Rahmat Fayziy. Hazrati inson
8000 so'm

Slayd 1
Rahmat Fayziy. “Hazrati inson”
Slayd 2
Bu mavzuda biz:
– asar sarlavhasi va mazmuni o‘rtasidagi
bog‘liqlikni tahlil qilamiz;
– qahramonlar nutqi va xatti-harakatlari
orqali ularga ta’rif berishni o‘rganamiz;
– nasriy va she’riy asarlarni qiyoslaymiz.
Slayd 3
MUALLIF BILAN TANISHAMIZ
Rahmat Fayziy (1918–1988) – o‘zbek yozuvchisi, xalqimiz orasida mashhur badiiy filmlar muallifi. U Toshkentda kosib oilasida
tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod o‘quvchilik maktabida, so‘ng elektromexanika texnikumida tahsil olgan. Hikoya va qissalari, romanlari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Rahmat Fayziy ijodiy faoliyati davomida qator gazeta va jurnallarda, obro‘li tashkilotlarda ishlagan, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Yozuvchi 1988-yili vafot etgan. Hozirda Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri Rahmat Fayziy nomi bilan ataladi.
Slayd 4
ASARNI O‘QISHGA TAYYORLANAMIZ
Ikkinchi jahon urushi davrida uyidan, ota-onasidan ayrilgan ko‘p bolalar urush bo‘layotgan joylardan O‘zbekistonga olib kelingan. Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz qatori toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Akramova turli millat bolalarini o‘z tarbiyalariga olishgan. Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani Shoahmad ota va Bahri aya singari kishilar haqida hikoya qiladi.
Slayd 5
DIQQAT! SAVOL
1.Rasmdagi haykalni ko‘rganmisiz? Unda kimlar tasvirlanganini bilasizmi?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, “inson”, “insoniylik”, “insonparvarlik” so‘zlari qanday ma’no anglatadi? Asar nima uchun “Hazrati inson” deb atalgan bo‘lishi mumkin?
Slayd 6
Bilasizmi?
Ba’zan badiiy asar qahramonlari uchun real, haqiqatda yashab o‘tgan shaxslar asos bo‘lib xizmat qiladi.Bunday shaxslar prototip deyiladi. “Hazrati inson”asaridagi Mahkam aka obrazi uchun Shoahmad Shomahmudov prototip qilib olingan.
Slayd 7
Slayd 8
Bolalar uyi
Ular bolalar uyiga yaqinlashib qolishganda dadasining qo‘lidan ushlab borayotgan Vitya taqqa to‘xtadi. Qo‘lini tortib oldi. Mahkam aka hayron bo‘lib unga qaradi. Qovoqlari osilgan, to‘rsayib turardi.Hozirgina javrab kelayotgan bolaga o‘xshamasdi avzoyi.
– Ha, nega to‘xtading?
– O‘zingiz… – dedi-yu yig‘lab yubordi.
– Gapir. Et-beting og‘rivottimi?
– O‘zingiz haydamayman demabmidingiz?
– Kim seni haydadi?
– Nega bu yerga olib kelasiz bo‘lmasa? – dedi Vitya bolalar uyining darvozasini ko‘rsatib.
Slayd 9
Bolalar uyi
Mahkam aka gapning tagiga endi yetdi. Kulib yuborishiga sal qoldi.Vityaning yuzidan uydan umidini uzgan, ko‘chada qolib, nima qilarini bilmay shalpayib tushgani shundoqqina sezilib turardi. Mahkam akaning rahmi keldi.
– Manga qara, o‘g‘lim, – tiz cho‘kib Vityaning ko‘z yoshlarini arta boshladi, – o‘zing shu yerga kelgan kuning esingdami? – Vitya bosh irg‘ab javob berdi. – Ha, omon bo‘l. Bugun ham sanga o‘xshagan bolalar kelibdi, shular orasida o‘rtoqlaring ham bo‘lsa, nima deysan?
Slayd 10
Savol
Mahkam aka bolalar uyiga nima maqsadda keldi? Nima uchun bu joyga kelganda Vityaning kayfiyati o‘zgardi?
