Said Ahmadning ‘Sobiq’ va ‘Qoplon’ hikoyalarini o’rgatish metodikasi
7000 so'm

Slayd 1
“Said Ahmadning “Sobiq” va “Qoplon” hikoyalarini o‘rgatish metodikasi”
Slayd 2
Said Ahmad
1. Said Ahmadning hayoti va ijodi
2. Said Ahmadning “Sobiq” va “Qoplon” hikoyalari
3. Yangi pedagogik texnologiyalar yordamida dars o‘tish
Reja:
Slayd 3
o‘zbek adabiyotini yetakchi nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yili Toshkentning Samarqand darboza mahallasida ziyoli oilada dunyoga keldi. Shu yerda o‘rta maktabni bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida ta’lim oldi. (1938-1941). Bobosi Dadaxo‘jabiy Toshkentning eng katta boylaridan bo‘lgan.
Slayd 4
Slayd 5
Said Ahmadning o‘zi haqda:
“Bobom boyligining ko‘pchilik qismini yurt obodonligiga , o‘zbek yoshlarini o‘qitishga sarflagan.
Onam Zulfiyaxon savodli, husnixati chiroyli ayol edilar. Fuzuliy, Huvaydo, Mashrab gazallaridan o‘qirdilar. U kishiga negadir Huvaydo gazallari ko‘proq yoqardi. Huvaydo bu gazallarini xudoning jamoliga oshiq bo‘lib bitgan, deb aytardilar.
Dadam Husanxo‘ja Dadaxo‘ja o‘gli rus tilini mukammal bilardi. Ruscha xatni mutlaqo bexato yozardi. Hatto o‘rislar ham xat yozsalar dadamga bir ko‘rsatib olardilar.
Slayd 6
Said Ahmadning o‘zi haqda:
Katta akam Imomxon Husanxo‘jayev oltmish oliy maktablarda pedagoglikdan dars berdi. o‘ttizdan ortiq darslik va qo‘llanma kitoblari bosilib chiqdi. “Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzuida kandidatlik dissertasiyasini yoqladi. U 1926-yilda o‘zbek stenografiya yozuvini ijod qildi. Maxsus kurs ochib, stenograflar tayyorladi. Shu kursni bitirib chiqqan o‘rtancha Zuhriddin akam bilan Ahmad Shorahmedov (“Ota” romanining avtorlaridan biri) to urush boshlangunga qadar bo‘lgan jami qurultoy va kengashlardagi dokladlarni, nutqlarni yozib olishgan. o‘zbekistonning o‘n besh yillik hujjatli yilnomasini shu ikki kishi yaratgan, desam xato bo‘lmaydi Zuhriddin akam ellik yildan ortiq Toshkent irrigasiya institutida suv inshootlari qurilishidan dars berdi. Uning yigirmaga yaqin darsligi hozir ham oliy maktablarda o‘qitiladi”, – deb yozgan edi.
Slayd 7
Yozuvchi o‘z ijodini hajviy asarlar yozishdan boshlagan. Uning “Ishqivoz” degan hajviyasi “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Said Ahmad Nizomiy nomli TDPU da bir muddat o‘qigach, “Mushtum” jurnalida, 1942-1943 yillarda respublika radiosida va bir qancha gazeta hamda jurnallarda ishlaydi. Uning birinchi kitobi “Tortiq” nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940 yilda nashr etilgan.
