Qon tomirlari va yurak tuzilishi
8000 so'm

Slayd 1
Qon tomirlari. Tuzilishi va xususiyatlari. Yurakning tuzilishi.
Slayd 2
Reja
Qon aylanishining ahamiyati
Yurakning tuzilishi
Yurak avtomatiyasi
Yurak sikli
Yurak ishining nerv boshqarilishi
Yurak ishining gumoral boshqarilishi
Slayd 3
Yurak va qon tomirlari qon aylanish sistemasi organlari hisoblanadi. Yurak muskullari qisqarib, organizmda qonning to’xtovsiz oqib turishini ta’minlaydi. Qonning tomirlar bo’ylab oqib turishi qon aylanishi deyiladi. Qon aylanishi tufayli to‘qima va hujayralarga oziq moddalar va kislorod to’xtovsiz kelib turadi, moddalar almashinuvi mahsulotlari organizmdan chiqarib turiladi.
Qon aylanishining ahamiyati
Slayd 4
Yurakning tuzilishi
Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi hisoblanadi. Yurak xaltaga o’xshash muskulli organ bo’lib, ko’krak qafasida, to‘sh suyagi orqasida joylashgan. Uning ko’proq qismi ko’krak qafasining chap qismida turadi. Yurakning kattaligi odam mushtidek keladi. Uning massasi erkaklarda 220-300 g, ayollarda 180-220 g bo’ladi.
Slayd 5
Yurakning tuzilishi: a – tashqi ko’rinishi, b – ichki tuzilishi:
1 – aorta yoyi, 2- yuqori kovak vena, 3 – o‘pka arteriyasi,
4 – o’pka venasi,
5 – pastki kovak vena, 6- o’ng bo‘lmasi, 7 – chap bo’lmasi,
8 – tavaqali klapanlar, 9 – chap qorincha, 10- o’ng qorincha.
Slayd 6
Yurakning tuzilishi
Yurak nasos singari qonni qon tomirlariga haydab chiqaradi. Tinch turgan odam yuragining yurak qorinchalari bir marta qisqarganda 65-70 ml qonni aortaga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Sistolik hajmni bir minutdagi qisqarishlar soniga ko‘paytirish orqali har bir yurak qorinchasining minutlik sistolik hajmini topish mumkin, ya’ni minutlik hajmi o’rtacha tinch holatda 5 litr (70×70 =4,9). Odam yuragi boshqa sutemizuvchilar singari to’rt kamerali bo’ladi. Yurak tashqi tomondan ikki qavat biriktiruvchi to‘qimadan iborat yupqa yurakoldi xaltasi bilan o‘ralgan. Bu qavatlar o’rtasidagi bo’shliqdagi suyuqlik yurak qisqarganida ishqalanishni kamaytiradi. Yurak devori uch qavatli bo‘ladi. Ichki qavati yurak bo‘lmalari va qorinchalari bo‘shlig‘ini qoplab turadigan yupqa epiteliydan iborat. Yurak devorining o‘rta qavati esa yurak muskullaridan iborat. Devorning tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan iborat.
Slayd 7
Yurakning ichki bo‘shlig‘i to‘rt qismga bo‘lingan. Uning yuqori bo’limlari o‘ng va chap bo’lmalar, pastki bo‘limlari o‘ng va chap qorinchalar deyiladi. Yurakning o‘ng bo‘lmasi uch tavaqali klapan orqali o‘ng qorinchaga, chap bo‘lma ikki tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi. Bo‘lmalar qisqarganida ulardagi klapanlar qorinchalar bo‘shlig‘iga ochilib, qon bo‘lmalardan qorinchalarga oqib o‘tadi. Chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka artenyasi o‘rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak bo‘lmalari devori ancha yupqa, muskullari kuchsiz rivojlangan. Yurak qorinchalari muskullari qonni katta va kichik qon aylanish doiralari orqali chiqarib, katta ish bajaradi. Shu sababdan qorinchalar devori qalin va muskulli bo‘ladi. Ayniqsa, qonni katta qon aylanish doirasiga chiqaradigan chap qorincha muskullari kuchli rivojlangan. Uning devori o‘ng qorincha devoriga nisbatan 2-3 marta qalin bo’ladi.
