Pushkin, Nekrasov, Tolstoy, Chukovskiy, Marshak asarlari g’oyalari
5000 so'm

Slayd 1
Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan g‘oyalar. Nikolay Alekseyevich Nekrasov hayoti va ijodi. Lev Nikolayevich Tolstoy va Korney Ivanovich Chukovskiy asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar. Samuil Yakovlevich Marshak asarlarining janr jihatdan rang-barangligi.
Slayd 2
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-1837)
Slayd 3
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o’zida mujassamlashtirgan shoiri bo’ladi. Rossiyada inson ma’naviy olamining musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doimo ozodlikka intiluvchi shoir, buyuk optimist bo’lib yetishdi.Rus xalqining yanabir buyuk shoiri Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, deb ta’riflagan edi.
A.S.Pushkin xalq og’zaki ijodini bolalikdan berilib o’rgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq og’zaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qo’shdi. Kelajakda mashhur shoir bo’lib, jahonga tanilishida boy manba bo’lib xizmat qildi. U, ayniqsa, o’zining ertak, dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor bo’lib kelmoqda.
Slayd 4
A.S.Pushkin o’zining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”(1831), “Baliqchi ham baliq haqida ertak”(1833),”O’lik malika va yetti bahodir haqida ertak”(1833), “Oltin xo’roz haqida ertak”(1834) kabi ertak – dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Yuqorida biz ta’kidlab o’tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi ta’sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganini ko’ramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” xalq ertagi asosida “Shoh Saltan… haqida ertak ”, “Qurimsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining to’plovchilaridan biri V.Dal hikoya qilib bergan syujet asosida “Baliqchi ham baliq haqida ertak”, “Sehrli ko’zgu” ertagi asosida “O’lik malika va yetti bahodir haqida ertak” uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o’tgan va uning hatto pok xizmatlarini o’zida mujassamlashtirgan “Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” yotganligini ko’ramiz.Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada o’qimishli, ta’sirli chiqqan.
Slayd 5
A.S.Pushkin oddiy mehnatkash xalqni yaxshi ko’radi,uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo’lgan cheksiz muhabbat tuyg’usi barq urib turadi.
Dadon shohni oling,(“Oltin xo’roz haqida ertak”). U g’irt ahmoq. Na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o’taketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan o’zga yurtlik makkora ayolni ustun qo’yadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh xalq qahr-g’azabiga duchor bo’ladi. Oltin xo’roz tepkisidan halok bo’lgan shohga birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning o’limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.
Pop (“Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”) obrazi ustida shoir qattiq ishlaydi. Uning tekinxo’r, ochko’z, o’zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi.
Slayd 6
A.S.Pushkinning xalq og’zaki ijodiga asoslanib yozgan “Ruslan va Lyudmila” asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qo’shiqlari, afsonalari bu g’aroyib asarga favqulodda go’zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o’zida mujassamlashtirgan yorqin iste’dod egasigina shunday asar yarata oladi.
Mashhur rus romantik shoiri V.A.Jukovskiy “Ruslan va Lyudmila” poemasi nashr etilgach, Pushkinga “G’olib o’quvchimga mag’lub murabbiyidan” deb yozilgan portretini sovg’a qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, zamondan ilgarilab ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.
Slayd 7
Nikolay Alekseyevich Nekrasov (1821-1878)
Slayd 8
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseyevich Nekrasovning bolalik yillari Volga bo’ylarida – o’zi tug’ilib o’sgan joylarda o’tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta bo’lgan. Shu bois u keyinchalik “Ona” poemasini onasiga bag’ishlab yozgan edi. O’g’lining dehqon bolalari bilan o’ynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Elena Andreevna bo’lajak shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib o’sishiga munosib hissa qo’shgan edi.
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sug’orilgan ajoyib ertaklar aytib, bo’lajak shoir xayolotini qanotlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. O’z vatanining dala va o’rmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi “yashil shovqiniga” muhabbat bog’ladi.
Slayd 9
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas bo’lganligi uchun dovyurak, botir va jasoratli bola bo’lib o’sdi. Bo’lajak shoir o’n yoshiga to’lganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga o’qishga berishadi. O’qituvchilar bilimga havasmand, iste’dodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil o’qishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser bo’lib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga o’qishga yuboradi. Lekin ilm-fan cho’qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga o’qishga kiradi. Ammo otasi o’g’lining o’zboshimchaligidan tajang bo’lib, moddiy yordam bermay qo’yadi. Biroq maqsad yo’lida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar sharoitida yashash va olg’a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy odamlar turmushi og’ir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida to’lib-toshib kuylaydi.
