Said Ahmad hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
Said Ahmad hayoti va ijodi
Slayd 2
Said Ahmad – hikoyanavis.
Said Ahmadning povest va romanlari.
Said Ahmad komediyalari.
Reja:
Slayd 3
Jurnalist – ocherkchi, ijodiy izlanishlar davri, rassomchasiga tasvir, uslubdagi lirizm, yoshlik haqidagi hikoyalar, hissiyot tahlili, personajlarning to‘laqonli xarakterga aylanmasligi, mehnat kishisini ulug‘lovchi hikoyalar, lirik so‘z, hayotbaxsh yumor, hajviy- yumoristik talqin, beozor hazil – mutoyiba, g‘azabli qah-qaha, tabiatan liriklik, tarixiy hodisalar foni, boqiy fazilatlar, dramatik va tragik voqea, voqealarni detektivnoma tasvirlash, drama, dramatik miniatyura, “Ufq” trilogiyasi, “Yo'qotganlarim va topganlarim” xotira kitobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni.
Tayanch so‘zlar:
Slayd 4
Slayd 5
Said Ahmad 1920-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Uning familiyasi Husanxo‘jayev. Maktabdan so‘ng Toshkent davlat pedagogika institutida ta’lim oldi (1938 – 1941). U adabiyotga jurnalist – ocherkchi sifatida kirib keldi. Adibning shakllanishida matbuot ijodiy maktab vazifasini o‘tadi. «Yosh leninchi », «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomalarida, «Mushtum», «Sharq yulduzi» jurnallarida, O‘zbekiston radio kometetida turli vazifalarda ishladi. Said Ahmadning birinchi kitobi 1940-yilda «Tortiq» nomi bilan nashr etilgan. Unda ijodining ilk davrida yozilgan hikoyalari jamlangan. Bu kitob e’lon qilingach, A.Qahhor tomonidan keskin tanqid qilinadi. Urush davri va undan keyingi ma’lum yillar Said Ahmad uchun ijodiy izlanishlar davri bo‘ldi.
Slayd 6
Bu davrda yaratgan bazi hikoyalarida yozuvchining keyin ko‘zga tashlangan uslubiga xos xususiyatlarning uchqunlari ko‘zga tashlanib qolsa-da, asosan, u hikoyanavis sifatida 50-yillarning o‘rtalarida tanildi. Uning «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949), «Qadrdon dalalar» (1949), «Cho‘l shamollari» (1961), «Onajonlar» (1962), «Xazina» (1963), «Ta’zim»(1966), «Qissa va hikoyalar» (1968) kabi va boshqa qator kitoblari nashr etilgan.
Slayd 7
Said Ahmadning hikoyanavis sifatida shakllanishida uning urush davrida yozilgan asarlarining o‘ziga xos ahamiyati bor. Bu davrda u «Mastonbibi», «Tepki», «Kutish taraddudi», «Iroda», «Qo‘shiq » kabi hikoyalar e’lon qilgan. Bu hikoyalarning badiiylik darajasi u qadar yuqori emas. Lekin ularda favqulodda bir mahorat bilan chizilgan lavhalar tez-tez uchrab turadi. Boshqacharoq aytganda, rassomchasiga aniqlik bilan yaratilgan tasviriy parchalar mavjud. Ana shu nurli uchqunlar keyinchalik Said Ahmad prozasining yetakchi uslubiy xususiyatiga aylana bordi.
Slayd 8
Yozuvchi uslubiga xos lirizm adibning urush va uning oqibatlariga bag‘ishlangan asarlarida, ayniqsa, alohida ko‘zga tashlanadi. Adib urush tufayli odamlar boshiga tushgan fojialar haqida baxs etuvchi o‘ndan ortiq hikoyalar yaratgan. «Xazina», «Turnalar», «Onajonlar», «Ko‘klam chechaklari» «Laylak keldi» va boshka hikoyalar bunga misol bo‘la oladi. Said Ahmad oldin, ya’ni urush yillarida shu mavzuda yozilgan hikoyalarida front haqida ham tasvirlar berishga harakat qilgan, lekin o‘zi bilmagan va tasavvur qila olmaydigan narsalar hakida yozganligi uchun bu harakat muvaffaqqiyatsiz yakunlangan edi («Iroda » hikoyasi).
