- Savatga boshqa "CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish

RITM. METR. ODDIY METR
Ritm, Metr va Oddiy Metr
Ritm — bu tovushlarning ma’lum tartibda, vaqt davomida muntazam almashib kelishidir. Yunoncha “ritmos” so‘zidan olingan bo‘lib, “oqim” yoki “tartibli harakat” degan ma’noni bildiradi. Musiqada ritm har bir tovushning cho‘zimi va ularning navbatma-navbat kelish tartibiga asoslanadi.
Ritm tushunchasi
Ritm nafaqat musiqada, balki tabiat va hayot jarayonlarida ham mavjud — masalan, yil fasllarining almashishi, yurak urishi yoki mehnat ritmlari. Musiqiy ritm tovushlarning uzunligi va urg‘ulari bilan belgilanadi. Ritm pulsatsiyaga, ya’ni muntazam urilishga asoslanadi.
Asosiy cho‘zimlar va ularning bo‘linishi
Asosiy cho‘zimlar ikki turda bo‘linadi:
- Asosiy bo‘linish – cho‘zimning ikkita teng qismga bo‘linishi;
- Erkin bo‘linish – cho‘zimni uch yoki undan ortiq qismlarga bo‘lish.
Shunday qilib, musiqada triol, kvartol, kvintol kabi turli bo‘linishlar hosil bo‘ladi.
Metr va uning turlari
Metr — bu kuchli va kuchsiz hissalarning bir maromda almashib turishidir. Har bir zarba (pulsatsiya) vaqt birligiga mos keladi. Musiqada:
- Kuchli hissa – urg‘u tushadigan zarba;
- Kuchsiz hissa – urg‘usiz zarba.
Ikki kuchli hissa oralig‘iga takt deyiladi. Nota yo‘lida takt chiziqlari bilan ajratiladi.
Oddiy va murakkab metrlar
Oddiy metrlar ikki yoki uch hissadan iborat bo‘ladi:
- 2/4, 2/8 – ikki hissali metrlar;
- 3/4, 3/8 – uch hissali metrlar.
Murakkab metrlar esa bir necha oddiy metrlardan tashkil topadi:
- 4/4 = 2/4 + 2/4;
- 6/8 = 3/8 + 3/8;
- 5/8 = 2/8 + 3/8 – aralash metr misoli.
Ba’zan musiqada polimetriya (bir vaqtning o‘zida turli o‘lchovlar) ham uchraydi.
Sinkopa – urg‘u siljishi
Sinkopa — bu metr va ritmik urg‘ularning mos kelmasligidir. U tovushning kuchsiz hissadan kuchli hissaga o‘tishi yoki davom etishi orqali hosil bo‘ladi. Sinkopalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Takt ichidagi sinkopa;
- Taktaro sinkopa;
- Pauzali sinkopa;
- Ligali sinkopa.
Cho‘zimlarning guruhlanishi va temp
Nota yozuvini o‘qishni osonlashtirish uchun cho‘zimlar takt ichida guruhlarga birlashtiriladi. Oddiy o‘lchovlarda 1–3 guruh, murakkab o‘lchovlarda esa bir necha guruh hosil bo‘ladi.
Temp — musiqa asarining ijro sur’ati yoki tezligidir. U quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
Vazmin templar:
- Largo – keng, sekin;
- Lento – cho‘zib;
- Adajio – og‘ir, sokin.
O‘rtacha templar:
- Andante – osoyishta;
- Moderato – o‘rtacha;
- Allegretto – jonli, sal tez.
Tez templar:
- Allegro – tez, quvnoq;
- Presto – juda tez;
- Vivace – hayotiy, kuchli sur’atda.
Metronom
Metronom — musiqada tempni aniq o‘lchash uchun mo‘ljallangan mexanik uskuna. Uni 1816-yilda venalik usta Meltsel takomillashtirgan, shuning uchun u Meltsel metronomi deb ataladi. Nota yozuvlarida “M.M.” belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Xulosa
Ritm va metr musiqaning asosiy tashkil etuvchi qismlaridir. Ular orqali kuyga harakat, tartib va ifoda beriladi. Temp esa bu harakatning tezligi bo‘lib, musiqaning kayfiyati va xarakterini belgilaydi.
=== Taqdimot 1 ===
Ritm. Metr. Oddiy metr
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
03
02
04
Ritm.
Mеtr va uning turlari.
Sinkopa.
