Saraton molekulyar mexanizmlari va profilaktikasi
8000 so'm

Slayd 1
O’simta o’sishining molekulyar biokimyoviy mexanizmlari haqida genetika fan bazasida zamonaviy qarashlar
Slayd 2
Reja
Saraton haqida tushuncha
Saratonning paydo bo’lish sabablari
Saratonning rivojlanish bosqichlari
Saraton belgilari va profilaktikasi
Slayd 3
Onkologik kasalliklar — hozirda insoniyatning yetakchi patologiyalar guruhidir. Jahon tibbiyoti amaliyotida kasallikni dastlabki bosqichlarini davolashda muvaffaqiyatga erishildi. Cheklovchi omillar — saratonning preklinik bosqichida muntazam keng ko’lamli diagnostik tekshiruvlarini tashkil etishning murakkabligi, ba’zi shakllarining patogenezi tezligining yuqori bo’lishi. Shu munosabat bilan, aholi o’rtasoda onkologik sergaklikni yaxshilash uchun ta’lim muhim ahamiyatga ega.
Saraton (rak) — bu tanadagi ichki to’qimalardan o’sadigan yomon sifatli o’sma (shish). Kasallikning bunday nomlanishiga sabab, 90% holatlarida bemorlarda yomn sifatli o’smalar qisqichbaqa (saraton) qisqichiga o’xshaydi (rus. рак). Rivojlangan mamlakatlarda barcha o’limlarning 15-20% saraton kasalligidan kelib chiqadi.
Slayd 4
95% hollarda saraton yomon atrof-muhit va hayot tarzi tufayli yuzaga keladi:
Tamaki chekish — 30% patologiyalar;
Oziq-ovqat — 35% patologiya;
Infektsiya — 10%;
Kasb bilan bog’liq kantserogenlar — 5%;
Ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlanish — 6%;
Alkogolizm — 2%;
Ifloslangan havo — 1%;
Jinsiy infektsiyalar — 4%;
Past jismoniy faollik — 4%.
Slayd 5
Shakarni keragidan ortiq iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni paydo bo‘lish xavfining oshishiga sababchi bo‘ladi. G‘arbiy yarim shar aholisi har kuni iste’mol qiladigan miqdordagi shakar sichqonlarga berilganda tez orada ko‘krak bezi saratoniga moyillik oshgani aniqlangan. Olimlar shakardan voz kechib, uning o‘rniga tabiiy shirin mevalar yeyishni tavsiya qiladi.
Slayd 6
Xalqaro onkologiya jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, doimiy ravishda issiq qahva, choy ichish qizilo‘ngach saratonini keltirib chiqarishi aniqlangan. Issiq suyuqlik ichganda qizilo‘ngach devorlarining doimiy ravishda zo‘riqishi xavfli hujayralarning rivojlanishiga olib keladi.
Slayd 7
Tunda ishlash va saraton o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan tadqiqotlar hali ko‘p emas, lekin mavjudlari buni tasdiqlaydi. Olimlarning taxmin qilishicha, bunday ish rejimi immunitetni susaytiradi va yallig‘lanishni rivojlantiradi. Shu bois organizm dam olishi kerak bo‘lgan vaqtda ishlash tavsiya qilinmaydi.
Slayd 8
Kunni o‘tirgan holda o‘tkazish kuniga bir yoki ikki quti sigaret chekkan bilan barobar. Bunday kishilarning saratonga chalinish xavfi yuqori va bunga hujayralarga kislorod yetishmasligi sabab bo‘ladi. Qancha kam harakat qilsangiz, qon shuncha yaxshi aylanmaydi va a’zolar qon bilan to‘laqonli ta’minlana olmaydi. Ish yoki o‘qishingizni o‘tirgan holda bajarishga majbur bo‘lsangiz, unda tongda uyda sport mashqlariga 20-30 daqiqa vaqt ajrating, iloji bo‘lsa, toza havoda ko‘proq sayr qiling.
Slayd 9
Ortiqcha vazn nafaqat qizilo‘ngach, balki oshqozon osti bezi, ichaklar, buyraklar, qalqonsimon bez va sut bezi saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, ortiqcha yog‘ sabab organizmda estrogen gormoni ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi va organizmda gormonal balans izdan chiqib, yallig‘lanish va o‘smalar rivojlanishi mumkin bo‘ladi.
Slayd 10
Aslida Polivitamin va biologik aktiv qo‘shimchalar, ozuqa moddalari, mikroelementlar yetishmaganda mutaxassis ko‘rsatmasiga binoan iste’mol qilinishi kerak. Lekin ko‘pchilik bilar-bilmas, o‘zboshimchalik bilan ularni iste’mol qiladi va turli salbiy oqibatlarga olib keladi. Ularning orasida esa turli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas. Shu bois qabul qilishda ehtiyot bo‘lish va, albatta, mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
Slayd 11
Yomon sifatli oʻsma – bu hujayralarning avtonom ravishda tartibsiz boʻlinib koʻpayishi natijasida qoʻshni toʻqimalarga oʻsib kirish xususiyatiga ega boʻlgan hosiladir. Oʻsma oʻzida hujayralar saqlashi bilan birgalikda qon tomirlar va maxsus qobiqqa ham ega boʻladi. Har qanday oʻsma uni tashkil etuvchi hujayralar tipiga qarab, yaʼni gistologik tuzilishiga asosan klassifikatsiyalanadi:
Saraton yoki karsinoma – epiteliy toʻqimasidan;
Sarkoma – yogʻ, biriktiruvchi, suyak, mushak, limfa hamda qon tomirlaridan oʻsgan hosila;
Leykoz – qon yaratuvchi hujayralardan oʻsuvchi;
Miyeloma – suyak koʻmigidan oʻsuvchi;
Limfoma – limfa toʻqimalaridan oʻsuvchi.
