Rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparatlar
8000 so'm

Slayd 1
Rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar.
Slayd 2
Rentgen nurlarining asosiy xususiyatlari: kirish, singish va tarqalish, ba’zi moddalami yoritish (lyuminessentsiya), fotokimyoviy, ion hosil qilish va biologik ta’sir ko‘rsatish. Rentgen nurlari to‘g‘ri chiziqdek tarqaladi, tezligi yorugiik nuriga teng, zaryadi yo’q bo’lib, kvant nurlari qatoriga kiradi. Gamma nuri bilan bir xil ta’sir ko‘rsatadi. U ko‘zga ko’rinmaydi, hidi yo‘q, rangsiz bo‘lib, odamning badanidan o‘tganda, kishi hech narsa sezmaydi. Nurlaming ichga kirish xususiyati ulaming to‘lqin uzunligiga bog‘liq.
https://images.app.goo.gl/TrVCMSEH3eobnmrt6
Rentgen nurlarinig xususiyatlari.
Slayd 3
Ionizatsiya xususiyati. Rentgen nurlari havoni ionlashtiradi. Ular havo va gazlardan o‘tganda neytral molekulalami parchalab, musbat va manfiy ionlar hosil qiladi. Shuning uchun rentgen apparati ishlaganda rentgen kabinetining havosi ionlangan bo’ladi. Tabiiy va sun’iy radioaktiv nurlar ionlashtirish xususiyatiga egadir. Shuning uchun rentgen va radioaktiv nurlar ionizatsiya qiluvchi nurlar deb ataladi.
https://images.app.goo.gl/owzQidvDr4LyFKrU7
Slayd 4
Rentgen kabineti — kasalxona va poliklinikalarda bemorni tekshirish uchun rentgen apparatlari bilan jihozlangan maxsus xona.
Rentgen nurlarini olish uchun manba — elektr toki va rentgen apparati kerak. Ishlatiladigan elektr toki o‘zgaruvchan bo’lib, uning kuchlanishi 127, 220 yoki 380 V. Hozirgi rentgen diagnostika apparatlari yuqoridagi kuchlanishning xohlaganiga ulanishi mumkin
http://www.kranz.ru/standarty-osnashcheniya-meditsinskikh-kabinetov2/rentgen-kabinet
https://stomshop.pro/blog/6-volnujuschih-voprosov-po-ustanovke-rentgen-oborudovanija/
Slayd 5
Tibbiyot rentgendiagnostika apparatlari tuzilishi va ishlatilishiga qarab ekran orqali ko‘radigan (rentgenoskopiya), suratini oladigan (rentgenografiya) va maxsus ishlangan — siydik yo’lini tekshiradigan (urologik), yurak-tomirni tekshiradigan (angiokardiologik), tish bilan jag‘ni tekshiradigan (stomatologik) va boshqa apparatlarga bo’linadi.
Rentgendiagnostika apparatlari bir joyga o‘rnatilgan (statsionar) va ko‘chma bo’ladi. Ularni qismlarga bo’lib, avtomashinada bir joydan ikkinchi joyga olib borish yoki temiryo’l vagonlariga o‘rnatish mumkin.
Slayd 6
Hozirgi vaqtda ko‘p davolash-profilaktika muassasalari va zamonaviy statsionarlar rentgendiagnostika apparatlari bilan jihozlanmoqda. Ularning elektr toki bilan ta’minlash tizimidagi kenotron selen yarim o‘tkazgichli asbob bilan almashtirilgan. Ta’minlash tizimi va shtativ konstruksiyasiga ko‘ra rentgendiagnostika apparatlari oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi sinfga bo’linadi.
Oliy sinfdagi rentgendiagnostika apparatlari uch fazali o‘n ikki yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilash tizimi bilan ta’minlangan. Ular elektr tokining maksimal yuqori kuchlanishini 150 kV, anod tokini esa 1000 dan 2000 mA gacha yetkazadi. Ularning RTK (rentgen ta’svirini kuchaytiruvchi) tizimi quyidagi tartibda ishlaydi: nur tarqatuvchi — RTK-televizor trubkasi — monitor.
Bu sinfga:
«Siemens» firmasi (Germaniya) ishlab chiqaradigan rentgendiagnostika qurilmasi, uning shtativi, «Seregraf, «Orbiskop» va ta’minlash sistemasining tuzilishi, «Gigatos — E», «Garantiks» va boshqalar;
General — elektrik» firmasi (AQSh) ishlab chiqaradigan «Tele- viks — 2″ rentgendiagnostika qurilmasi;
TUR — D — 1500» (Germaniya) rentgendiagnostika qurilmasi kiradi
Slayd 7
Siemens» firmasi (Germaniya) ishlab chiqaradigan rentgendiagnostika qurilmasi
Slayd 8
Birinchi sinfga kiradigan rentgendiagnostika apparatlari uch fazali olti yarim o‘tkazgich tuzilishiga ega bo‘lib, maksimal yuqori kuchlanishi 125 — 150 kV, anod tokini esa 600 dan 800 mA gacha yetkazadi. Ular oliy darajada avtomatlashgan universal shtativ, RTK, televizor priyomnigi, kino va flyuorograf kamerasi bilan ta’minlangan.