Slayd 11
Urush davri bolalari
Havo ochiq. Quyoshning iliq taftidan, tungi yomg‘irdan so‘ng hovli yuzi selgib, yengil hovur ko‘tarilib turardi. Yaqindagina keltirilgan bolalar hali xonalarga joylashmagan. Katta oshxona binosi yonida to‘da-to‘da bo‘lib turishardi. Aftidan, har bir bola o‘z vagonidagilar to‘dasida edi. Ularning shovqin-suroni, bir-birini yig‘latgan, qichqirib chaqirishgan ovozlari hovlini boshiga ko‘tarib,quloqni qomatga keltirardi. Usti qalinroq bolalar issiqdan burqsib,kiyimlarini yechib yerga tashlagan, esliklari qo‘llarida ushlabturardi. Yoqasi qolsa ham beqasam, deyilganidek, duch kelgan narsani ilib olishgan, birontasining egnidagini kiyim qatoriga qo‘shib bo‘lmasdi. Bir to‘da bo‘yi tikroq bolalar hovlining chap tomonidagi aravalardan tushirilayotgan yuk atrofida o‘ralashib turishardi.Har xil eski kiyimlar, adyol, yostiqlar uyumi tom baravar bo‘lib ketgandi.
Slayd 12
Hamma millat bolasi bir!
– Assalomu alaykum, – dedi yoshgina, xushbichim kiyingan juvonMahkam akaning yoniga kelib, – keling, amaki, xizmat. – Bizam birontasini bag‘rimizga olsakmikin, deb keluvdik, – dedi Mahkam aka.– Juda yaxshi o‘ylabsiz, ota. Kennoyimlar ham shu yerdamilar?
– Ishi chiqib qoldi. O‘zim kelaverdim.
– O‘g‘il bolami yo qizcha olmoqchimisiz?
– Baribir.
– Yoshroq bo‘lsinmi yo eslikrog‘imi?
– Baribir, qizim.
– Qaysi millat bolasi bo‘lgani ma’qul?
Slayd 13
Hamma millat bolasi bir!
Mahkam akaning a’zoyi badani titrab ketdi. Rangi oqardi. Juvon buni payqadimi, yo‘qmi, qo‘lidagi daftarga allanimalarni yozishdan to‘xtamadi.– Qizim, – dedi zo‘rg‘a o‘zini bosib Mahkam aka, – men mol bozoriga kelganim yo‘q. Tushundingizmi?
– Axir, otaxon…
– Axir-paxiri yo‘q! Indamasam, oriqmi-semizmi, kemshikmi-
puchuqmi, qorami-sariqmi, deb so‘raydiganga o‘xshaysiz?
– Voy, otaxon, millatini so‘rasam siz…
– Hamma millat bolasi bir! Hammasini Xudo yaratgan! Hammasi odam bolasi! Tushundingizmi?
– Kechirasiz, – juvon Mahkam akaning vajohatidan qo‘rqib ketganidan qo‘lidagi daftar qaltirardi.
Slayd 14
Savol
Ayol va Mahkam aka suhbatidan nimalarni uqdingiz? Nima uchun Mahkam akaning a’zoyi badani titrab ketdi? Ayol sizda qanday taassurot qoldirdi?
Slayd 15
Vityaning maqtanishi
Mahkam aka bolalar to‘dasida turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi, juvonga ham qaramay o‘sha tomonga ketdi. Juvon ag‘rayganicha qarab qoldi. Mahkam aka to‘daga yaqinlashgan ham ediki, birdan bolalar Vityani o‘rab, do‘pposlay ketdi. Vityaning ovozi chiqmasdi. Mahkam aka burgutday o‘zini to‘daga urdi. Vityani azot ko‘tarib oldi. G‘uj bo‘lib turgan to‘da yoyildi. Bir qiz yerda tuproqqa qorilib, bosilib yotgan do‘ppini olib, Mahkam akaga uzatdi. Vitya yuzlarini bekitib, hansirab, liqillab yig‘lardi, chopib kelgan tarbiyachilar nima bo‘lganini surishtira boshlashdi. Bolalar chekka-chekkadan chug‘urlashib ketishdi:– O‘zi nega dadam bor, deb maqtanadi? – dedi nariroqda turgan bo‘ydor bola.
Slayd 16
Vityaning maqtanishi
– Dadasi bo‘lganidan keyin maqtanadi-da, – dedi to‘rt yoshlar chamasidagi sap-sariq sochlari to‘zg‘igan qizcha, – dadam bo‘lsa, meniyam… – gapirolmay yig‘lab yubordi u. Mahkam aka yalt etib qizga qaradi.– Do‘pping chiroyli ekan desam, tegma, harom qilasan, deydi, –qalpog‘ini g‘ijimlab turgan to‘ladan kelgan bola xo‘mrayib gapirdi.