Slayd 8
Adibning “Ey yurak” (1942), “Fargona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949), “Qadrdon dalalar” (1949), “Cho‘l shamollari” (1961), “Onajonlar” (1962), “Xazina” (1963), “Ta’zim” (1966), “Qissa va hikoyalar” (1968), “Yo‘qotganlarim va topganlarim” (1999), “Qora ko‘z Majnun” (2001), “Kiprikda qolgan tong” (2003), “Umrim bayoni” (2003) va boshqa kitoblarida Said Ahmadning ijodiy kamolot yo‘li yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Slayd 9
Asarlari
Said Ahmad ijodi urushdan so‘ng, xususan, XX asrning 60-yillariga kelib shira .bogladi va o‘z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Shu davrning mahsuli bo‘lgan “Turnalar”, “Onajonlar”, “Ko‘klam taronalari”, “Xazina”, “To‘lqinlar”, “Hayqiriq”, “Cho‘l burguti”, “o‘rik domla”, “Lochin”, “Odam va bo‘ron”, “Bo‘ston”, “To‘yboshi” kabi hikoyalar Said Ahmadning so‘zga xasis, fikrga saxiy, yumorga boy yozuvchi bo‘lib yetishganligidan, A. Qodiriy, g‘. g‘ulom, Oybek, A. Qahhoran’analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirayotganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, professor Laziz Qayumov qayd qilganidek, “Said Ahmadning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, gafur gulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassam”.
Slayd 10
“QOPLON” hikoyasining tahlili
Yangi hovli Tillayevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushirayotganda Qurbonboy bir gap aytib qoldi:
• — Sizga endi bitta it lozim, o‘rtoq Tillaev. It uyning savlati. Albatta, it boqing. o‘zim galatisini topib beraman.
• Tillayevning itga unchalik hushi yo‘q edi, indamay qo‘ya qoldi. Qurbonboy xotinlarning hayhaylashiga qaramay polni ham o‘zi yuvdi, gilamni ham o‘zi ko‘chaga olib chiqib, qoqib keldi.
• — Iya, iya, biz turganda nega endi siz pol yuvarkansiz, opa? o‘zimiz qotirib tashlaymiz. Men gilam qoqayinu, siz tomosha qiling. Ammo-lekin itning galatisini boqish kerak. Ko‘chadan kirgan odam kiroyi direktor bo‘lsang, shunaqa it boq, deb havas qiladigan bo‘lsin.
• Qurbonboy uyni saranjom qilib bo‘lgandan keyin ham darrov keta qolmadi. Hovlida ancha aylanib yurdi. It boglaydigan joyni o‘zi belgiladi.
Slayd 11
“QOPLON” hikoyasining tahlili
— Yo‘o‘o‘q, o‘rtoq Tillayev, it masalasini bizga qo‘yib beravering. Mana, itning joyi shu. Kichkinagina, ixchamgina uycha qurib bersam, itning ham joni kirib qoladi. Xo‘p, biz ketdik. Qurbonboy ketdi.
— Bu kishi kim bo‘ladilar? — dedi Tillayevning xotini uning orqasidan borib eshikni ilgaklab qaytarkan.
— Judayam anigini bilmayman, garajimizda ishlasa kerak. Ko‘chishga mashina so‘raganimizda zavgar, qarashib yuboradi, deb qo‘shib bergan edi, — dedi Tillaev.
— Durust odamga o‘xshaydi. Chaqqongina ekan. Ertasiga Tillayev ishdan qaytib yuvinayotganida Qurbonboy kattakon it yetaklab keldi. U itni ayvonning ustuniga boylab, iljaydi:
— Oti Qoplon, Tillayev aka. Odamning yaxshisini darrov taniydi. Sizga tez o‘rganib ketadi. Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman.
Slayd 12
“QOPLON” hikoyasining tahlili
Voqea-hodisalarning, jamiyatdagi insonlarning hech biri nuqsonsiz boʻlishini istab, ularni inkor etmagan holda zukkolik, topqirlik, hozirjavoblik hazil-askiya bilan munosabat bildiradi. “Qoplon“ hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi boʻlib, kishilardagi xushomadgoʻylik, laganbordorlik, oʻz manfaati yoʻlida andisha mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutish, odamlarning amal kursisiga qarab munosabat koʻrsatish kabi yaramas illatlar tanqidiga bagʻishlanadi.
Slayd 13
“QOPLON” hikoyasining tahlili
Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi oʻzini hali tonilmagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yoʻllarini toʻplab olgan, hech bir isilohasiz laganbardorligini oshkora koʻrsatib, xoʻjayinning polini yuvib, gilamini ham qoqib berishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini koʻrsatib beradi. Tillaev ham uning xotini ham Quronboyning kimligini anglamay, ularga qilib yurgan xizmatini oʻzlaricha yaxshilikka yoʻyib yuradilar.
Slayd 14
“QOPLON” hikoyasining tahlili
Bu amal vaqtinchalik vazifa uchun qilinayotgan makkorlik ekaninini tushunmaydilar. Shu bois Qurbonboyga ixlosi oshib Tillaev uni mashina yuvuvchidan garaj mudiri muovini vazifasiga koʻtaradi, uyi tomini yopib olishi uchun anchagina shifer tunuka tushurib beradi. Qurbonboy esa ishi bitguncha girdikapalak boʻlib, har qanday mayda — chuyda oilaviy ymushlarini orlanmay bajarib, yangi boshliq tayinlanishi bilan Tillaev xanodonidan batamom yuz buradi.
Slayd 15
“QOPLON” hikoyasining tahlili
Xushomadining asosiy vositasi boʻlgan it “Qoplon“ni olib ketib, yangi rahbarga ham xuddi avvalgiday alfozda taqdim qiladi. Uning surbetligi shuqadar kuchliki, Qurbonboy Tillayevni yangi boshliqnikida koʻrib qolganida, hatto uyalmaydi ham. Direktorning charm toʻnini artib turaveradi. Hatto it Qoplan eski xoʻjayinini tanib, dumini likillatib erkanadi.
Slayd 16
“QOPLON” hikoyasining tahlili
Hikoya soʻngida Tillayev Qoplonni koʻrib “Bu itni taniyman“ desa-da, achchiq istehzo bilan aytilgan bu soʻzlarni asli Qurbonboyga qarab qoʻyib aytadi. Demak, “it“ deb Qurbonboyni nazarda tutadi. Yozuvchi bu bilan Qurbonboylar kabi buqalamun kimsalar, ablah odamlarni jamiyatda, insonlar orasida oʻrni boʻlishi kerak emas, degan gʻoyani ilgari suradi.
Slayd 17
“QOPLON”hikoyasini o‘rgatish metodikasi
Tillayev Qoplonni koʻrib “Bu itni taniyman“,- deydi
“Nima uchun?” usuli
Nima uchun?
?
Slayd 18
“Sobiq” hikoyasining tahlili
Said Ahmadning yana bir achchiq, alamli kulgudan yiroq hajviy, sof yumoristik hikoyasi “Sobiq” deb nomlanadi. Bunda yozuvchi voqeani hikoya qahramonining o‘z tilidan hikoya qilarkan, jamiyatimizda, halol kishilarning hatti harakatlarida paydo bo‘layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg‘ib, kulguli vaziyatlarga tushub qolish kabi nuqsonlar ustidan yengil kuladi. Katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan yaxshi bir mehnatkash insonni asrash avaylash uning kucidan oqilona foydalanish, har bir odam o‘z o‘rnida bo‘lib, o‘z vazifasini sidqidildan bajarish kabi masalalar hajviy yo‘sinda tasvirlangan vaziyatlar orqali anglatiladi.
Slayd 19
“Sobiq” hikoyasining tahlili
Turg‘unlik zamonlarida sho‘rolar davrida har narsani mafkuranga bog‘lash odat tusiga kirgan edi. Hikoya qahamoni ham paxta terishda jonbozlik ko‘rsatib, hech kutilmaganda dabdababozlikning nishoniga aylanadi. Eng ilg‘or paxtakor deb, asosiy ishini yig‘ishtirib, turli kerak-nokerak majlis, kengash, yig‘ilishlarga borishga majbur bo‘ladi. Muallif o‘z oldiga ayni shu narsani maqsad qilib qo‘ygan edi.