Birinchi sinfga:
«RUM — 20» va «Rentgen — 50» (sobiq SSSR);
«TUR – D — 701» va «TUR – D — 1001» (Germaniya);
«Durolyuks» (Ch — SR);
«EDR — 750» (VXR) apparatlari kiradi.
Slayd 9
Ikkinchi sinfga bir fazali ta’minlanuvchi qurilma bilan ikkita yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilash sxemasi bo‘lgan rentgendiagnostika apparatlari kiradi. Ularning yuqori kuchlanishi 125 — 150 kV, anod tokini esa 400 dan 500 mA gacha yetkazadi. Bu apparatlar komplektida oliy avtomatik shtativ, RTK tizimi va televizor priyomnigi qabul qiluvchi bor. Bu sinfga:
«RUM — 10″va «RUM — 22» (sobiq SSSR);
«Xirodur — 125» va «Megameta — 125» (ChR);
«Diagnomaks — 125” va «Nediagnomaks — 125» (VXR) apparatlari kiradi.
Slayd 10
Uchinchi sinfga kam quvvatli, ko‘p tarqalgan rentgendiagnostika apparatlari kiradi. Ular 220 va 380 V elektr tarmoqlari uchun chiqarilgan, bitta fazali, ikkita yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilash tizimiga ega bo‘lib, yuqori kuchlanishi 125 kV, anod toki esa 125 — 300 mA ni tashkil qiladi. Apparatlar shtativi oddiy. Ular kichik kasalxonalar uchun mo‘ljallangan.
Bu sinfga:
«Rentgen — 30», «URD — D — 110» va «RUM — 5» (sobiq SSSR);
«TUR – D – 350» (Germaniya);
c) «Durameta» (Ch — SR) apparatlari kiradi
Slayd 11
Rentgenologik tekshirish — a’zo yoki tizimning morfologik va funksional faoliyatini rejali tekshirish, uning normal yoki patologik holatiga baho berish, obyektiv diagnostik ma’lumot olish uchun qurilgan tadbirlardan iboratdir. Rentgenologik tekshirishlar natijasi, asosan, rentgendiagnostika kabinetlarining jihozlanishi va ta’min etilishiga, tanlangan usulning to‘la javob berishi va texnika nuqtayi nazaridan bajarilishiga, rentgenologning ilmi, tajribasi, malakasi va tekshirishning o‘z vaqtida o’tkazilishiga bog‘liq.
Slayd 12
Zamonaviy rentgenolik tekshirish usullari
qo‘shimcha va murakkab
Asosiy
a’zo va tizimlar tasvirini olishning yangi zamonaviy usullari
rentgenkontrast
rentgenfunksional
Slayd 13
Rentgenografiya — rentgen nurlari yordamida surat olish usuli. Asosiy, klassik va ishonchli usul bo’lib, tekshirilayotgan a’zo soyasining rentgen plyonkada tasvirlanishiga asoslangan. Rentgenografiya natijasi rentgenogramma deb ataladi. Rentgenogramma (surat) o‘ziga xos xususiyatga ega bo’lib, tasvirlangan obyekt tuzilishini ravshan va tiniq ko‘rsatadi, bu esa ko’p ma’lumot olish, jarayonni dinamik kuzatish va bemorni har xil mutaxassis bilan konsultatsiya qilishga imkon beradi.
Slayd 14
Rentgenogramma — tekshirilayotgan a’zo tasviri to’g’risidagi yuridik va rentgenologik hujjat bo’lib, u rentgen kabineti arxivida belgilangan muddatgacha saqlanishi kerak
Slayd 15
Flyurografiya — flyurosentsiyalangan ekrandan fotoplyonkaga yoki flyurografiya plyonkasiga kichkina surat olish usuli. Usulning ifodasi quyidagicha: flyurosentsiyalangan ekrandagi nurlar bilan tasvirlangan a’zo maxsus fotoapparatlarda suratga olinadi, bunda plyonka avtomatik holatda suriladi. Flyurosentsiyalangan ekranda rux sulfat va kadmiy tuzlari bo’ladi, shuning uchun ular nurlanish ta’sirida sariq-yashil tusda yorug’lanib, plyonkaga tasvirni yaxshi tushiradi. Ekran o’lchami 35×35 sm.
Slayd 16
Elektrorentgenografiya — rentgenologik tekshirish usuli bo‘lib, tekshiriladigan a’zo surati asosan oddiy oq qog’ozga har xil ERGA apparatlari yordamida olinadi. Suratlarni tez (2—3 minutda) olish mumkin, kam mablag’ sarflanadi va tasvir tiniq chiqadi. Usul faqat suyak-bo’g’im tizimi a’zolarini tekshirishda keng qo‘llangan. Bolalar elektrorentgenografiya qilinmaydi.
