Sakkokiy va Durbek ijodi tahlili
5000 so'm

Slayd 1
Durbek va Sakkokiy hayoti va ijodining manbalari
Slayd 2
Sakkokiy hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi. Adabiy merosi. Turkiy qasidachilik taraqqiyotida Sakkokiyning o‘rni. Sakkokiy lirikasining mavzulari va timsollar tizimi.
Durbekka nisbat berilgan “Yusuf va Zulayho” dostoni. Dostonning yratilishi, obrazlar tizimi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi. Shoir hayoti va ijodining manbalari. “Maxzanu-l-asror” hamda “Gul va Navro‘z” asarlari.
Reja:
Slayd 3
Sakkokiy XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab ijod etgan. Bu haqda Navoiy shunday yozgan edi: «… Uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy… kim, birining shirin bayoti ishtihori Turkistonda bag’oyat va birining latif g’azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo’lg’oy». Demak, Sakkokiyning shuhrati Turkistonda ancha mashhur bo’lgan. Shoirning yashagan davri, asosan, Movarounnahrda Xalil Sulton va Ulug’bek hukmronligi yillariga to’g’ri keladi.
Slayd 4
Sakkokiyning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar juda oz. Bu haqda uning o’z qo’lyozma devoni va boshqa mualliflar asarlarida ma’lumotlar uchraydi. Navoiy o’zining «Majolis un-nafois» asarida Sakkokiy haqida quyidagilarni yozadi: «Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdandir. Samarqand ahli anga ko’p mu’taqiddurlar va bag’oyat ta’rifin qilurlar». Yaqiniy o’zining «O’q va yoy» munozarasida Sakkokiy nomini tilga oladi. U shunday yozadi: «… yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididir (g’ayratlisi). Mening munosib holimga aytur:
• Nazm:
• Jonim fido bo’lsin saning g’amzang o’qiga nechakim,
• Har necha qoshing egmasi o’qtek bo’yimni yo qilur.»
Slayd 5
Sakkokiyning 1407-1408 yillarda Xalil Sultonga qasida yozganligini e’tiborga olsak, u XIV asr oxirgi choraklarida tug’ilgan deb taxmin qilish mumkin. Xalil Sulton davlat tepasidan chetlashtirilgandan so’ng, Sakkokiy Ulug’bek saroyida ijod qiladi. Shoir ijodi Ulug’bek davrida kamolga yetadi. Sakkokiy Ulug’bekka atab qasidalar yozadi. Uni adolatli, ilm-ma’rifatli hukmdor sifatida ulug’laydi. Uning xalqparvarligini alohida ta’kidlaydi:
• Raiyyat qo’y erur, sulton anga cho’ponu yo bo’ri,
• Bo’ri o’lg’oyu, qo’y tingoy, chu Musotek shubon keldi.
Slayd 6
Sakkokiy XV asr o’rtalarida vafot etgan. Navoiy Samarqandda bo’lganida uning muxlislari bilan uchrashadi. Tirik bo’lganda ularning uchrashishi ehtimoldan xoli emas edi. Sakkokiy asarlari Xalil Sulton, Arslon Xo’ja Tarxon, Xo’ja Muhammad Porso va Ulug’beklarning tiriklik chog’larida yozilgan. Sakkokiy she’rlari orasida Ulug’bekning o’limi haqida hech narsa uchramaydi. Bu esa Sakkokiy Ulug’bek fojiasidan oldin vafot etgan degan taxminga olib keladi.
Sakkokiy lirik shoirdir. U o’zidan oldin o’tgan o’zbek, fors-tojik shoirlari asarlarini puxta o’rgangan. Ulardan ijodiy foydalangan. Sakkokiyning to’liq devoni bizgacha yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan she’rlari uning iste’dodli shoir bo’lganidan dalolat beradi.
Slayd 7
Londonda, Britaniya muzeyida uning taxminan XVI asr o’rtalarida ko’chirilgan bir nusxasi saqlanadi.
Toshkentda Sharqshunoslik institutida 1937 yilda Shoislom kotib tomonidan qandaydir nusxa asosida ko’chirilgan nusxasisaqlanadi.
Sakkokiy devonining bir necha qo’lyozma nusxalari mavjud.
Slayd 8
1937 yilda Shoislom kotib tomonidan qandaydir nusxa asosida ko’chirilgan nusxasi shoir asarlarining bir qismi. Sakkokiy devoni o’z davrining an’analariga muvofiq, Xudoga bag’ishlangan hamd, na’t bilan boshlanadi. Keyin 10 qasida beriladi. Bir qasida naqshbandiy shayxlaridan Xoja Muhammad Porsoga, bir qasida Xalil Sultonga, to’rt qasida Arslonxo’ja Tarxonga, to’rt qasida Mirzo Ulug’bekka bag’ishlanadi. Qasidalardan keyin g’azallar boshlanadi.
Sakkokiy merosining asosiy qismini g’azallar tashkil etadi. G’azallarining asosiy mavzui muhabbatdir. Ba’zi o’rinlarda ilohiy ishqni, tasavvufiy g’oyalarni ham tasvirlaydi. Insonning dard alamlari, orzu tilaklarini, tabiat tasvirini beradi. Shoir yor va unga sadoqat, hayot lazzatlaridan bahramand bo’lish, oshiqdagi hijron va ayriliq azoblari, visol nashidasini ta’sirchan tarzda, sodda va ohangdor holatda ifodalaydi.
Slayd 9
Jon hajr o’tina tushdi, yana bizni unutma,
Zulfing kabi qad bo’ldi duto, bizni unutma.
Yo’q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin,
Sendin chu yiroq soldi qazo bizni unutma…
Sakkokiy ul oy manzilina xud yeta bilmas,
Sen yetsang agar anda, sabo bizni unutma.
Lirik qahramon ma’shuqa zolimligidan, vafosizligidan shikoyat qiladi:
Ko’zlaring qattol erur, kipriklaring qon to’kkuchi,
O’zga ne o’rgansun ul jallodning hamsoyasi?
