Qadimgi turkiy til fonetikasi va manbalari
4000 so'm

Slayd 1
Qadimgi turkiy til va uning manbalari. Qadimgi turkiy til
fonetikasi
Slayd 2
Qadimgi turkiy til fani rredmeti, maqsad va vazifalari haqida.
Fanning tilshunoslik fanlari bilan aloqadorligi.
Qadimgi tukriy til fanining tarkibiy qismlari.
Turkiy tillar tarixini davrlashtirish. Oltoy nazariyasi. Ilk turkcha davr
Qadimgi turkiy va mo‘g‘ul tillari munosabati.
Qadimgi turkiy til fonetikasi
Slayd 3
Talabalar amaliy dars mashg‘ulotiga belgilangan vaqtda, darsga tayyorgarlik ko‘rgan holatda, o‘tilgan mavzuga fan yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajrib va darsga tayyorlangan holatda kelishi zarur.
Qadimgi turkiy til, qadimgi turkiy til manbalari, adabiy til, umumxalq tili, turkiy qavmlar, tarixiy grammatika, o‘zbek tili tarixi, skif tili, koyne, dialektal xususiyatlar kabilarni tahlil qilish. Qadimgi turkiy til fonetikasi, unlilar va undoshlar tizimi.
— Hozirgi va qadimgi turkiy ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 million kishidan ortiq. Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi.
Turkiy tillar
Slayd 4
Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.
Slayd 5
Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungus manjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qadim zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida qolmoqda. Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi.
Slayd 6
Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Janubiy. Sharqiy Osiyo, Janubiy va Gʻarbiy Sibir, Volga-Kama havzasi, Shimoliy Kavkaz, Kavkazorti va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qadimdan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilma-xil.
Slayd 7
V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shimoliy-sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); oltoy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyi-uraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); janubiy-gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalqlar va tillarning tarixiy tarakane hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va lahjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim-tatar tillari).
Slayd 8
Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u koʻpchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan. Turkiy tillar oilasi uchun xos boʻlgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir.
Slayd 9
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 10
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.