. Ota-ona namunasi
Pand va nasihat
Pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish, “..o‘rgangan, odatlangan va ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan narsaga qarshilik ko‘rsatmaslik”.
=== Taqdimot 25 ===
Olimning fikricha axloqiylik komillikning eng muhim mezonidir. Lekin bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit-jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
U “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Yaxshilik xislatlari: taqvodorlik, to‘g‘rilik, odillik, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, siyosat va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik, to‘g‘ri taxmin qila bilish va bulardan boshqa aqlga sig‘maydigan, kishi bayon etib tugata olmaydigan (yaxshi) sifatlardan iboratdir”.
=== Taqdimot 26 ===
Abu Nasr Farobiy asr ma’rifatparvari, yirik olim
Farobiy manbalarda “Al-faylasuf at-turkey” deb yuritiladi. Fa­robiyning millati darhaqiqat turk bo‘lib, Movarounnahrda Farb vi­loyatining Vasij qishlog‘ida hijriy 257 (milodiy 873) yilda tug‘il­gani, otasi armiya qo‘mondoni bo‘lgani aytiladi. Farobiy dastlab Mar­vda tahsil ko‘rgan. Keyin Bog‘dodga ketadi. Falsafaga teran bir qiziqishi bor edi. Abu Mashr Mottabin Yunusdan mantiq darsi oladi. Oraliq­da bir bora Xarronga ketdi. Safarda Yuxonna bir Xaylon bilan tanish­di. Undan mantiq va falsafa ilmini o‘rgandi. Ilm tahsilini qattiq sevganidan falsafiy madaniyatni ortirish uchun yana Bog‘dodga qay­tadi; Yunon faylasufini va ayniqsa Arastu (Aristotel) ning asarlari­ni sinchiklab o‘rganadi. Islom ilmida  ham ilmi  mukammal edi. Yaxshilik qilishni sevar edi. Xalifa Mutadir zamonida atrofiga ziyo tarata boshladi.
=== Taqdimot 27 ===
Abu Nasr  Farobiy qalamiga mansub asarlari 160 dan ortiq­dir. Ular:
“(Aflotun qonuniyatlarini mohiyati)”,
“Nufuzli shahar aholisining maslagi”,
“Baxt saodatga erishuvchi risola”,
“Aql haqida risola”,
“Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak”,
“Substansiya haqida”,
“Falsafa manbalari”,
“Logikaga kirish”,
“Masalalar manbai” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
=== Taqdimot 28 ===
Abu Nasr Farobiy birinchilardan bo‘lib, o‘z davrida ilmlar klassifikatsiyasini yaratgan va unga bag‘ishlab qator risolalar yozdi. U o‘z davrida musiqa masalalariga atab katta asar yozib, musiqa nazariyasining tafsilini berdi va Sharqda keng tarqalgan nay, nog‘ora, chang, rubob kabi qator Musiqa asboblari ta’rifini yozib qoldirdi. Uning bu asari Sharq Musiqashunosligi tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. U o‘z davrining qomusiy olimi bo‘lib, riyoziyot, tibbiyot, arab grammatikasi, alkimyo, falakiyot, mantiqqa oid asarlar muallifidir.
U Aristotelning barcha falsafiy asarlariga yana qadimgi  Yunon olimlari Platon, Galen, Parfariy, Sokrat kabilarning risolalariga sharhlar yaratdi.
=== Taqdimot 29 ===
Abu Nasr Farobiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati
Abu Nasr Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida”, “Ixso al-ulum”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlar o‘z ifodasini topgan.
Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Insonning axloqiy xislatlarini shakllantirish asosan tarbiya va tarbiyachining, bilimdon muallimning vazifasidir.
=== Taqdimot 30 ===
Ta’lim va tarbiya birlashsa, yetuklik namoyon bo‘ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko‘nikmalarni qay darajada o‘rganganligiga qarab paydo bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Farobiy ta’lim-tarbiya ishlarini  2 yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
amaliy san’at (kasbhunar)lar bilan
Amaliy fazilatlar
=== Taqdimot 31 ===
Qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Birinchisi
Ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi:
Majbur etish yo‘li. Bu usul gapga kirmaydigan qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ikkinchisi
=== Taqdimot 32 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SHARQ UYG‘ONISH DAVRI VA UNDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar