Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari
5000 so'm

=== Taqdimot: Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Python dasturlash tilining yaratilish tarixi
2. Python dasturlash tili imkoniyatlari.
3. Pythonni Windows operatsion tizimiga oʻrnatish.
4. Python dasturlash tilida yaratilgan yirik loyihalar.
=== Slayd 3 ===
Python tili
Python dasturlash tilining yaratilish tarixi – dasturlash tili inson va kompyuter o‘rtasidagi aloqa tili. U ma’lum qoidalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarini yaratish uchun qo‘llaniladi. Pyton dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo‘lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proyektida ishtirok etgan edi.
=== Slayd 4 ===
ABC tili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintos hida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi.
=== Slayd 5 ===
Hozirda dasturlash tillari soni ko‘p lekin ulardan qaysi birini o’rganish asosiy muommolardan biri. O‘zbekistonda java, c++, php va javascript bu tillarni ishlatadiganlar soni juda ham ko‘p lekin 2016-yildan bera juda tez o‘sib kelayotgan python dasturlash tilini ishlatadiganlar soni bu dasturlash tilini foydalanuvchilari qaraganda kam. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C,C++, Modul 3 ABC, Small Talk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi.
=== Slayd 6 ===
Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).
Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD (obyektga yo‘naltirilgan dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi.
=== Slayd 7 ===
Shunday qilib Pythonning
1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa,
2.0 versiyasi 2000-yil,
3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llanilmoqda.
Python bu umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili, chunki o‘rganish oson va qulay sintaksisga ega. Undan tashqari skriptli dasturlash tillariga kiradi.
=== Slayd 8 ===
Python
dinamik tipizatsiyaga ega
obyektga yo‘naltirilgan dasturlash(OYD)
funksional dasturlash
strukturali
avtomatik xotirani boshqarish
Ko‘p patokli
dasturlash tillaridan biri.
Python har xil platformalar uchun yozilgan masalan Windows, Linux, Mac OSX, Palm OS, Mac OS va hokazo. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham bor Iron Python
=== Slayd 9 ===
Bugungi kunda dunyoga mashhur ko‘plab kompaniyalar NASA, Google, Yandex, CERN, Apple computer,Dream Works, kosmik teleskop institutlari Pythonni ishlatishadi.
“
Python tili
=== Slayd 10 ===
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti), Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o‘qitishda Python dasturlash tili qo‘llaniladi. Pythonning o‘ziga xosligi oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot. O‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hojat qolmaydi.
=== Slayd 11 ===
Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi. Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til. Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror joyini tezroq ishlashini xohlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo‘ladi. Juda xam ko‘p xilma-xil kutubxonalarga ega. Pythonning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos bo‘linadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash misolini Paskal va Python dasturidagi talqinini taqqoslab solishtirib ko‘raylik.
=== Slayd 12 ===
Pythonning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos bo‘linadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash misolini Paskal va Python dasturidagi talqinini taqqoslab solishtirib ko‘raylik.
=== Slayd 13 ===
Python dasturlash tilida yaratilgan yirik loyihalar
=== Slayd 14 ===
Python dasturlash tili imkoniyatlari
=== Slayd 15 ===
Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;
Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;
Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;
=== Slayd 16 ===
Python kattagina standart kutubxonaga ega:
Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy
qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro
faoliyat platformalar bilan mos keladi;
Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;
Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;
=== Slayd 17 ===
Funksional va tuzilgan dasturiy usullarni va obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi;
Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun byte-kodga to‘planishi mumkin;
Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi
tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
Chiqindilarni avtomatik ravishda to‘plashni va ularni tozalashni qo‘llab- quvvatlaydi (musorosborshik funksiyasi);
=== Slayd 18 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.