Qildi Sakkokiy qaro zulfing bila savdo base
Ilkida holi parishonlik erur sarmoyasi…
Yoki:
Tosh bag’irlik dilbarim Sakkokiy ko’ngli ka’basin
Yiqti yolg’on va’da birla ham imorat qilmadi.
Slayd 10
Sakkokiy g’azallarida uch obraz: oshiq, yor va raqib obrazlari ko’zga tashlanadi. Oshiq shoirning o’zi. U yorning visoliga oshiqadi. Oshiqlik iztirob va mashaqqat ekanligini tan oladi:
• Ishq ishin Sakkokiy avval bilmayin oson ko’rib,
• Oxiri o’z jonining ishini dushvor ayladi.
• Farhod – oshiq inson. U Shirin yo’lida tog’ qazishga majbur bo’ldi. Sakkokiy lirik qahramoni esa yori uchun jondan kechishga, «jonkan» bo’lishga rozi:
• Agar Shirin uchun Farhod ishqi ko’hkan bo’lsa,
• Netong Sakkokiy ham, jono, yo’lungda jonkan bo’ldi.
• Oshiq ma’shuqasi yonida bo’lsa, har qancha mashaqqat bo’lsa, chidashga qodir. Yori bilan birga bo’lsa u har qanday g’amdan qutiladi:
• Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi,
• G’ame yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi.
Slayd 11
Lirik qahramon ma’shuqasidan jafo qilmaslikni, va’daga vafo qilishini istaydi:
• Bilursankim kechar dunyoyi foniy
• Qulunga qilmagil javru jafoni.
• Base ko’p va’dalar qildingu bording
• Kel emdi va’daga qilgil vafoni…
• Sakkokiy oshiq va ma’shuqaga xos ichki va tashqi sifatlarni yoritishda turli an’anaviy obrazlar, xalq maqollari, hikmatli so’zlar, iboralardan keng foydalangan:
• Ko’zung karashma birla, ey yoruqli Sakkokiy,
• Seni o’ltirurman teb, etti turkona.
• Yoki:
• Yuzi qaro bo’lsun ko’zum, ondin ko’rarmen bu balo
• Yo’q bo’lsun ul ko’nglum mening, hech kirmadi farmonima.
Slayd 12
«Devorning ham qulog’i bor», «devor orqasida odam bor» maqoli mana bu baytda singdirilgan:
• Nedin bilur el meni «ul oy oshiqidur teb»,
• Chun so’zlamadim hech daru devor qoshida.
• Shoir g’azallarining ko’pi 7 baytlidir.
• Sakkokiy devonining muhim bir qismini qasidalar tashkil etadi. Qasida elementlari o’zbek adabiyotida ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lsada, maxsus adabiy janr sifatida XIV-XV asrda vujudga keldi. Sakkokiy o’zbek qasidachiligining asoschilaridan biri bo’ldi. Manbalarda uning 10, ba’zi manbalarda esa 11 qasidasi yetib kelganligi ta’kidlanadi. Shoir qasidalarining hajmi 11 baytdan 54 baytga qadar. Shoirning Ulug’bekka bag’ishlangan qasidasi e’tiborlidir. Shoir Ulug’bekni ilm, hunar va she’riyatni sevgan olim, adolatli shoh sifatida tasvirlaydi. Uni Aristotel, Platon, Ptolemey, Galen, Ibn Sino va boshqalarga qiyos qiladi. Sulaymon, No’shiravon, Muso va boshqalarga o’xshatadi:
Slayd 13
Jahondin ketti tashvishu mabodiyi amon keldi,
Xaloyiq, aysh eting bu kun sururu jovidon keldi…
Raiyyat qo’y erur, sulton anga cho’ponu yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’oyu qo’y tingay, chu Musotek shubon keldi…
Sakkokiyning Arslon Xo’ja Tarxonga bag’ishlangan qasidasi ham xarakterli. Ulug’bekning Amiri kabiri bo’lmish bu kishi Turkistonning Shimoli Sharqiy tomonida joylashgan Sabron shahrida hukmronlik qilardi. U ilmli, shoirtabiat kishi bo’lgan. She’r yozgan. Sakkokiy uni mohir qilichboz, so’z bilimdoni, shoir sifatida ulug’laydi.
Umuman, Sakkokiy g’azallari ham, qasidalari ham sodda yozilgan. Xalq og’zaki ijodining ta’siri aniq seziladi. Shoir asarlari o’zbek adabiyotini yanada boyitdi.
Slayd 14
Durbekka nisbat berilgan “Yusuf va Zulayho»dir. Bu sayyor syujet «Tavrot», «Injil» hamda islom dinining muqaddas kitobi qur’oni karimda ham uchraydi. Sharq adabiyotining buyuk darg’alari Firdavsiy, Saolibiy, Ibn Sino, Kisoiy, Abdurahmon Jomiy kabilar arab va fors tillarida, qul Ali, Shayyod Hamza, Nosuriddin Rabg’uziy singari ijodkorlar esa Durbekka qadar turkiy tilda yozgan asarlarida mazkur qissaga murojaat etishgan. Bu asarlar orasida Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni alohida ahamiyatga molik.
Durbek
Slayd 15
«Yusuf va Zulayho» dostonining muallifi masalasi uzoq yillardan beri munozaraligicha qolmoqda. Ba’zilar bu dostonni Durbek emas, Ulug’bek, Homidiy Balxiy kabi shoirlardan biri ijod qilgani haqida ma’lumot beradilar (0’zbek adabiyoti tarixi, l-tom, Toshkent, 1977, 278-279-betlar). Adabiyotshunos N.Mallayevning kitobida bu haqda quyidagi mulohazalar bayon etilgan: «Keyingi yillarda ayrim tadqiqot va maqolalarda «Yusuf va Zulayho» hamda uning muallifi haqida munozarali fikr-mulohazalar bayon etildi. Munozara «Yusuf va Zulayho»ning muallifi, uning yozilgan yili kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Mavjud ma’lumotlarning ozligi, doston nusxalarining nisbatan keyinroq ko’chirilgan bo’lishi, ularning kamligi hamda o’zaro qiyosiy tadqiq qilinmaganligi ayrim munozarali masalalarni uzil-kesil hal etishga imkon bermaydi. Binobarin, biz an’ana bo’yicha «Durbek» nomi va «1409» sanasini saqlab qoldik (Mallayev N. 0’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976, 274-bet).
