Salomatlikni saqlashda xalq tabobatidan foydalanish yo‘llari
8000 so'm

Slayd 1
Salomatlikni saqlashda xalq tabobatidan foydalanish yo‘llari.
Slayd 2
So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fuqarolarning zamonaviy tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirdi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligi yaxshilanishiga olib keldi.
O‘tkir va murakkab kasalliklarni davolashda xalq tabobati muhim ahamiyat kasb etadi, tabiblarning xizmatlariga aholining turli qatlamlarida katta ehtiyoj sezilmoqda.
Shu bilan birga, ushbu sohadagi vaziyatning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, xalq tabobati yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda nazoratning yetarli darajada emasligi, shuningdek, xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot tizimida tutgan maqomi va roli xususida qator savollar yuzaga kelmoqda, xususan:
birinchidan, xalq tabobati xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza yaratilmagan, tabiblarning huquq va majburiyatlari aniqlanmagan, xalq tabobati usullari bilan davolovchi shaxslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va xavfsizligi ustidan davlat nazorati amalga oshirilmayapti;
ikkinchidan, xalq tabobati usullari bilan tibbiy yordam ko‘rsatuvchilarning mijozlar sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun mas’uliyati belgilanmagan, shuningdek, xalq tabobati vakillarining huquqlarini asossiz aralashuvlardan himoya qilish kafolatlanmagan;
Slayd 3
Xalq tabobati faoliyatini tartibga solish, to‘plangan tajriba va salohiyatdan samarali foydalanish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda xalq tabobatining usullari va yutuqlaridan samarali va xavfsiz foydalanish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
Quyidagilar belgilansin:
xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etiladi;
xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi;
Slayd 4
Xalq tabobatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar e’tirof etilsin:
xalq tabobati sohasidagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning huquqiy maqomini va ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar oqibati uchun javobgarligini belgilash;
Slayd 5
Mamlakatimizda zamonaviy tibbiyot bilan birga xalq tabobatini uygʻunlashgan holda olib borish masalalarining ahamiyati xorijlik olimlarning ilmiy ishlarida ham qayd etib oʻtilgan. Xususan, nemis olimi Sofi Xoxmann oʻzining “Milliy oʻzlik va anʼanalarning tiklanishi: sobiq Sovet Oʻzbekistonida anʼanaviy tibbiyotning yoʻlga qoʻyilishi” nomli maqolasida Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlarni samarali amalga oshirish bilan bir qatorda inson salomatligi, sogʻligi va umr uzayishini amalga oshirishda “muqobil” tibbiy amaliyotni rivojlantirishga eʼtibor qaratishi lozimligi toʻgʻrisida oʻz mulohazalarini bildirib oʻtgan. Uning fikricha, shu maqsadda Oʻzbekistonda davlat tomonidan xalq tabobati huquqiy jihatdan tartibga solish va tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda zamonaviy tibbiyot bilan xalq tabobatini uygʻunligini taʼminlash dolzarb masaladir.
Slayd 6
Slayd 7
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror matnida o‘tkir va murakkab kasalliklarni davolashda xalq tabobati muhim ahamiyat kasb etadi, tabiblarning xizmatlariga aholining turli qatlamlarida katta ehtiyoj sezilayotgani qayd etilgan.
Shu bilan birga, ushbu sohadagi vaziyatning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, xalq tabobati yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda nazoratning yetarli darajada emasligi, shuningdek, xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot tizimida tutgan maqomi va roli xususida qator savollar yuzaga kelayotgani sanab o‘tilgan.
Slayd 8
xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etiladi;
xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi;
xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar o‘z faoliyatining natijalari bo‘yicha tibbiyot xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda javobgar hisoblanadilar;
tibbiy xizmat ko‘rsatishga nisbatan qo‘yilgan talablar xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga ham tatbiq etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan talablarni, shuningdek, xizmat ko‘rsatish hajmi va tartibini belgilovchi vakolatli organ hisoblanishi belgilab qo‘yilmoqda.
Slayd 9
2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va 2019-2022 yillarda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi doirasida tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va undan barchaning foydalana olish imkoniyatini taʼminlash, tibbiyot ilm-fanining zamonaviy yutuqlari va texnologiyalarini joriy etish, aholi sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim oʻrin tutadi.
Slayd 10
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.