Slayd 9
Said Ahmad sevgi, sadoqat, yoshlik haqida ham qator hikoyalar yaratdi. Bu mavzudagi hikoyalarining qahramonlari turli yoshdagi, turlicha hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishilardir: bu asarlarning birida mustaqil hayot ostonasiga endigina qadam qo‘ygan, ilk mehnat, muhabbat, ilk bo‘sa lazzatidan endigina bahramand bo‘layotgan yoshlarni uchratsak, ikkinchisida hayotda adashib, shaxsiy baxtini boy berib qo‘ygan noshud – notavon kimsalarga duch kelamiz; boshqasida o‘z shaxsiy huzur-xalovatidan voz kechib, o‘zgalarga baxt,shodlik hadya etgan olijanob kishilarni ko‘rsak, yana birida faqat o‘zini deb boshqalarni qon qaqshatuvchi xudbinlarga duch kelamiz.
Slayd 10
Uning «Muhabbatning tug‘ilishi», «Oydin kechalar», «Iqbol chiroqlari», «Muhabbat», «Bahor suvlari», «Tog‘ afsonasi», «Sevgingga sodiqman» kabi hikoyalari shu jumlaga kiradi. Bu hikoyalar, muhimi, bizni insonga bir bor beriladigan hayotni, insoniy baxtni, ilk sevgini qadrlashga, hayotda chin inson bo‘lib, halol yashashga da’vat etadi, odamning odam odidagi, el – yurt oldidagi mas’uliyatini eslatib turadi, insondagi noyob tuyg‘u, olijanob fazilatlarni qadrlashga , asrashga undaydi.
Slayd 11
Ma’lumki, lirik hikoyalarda hissiyot tahlili birinchi o‘rinda turadi. Lekin, aytish lozimki , hissiyot tahlili bilan ish ko‘rishning muayyan xatarli jihatlari ham bor. Bilamizki, kayfiyat va hissiyot o‘y – aqlga qaraganda tezkor, o‘zgaruvchan. Binobarin, hissiyotdagi o‘zgarish hamma vaqt ham xarakterdagi tub o‘zgarishlarga to‘la teng kelavermaydi. Said Ahmad ba’zi asarlarida ko‘proq hissiyot tahliliga berilib ketgan holatlar ham uchrab turadi. Bunda qahramonlar hayotidagi keskin burilishlar yetarli dalillanmay, personajlar to‘laqonli xarakter darajasiga yetmay qoladi. Yozuvchining «To‘lqinlar», «To‘y kechasida» kabi asarlarini bu yerda misol tariqasida keltirish mumkin.
Slayd 12
Mehnatni, mehnat kishisini ulug‘lashga intilish Said Ahmad ijodidagi yetakchi yo‘nalishlardan biridir. Bu yo‘nalishning boshlanishi uning urushdan oldin va 40-yillarda yozgan ko‘plab ocherklari bilan bog‘lanadi. Yozuvchi o‘zining «Cho‘l hikoyalari» («Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin»), «Cho‘l shamollari»(«Odam va buron», «Bo‘ston», «Yer uyg‘ondi», «To‘y boshi», «Seni izlab»), «Cho‘l oqshomlari» («Otalar va bolalar», «O‘n sakkiz yoshing», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Chevara», «Tog‘ afsonasi», «Rahmat, azizlarim», «To‘y kechasida», «O‘ylar», «Sumbul», «Yalpiz hidi») kabi turkum hikoyalarida badiiy jihatlar yuqori darajada bo‘lgan qator asarlar yaratib, o‘zbek hikoyachiligi rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Slayd 13
“Tortiq” (1940)
“Azroil o‘tgan yo‘llarda”
“Buqalamun bilan uchrashuv”
“Qorako‘z majnun”
“Yalpiz hidi”
“Turnalar”
“Cho‘l burguti”
Hikoyalari
Slayd 14
Said Ahmad ijodida hajviy asarlarning ham salmog‘i katta. Umuman, hajviy – yumoristik talqinga moyillik yozuvchi ijodining ajralmas bir bo‘lagini tashkil etadi. Hatto, tamomila boshqa yo‘nalishdagi asar – «Ufq» da ham yumor singdirilgan sahifalar kam emas. Yozuvchining hikoyachilik faoliyatida esa bunday asarlar alohida bir yo‘nalish hisoblanadi. Uning asarlarida kulgining hamma turi – quvnoq handa,yengil tabassum, beozor hazil – mutoyibadan tortib kinoya- kesatik, masxara va g‘azabli qah – qahagacha uchraydi. Lekin uning kulgisi ichida yumoristik kulgi alohida ajralib turadi. Yozuvchi tabiatan lirik bo‘lganidan hajviyotda ham lirikligicha qoladi, hajviyalarida ham lirik jo‘shqinlikni saqlaydi.
