Qadimgi dunyo tilshunosligi
4000 so'm

Slayd 1
Qadimgi dunyo tilshunosligi
Slayd 2
Tayanch tushunchalar:
“Vedalar tili”, morfologiya, Panini, Yaski (Yaska), old ko‘makchi, yuklama, Sanskrit tili, falsafiy va grammatik davr, so‘z va predmet, Demokrit, Geraklit, stoiklar, anologiya, anomaliya, omonimlar, sinonimlar, grammatik jins, tarixiy fonetika, fonologiya, mustaqil va yordamchi so‘zlar.
Slayd 3
Reja:
03
Qadimgi Rim tilshunosligi
01
Qadimgi Hind tilshunosligi
02
Qadimgi Yunon tilshunosligi
04
Qadimgi Xitoy tilshunosligi
Slayd 4
Qadimgi Hind tilshunosligi
01
Slayd 5
Til masalalariga bo‘lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy shug‘ullanish ilk bor Hindistonda – hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Aniqrog‘i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida – sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari – “Vedalar tili” davrlar o‘tishi bilan mamlakat aholisining so‘zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola boshladi. Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so‘zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, “ziddiyat” yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo‘qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o‘rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar.
Slayd 6
Ular qadimgi Hindistonda alohida e’tiborga, hurmatga sazovor bo‘lgan Vedalardagi ma’nosi tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni aniqlab, ularning ma’nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug‘atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Bu harakatlar Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Slayd 7
Ular so‘zlarning faqat ma’no tomonidagina emas, tovush tomonida ham o‘zgarishlar bo‘lishini bilganlar. Shunga ko‘ra ular so‘zlarning tovush jihatiga alohida e’tibor berganlar. Tovush va tovushlarning o‘zgarishi haqida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ular tovushlarning fiziologik va artikulyatsion xususiyatlarini ham aniqlashga katta e’tibor qaratishgan.
Hindlar qadimiy davrning eng buyuk fonetikachilari va grammatikachilari sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg‘aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya, cho‘ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar.
Slayd 8
Veda adabiyotida til masalalari
Grammatika
Vyakoronada
Tilning fonetikasi va orfoepiyasi
Shikshada
She’r o‘lchovlari
Chxandada
Leksika va etimologiya
Niruktada
Slayd 9
Tovush almashish hodisasi
Hind tilshunoslari tovush almashish hodisasiga alohida e’tibor berganlar, tadqiqot olib borganlar, ayni jarayonning o‘ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so‘zlarda, masalan, vidma so‘zi “biz bilamiz” ma’nosini bersa, veda “men bilaman” tushunchasini, vaidyas so‘zi esa “olim”, “ilmli” ma’nosini berishini ko‘rsatib berganlar. Qayd etilgan ma’no (tushuncha) o‘zgarishlari esa i – e – ai unli tovushlarining almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Slayd 10
Hinda tilshunosligida grammatika
So‘zlar tasnifi (morfologiya)
So‘z yasalishi
So‘z o‘zgarishi
Slayd 11
Harakat-holat ifodalovchi
Hindlar 4 ta so‘z turkumini farqlaganlar
Predmet ifodalovchi
Ot
Fe’l
Ot va fe’llarning ma’nosini izohlaydi
Bog‘lovchi va qiyoslovchi vazifalarni bajaradi
Old ko‘makchi
Yuklama
Slayd 12
Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar:
1) bosh kelishik;
2) qaratqich kelishigi;
3) jo‘nalish kelishig;
4) tushum kelishigi;
5) qurol kelishigi;
6) chiqish (ablativ) kelishigi;
7) o‘rin kelishigi.
Slayd 13
Panini grammatikasi to‘rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo‘nda she’riy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoida(sutr)lami o‘z ichiga oladi. Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega
bo‘lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, so‘z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan. Panini o‘z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi.
Panini bizning eramizgacha bo‘lgan IV asrda yashab ijod etdi. U o‘zigacha bo‘lgan davr tilshunoslarining qo‘lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur rammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari “Ashtadxyan” nomi bilan ataladi.
Slayd 14
Qadimgi Yunon tilshunosligi
02
Slayd 15
Yunon tilshunosligining ikki davri
Qadimgi yunon tilshunosligida
Iskandariya davri deb yuritiladi.
Tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til
hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish
Falsafiy davr
Grammatik davr
Slayd 16
Tilshunoslikning falsafiy davrida so‘z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarafdorlari quyidagi g‘oyani ilgari suradilar. Ular har bir nom o‘zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, bog‘lanishda bo‘lib, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon bo‘ladi. Predmet bilan ularni anglatuvchi so‘zlar orasidagi bog‘ lanish tabiat tomonidan berilgandir.
Slayd 17
Demokrit va uning tarafdorlari esa aytadi: narsa, predmetlarning nomlari, so‘zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo‘yilmaydi,
balki nomlash jarayoni odatga ko‘ra, odamlarning o‘zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko‘ra amalga oshadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat
tomonidan beriladi.
Slayd 18
Demokrit va uning tarafdorlari o‘z g‘oyalarining to‘g‘riligini isbotlash uchun yana quyidagi fikrlarni ham bayon qiladilar:
1) ko‘p so‘zlar bir necha ma’noga ega boiib, shunga muvofiq ular turlicha predmetlarni ifoda etadi;
2) ko‘pgina tushunchalar bir qancha nomga, atamaga ega bo‘ladi;
3) tilning tabiiyligi g‘oyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, u holda ko‘pgina predmetlaming bir nechta nomga ega boiishi mumkin emas;
4) vaqt o‘tishi bilan bir so‘z o‘miga boshqasi yuzaga keladi, ya’ni, muayyan predmet nomi o‘zgarib, boshqa nomga, atamaga ega bo‘ladi;
5) ko‘pgina tushunchalar so‘z ifodasiga, nomga ega emas.
Slayd 19
Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo‘lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog‘liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining ta’siri natijasida yunon madaniyati Sharq madaniyati bilan qo‘shiiib ketib, aralash madaniyat – ellinizm yuzaga keladi.
Slayd 20
Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha bo‘lgan III asrdan boshlab, birorta shahar: na Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo‘lgan Iskandariya shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi. Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida – yunon – sharq davrida (bizning eramizgacha bo‘lgan 334-31) taraqqiy qildi, rivojlandi.
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalardir.
Slayd 21
Zenodot 800.000 dan ortiq qo‘lyozma manbalarga ega bo‘lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbaridir. U va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lug‘at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.
Slayd 22
Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o‘zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer ijodini mukammal o‘rganib, uning asarlarining tekshirib chiqilgan to‘liq matnini yaratishdi. Aristarx so‘z turkumi haqidagi ta’limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so‘z turkumini ajratdi.
Slayd 23
Qadimgi Rim tilshunosligi
03
Slayd 24
Qadimgi Rim filologlarining tilshunoslik faniga qo‘shgan hissasi katta emas. Rim grammatikasi yunon grammatikasining shoxobchasi sifatida maydonga keldi. Iskandariya maktabida yaratilgan yunon tili grammatikasi qadimgi rimliklar tomonidan lotin tiliga tatbiq qilindi. Yunon tilidagi deyarli barcha grammatik terminlar lotin tiliga o‘girildi.
Slayd 25
Qadimgi Rim tilshunosligining vakillari: Yuliy Sezar, Mark Terensiy Varron, Mark Fabiy, Kvintilian, Eliya Donata, Verriy
Flakk, Prissian va boshqalardir.
Yuliy Sezar- Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig‘i Yuliy Sezar “Analogiya haqida” nomli grammatikaga oid asar yozdi. U so‘z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi.
Slayd 26
Mark Terensiy Varron (eramizdan ilgarigi 116-27). Mark Varron 25 kitobdan iborat “Lotin tili haqida” asarini yaratdi. Shu kungacha bu asarning 6 tasi yetib keldi. Kitobda analogistlar va anomalistlar orasidagi nazariy tortishuv, munozara mukammal bayon qilinadi. U ham Yuliy Sezar kabi analogiya tarafdori edi. Varron so‘z o‘zgarishini analogiyaga, so‘z yasalishini esa anomaliyaga kiritadi.”
Slayd 27
Eliya Donata (bizning eramizgacha IV asrning o‘rtalari). Eliya Donata grammatikaga oid keng qamrovli mashhur asarini yozadi va uni “Grammatika san’ati” deb nomlaydi. Ushbu asar to‘liq va qisqartirilgan variantlarda bizning davrimizgacha
yetib kelgan. Verriy Flakk (bizning eramizning boshlari) leksikologiya sohasida o‘zigacha bo‘lgan tadqiqotlari va fikrlarni umumlashtirib “Fe’lning ma’nosi” asarini yozdi.