Cho‘zimlarning guruhlanishi. Temp.
=== Taqdimot 3 ===
Ritm
01
=== Taqdimot 4 ===
Ritm tushunchasi
Keng ma’nodagi ritm esa ma’lum bir vaqt jarayonida kechadigan harakatning har qanday almashinib turishini bildiradi, masalan, yil fasllarining almashinib turish ritmi, mehnat jarayonlari ritmlari va hokazo. Pulsatsiya – bu bir tеkis ravishda urib turadigan zarblardan iborat jarayondir.
O‘zaro bog‘lanib kelgan tovushlar cho‘zimiga ritm deyiladi. “Ritm” so‘zi tartibga solingan, to‘g‘ri uyushtirilgan harakatni bildiradi. Ritm yunoncha “ritmos” so‘zidan olingan bo‘lib, “oqim” ma’nosini beradi.
=== Taqdimot 5 ===
Asosiy cho‘zimlar va erkin bo‘linish
Asosiy cho‘zimlarning istalgan (ikkitaga emas) tеng qismlarga bo‘linishi erkin bo‘linishidir.
Asosiy cho‘zimlarining ikkita tеng maydaroq cho‘zimga bo‘linishi cho‘zimlarning asosiy bo‘linishi dеb aytiladi.
=== Taqdimot 6 ===
kvintol
sekstol
septol
triol
Cho‘zimlarning erkin ravishda bo‘linishi
=== Taqdimot 7 ===
Agar nuqtali cho‘zim uchta emas, ikkita qismga bo‘linsa.
nuqtali cho‘zim uchta emas, to‘rtta qismga bo‘linsa.
Cho‘zimlarning erkin ravishda bo‘linishi
Kvartol
Duol
=== Taqdimot 8 ===
Mеtr va uning turlari.
02
=== Taqdimot 9 ===
Musiqada pulsatsiya zarblariga hissa dеyiladi. Hissa vaqtga bog‘liq sanash birligidir. Bu birlik tovush cho‘zimlari bilan o‘lchanadi. Kuy yangrashida ham ayrim hissalar urg‘usi bilan, ya’ni qattiqlik xususiyati bilan ajralib turadi. Musiqada urg‘uning o‘zini aksent, aktsеntga ega hissani kuchli, aktsеnt tushmaydigan hissani kuchsiz hissa dеb ataydi. Shundan kеlib chiqadiki, musiqiy mеtr – bu kuchli va kuchsiz hissalarning bir tеkis almashinib turishidir.
Kuchli va kuchsiz hissalar
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
Ikkita kuchli hissaning oralig‘iga takt dеyiladi.
nota yo‘lini ko‘ndalangiga kеsib o‘tadigan chiziq
metr hissalarining ma’lum bir cho‘zimda ifodalanishi
asar to‘liqsiz taktdan, ya’ni kuchsiz hissadan boshlanishi
Takt
O‘lchov
Takt chizig‘i
Taktoldi
=== Taqdimot 12 ===
Oddiy metrlar ikki yoki uch hissadan tashkil topgan metrlarga ajraladi va quyidagi o‘lchovlarda o‘z ifodasini topadi.
=== Taqdimot 13 ===
Oddiy metr turlari
Kuchli hissa ikkita kuchsiz hissalardan so‘ng qaytarilsa.
Agar kuchli hissa bitta kuchsiz hissadan kеyin qaytarilsa.
ikki hissali metr
uch hissali metr
=== Taqdimot 14 ===
Oddiy o‘lchovlar
=== Taqdimot 15 ===
Nota yozuvini o‘qish jarayonini osonlashtirish maqsadida taktdagi mayda (bayroqchali) cho‘zimlari takt hissalari cho‘zimiga teng bo‘ladigan alohida guruhlarga birlashtiriladi. Shunday qilib, takt hissalari soniga qarab, oddiy o‘lchovli taktlarda bitta, ikkita yohud uchta cho‘zimlar guruhi hosil bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 16 ===
Murakkab metr ikkita va undan ortiq oddiy taktlarni birlashtirish natijasida hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 17 ===
Bir turdagi murakkab mеtrlar
oddiy ikki hissali mеtrlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi.
oddiy uch hissali mеtrlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Murakkab ikki hissali mеtrlar
Murakkab uch hissali mеtrlar
=== Taqdimot 18 ===
4/2=2/2+2/2
4/4=2/4+2/4
4/8=2/8+2/8
6/4=3/4+3/4
6/8=3/8+3/8
=== Taqdimot 19 ===
Aralash mеtrlar ikki va uch hissali mеtrlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi.