Slayd 16
Adabiyotshunos B.To’qliyev tomonidan umumta’lim maktablarining 9-sinflari uchun yozilgan «O’zbek adabiyoti» darsligida ham prof. N. Mallayevga fikrdoshlik qilinadi. Biroq xuddi shu sinf o’quvchilariga mo’ljallab nashr etilgan majmuada izoh berilgan holda «Yusuf va Zulayho» dostonining muallifi noma’lum asarlar sirasiga kiritilishi bir oz noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Aslida «Yusuf va Zulayho» dostonining yozilgan yili va muallifi masalasida adabiyotshunoslikda XX yuz yillikning 70-yillaridayoq ishonarli fikrlar o’rtaga tashlangan edi. Jumladan, akad. B.Valixo’jayevning tadqiqotlarida ayni masalada ko’p sonli adabiy ma’lumotlar guvohligida jiddiy xulosalar bayon qilingan. Taniqli olim samarqandlik ma’rifatparvar Abduhamid Po’lotiy shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan «Yusuf va Zulayho» qo’Iyozmasiga tayanib, masalaga oydinlik kiritgan. O’sha qo’lyozmada «Ayladi bu qissani Durbek nazm» satri ham bor ekanki, buni inkor qilishning imkoni yo’qdir (Batafsil ma’lumot uchun qaralsin: Valixo’jayev B. O’zbek epik poeziyasi tarixidan. Toshkent, «Fan»,1974, 50-54-betlar).
Slayd 17
«Yusuf va Zulayho* dostoni va asar muallifi xususida sharqshunos E.E.Bertels, V.V.Bartold, D.T.Voronovskiy, N.M.Mallayev, B.Valixo’jayev, E.Fozilov, F.Sulaymonova kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib bordilar va qimmatli fikrlar bayon etdilar. 1971 yilda Javqon Lapasov «Yusuf va Zulayho» dostoni morfologiyasi* mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yozdi.
Dostonning ilmiy jamoatchilik nazariga tushgan Toshkentda saqlanayotgan 5, Samarqanddagi 2 hamda 1516 yilda (hijriy 922) ko’chirilgan Istambuldagi To’pqopi saroyi kutubxonasida mavjud bo’lgan Hirot nusxasi va 1563 yilda (hijriy 971) ko’chirilgan Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan nusxalari ma’lum. Professor A.Fitrat ilk bor 1929 yilda Samarqandda chop etilgan «O’zbek adabiyoti namunalari* kitobida «Yusuf va Zulayho» dostonidan parchalar e’lon qildi. Shundan so’ng turli darslik va majmualardan asar parchalari o’rin oldi.
Slayd 18
Durbekning hayoti bilan bog’liq ba’zi ma’lumotlar «Yusuf va Zulayho» dostonining muqaddimasidagina keltiriladi, xolos. Muallif asarning yozilgan yilini abjad hisobiga asoslanib quyidagicha ifodalaydi: «Zod» edi tarix yana «xe» yu «doI», Muddati hijratdin o’tub mohu sol (Uch bulbul gulshani. 7-bet. Bundan keyin tegishli sahifalar ko’rsatib boriladi. R.V., H.E.).
Abjad hisobiga ko’ra «zod»-800, «xe»-8, «dol» esa-4 ga teng. Ularning yig’indisidan 812 hijriy yil kelib chiqadi. Uni milodiy yilga aylantirsak, 1409 yilga to’g’ri keladi. Shoir doston muqaddimasida shu yili «jumla akobir»lar-u «nabi-yu vali»lar bag’rida sokin, abadiy uyquga ketgan «ummul bilod»-shaharlar onasi bo’lgan Balx qamal qilinganini iztirob bilan yozadi. Yozning sarhil mevalari pishgan paytda shahar ahlining butun noz-ne’matlardan bebahra qolgani Durbekni chuqur iztirobga soladi va u o’sha kayfiyatini satrlarda quyidagicha ifodalab qoldirgan:
Shahr chu do’zax kibi zindon edi,
Tashqari chun ravzayi rizvon edi.
Tashqari erdi bori noz-u naim,
Shahr ichida erdi azobi alim…
Tashqari erdi bari polizu bog’,
Shahr ichida erdi base dard-u dog’ (7-bet).
Slayd 19
Durbek qamal ichra qolgan shahar aholisining ayanchli holatini yuqoridagi parchada kuzatilganligi kabi qarshilantirish san’atidan mahorat bilan foydalanib badiiy ifoda etadi. Doston muallifi tasvirdagi o’sha voqealarning shaxsan guvohi bo’lgan. Asarda alohida ta’kid bilan qayd qilinishicha, qamal uch oy davom etgan:
Ushbu qalob xalq uch oyi tamom,
Yer edilar g’ussa-vu g’am subh-u shom.
Banda alar birla giriftor edim,
Borchasidin voqifi asror edim (8-bet). Adib mana shu qamal davrida taqdirdoshlari bilan birgalikda g’am sharobini ichib, goh Alloh kalomi, goh kitob o’qish bilan mashg’ul bo’ladi. Shoirning yozishicha, turkiy til bilan Yusuf va Zulayho qissasini nazmda bayon etish uning ko’nglida tug’ilgan shirin niyati edi. Balx qamali davrida Durbek forsiy tilda nasrda bitilgan «Qissasi Yusuf» bilan tanishadi. Biroq shoir bu asar va uning muallifi haqida dostonda hech qanday ma’lumot bermaydi. «Yusuf va Zulayho» haqida yirik hajmli doston yozishga kirishgan shoir, shubhasizki, «Yusuf va Zulayho»ning zukko kitobxonlar orasida keng tarqalgan xalq kitobi nusxalari bilan ham tanish bo’lgan. Shuningdek, shoirning «Goh o’qir edim zi kalomi iloh» misrasi uning Qur’oni Karimdagi «Yusuf» surasidan ham ijodiy ta’sirlanganligini dalillaydi.