Slayd 17
Tomografiya — tekshirilayotgan a’zoning qavatma-qavat suratini olish usuli. Tomografiya jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: jarayonning joylashgan o‘rni, chuqurligi, bemorni yotqizish va tegishli qavatni hisoblash, texnik sharoitlarni aniqlash va suratlar olish. Tomografiya qilish rentgen trubka bilan plyonka joylashgan kassetaning bir vaqtda bir-biriga nisbatan qarama-qarshi harakat qilishi (siljishi)ga va bemorning qimirlamay yotishiga asoslangan. Ikki qavat orasidagi masofa — stomografik qadam hajmi obyektning qalinligiga bog‘liq. O‘pka uchun bu qadam 0,5 dan 2 sm gacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin.
Slayd 18
Zonografiya — kichik burchakdan (5—10°) rentgen trubkaning burilishi orqali olingan qavatni tasvirga tushiruvchi rentgenologik usul. Keyingi yillarda u o‘pka kasalliklari: rak, sil, yallig’lanish va yiringli jarayonlar, kasbga aloqador va boshqa kasalliklarga tashxis qo‘yishda keng qo’llanmoqda.
Slayd 19
Zonografiya oddiy tomografiyadan o’z xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu o’rganilayotgan qavatda detallar (elementlar) sonining ko‘pligi, tekshiriladigan qavat sathining oson aniqlanishi, suratlar sonining kamligi va bemorning kam nurlanishidan iborat.
Zonografiya ko‘krak qafasining 2 holatda olingan rentgenogrammalari natijalarini olgandan keyin qilinadi. Zonogrammalar o‘pkaning tuzilishini sinchiklab o‘rganishga imkon beradi.
Zonografiya to‘g‘ri holatda quyidagi texnik sharoitlarda qilinadi: rentgen trubkaning burilish burchagi 7—10°, anod tokining yuqori kuchlanishi 65 — 100 kV, tok kuchi — 30—50 mA, vaqt — 0, 15—0, 25 sekund. Yon holatda zonografiya qilinganda anod tokining kuchlanishi to‘g‘ri holatga nisbatdan 10—15 kV ko‘proq bo‘ladi.
Slayd 20
Rentgenkinematografiya — RTK dan kinoapparat yordamida 16 yoki 35 mm li plyonkaga tezligi bir sekundda 25—50 kadr surat olish usuli. Bu usul normada va patologiyada, morfologik va funksional tekshirishlarda qimmatli ma’lumotlar beradi.
Slayd 21
Rentgentelevidenie — rentgen tasvirni masofaga yuborish usuli; buning uchun RTK ga telekamera ulanadi. Bu usul rentgenologik tekshirishlarda a’zodagi o‘zgarishlarni aniqlashda keng qo’llanib, unda bemor va xodimlarning nurlanish dozasi ancha kamayib, o‘rganish sifati yaxshilanadi. Zaruriyat bo‘lsa, tekshirish jarayoni magnit lentasiga yoziladi, so‘ngra uni televizor ekranida ko‘rish mumkin
Slayd 22
Rentgenkontrast moddalar bilan tekshirish usullari
Birinchi gurux
Ikkinchi gurux
Slayd 23
Birinchi guruhga atom og‘irligi katta bo’lgan, rentgen nurlarini singdirish xususiyatiga ega va ekran yoki rentgenogrammada intensiv soya beradigan kontrast moddalar (og‘ir metallar tuzi — bariy va yod birikmalari) kiradi.
Rentgenologik tekshirishlarda qo’llaniladigan kimyoviy toza bariy sulfat 100g dan maxsus paketlarda chiqariladi. U mutlaqo zararsiz, organizmdagi suvlarda erimaydi, shilliq pardaga ta’sir etmaydi, o‘zgarmasdan chiqib ketadi. Bunga 50% li bariy sulfat pasta preparati «Rekon» kiradi, uni ichish juda oson. «Rekon” pastasi ovqat hazm qilish yo‘li, nafas naylari tarmoqlari va boshqa a’zolarni rentgenologik tekshirishda qo’llanadi. Suvda yoki yog‘da eritilgan yod birikmalari har xil konsentratsiyada va tabletkada juda keng qo’llanadi. Murakkab yod tuzlarining suvdagi eritmasi ampulalarda chiqarilib, ular tarkibida 30 — 90% yod bo’ladi. Bularga quyidagilar kiradi: triombrast, triyodtrast, yodamid, bilignost.
Ikkinchi guruhga rentgen nurlarini yutmaydigan, o‘rtacha og’irligi past bo’lgan kontrast moddalar kislorod, azot oksidi, uglerod oksidi kiradi.
Slayd 24
Reja
“Umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlashda zamonaviy yondosh” Ahmedov R. М., Sharipova N. J. — Toshkent, 2018.
“Biofizika” Bazarbayev M.I., Mullajonov I. va boshq. Darslik. Toshkent. 2018 y.
“Tibbiy va biologik fizika” Remizov A.N., Darslik. Toshkent, 2015 y
“Amaliy tibbiyotdagi yangi texnologiyalar” G.J.Jarilkasinova, D.R.Adizova. Toshkent. 2012-yil
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.