– Axir, shunga urish kerakmidi? – dedi yotig‘i bilan tarbiyachilardan biri.
– Nega fashist deydi?
– Nuqul kiyimlari ko‘pligini maqtaydi. Kim fashist?
Slayd 17
Galya
U boyatdan beri o‘ziga tikilib turgan boyagi sariq sochli qizcha yoniga bordi. Tiz cho‘kib, to‘zg‘igan sochlarini siladi.
– Oting nima, qizim?
– Galya, – dedi kulib.
– Manga qiz bo‘lasanmi?
Mahkam akaning orqasida qovog‘ini solib turgan Vityagacho‘chibroq qarab oldi.
– O‘g‘lingiz… – dedi-yu, gapirolmay qoldi.
– Bu o‘g‘lim, san qizim bo‘lasan-da, xo‘pmi?
– Mayli, – dedi boshini egib Galya. – Juda yaxshi, oppoq qiz, shirin qiz, – deya bag‘riga olib erkaladi Mahkam aka, – qani, akang bilan tanishinglar-chi. Galya kattalardek Vityaga otini takrorlab, qo‘lini uzatuvdi, Vitya yoqinqiramay ko‘rishdi.
Slayd 18
Abram va Galya
– Amaki, – dedi shirinlik so‘rab erkalik qilganday boshini egib,–Abramni ham olib keta qolaylik, o‘zi judayam yaxshi bola.
– Mayli, – dedi Mahkam aka o‘ylab turmay, – beri kel, Abram.
Abram o‘qday otilib keldi. Kela solib, Galyani quchoqlab oldi.
– Salom qani? – dedi kulib turib Abramga Mahkam aka.
– Zdravstvuyte.
– Barakalla.
– Amaki, – kiyimining baridan ushlab erkalandi Galya, – dada desam maylimi? – Mayli, qizim, mayli.
– Men-chi? – ko‘zlarini javdiratdi Abram.
– Sanam.
– Voy, maza.
Vitya o‘sha tumshayganicha hech yorishmadi. Abram bilan ham sovuqqina ko‘rishdi.
Slayd 19
Mahkam aka Nazarova bu juvonni atay chaqirganini payqab qoldi.Bu boyagi qo‘pollik uchun uzr so‘rash edi aslida.
– Sizni ovora qilsam, qandoq bo‘larkan, qizim, yo biroz kutay, yoNertaga o‘zim kelay.
– Hech xijolat bo‘lmang. O‘zim olib borib beraman.
– Hay, mayli. Man boyagi bolani o‘ylab qoldim, – dedi bolalar eshitmaydigan darajada sekin gapirib Mahkam aka, – aftidan qattiq xo‘rlanganga o‘xshaydi-da, bola bechora. Surishtiring, ilojini qilolmasangiz, xabar bering, zora dardiga davo topolsak – Rahmat, otaxon. Ammo usiz ham…
– Bu yog‘ini o‘ylamang. Dunyodan nima olib ketamiz?.. Zarur bo‘lsa, hech tortinmay biznikiga yuboravering.
Slayd 20
– O‘zim borarman.
– Juda yaxshi. Hech tortinmang. Topganimizni o‘rtaga qo‘yamiz,– dedi kulib.
Mahkam aka u bilan xayrlashib, Galyani ko‘tarib oldi. Nazarova eshikkacha kuzatib qo‘ydi.
Abram bilan Vitya yonma-yon borishardi-yu, gaplashishmasdi.
Galya sevinganidan Abramga qo‘lini silkib qo‘yardi. Katta ko‘chaga chiqishganda, Vitya Galyaga dedi:
– Tush endi, dadamni charchatib qo‘yasan.
Mahkam aka o‘g‘lining gapini hazilga burib, Galya tilidan:
– Charchatmayman. Qushdek yengilman, o‘zim zo‘rg‘a dadamni topib oldim-u, – dedi-da, Galyaga ko‘zini qisib qo‘ydi. Qizcha sevinib, Mahkam akaning bo‘ynidan qattiq quchoqlab oldi.
Slayd 21
Lug‘at
to‘rsayib –qovoq solib,tumshayib
et-beting –u yer-bu yering(shevada)
fashist –o‘z xalqini boshqa xalqlardan ustun,hukmronlik qilishga haqli deb hisoblaydiganlar.