Slayd 12
Obturatsiya (yopilib qolishi)
Bu holat kovak aʼzolar boʻshligʻiga oʻsmaning oʻsishi natijasida kovak aʼzolarda berkilish yaʼni tutilish belgilari namoyon boʻlishi bilan oʻziga xosdir. Obturatsiya belgilari turli aʼzolarda turlicha kechadi
•Qiziloʻngachda obturatsiya boʻlishi – yutinish qiyinlashuvi;
•Yoʻgʻon ichak chap yonbosh sohasi qismlarida oʻsma boʻlishi – ich kelishining buzilishi, qorin dam boʻlishi, qorinda spazmatik ogʻrqlar boʻlishi, koʻngil aynish belgilari;
•Oshqozonning oʻn ikki barmoq ichakka oʻtish sohasida oʻsma hosil boʻlishi – ovqatlangandan keyin oshqozonda ogʻirlik hissi boʻlishi, spazmatik ogʻriqlar, koʻngil aynishi kabi belgilar;
•Siydik ayiruv aʼzolari ichida oʻsma oʻsishi – oʻtkir peshob tutilishiga olib keladi;
•Oʻt yoʻllarida yoki oʻt qopida oʻsma boʻlishi – oʻt dimlanishi va mexanik sariqlikka sabab boʻladi.
Slayd 13
Destruksiya (parchalanish)
Aʼzoning parchalanishi oʻsma toʻqimasining aʼzo ichiga oʻsib kirishi natijasida roʻy beradi. Saratonning aʼzo ichiga oʻsib kirishi va biror bir mexanik taʼsir oqibatida oʻsmani qon bilan taʼminlovchi tomirlar yoriladi va qon ketish roʻy beradi. Bu holat esa anemiyaga sabab boʻladi va quyidagi belgilar bilan namoyon boʻladi:
Teri qoplamasining rangpar boʻlishi;
Bosh aylanishi;
Arterial bosimning pasayishi;
Pulsning ipsimon boʻlishi;
Yurak tonlari boʻgʻiqlashuvi.
Destruksiya belgilari quyidagilardir:
Toʻgʻri ichak va yoʻgʻon ichakda oʻsma oʻsishi ich kelganda qon kelishi;
Qiziloʻngach va oshqozondagi oʻsmadan qon ketganda qusuq massasida qon hujayralari aniqlanishi;
Oʻpkada oʻsmadan qon ketishi balgʻamda qon ajralishi;
Bachadonda oʻsmadan qon ketishi qindan qonli ajralamlar kelishi;
Siydik qopidagi oʻsmadan qon ketishi esa peshobda qon kelishi bilan oʻziga xosdir.
Slayd 14
Kompressiya (ezilish)
Saraton toʻqimalarining aʼzodan oʻtuvchi nerv tolasi, qon tomirlarini ezib qoʻyishi bilan kechadigan holat. Ikki xil patologiya bilan namoyon boʻladi:
Ogʻriq;
Aʼzo ish faoliyatining buzilishi.
Oʻsmaning aʼzolarni ezib qoʻyishi natijasida nerv tolalari ham siqiladi bu esa ogʻriq hissini tugʻdiradi. Ogʻriq boshlanishi oʻsma oʻlchami katta boʻlganda boshlanadi. Avvaliga ogʻriq kuchi boʻlmaydi, simillovchi, toʻmtoq xarakterda, keyinchalik esa kuchayib boradi va oxir oqibat chidab boʻlmas darajada ogʻriq hissi seziladi. Turli aʼzolarda ogʻriq xususiyati ham turlicha koʻrinishda namoyon boʻladi:
Buyrak, oshqozon, jigar, oshqozon osti bezi,suyak sarkomasida ogʻriq sindromi kasallikning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi;
Qiziloʻngach va oʻpkalarda hosil boʻlgan saraton kuchsiz boʻlgan ogʻriq bilan namoyon boʻladi;
Tashqi aʼzolardagi oʻsmalar esa ogʻriq sindromisiz kechadi.
Slayd 15
Saraton belgilari: Intoksikatsiya haqida tushuncha
Saraton natijasida organizmda moddalar almashinuvi buzilishi ham kuzatiladi – oqsil, uglevod, yogʻ va mineral tuzlar almashinuvi izdan chiqadi. Bu esa ishtahaning pasayishi, ozib ketish, umumiy holsizlik belgilari bilan namoyon boʻladi.