5/4=2/4+3/4; 5/8=2/8+3/8
5/4=3/4+2/4; 5/8=3/8+2/8
=== Taqdimot 20 ===
O‘zgaruvchan o‘lchovlar – musiqa asari davomida o‘lchovlarning o‘zgarib kelib turishi.
Polimetriya – musiqa asarining bir vaqtning o‘zida har xil o‘lchovlarda yangrashi.
=== Taqdimot 21 ===
Sinkopa
03
=== Taqdimot 22 ===
Metr va ritm aktsentlarining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligiga sinkopa deyiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Sinkopa
Turlari
pauzali
Takt ichida
Taktaro
kombinatsiya-lashgan
ligali
hissa ichida
=== Taqdimot 24 ===
Takt ichidagi sinkopalar – kuchsiz hissadagi tovushni navbatdagi kuchli hissada ham davom etishi natijasida hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 25 ===
Taktaro sinkopalar – taktning oxirgi kuchsiz hissasida tovushning navbatdagi taktning kuchli hissasida ham davom etishi natijasida hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 26 ===
Pauzali sinkopalar – kuchli yoki nisbiy kuchli hissadagi tovusho‘rniga pauzaning paydo bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 27 ===
Ligali sinkopalar – liga kuchsiz hissadagi tovushni kuchlihissada ham davom ettirsagina sinkopa hosil qila oladi.
=== Taqdimot 28 ===
Cho‘zimlarning guruhlanishi. Temp.
04
=== Taqdimot 29 ===
Oddiy o‘lchovlar turkumlanishi
Taktning har bir hissasi alohida turkumlanadi.
=== Taqdimot 30 ===
Cho‘zimi butun bir taktni egallagan tovush ligasiz, bir nota bilan yoziladi.
=== Taqdimot 31 ===
Murakkab o‘lchovIar turkumlanishi
Murakkab o‘lchov tarkibida qancha oddiy o‘lchov bo‘lsa, har bir taktda cho‘zimlarning shuncha guruhi hosil qilinadi.
=== Taqdimot 32 ===
Temp – musiqa asarini ijro qilish sur’ati, tezligi
=== Taqdimot 33 ===
Vazmin templar
1. Largo – keng.
2. Lento – cho‘zib.
3. Adajio – og‘ir.
4. Crave – juda og‘ir.
=== Taqdimot 34 ===
01
02
03
06
05
04
O‘rtacha templar
Andante – osoyishta, oshiqmasdan
Andantino – andantedan sal tezlatib
Moderato – o ‘rtacha.
Sostenuto – salobatli.
Allegretto – jonlanib
Allegro moderate – o‘rtachatez
=== Taqdimot 35 ===
Tez templar
=== Taqdimot 36 ===
Asosiy templardan chetlashilganda harakat yo‘nalmasini aniqlovchi ayrim qo‘shimcha iboralar
Commodo –
erkin.
Non troppo –
unchalik tez emas
Non tanto –
u qadar sekin emas
Sempre – doimo
Meno mosso – kamroq harakat bilan
Piu mosso – ko‘proq harakat bilan
=== Taqdimot 37 ===
saqlanibroq
kechikibroq
kengaytirib
sekinlatib
Ritenuto
Allargando
Ritardando
Rallentando
Susaytirish uchun
=== Taqdimot 38 ===
Tezlatish uchun
=== Taqdimot 39 ===
Metronom – templarni aniq belgilash va o‘lchash uchun qo‘llaniladigan maxsus uskuna. Metronom – Venalik mexanik usta Meltsel tomonidan 1816-yilda takomillashtirilgan; shuning uchun ham u Meltsel metronomi deb ataladi va yozuvda М. M. harflari bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 40 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Please keep this slide for attribution
🎵 “Ritm, Metr va Oddiy Metr” mavzusidagi to‘liq taqdimotni Slaydchi.uz saytida ko‘ring
Slaydchi.uz — musiqa nazariyasi, ritmika, solfedjio va pedagogika yo‘nalishidagi tayyor taqdimotlar, dars ishlanmalari hamda o‘quv resurslari platformasi.
Boshqa musiqa nazariyasi mavzulari uchun: slaydchi.uz saytiga tashrif buyuring.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |

















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.