Fashizm tarafdorlari Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga sababchi bo‘lishgan.
hovur – bug‘
juvon –yosh ayol
Azot –tik
Slayd 22
Muhokama qilamiz
1. Urush yillaridagi og‘ir sharoitga qaramay, Mahkam akaning ota-
onasidan ayrilgan bolalarni o‘z oilasiga qabul qilishi sababi nimada deb o‘ylaysiz?
2. Vitya, Galya va Abram xarakterlari o‘rtasida qanday farqlarni sezdingiz? Sizningcha, ular bir-birlari bilan do‘stlashib ketishi uchun Mahkam aka nima qilishi kerak?
3. Asar nima uchun “Hazrati inson” deb nomlangan? “Hazrati inson”
deganda muallif kimni yoki kimlarni nazarda tutgan? Asarni o‘qishdan oldingi va keyingi xulosalaringizni qiyoslang.
4. Yon-atrofingizda Mahkam akaga o‘xshash insonlar bormi? Ularning qaysi jihatlarini asardagi Mahkam akaga o‘xshatish mumkin?
Slayd 23
Juft bo‘lib ishlaymiz
Yozuvchilar ko‘p holatlarda badiiy asar qahramonlari xarakterini ularning nutqi, harakatlari orqali ko‘rsatadilar. Misol uchun, Vitya Galyaga:“Tush endi, dadamni charchatib qo‘yasan” – deganda Mahkam aka gapni hazilga burib, bolalari o‘rtasidagi kelishmovchilikning oldini olishga harakat qilishidan uning sezgir va topqirligini ko‘rishimiz mumkin.
Biz o‘qigan parchada Mahkam akaga xos yana qanday xususiyatlarni ko‘rdingiz? Fikringizni asardan misollar keltirib, dalillang.
Slayd 24
Badiiy tahlil asoslarini o‘rganamiz:Nasr va nazmning farqlari
Badiiy tahlil asoslarini o‘rganamiz:
• Nasr va nazmning farqlari
• Nasriy asarlarda (ertak, hikoya, qissa, roman va hokazo) ko‘p holatlarda qahramonlar, obrazlar xatti-harakatlari bilan bog‘liq tugal voqealar tasvirlansa, nazmiy asarlarda (she’rlarda) asosan kechinmalar, his-tuyg‘ularga e’tibor qaratiladi. She’r nasrdan yana quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
• – qofiyadosh so‘zlarning qo‘llanishi (masalan, yoz – soz);
• – ohang (musiqiylik)ning mavjudligi;
• – fikrning ixcham ifoda etilishi;
• – har bir qatordagi (yoki har toq va juft qatorlardagi) bo‘g‘inlar sonining tengligi.
Slayd 25
Masalan:
• Donalarim marjoncha,
• Bir boshim – naq bir jomcha.
• Quritsangiz mayizman,
• Dasturxonga fayzman.
• Kuzda yeb-yeb to‘yishar,
• Qishga osib qo‘yishar.
• Boqar shod yosh-qarilar,
• Maqtar hatto arilar.Anvar Obidjon,
• “Uzum” she’ridan
Slayd 26
G‘afur G‘ulomning Ikkinchi jahon urushida ota-onasiz qolgan
Sen yetim emassan,
Tinchlan, jigarim.
Quyoshday mehribon
Vataning – onang,
Zaminday vazmin-u
Mehnatkash, mushfiq
Istagan narsangni tayyorlaguvchi
Xalq bor – otang bor.
Cho‘chima, jigarim,
O‘z uyingdasan,
Bu yerda
Na g‘urbat, na ofat, na g‘am.
Bunda bor: harorat, muhabbat, shafqat
Va mehnat nonini ko‘ramiz baham,
Uxla, jigarim.
Slayd 27
Savollar
1. She’r kimning nomidan aytilgan? Shoir kimga murojaat qilyapti?
2. She’rda qaysi so‘zlar ko‘p qaytarilgan? Bu so‘zlarni shoir nima maqsadda qaytargan deb o‘ylaysiz?
3. Qaysi so‘zlar she’rdagi ohangni ta’minlashga xizmat qilyapti?
4. She’rda qanday qofiyadosh so‘zlar mavjud?
5. “Hazrati inson” romanidan biz o‘qigan parchada Mahkam akaning Vitya, Galya, Abram bilan muomalasi berilgan o‘rinlarni topib qayta o‘qing.“Sen yetim emassan” she’ridan parcha bilan solishtiring. Mahkam akaning gaplari va shoir nutqi orasida qanday farqlarni sezdingiz? Bu farqlarning sabablari nimada bo‘lishi mumkin?
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.