Saratonning toksik xususiyati koʻpincha jigar, oshqozon osti bezi, oshqozon oʻsmalarida kuchli namoyon boʻladi, boshqacha qilib aytganda hazm qilish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan aʼzolar tizimi faoliyatiga salbiy taʼsir etadi.
Oshqozonda paydo boʻlgan oʻsma intoksikatsiya belgilari bosqichma bosqich kuchayib boradi. Avvaliga ishtaha pasayishi, ozib ketish, keyinchalik esa hazm jarayoning buzilishi, ovqatlangandan soʻng oshqozon sohasida noqulaylik sezish, ovqatlanishdan butkul bosh tortish kabi holatlar ham yuzaga keladi.
Slayd 16
Saraton hujayralari aʼzo funksiyasini izdan chiqaradi. Bunday jarayon ayniqsa, endokrin aʼzolari hamda qon hosil qiluvchi aʼzolarda yaqqol namoyon boʻladi:
•Qalqon oldi bezlari oʻsmasida bezning ish faoliyati kuchayib ketadi va qonda kalsiy miqdori ortib ketadi, natijada suyaklar hamda buyraklar faoliyati buziladi;
•Jinsiy aʼzolarda paydo boʻlgan oʻsma jinsiy qobiliyat susayishi, sut bezlarining regressiyasi hamda organizmda yogʻ toʻplanishi ortishi bilan namoyon boʻladi;
•Buyrak usti bezlari oʻsmasida qon bosimi yuqori boʻladi, jinsiy yetilish buziladi;
•Oshqozon osti bezi oʻsmasida esa insulin ishlab chiqarilishi ishdan chiqadi hamda qonda glyukoza konsentratsiya oʻzgaruvchan boʻlib qoladi;
•Leykoz- suyak iligi faoliyatining buzilishi boʻlib, qonga yetilmagan qon hujayralari koʻp ajraladi;
•Ovoz boylamlari oʻsmasida esa ovoz buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolar koʻzga tashlanadi.
Slayd 17
Saratonning metastazi natijasida aynan shu oʻsmaga xos boʻlmagan qoʻshimcha belgilar ham yuzaga chiqishi mumkin:
Tromblar hosil boʻlishi;
Terida toshmalar;
Qonda glyukoza miqdorining pasayishi;
Buyraklar zararlanishi;
Eritrotsitlar parchalanish muddatining qisqa boʻlishi;
Naysimon suyaklarda deformatsiyalar, baraban tayoqchalari koʻrinishidagi barmoqlar, boʻgʻimlar faoliyatining buzilishi.
Bukabi belgilar oʻsmaning organizmga umumiy taʼsiri natijasida kelib chiqadi.
Slayd 18
4.2.Saratonning organizmga tizimli taʼsiri
Saraton kasalligi oqibati uning erta tashxislanishiga bogʻliq boʻladi. Quyidagi belgilar oʻsma kasalliklarida koʻpincha yuzaga chiqadi va bu kabi belgilar namoyon boʻlsa, darhol shifokorga murojaat etish kerak boʻladi:
Sababsiz charchash, holsizlik, umumiy diskomfort belgilari;
Terida yoki teri ostida, ayollarda esa sut bezlarida qattiqlashgan hosil aniqlanishi;
Limfa tugunlari kattalashishi;
Najas yoki peshobda qon boʻlishi;
Qorin boʻshligʻida uzoq muddat davom etuvchi ogʻriq boʻlishi;
Ishtahaning pasayishi;
Uzoq muddat davom etuvchi yoʻtal va nafas yetishmovchiligi;
Ovoz buzilishi, xirillash;
Tana haroratining uzoq muddat subfebril koʻrsatkichlarda boʻlishi;
Ich kelishining buzilishi;
Tungi vaqtda koʻp ter ajralishi;
Sababsiz tana vaznining kamayib ketishi (qisqa muddat ichida 5 kg.dan ortiq vazn yoʻqotish).
Slayd 19
Saraton kasalligining oldini olish uchun tez-tez shifokor ko’rigidan o’tib turing. Kantserogenez jarayonini dastlabki bosqichlarda aniqlash imkoniyati yildan-yilga o’sib bormoqda. Saratonni boshlang’ich davrlarida yengish esa juda oson!
2000 yilda saraton kasalligiga chalinganlarning soni 10 000 000 ni tashkil etdi. Turmush sharoiti, atrof-muhit va turmush tarzi yomonlashib borayotganligi sababli, 2020 yilga kelib, olimlar bashoratiga ko’ra, saraton bilan kasallanganlar soni 16 millionga yetadi. Kasallanganlar foizini kamaytirish uchun rak kasalligini profilaktika qilish lozim.
Yevropada saraton kasalligining oldini olish choralari qo’llanilgach, kasallanishlar soni 20 foizga kamaydi. Saraton bilan kurashishdagi eng yaxshi choralar — chekish va noto’g’ri ovqatlanish bilan kurashish, ultrabinafsha nurlanishini kamaytirishdir.
4.3.Saraton profilaktikasi
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.