Slayd 20
«Yusuf va Zulayho»-ishq-muhabbat mavzusida yozilgan doston bo’lishi bilan bir qatorda, unda shoirning axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, adolatli hukmdor haqidagi o’y-hayollari hamda islom dinining dunyoviy shuhrat kasb etishi singari muhim ahamiyatga molik mulohazalari badiiy in’ikosini topgan.
Dostonning qisqacha tafsiloti quyidagicha: Mag’ribda nomi keng tarqalgan, doimo zafar yo’ldoshi bo’lgan shoh Taymusning qizi Zulayho tushida Yusufni ko’rib, unga g’oyibona oshiq bo’ladi. Shoir Taymus haqida fikr yuritarkan, «Kofir edi ul, vale odil o’zi, bo’lmas edi ikki oning bir so’zi», – deya ta’riflaydi. Ushbu misralarning o’zidanoq dostonda muqaddas islom dini targ’ib qiiinishi anglashiladi. Zulayho tushida Yusuf bilan «suhbatlashadi». Yusuf o’zini mahbubaga quyidagicha «tanishtiradi»:
Dedikim:-«Yusufdur otim, gul uzor, Men eruram Misr elida shahriyor (34-bet). Zulayho uyg’ongach, o’zini yangi bir olamga kirib qolgandek his etadi. U ishqning asirasiga aylanadi. Zulayho butun umri davomida o’sha tush taassuroti bilan yashaydi. Shoir Zulayhoning Yusuf ishqida o’rtanishlarini juda ehtiros bilan badiiylashtiradi: Erdi aning og’zida Yusuf oti, o’rtadi boshdin – oyog’i ishq o’ti (35-bet).
Slayd 21
Mag’rib shohi Taymus olti oylik yo’l bo’lgan Misr eliga xat yozib, elchi yuboradi. Zulayhoning kelajagi, baxti haqida qayg’urgan ota-ona uni Misrga kuzatib qo’yishadi. Zulayho Misrda katta tantana bilan kutib olinadi. Biroq u Misr Aziziga turmushga chiqadi va taqdiriga tan berishga majbur bo’ladi. Chunki u bilan kelgan enagasi qizdan ota-ona nomusini muhofaza qilishini qattiq talab qiladi. Iztiroblar alangasida qolgan Zulayhoning Yusufga bo’lgan muhabbati yanada haroratlana boradi. Sabr-toqat, chidam uning hamrohiga aylanadi. Biroq qiz muhabbatining tobora yolqinlanib borayotganiga ba’zan bardosh berolmay qolganligi ham dostonda badiiy ifodasini topgan. Bunday holat uning Yusuf bilan uchrashuvlarida namoyon bo’ladi.
Taqdir taqozosi bilan Yusuf ham Misrga kelib qoladi. Uning go’zalligi va donoligiga hasad va g’ayrlik bilan qaragan otalari Ya’qub taxtining merosxo’ri Yusuf bo’lishidan xavfsiragan og’a-inilari uni yo’qotish payiga tushadilar. Ular Yusuf uchun choh qazishga tushadilar va qarib qolgan otalari Ya’qub hamda uning sevikli farzandi boshiga og’ir musibatlarni soladilar. Yahudo boshliq Yusufning akalari Ya’qubdan hiyla bilan o’z ukalarini olib ketib, «bo’ri edi» bahonasi bilan uni chohga tashlaydilar.
Slayd 22
Munofiqlik shu darajaga borib yetadiki, og’a-inilardan biri uni pichoqlashga kirishadi. Shoir dostonda bu hodisani quyidagi misralarda tasvirlaydi:
• Bir og’asi qo’pti, sug’urdi pichoq, Keldi oning ko’ksina qo’ydi ayoq. Chog’da yotgan Yusufning joniga Moliki Tojir karvonining kelib qolishi oro kiradi. Yahudo boshliq og’a-inilar husnda, aql-farosatda yakto bo’lgan, otasining xizmatini sadoqat bilan o’taydigan Yusufni Moliki Tojirga sotadilar va munofiqlik ustiga yana munofiqlik qiladilar:
Dedilan-E, Xojayi nek e’tiqod,
Bandamiz erur, o’zidur xonazod.
Uch kecha-kunduz qochib erdi tamom,
Qilg’on ekandur bu choh ichra maqom.
Emdiki, toptuq quloli oni band,
Turfa gurizanda qul erur lavand.
Bizga kerakmasdur oning hech ishi,
Borcha sotarmiz agar olsa kishi.
Iliki egri, o’zi qochqoq erur,
Borcha yomonlik ichida toq erur (24-25-bet).
Slayd 23
Ko’rinadiki, mol-mulk, mansab ilinjida og’a-inilarning bu qadar tubanlik botqog’iga sho’ng’ishi dostonda qattiq qoralanadi. Yusuf qullik azobiga giriftor qilinadi. Ya’qub esa ko’rar ko’zlaridan judo bo’ladi. Shu tariqa, Moliki Tojir Yusufni Misr Aziziga uning bo’yidan ham baland keladigan «yoqut ila dur-u guhar» evaziga sotadi. Misrdagi ko’shk ustida Yusufni ilk bor o’z ko’zlari bilan ko’rgan Zulayho ishq alangasi ichida o’rtanadi. U bu alanganing yuksak haroratiga bardosh berolmaydi. Biroq enagasining pand-u nasihatlari, sabrga undovchi o’gitlariga tan berishdan o’zga chora topa olmaydi.