Slayd 20
“Sobiq” hikoyasining tahlili
Manfaat uchun har maqomga yo‘rg‘alovchilardan kulish kitobxonni shu xildagi xatti-harakatlardan tiyib turadi. “Sobiq” hikoyasida esa qahramon o‘z xatti-harakati, qilg‘iligi bilan emas, balki tushib qolgan vaziyati tufayli kulguga duchor etilgan. Chunki boshqalardan ko‘proq paxta terib ilg‘or bo‘lgan edi. Lekin u yashayotgan sharoit, jamiyat tartibi shundayki, tuppa- tuzuk odam o‘zi istamagan va xohlamagan holda illatlar girdobiga tushishi ham kulgiga mahkum bo‘lishi ham mumkin.
Slayd 21
“Sobiq” hikoyasining tahlili
Bor yo‘g‘i bir necha kungina paxta terib mavsumning qolgan vaqtini faqat turli- tuman yig‘ilishlarda faxriy mehmon bo‘lib qatnashish bilan o‘tkazib yuborgan mexanizator yigit tushib qolgan vaziyatdan kulasiz. Lekin bu kulgu hamdardlik kulgusi. Chunki qahromonning o‘zi ham vaziyat iskanjasida qurbon. Bu- bizning sobiq jamiyatimiz uchun oddiy holat edi. Shuning uchun ham hikoyadagi kulgining zahri illati odamga emas, balki illatning o‘ziga qaratilgan.
Slayd 22
“Sobiq” hikoyasining tahlili
Satirik va yumoristik asarlarda kulgu uyg‘otadigan badiiy vaziyat yaratish uchun mubolag‘a, kichraytirish, kuchaytirish singari tasvir vositalridan keng foydalaniladi. Hayotda “Sobiq” hikoyasidagisingari bur mashhur mexanizatorga o‘shancha keraksiz yuk ehtimol ortib ko‘yishmas. Ammo ko‘p jihatdan shunga yaqin keladigan holatlar borligi ayon.
Slayd 23
“SODIQ” va “QOPLON” hikoyasi
“Venn diagrammasi”
Slayd 24
Lift o‘yini
Lift tugmachasi
Yo‘nalish
Topshiriq
9 – qavat
Tafakkur cho‘qqisi
Test
8 – qavat
Ijodkorlik
o‘quvchining o‘z ijodidan namuna
7 – qavat
Notiqlik
Asardan parcha aytish
6 – qavat
Hattotlik
Yozuv taxtasida chiroyli va xatosiz yozish
5 – qavat
Musavvirlik
Said Ahmadning biror asari asosida yozuv taxtasida rasm chizish
4 – qavat
Aktyorlik
Said Ahmadning biror asari qahramonini gavdalantirish
3 – qavat
Qo‘shiqchilik
Saida Zunnunovaning ijodidan namuna keltirish
2 – qavat
Tashkilotchilik
Besh daqiqa darsni boshqarish
Slayd 25
Savollar
1) Said ahmadning birinchi hikoyalar to‘plami qanday nomlanadi?
2) Said Ahmadning iste’dodli yozuvchi sifatida shakllanishida qaysi adiblarning xizmati katta?
3) Qurbonboy , Tillayev obrazlari Said Ahmadning qaysi asari qahramonlari?
4) Said Ahmadning birinchi yirik nasriy asari qanday nomlanadi?
5) Adibning qaysi hikoyasi kishilardagi xushomadgo‘ylik, laganbardorlik, o‘z manfaati yo‘lida andisha mulohazalarga bormay, surbetlarcha ish tutish, odamlarning amal kursisiga qarab munosabat ko‘rsatish kabi yaramas illatlar tanqidiga bogishlangan?
6) Said Ahmad 1999-yilda qancha hikoya va ocherklar yaratgan?
7) Adib Said Ahmad qanday unvonlarga va ordenlarga sazovor bo‘lgan?
Slayd 26
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, adib Said Ahmad asarlarida har bir obrazni o‘ziga xos jonli tarzda yoritgan. Yorqin bo‘yoqlarda aniq va tiniq aks ettirgan. Uning asarlarini o‘qigan har bir kitobxon asarlarida hayot nafasi ufurib turganini yaqqol sezadi. Said Ahmad qatagonlik zulmining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so‘z san’atkori darajasiga yetkazgan desak aslo mubolaga bo‘lmaydi.
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.