=== Taqdimot 1 ===
Pyotr Ilyich Chaykovskiy hayoti va ijodi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. P.I. Chaykovskiyning hayoti va ijodi.
2. P.I. Chaykovskiyning balog‘at davridagi ijodi.
3. P.I. Chaykovskiyning estetik tamoyillari.
4. P.I. Chaykovskiy musiqasida lirikasi.
5. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi.
6. P.I. Chaykovskiy konsertlari.
7. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti.
8. P.I. Chaykovskiy baletlari.
=== Taqdimot 3 ===
1. Pyotr Ilyich Chaykovskiy hayoti va ijodi
Hayotiy va ijodiy yo‘li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog‘ injeneri Ilya Petrovich oilasida dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta cholg‘usida chalishni bilar edi.
=== Taqdimot 4 ===
1854-yilda, onasi Aleksandra vafotidan so‘ng, Chaykovskiy chuqur g‘am-alamga botadi. Alyabevning “Solovey” (Bulbul) qo‘shig‘i Pyotr onasining sevimli qo‘shig‘i edi va keyinchalik Chaykovskiy bu qo‘shiqni albatta ko‘z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi.
=== Taqdimot 5 ===
Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg‘ulotlari boshlandi. Uning birinchi fortepiano o‘qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Fransuz millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi o‘qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Pyotrga alohida mehr qo‘yib, uni P’er deb erkalatar edi.
=== Taqdimot 6 ===
Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan. Keyinchalik kompozitor vafotidan so‘ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma’lumotlar to‘plash uchun Shvetsariyaga borib Fanni Dyurbaxni qidirib keladi.
=== Taqdimot 7 ===
Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo‘ygan Fanni Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi.
=== Taqdimot 8 ===
Chaykovskiy 10 yoshga to‘lganida, uni Peterburgdagi huquqshunoslik bilim yurtiga o‘qishga berishdi. Bu bilim yurtida xohlovchi talabalar uchun musiqadan mashg‘ulotlar o‘tkazilar edi. Aynan shu yerda Chaykovskiy simfonik konsertlariga borar va rus va g‘arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o‘rganar edi.
=== Taqdimot 9 ===
Glinkaning “Ivan Susanin” va Motsartning “Don Juan” operalari Chaykovskiyda katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori edi.1859-yil Chaykovskiy huquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, adliya vazirligida xizmat qila boshladi Chaykovskiyni musiqa olami ko‘proq jalb etar edi. U o‘z haqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan: “Men musiqa nazariyasini chuqur o‘rgandim, qat’iy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni musiqaga almashtiraman”.
=== Taqdimot 10 ===
2 Pyotr Ilich Chaykovskiy balog‘at davridagi ijodi
1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o‘qishga kirib, yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan A. Rubinshteyn va N. Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi. 1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyatli tamomlab, Moskvada endigina ochilgan konservatoriya direktori N. Rubinshteynning taklifiga ko‘ra, Moskva konservatoriyasiga ishga keladi.
=== Taqdimot 12 ===
Moskva konservatoriyasida kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi, cholg‘ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi. Dramaturg Ostrovskiy, shoir Plexeev, kompozitor N. Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli L. Tolstoy bilan bo‘lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik tamoyillarini tasdiqlanishida ijobiy rol o‘ynagan.
=== Taqdimot 13 ===
Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati haqida va milliy musiqani rivojlanib o‘z yo‘lidan ketishi haqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy-Korsakovning kelajagi borligini haqida yozgan.
=== Taqdimot 14 ===
Antonina Milyukova-Chaykovskiyning rafiqasi. Chaykovskiyning Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 15 ===
3. Pyotr Ilich Chaykovskiyning estetik tamoyillari
Pyotr Ilich Chaykovskiy nomi, Glinka va Dargomijskiy an’analarini davom ettirgan holda, klassik kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o‘lmas, bebaho asarlari A. S. Pushkin va L. Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik tamoyillarning asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy g‘oyalarning yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab yashnash” davriga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 16 ===
Ijodida oʻta nozik ruhiy jarayonlar bilan birga koʻlami keng – muhabbat va taqdir, hayot va oʻlim, tabiat kabi mavzular oʻzining yuksak badiiy ifodasini topgan.
=== Taqdimot 17 ===
Ayniqsa, 4—6 simfoniyalari (1877—1893), “Francheska da Rimini” (1876) va “Romeo va Julyetta” (1869) simfonik uvertyura—fantaziyalar, “Italyancha kaprichio” (1880), skripka (1878) va 1 fortepiano (1875) konsertlari, “Yevgeniy Onegin” operasi (1878) jahon simfonizmning choʻqqilari hisoblanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Chaykovskiy turli janrlarda boy ijodiy meros qoldirib, 10 opera, 3 balet, 6 simfoniya, simfonik fantaziya, uvertyura va syuitalar, 3 fortepiano va 1 skripka konsertlari, diniy mavzudagi xor asarlari, shuningdek, fortepiano, skripka uchun pyesalar hamda vokal musiqaning yetuk namunalarini yaratgan.
=== Taqdimot 19 ===
P.I. Chaykovskiy klassik musiqa olamida muhim o‘rin tutib, o‘zining asarlari orqali nafaqat rus, balki jahon musiqasiga ham ta’sir ko‘rsatdi. P. I. Chaykovskiy asarlari, baletlar va simfoniyalar, madaniy meros sifatida, san’at va madaniyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi
=== Taqdimot 21 ===
4. Chaykovskiy musiqasining lirikasi
Chaykovskiy musiqasi yuqori professional, badiiy yetuklikda bo‘lgani bilan oddiylikligi bilan farq qiladi. Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi. Chaykovskiy asarlarida ko‘proq raqs usullari yangraydi, asosan vals ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfoniya, opera, kamer-cholg‘u va vokal musiqalarda ham eshitiladi.
=== Taqdimot 22 ===
5. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi.
Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin” operasida erishadi.
Operalardan farqli o‘laroq, Chaykovskiy o‘zining simfonik asarlarida, o‘z tabiiy tili va uslubini topdi.
=== Taqdimot 23 ===
6. P.I. Chaykovskiy konsertlari
Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi konsertlari, skripka va orkestr uchun konsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik turkumining yangi risolasi, cholg‘ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini ko‘rishimiz mumkin. U o‘ziga xos melodik uslubni yaratgan.
=== Taqdimot 24 ===
7. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti
Chaykovskiy operalarida qahramonlarning kuchli his-tuyg‘ularini orkestr aranjirovkalarining boyligi bilan uyg‘unlashtirishdagi mahorati namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 25 ===
8. P.I. Chaykovskiy baletlari
Uning asarlari orasida “Oqqush ko‘li”, “Shelkunchik” va “Uyqudagi go‘zal” kabi mumtoz klassiklar mavjud bo‘lib, ular bugungi kungacha tomoshabinlarni o‘ziga rom etib kelmoqda.
=== Taqdimot 26 ===
Pyotr Ilyich Chaykovskiy o‘zining ajoyib baletlari, jumladan, “Oqqush ko‘li” bilan mashhur. Bu balet yovuz sehrgar tomonidan oqqushga aylantirilgan malika haqida hikoya qiladi.
=== Taqdimot 27 ===
Chaykovskiy va uning sevgi va sog’inchning musiqiy ifodalari
Pyotr Ilyich Chaykovskiy kompozitsiyalari kuchli his-tuyg‘ularni uyg‘otdi va insoniy his-tuyg‘ularning shiddatini, ayniqsa romantik asarlarida ifoda etdi.
=== Taqdimot 28 ===
Xulosa
Chaykovskiyning asarlarida romantizm va klassik unsurlar birlashib, o‘ziga xos uslub yaratdi, bu orqali u zamonaviy musiqaga yangi yo‘nalishlar berdi.
P. I. Chaykovskiy XIX asrning mashhur kompozitori sifatida, musiqiy merosi bilan rus madaniyatiga katta hissa qo‘shdi va global ta’sir ko‘rsatdi.
=== Taqdimot 29 ===
Merosning davomiyligi.
Chaykovskiy musiqasi bugungi kunda ham san’at va madaniyatda davom etmoqda, uning asarlari global auditoriyani ilhomlantirishda davom etmoqda.
=== Taqdimot 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.