Slayd 15
Said Ahmadning nasrdagi ijodida «Ufq» trilogiyasining alohida o‘rni bor. Yozuvchi mazkur asar ustida o‘n yildan ortiq mehnat qildi. U «Qirq besh kun» (1974), «Hijron kunlarida »(1964), «Ufq bo‘sag‘asida» (1969) kabi kitoblardan tashkil topgan. Agar o‘zbek xalqi hayotining tahminan o‘n yillik davrini – urush arafasi, urush va urushdan keyingi yillarni qamrab olgan. Shu davr ichida kechgan tarixiy , hodisalar fonida muallif xalqning ma’naviy bisotini ochadi, uning xarakteriga xos boqiy fazilatlar – mardlik, tantilik, oliy janoblik, birdamlik, o‘zaro mehr-oqibat kabi tuyg‘ularni o‘ta samimiy talqin etadi.
Slayd 16
“UFQ”ning turli yillardagi nashrlari
Slayd 17
Said Ahmad «Ufq»ga qadar ham nasrning yirik shakllarida «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) kabi qissalar yozgan edi. «Qadrdon dalalar»da urushdan keyingi davr adabiy jarayoni va mafkurasiga aloqador bo‘lgan biryoqlamalik va «qolip»lar ko‘zga shunday tashlanib turadi. «Hukm»da ham yozuvchi shura adabiyotining qonunlaridan tashqariga chiqolgan emas. Uning «Sud», «G‘ildirak» kabi qissalari ham bor.
Slayd 18
Said Ahmad «Jimjitlik » (1988) nomli roman ham yozgan. Yozuvchining oldin shu nomda hikoya yozgani ma’lum. Umuman uning ijodiga xos xususiyatardan biri romanlari bilan hikoyachilikdagi izlanishlari o‘rtasida muayyan aloqani mavjudligidir. Mazkur roman haqida ham qizg‘in bahslar bo‘ldi. Unda mahorat bilan yozilgan lavhalar anchagina. Lekin asarga umumiy tarzda baho beriladigan bo‘lsa, u bir oz shoshilib yozilganligini aytish kerak. Romanda mantiqan asoslanmagan tasvirlar mavjud. Shuningdek, unda yozuvchi ijodiga xos bo‘lmagan uslubga-voqealarni detektivnoma tasvirlash uslubiga duch kelamizki, bu asarning badiiyligi uchun xizmat qilmagan.
Slayd 19
Slayd 20
Yozuvchi dramaturgiya sohasida ham xalqimizga mashhur asarlar yaratdi. Hatto aytish mumkinki , bu janrga juda erta qo‘l urgan – 1945-yildayoq bolalarga bag‘ishlab ertak yo‘lida «Sherzod va Gulshod» nomli drama yozgan. U keyinchalik bu sohaning juda kichik shaklida – dramatik miniatyura janrida samarali ijod qilgan va ular o‘quvchilarga yaxshi tanish. Lekin yozuvchining «Kelinlar qo‘zg‘aloni» (1976), «Kuyov» (1986) kabi komediyalarining so‘nggi davr o‘zbek dramaturgiyasida alohida o‘rni bor.
Slayd 21
Sahna asarlaridan lavhalar
Slayd 22
Slayd 23
1968-yil – “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni
1980-yil – “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni
1996-yil – “Do‘stlik” ordeni
1997-yil – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
1999-yil – “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni
Mukofotlari va unvonlari
Slayd 24
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.