Slayd 28
Yunon va Rim grammatikasi terminlari
onoma, nomen
имя, ot
rema, verbum
глагол, fe’l (qadimgi rus tilida nutq)
antonomia, pronomen
местоимения, olmosh
nomen adjektivum
имя прилагательное, sifat
epirryoma, adverbium
наречие, ravish
artron, artikulum
artikl
Slayd 29
Qadimgi Xitoy tilshunosligi
04
Slayd 30
Xitoy tilshunoslari tomonidan, ayniqsa, xan davrida leksikologiya, leksikografiya, iyeroglifika, fonetika, grammatika va dialektologiya masalalariga katta e’tibor berilgan.Ushbu davrning eng buyuk tilshunosi Syuy Shen “Elementlar va murakkab belgilar haqida” asari bilan yozuv nazariyasining asoslarini yaratdi.
Slayd 31
Xitoy tilshunosligi, ayniqsa, XVII – XIX asrlarda keng quloch yoydi. Bu davrlarda tarixiy fonetika, etimologiya va sintaksisga (sintagmaga) oid faktlar ustida ish olib borildi. Shuningdek, tanqidiy matnshunoslik taraqqiy qildi. Xitoy tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ota-bola Van Nyan – Sun (1744-1832) va Van In-Chji (1766-1834) Xitoy grammatikasining asoschilari sifatida tan olinadi. Xitoy tilshunoslari so‘z masalasida mustaqil so‘zlarni va yordamchi so‘zlarni farqlaganlar. Mustaqil so‘zlarni ot, sifat va fe’l turkumiga ajratganlar. Yangi davr tilshunosligining yirik vakili tadqiqotchi Chjan BinLin (1869-1936) bo‘lib, u Xitoy tilining me’yoriy va tarixiy fonetikasi, dialektologiyasi masalalarini ishlab chiqdi. Shuningdek, u fonetik yozuv loyihasini ham tuzdi.
Slayd 32
Xitoy tilshunosligining asosiy yo‘nalishi, ayniqsa, o‘rta asrlarda fonetika (yoki fonologiya) hisoblangan. Xitoy yozuvi-ideografik yozuv bo‘lib, har bir belgi so‘zga yoki o‘zakka muvofiq keladi. Fonetik jihatdan esa har bir belgi bo‘g‘inga to‘g‘ri keladi. Aslida amaliy jihatdan barcha o‘zaklar bir bo‘g‘inlidir.
Slayd 33
XVII-XVIII asrlarda Xitoyda tarixiy fonetika katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Agar Xitoyda tasviriy fonetika poetika bilan bog‘langan bo‘lsa, tarixiy fonetika qadimgi matnlarni sharhlashda yuzaga kelgan ayrim masalalarga javob berish bilan shug‘ullandi. Xitoy tili tarixiy fonetikasining yaratilishi Xitoy klassik tilshunosligining qo‘lga kiritgan muhim yutug‘i hisoblanadi. Bu jahon tilshunosligi fanida dastlabki yo‘nalish sifatida butunlay tarixiylik prinsipiga asoslangan bo‘lib, o‘z oldiga bevosita kuzatishda berilmagan tilning o‘tmish “shakli”, holati bilan bog‘liq hodisalarni, faktlarni tiklash maqsadini qo‘yadi. Ayni jarayonning metodlaridan va qo‘lga kiritgan natijalari, yutuqlaridan hozirgi kunlarda ham foydalanilmoqda.
Slayd 34
Bu jahon tilshunosligi fanida dastlabki yo‘nalish sifatida butunlay tarixiylik prinsipiga asoslangan bo‘lib, o‘z oldiga bevosita kuzatishda berilmagan tilning o‘tmish “shakli”, holati bilan bog‘liq hodisalarni, faktlarni tiklash maqsadini qo‘yadi. Ayni jarayonning metodlaridan va qo‘lga kiritgan natijalari, yutuqlaridan hozirgi kunlarda ham foydalanilmoqda.
XVII-XVIII asrlarda Xitoyda tarixiy fonetika katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Agar Xitoyda tasviriy fonetika poetika bilan bog‘langan bo‘lsa, tarixiy fonetika qadimgi matnlarni sharhlashda yuzaga kelgan ayrim masalalarga javob berish bilan shug‘ullandi. Xitoy tili tarixiy fonetikasining yaratilishi Xitoy klassik tilshunosligi uchun muhimdir.
Slayd 35
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 36
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.