Enagasi dedi: «Hali ayla sabr, qilmag’il o’zunga, ayo moh, jabr (88-bet). Dostonda sevishganlarning ehtiroslarini jilovlash borasidagi irodalarining sinovdan o’tishi yuksak mahorat bilan tasvirlanadi. Bu borada Zulayhodagi ishq mayidan ko’proq sarxush bo’lishga moyillik bilan Yusufdagi sabr-matonatning to’qnash kelishi asardagi ziddiyatlarning eng yuksak cho’qqisi bo’lib xizmat qiladi. Misr Azizi Yusufni sotib olarkan, jufti haloliga uni qul sifatida emas, balki farzandi deb bilishini o’tinadi. Bu esa Yusufning zimmasiga yanada mas’uliyat yuklaydi. Misr Azizi Yusufni Zulayho xizmatiga yuboradi. Shunday qilib, sevishganlar bir-birlari bilan yaqindan uchrashadilar. Biroq bu uchrashuvlar Yusufning jiddiy qarshiliklari bilan kutilgan visol onlarini uzoqlashtiradi.
Slayd 24
Shoir Yusufning atayin Zulayhoning ko’ngil istaklariga qarshi borishi manzaralarini o’quvchi ko’z o’ngida yaqqol gavdalantirib beradi:
Yusuf ayittiki:,-«Holo xush siyom,
Men edim ozod, bo’Iubmen g’ulom.
Men edim o’z mamakatimda amir,
Munda bukun xor erurmen, haqir.
Meni falak qildi otomdin judo,
Shoh edim, emdi bo’Iibmen gado.
Ko’rsa tushinda Zulayho gar mani,
Men dag’i tushumda ko’ribmen ani (144-bet). Yuqoridagi iqtibos dostonda Yusufning Zulayho enagasiga aytgan so’zlaridir. Bundan Yusufning ham sadoqatli oshiq ekanligi yaqqol sezilib turadi.
Slayd 25
Enaga uning so’zlarini Zulayhoga yetkazadi va qizni ortiqcha fig’on qilmasdan tangriga shukr qilishga chaqiradi:
Yusuf erur xizmatingga subh-u shom,
Sabr bila etgasen oxir bakom,
Sabr bila tengri berur komi dil,
Sabr qil-u, sabr qil-u, sabr qil (45-bet). Enaga tilidan aytilgan bu so’zlar dostonda ilgari surilgan yetakchi g’oyalardan biridir. Ayni choqda qamal ichida qolgan Balx shahri aholisini ham shoir turli ishoralar yordamida sabr-u bardoshli bo’lishga chaqiradi. Muhabbat iztiroblari Zulayho bardoshidan ustun keladi. Uni enagasi qanchalik sabr qilishga undamasin, baribir Zulayho faqat visolga intiladi. Yusufni xilvatga chorlab, unga ko’ngil istaklarini bayon etadi. Biroq Yusufning gunohga botgisi, zinoga yo’l qo’ygisi kelmaydi. Zulayho tuhmat va malomat qilib uni zindonga soldiradi. Ammo keyinchalik u bu qilgan ishlaridan juda pushaymon ham bo’ladi. Iloj topib Yusufning ovozini eshitishga, banddan ozod bo’lgan Yusufning uzoqdan bo’lsa ham jamolini ko’rish bilan taskin topishga harakat qiladi.
Slayd 26
Shoir mamlakat obodonchiligi, el-yurt farovonligini davlat boshliqlarining adolatli siyosat yurgizishlari hamda tadbirkorliklarida deb biladi. Dostonda Misr shohi Rayxon ana shunday kishilardan biri sifatida tasvirlanadi. Rayxon davlat ishlarini boshqarish uchun o’zidan ko’ra tadbirliroq va donishmandroq bo’lgan Yusufni Misr taxtiga ko’taradi. Yusuf zindondagilarni ozod qiladi va uning qafiy buyruqlari hamda ko’rsatmalari bilan Misr xalqi dehqonchilikda misli ko’rilmagan natijalarni qo’lga kiritadi. Olti yil davomida ocharchilik azobini boshidan kechirgan xalq farovon hayotga tashna edi. Yusuf xalqning ana shunday ezgu istagining amalga oshishida katta xizmatlar ko’rsatadi. Dostonda ikki sevishgan qalb sohiblari Yusuf va Zulayhoning Misrda o’tkazilgan to’ylari tafsilotlari ham bag’oyat mahorat bilan tasvir etilgan. Shoir bu tantanadan xalqning behad xursandchiligini zo’r ehtiros bilan ko’rsatishga erishadi. Shu bilan birga ikki sevishgan qalbning yangidan hayot boshlashi lavhalari tasviri ham ancha jonli chiqqan.
Asarda chinakam muhabbat tarannum etilib, turli yovuzliklar natijasida aziyat chekkan barcha kishilar hayotning zavqli onlaridan bahramand bo’lishdek baxtga qayta musharraf bo’lishlari mahorat bilan badiiy ifodasini topgan, Og’a-inilar qilgan yovuz ishlaridan pushaymon bo’lishadi. Shoir chinakam adolat tantanasini dostondagi Bashir obrazi sarguzashtlari asosida ifoda etadi.
Slayd 27
Bashir Molik Tojirning qullaridan biridir. Yusufning onasi vafot etganda, Ya’qub Bashirning onasini sotib oladi va Yusuf shu enagasini emib katta bo’ladi. Ya’qub ona-bolani bir-biridan judo qilish uchun Bashirni qul sifatida sotib yuboradi. Farzandi dog’ida kuygan mushtipar onaning ikki ko’zi olamni ko’rishdek baxtdan mahrum bo’ladi. U doimo Kan’on darvozasi oldida o’g’lining yo’liga termulib o’tiradi. Ya’qubning ham boshiga taqdir shunday musibatlarni soladi. Yusufning zindondan Bashirni ozod qilishi va echki qoniga belangan kuylagini unga berib yuborishi, barcha musibatlarga xotima yasaydi. Bashir awal onasini izlab topadi. Visol shodligidan onaning ko’zlari ravshanlashadi. Keyin Bashir Yusufning kuylagini Ya’qubga eltib beradi. Ya’qub bu kuylakni ko’zlariga surtadi va uning ko’zlari ham munawar bo’ladi.