Yurakning tuzilishi
Slayd 8
Yurakning tuzilishi
aorta
•yuqorigi kovak vena
•o’pka arteriyasi
•o’pka venalar
chapbo’lmacha
•yarimoysimon klapanlar
2tavaqali klapan
•o’ng bo’lmacha
3tavaqali klapan
chapqorincha
•so’ruvchi muskul qavat
•o’ng qorincha
•pastki kovak vena
Slayd 9
O‘ng bo‘lmacha
Chapqorincha
O‘ng qorincha
Chapbo‘lmacha
Yurak kameralari
Slayd 10
Yuqorigi kovak vena
Pastki kovak vena
Aorta
Yirik qon tomirlari
Slayd 11
Ikki tavaqali klapan
Yarimoysimon klapanlar
Yurak klapanlari
Uch tavaqali klapan
Slayd 12
Yurak avtomatiyasi
Tinch holatda yurak 1 minutda 70 marta qisqaradi. Yurak bir kecha-kunduzda 100000 marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlariga chiqaradi. Yurak tanadan ajratilganda ham ma’lum vaqt davomida qisqarib turadi. Bu xususiyat yurak muskullarida joylashgan maxsus hujayralarda paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar bilan bog‘liq. Yurakning o‘z muskullarida paydo bo‘ladigan qo‘zg‘alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi
Slayd 13
Yurak sikli
Yurak bo‘lmalari va qorinchalar navbat bilan qisqaradi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalarining bir martadan qisqarib, bo‘shashi yurak sikli deyiladi. Yurak bo‘lmalarining qisqarishi 0,1 sekund davom etadi; qon bo‘lmalardan qorinchalarga chiqariladi. Shundan so‘ng chap va o‘ng qorinchalar 0,3 sekund davomida qisqarib, tomirlarga qon chiqariladi. Keyin bo‘lmachalar va qorinchalar muskullari 0,4 sekund davomida bo‘shashib, dam oladi. Shunday qilib, yurak sikli o’rtacha 0,8 sekund davom etadi
Slayd 14
Yurak ishining nerv boshqarilishi
Yurakning qisqarish tezligi va qisqarish kuchi tashqi va ichki muhit sharoitiga bog‘liq. Organlarning ishlashiga qarab oshgan sayin qon tomirlariga chiqadigan qon ko‘paysa, aksincha, yurak qisqarish kuchi va tezligi kamaygan sari qon tomirlariga chiqadigan qon miqdori kamayib boradi. Yurakning nerv sistemasi reflektor tarzda boshqarib turiladi. Parasimpatik nervlar orqali orqa miyaga keladigan nerv impulslari yurak ishi va qisqarishini sekinlashtiradi. Simpatik nervlar orqali keladigan nerv impulslari esa yurakning qisqarishini kuchaytiradi va qisqarish tezligini oshiradi.
Slayd 15
Slayd 16
Yurak ishining gumoral boshqarilishi
Yurak ishining gumoral boshqarilishi gormonlar va boshqa biologik faol moddalar bilan bog‘liq. Buyrakusti bezi gormoni adrenalin, kalsiy tuzlari yurakning qisqarishini kuchaytiradi va tezlashtiradi. Buyrakusti bezining miya qismida ishlab chiqariladigan adrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o‘xshab, yurak ishini tezlashtiradi va arterial bosimni oshiradi. Gipofiz bezining orqa bo‘lagidan chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi. Boshqa biologik faol moddalar va kalsiy tuzlari esa yurak ishiga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Qon aylanish sistemasi organlari ishining boshqarilishi nerv sistemasi va gumoral omillarning organlarga birgalikda ta’sir ko!rsatishi bilan bog‘liq. Masalan, kishi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganida muskullar va paylardagi retseptorlardan keladigan nerv impulslari markaziy nerv sistemasiga kelib, yurak ishini boshqarib turadi.
Slayd 17
Yurak ishining gumoral boshqarilishi
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.