Dostonda asarning xalq og’zaki ijodi nusxalarida bo’lgani kabi qahramonlik ham ulug’lanadi. Yusufning katta o’g’li Meshomning maydonga kirib bir hamla bilan Yahudo bilan Sham’unni chetga olib otishi va qolgan sakkiz og’a maydonga chiqishga jur’at etolmaganliklarida folklorning ta’siri kuchli ekanligi sezilib turadi.
Slayd 28
«Yusuf va Zulayho» dostonining qurilishi, voqealar rivoji murakkab bo’lgan asardir. Unda juda ko’p voqealar va obrazlar mayjud bo’lib, ular asosan Yusuf sarguzashtlari atrofida birlashgan hamda dostondagi asosiy qahramonlarning qator fazilatlarini ochishga xizmat qilgan. Aruzning sari’ bahrida (muftailun, muftailun, foilun) bitilgan bu asar ravon uslubda yozilganligi hamda badiiy tasviriy vositalarga boyligi, shuningdek, o’zbek mumtoz adabiyotidagi badiiy jihatdan ancha mukammal ijod etilgan dostonlardan biri ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bulardan tashqari, mazkur asar Durbekdan keyin shu mavzuda ijod qilgan o’zbek va boshqa qardosh xalqlar shoirlari uchun ham ilhom manbai bo’lib xizmat qildi.
Slayd 29
«Haydar Xorazmiy XIVasrning oxiri va XV asrningboshlaridayashab ijod qilgan iste’dodli so’z san’atkoridir. Shoir haqidagi ba’zi ma’lumotlar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois», «Muhokamatul-lug’atayn» kabi asarlarida uchraydi. Ularda shoirning noyob iste’dod sohibi ekanligi qayd etilib, turkiy va forsiy tillarda yaxshi she’rlar bitganligi, Amir Temur nabiralaridan Iskandar Sheroziyga bag’ishlab Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» («Sirlar xazinasi») dostoniga javoban turkiy tilda go’zal, ijodiy doston yozganligi e’tirof etiladi.
Haydar Xorazmiyning turkigo’y shoirligi va uning xorazmlik ekanligi Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug’atayn» asarida e’tirof etilgan.
Slayd 30
Salohiyatli shoir o’z masnaviysini turkiy tilda yozishini quyidagicha izohlaydi:
Turk zuhuridur ochunda bu kun,
Boshlar uluq yir bila turkona un!…
Turk surudini tuzuk birla tuz,
Yaxshi ayolg’u bUa ko’kla qo’buz…
Men bitigan xat bila yo’ng’il qalam,
Men yurug’on yo’l bila urgil qadam
• (Muborak maktublar. Toshkent-1987, 221-bet.
Slayd 31
Ushbu majmuada asarning nomi «Gulshanul-asror» tarzida berilgan. R.V., H.E.). f Adabiyotshunos N.Mallayev «Maxzanul -asron> Haydar Xorazmiy idabiy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona asar ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, olim oliy maktab uchun yozilgan darsligida shoirning hayoti haqida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: «Haydar asli Xorazmdandir. Uning Haydar Xorazmiy deb atalishi ham shu boisdan. U qachonlardir Fors viloyatiga kelgan. Birmuncha vaqt, Navoiy va Davlatshoh ta’kidlaganlaridek, Sulton Iskandar huzurida bo’lgan. Sulton Iskandar birmuncha ma’rifatparvar amirzodalardan bo’lgan, o’z atrofiga ilm, san’at, adabiyot ahllarini to’plagan, o’zi ham she’riyat bilan shug’ullangan. Haydar Xorazmiy farazan 1409-1414 yillar orasida «Maxzanul-asror» dostonini yaratgan» (Mallayev N. o’zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 288-bet). Keyingi yillarda Mavlono Lutfiy asari sifatida qayd etib kelingan «Gul va Navro’z» dostoni ham Haydar Xorazmiyga nisbat berilayotir. «Fununul-balog’a» hamda Bobur Mirzoning «Aruz risolasi»dagi e’timodli qaydlar shunday xulosani yanada quwatlantirishga xizmat qiladi.
Slayd 32
«Maxzanul-asror»ning London, Parij, Vena, qozon va boshqa joylarda saqlanayotgan qo’lyozma nusxalari fan olamiga ma’lum. Doston yuzasidan E.E.Bertels, H.Zarifov, AAbdug’afurov, B. Valixo’jayev, E.Rustamov, J.Sharipov, A. Hayitmetov singari bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. NAbdullayev asarning qiyosiy matnini vujudga keltirdi va 1974 yilda Nizomiy Ganjaviy dostoni bilan chog’ishtirish asosida nomzodlik dissertatsiyasini yozdi.
Sharq xalqlari adabiyotida ulug’ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»siga yoki uning ayrim dostonlariga javob aytish adabiy an’ana sifatida shakllandi. Bu ish shoirdan katta iste’dod, teran tafakkurni talab etardi. qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni mana shu an’ananing samarasi o’laroq vujudga kelgan bo’lsa, ajab emas. Haydar Xorazmiy o’zining «Maxzanul-asror» dostoni bilan ushbu adabiy an’ana ravnaqiga muhim hissa qo’shdi.
Slayd 33
Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostoni falsafiy-ta’limiy asardir. Dostonning asliyati 59 bobdan tarkib topgan. Masnaviyning dastlabki 18 fasli an’anaviy muqaddimaviy boblar sanaladi. Asarning asosiy qismi 20 maqolat va 20 hikoyatdan iborat bo’lib, mazmundor xotima bilan nihoyasiga yetadi. Shayx Nizomiy dostonining an’anaviy kirish qismlari Tavhid va Munojot, Muhammad alayhis-salomning ta’rifi, payg’ambarning me’roji, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi ta’rif, Dovud o’g’li Malik Faxriddin Bahrom shohning ta’rifi, Bahrom shohga xitob va ta’zim, bu kitobning tartibi, so’z madhi, nazmning nasrdan yuksakligi, ko’ngil, ko’ngil parvarishi haqida birinchi xilvat, birinchi xilvatning samarasi, ikkinchi xilvat, ikkinchi xilvatning samarasi singari bo’limlardan tarkib topadi.
Dostondagi maqolatlarda shoir o’zining muayyan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlarini ixcham, o’ta purma’no baytlarda ifoda etadi. Ularda ilgari surilgan g’oyalarni esa hikoyatlar asosida oydinlashtirish va mustahkamlashga erishadi. Maqolatlarda shoir adolat, mamlakatni boshqarish va xalqqa munosabat, zolim podshohlardan shikoyat, mehnat va uning foydasi, kishilarga yaxshilik qiiish va qiyinchiliklardan qo’rqmaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi, baxillikning yomon oqibati haqida muhim mulohazalarini bayon etgan.
Slayd 34
Haydar Xorazmiyning «Maxzanul-asror» dostoni tuzilishi hamda janr xususiyatlariga ko’ra, Nizomiy Ganjaviy masnaviysiga juda yaqin turadi. Har ikkala doston ham falsafiy-ta’limiy mohiyat kasb etib, aruzning sari’ bahrida (sari’i musaddasi matvii makshuf muftailun, muftailun faulun) yozilgan. Haydar Xorazmiyning dostoni Nizomiy Ganjaviy dostoniga nisbatan hajman ancha kichik. Haydar Xorazmiyning dostoni 639 baytdan iborat bo’lib, 23 bobdan tarkib topgan. Asarning dastlabki 7 fasli an’anaviy muqaddimaviy boblardir. Mazkur boblar Alloh hamdi, payg’ambar na’ti, xalifalar ta’rifi, Sulton Iskandar madhi, musannifning vasfil-holi kabi masalalarga bag’ishlangan. Dostonning asosiy qismi 16 bobni o’z ichiga oladi. Ularda mav’iza (o’git-nasihat), maqolat va hikoyatlar mavjud. Haydar Xorazmiy Nizomiy Ganjaviydan farqli o’laroq, dostonda awal hikoyat, undan so’ng shu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob (maqolat) keltiradi. Maqolatlar va hikoyatlarning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ularning ba’zilari Nizomiy Ganjaviy maqolat va hikoyatlariga ancha yaqin tursa, ba’zilari tamomila yangidir.
Haydar Xorazmiy dostonidagi «Musannifning vasfil-holi» bobida o’zining bir kecha g’am bilan hamnafas bo’lganligi hamda ichki iztiroblarini bayon etib, Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostoniga yuksak baho beradi.
Slayd 35
Undagi tashbehlar va teran fikrlarning sodda uslubdagi bayoni shoirning nozik did va so’z san’atining o’ziga xos jozibasidan mahorat bilan foydalana oladigan ijodkor ekanligidan dalolat beradi:
Aql tengfc erdi-yu andisha kon,
O’rtasida gavhari ma’ni nihon.
Jon tishi birla qozib ul konni,
Qildim o’zum g’avs bu ununonni.
Ul kishi qo’yg’ay chu Nizomiy bu ganj,
Qozg’ana olg’ay guhari dast ranj.
Yo’q esa har muflisi be dastgoh,
Hech topa bilgaymu bu Maxzanga roh (206-207-betlar).
Slayd 36
Aqlni dengizga tashbeh qilgan shoir shu dengizda yashiringan ma’ni gavharlarini ummonda g’owos singari suzib, jon tishlari bilan qaziganligini g’oyatda go’zal tasvirlaydi. Bu- «gavhari ma’ni», shubhasiz, Nizomiy Ganjaviy dostonidir. Shu bois shoir Nizomiy kashf etgan bu ganjga musharraf bo’lish uchun katta mehnat talab qilinishini bayon etadi. Iqtibosdagi «hech topa bilg’aymu bu maxzanga roh»-misrasida shoir iyhom san’atidan mahorat bilan foydalangan. Haydar Xorazmiy «maxzan» so’zini dastlab xazina ma’nosida qo’llagan bo’lsa, ikkinchidan, “Maxzanul-asrop” dostonini nazarda tutgan. Shuningdek, shoir Nizomiy Ganjaviy dostonidan ilhom olgani, undan adabiy ta’sirlanganini quyidagicha e’tirof etadi:
Menki pishurdim bu laziz oshui,
Shayx Nizomiydin olib choshni.
Shayx Nizomiy damidin jon topib,
Ma’nisidin yarliq-u burhon topib (222-bet).
Slayd 37
Haydar Xorazmiy o’zbek mumtoz adabiyotida she’riy hikoya yaratish an’anasining ravnaq topishida katta hissa qo’shdi. «Maxzanul-asror» dostonidagi hikoyalar axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etadi. Muallif ularda biror kichik hayotiy voqeani hikoya qilish orqali kitobxonga pand-nasihat qiladi, ularga o’git beradi, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalarga doir zamonasi uchun peshqadam xulosalarini ilgari suradi. Aytilganlar nuqtai nazaridan 43 baytdan tarkib topgan «Bo’z tuquvchi kampir va bazzoz hikoyati» alohida ahamiyatga ega. Mazkur hikoyat Kufa shahridagi g’ayb ilmidan xabardor bir darveshning bozorga kelib qolishi tasviri bilan boshlanadLU o’z ishini ipidan ignasigachapishiq biladiganbazzozning faoliyatini kuzatib turadi. Savdogar (bazzoz) oldiga bir keksa kampir ikki hafta tinimsiz mehnat qilib, to’qigan bir ko’ylaklik bo’zini olib keladi. Bu beva ayol o’zining ojiz va bechorahol ekanligi, bir to’da bolalari uning yo’liga intizor bo’lib turganini aytib, bazzozdan tegishli haqini to’lashini iltimos qiladi. Bazzoz kampirning bo’zidan illat qidirishga tushadi. Uning qo’pol, dag’al, kiyimga yaroqsiz ekanligini vaj qilib, arzimagan pulga sotib oladi. Bu ham etmagandek bazzoz bo’zni o’lchashda ham beva kampir haqidan urib qoladi. Kampir ketgach, bir xaridor bazzozning oldiga yaxshi bo’z so’rab kiradi. Bazzoz qaysi bo’zni ko’rsatmasin, xaridor undan qoniqmaydi. So’ngra bazzoz o’sha kampir to’qib kelgan bo’zni maqtay-maqtay xaridorga juda qimmat narxda sotadi. Bu holni kuzatib turgan haqparast darvesh bazzozni qattiq uyaltiradi. Haydar Xorazmiy mazkur hikoyatda keksa kampirning bazzoz oldiga kirib kelishi manzarasini g’oyatda ta’sirchan badiiy ifodalaydi.
Slayd 38
Baytlardagi o’ziga xos sifatlashlar o’quvchi ko’z oldida kampirning ayanchii ahvolini yanada yorqinroq gavdalantirishga xizmat qiladi:
Toki o’shul hol ichida bir ajuz,
Bo’yi ikki qot bo’lub orqasi kuz.
Bo’yi boshi ra’sha bila beqaror,
Dam urushi, yo’l yurushi murdavor.
Ne ko’zida nur-u, na og’zinda so’z,
Dunyosidin qo’ynida bir vusla bo’z (221-bet).
Hikoyatdagi darvesh chol haq yo’lida, komillik yo’lida umrini bag’ishlagan so’fiylar timsolidir. Shoir bazzozning nomaqbul xatti-harakatini fosh etish uchun o’quvchi e’tiborini uning sandig’i, undagi matolarga qaratadi va ayni vosita orqali ifodalamoqchi bo’lgan maqsad-muddaosini badiiy tasvirlash uchun istifoda etadi. Bunda darveshning bazzozga aytgan nafratli so’zlarini hikoyada bayon etish Haydar Xorazmiyga qo’l keladi.
Slayd 39
Shoirning asarda ilgari surgan g’oyasi haqparast darveshning nutqida yanada oydinlashadi:
Dedi:-Bu sanduq ichida, ey falon,
Bergil ijozat, kirayin bir zamon.
Kim tilasang yer yuzida sarbasar,
Topmag’aysen dunyoda mendin asar.
Zohir-u botin ila oshufta men,
Mo’min egach, kofiri nuhufta men.
Muncha savome’g’aki qildim guzor,
Sa’yb Ua tobmadi naqdim iyor.
Har necha kezdim bu uluq dunyoni,
Qutbi mukammal seni ko’rdum, seni.
Bo’zkim, erur momug’i xud besafo,
Ipligi betob-u o’zi bo’riyo.
Sen kim anga bir nafas etting nazar,
Bo’ldi katondin dog’i ham mo’tabar.
Kim, momig’i bila teng o’ldi yipak,
Suftalig’-u ravshan-u hamvortak.
Lol bo’lub Xojai oshufta dil,
Qoldi xijolat evinda nuunVil.
Jazb qilib topti muammo kushoy,
Urdi ne kim, hosilina pushti poy (226-bet).
Slayd 40
Haqparast darveshning bu adolatli va kinoya bilan yo’g’rilgan so’zlari bazzozni qattiq uyaltiradi va uning butun mol-mulkidan voz kechib, haq yo’Iiga kirishiga sababchi bo’Iadi. Shoir bazzozning qilgan nojo’ya sa’y-u harakatlarini darvesh tilidan kinoyaomuz hajv ostiga oladi. Ammo bu tanqid keskin ernas. Balki sokin holatda, donishmand, komillik yo’lini ixtiyor qilgan darvesh chol tilidan ifoda etilganki, bu ham hikoyatning badiiy pishiq, g’oyaviy ta’sirchan va irfoniy axloq talablariga muvofiq chiqishini ta’min etgan. Hikoyatning, shubhasiz, tasawuf ta’limoti ta’sirida yozilganligi undagi atamalar va majoziylikdan ochiq ko’rinib turibdi. Hikoyatdan keyin undagi axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy ruhni quwatlantirish uchun keltirilgan mav’iza va maqolatda ham xuddi shunday mazmundagi baytlarning mavjudligi fikrimizning yorqin dalilidir. Jumladan, mav’izada boydan karamli va saxovatli faqirning ustun ekanligini ta’kidlash uchun xizmat qiluvchi quyidagi baytni uchratish mumkin:
Boy dagulsena diraming bor esa, Faqr g’aniydir karami bor ersa (229-bet. (Matnda mazmunga qusur yetkazadigan xatolar borligj uchun so’zlar ayrim isloh bilan keltirildi. R.V., H.E.).
Slayd 41
Shoir dostondagi «Hotami Toyi» hikoyatida ham saxovatni ulug’laydi. Shuningdek, mav’izadagi baytlarda insonni komillikka erishuvi uchun eng xavfli dushmani bo’lgan nafs bilan doimo murosasiz bo’lishga chorlashi ahamiyatlidir:
• Yarim oyoq oshki, toparsen nasib, Yarimini berki, yesun bir g’arib. Me’da tamug’ikim erur dushmaning, qonmag’usidir agar ichsa qoning (230-bet). Haydar Xorazmiy «Maxzanul-asrop>da badiiy ifoda etgan fikr-mulohazalar, asarda ilgari surilgan g’oyalari bilan o’z zamonasining katta bilimdoni, o’zbek tili ravnaqi uchun kurashgan shoir, arab, fors-tojik tillarini chuqur o’rgangan, yetuk ma’rifatli kishi sifatida namoyon bo’ladi. Uning mazkur masnaviysi Alisher Navoiyga qadar yaratilgan doston janrining o’zbek mumtoz adabiyotidagi noyob namunalaridan biridir.
Slayd 42
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 43
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.