Slayd 10
Nekrasov dehqonlar to’g’risida, ayniqsa, ko’p she’rlar yozadi. Bu she’rlarni o’qir ekansiz, go’yo dehqonlarning o’zlari o’z og’ir mehnatlari va qayg’u-alamlari haqida so’zlab berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni o’ziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning she’rlari go’zal, ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u Yarosavl guberniyasidagi qishloqda o’tkazgan bolalik yillarida o’rgangan edi.
Biz uning:
Mollar o’rmon tomon qadam tashladi,
Ona – javdar boshoq tuga boshladi,- deb yozganlarini o’qir ekanmiz, bu til haqiqiy, jonli xalq tili ekanini ko’ramiz. Bu o’rinda dehqonning zoriqib kutadigan boshqalarga bo’lgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki so’z: ona – javdar qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon boshoqlarni o’zining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib o’stirgan-da!
Slayd 11
Nekrasov she’riyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda ko’p. U javdar boshoqlari haqida shunday deydi:
• Boshoqlar to’lishgan payt,
• Zar ustinday sip-silliq,
• Boshoqlarda oltin toj.
• Hozirgina yerdan sug’urib olingan lavlagi haqida esa:
• Poyma-poy qizil etik
• Yotganday egatlarda,-deydi. Bir tup sho’x bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi:
• Bahor chog’i, kichik nevaralar kabi,
• Lola yuz quyosh bobo bilan
• O’ynar bulutlar.
Slayd 12
Nekrasov, ayniqsa, samimiy, cho’ziq, xushohang, mayin rus xalq qo’shiqlarini juda yoqtirgan. Bu qo’shiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan. Nekrasov yoshlik chog’laridan boshlab xalqning bu qo’shiqlarini qanday kuylanishini tinglaydi va o’zi ham shunday go’zal qo’shiqlar yaratishni o’rganadi. “Soldat qo’shig’i”, “Hovli qarolining qo’shig’i”, “Notavon qashshoq qo’shig’i”, “Rus”, “Yashil shovqin” va boshqa ko’pgina qo’shiqlar shunday tilda, shunday hijoda yozilganki, xuddi xalq o’zi yaratgan qo’shiqlar deysiz.
“Dehqon bolalari”, “O’zi mitti-juda miqti”, “Bolalar yig’isi” kabi she’rlarida dehqon bolalarining turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va og’ir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi:
Nonxo’rlar yetgulik, ishlovchi kam,
Faqat ikki erkak: otam bilan man!
Nekrasovning she’rlari go’zal, ohangdor, mazmunan boy,va ayni zamonda sodda tilda yozilgandir
Slayd 13
Nekrasov o’zining dam olish kunlarida ko’pincha Kostroma, Yaroslavl, Novgorod o’rmonlariga borar, ov qilish bilan kunini o’tkazar edi. Kostroma o’rmonining Maliye Veji degan qishlog’ida yashovchi Mazay bobo eng yaqin do’stlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan ko’p ajoyib-g’aroyib voqealarni maroq bilan eshitadi. Shular asosida”Mazay bobo va quyonlar” nomli she’rini yozadi.
Shoir “Daraxt kesish”da xalq boyligi – o’rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta yet egasiga pul kerak bo’lib qolsa, o’rmonni sotib yuborishi, puldor boy esa o’rmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad o’rmonlarni yo’qolib ketishidan shoir singari qayg’urmaydi.
Slayd 14
Shuning uchun Nekrasov:
• Bir vaqtlar asriy o’rmonlar
• Shovullagan katta maydonlar,
• Endi o’sha bepoyon bo’ston
• Bo’m-bo’sh, jim-jit, go’yo qabriston!-deb alam chekadi. “Temir yo’l” nomli she’rida Peterburg bilan Moskva o’rtasidagi temir yo’l qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib beriladi. Bukning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va e’tiborini o’sha zamonning muhim ijtimoiy masalalariga-xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, o’ylashga undaydi.
Slayd 15
Lev Nikolaevich Tolstoy (1828-1910)
Slayd 16
Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L.N. Tolstoy katta rol o’ynaydi. Bolalar uchun asar yozish har bir qalamkashning fuqarolik burchi deb bilgan pedagog-adib ijodda ko’p narsalarga erishdi.
Tolstoy 1959-yildan e’tiboran o’z ona qishlog’i Yasnaya Poolyanada maktab ochib, muallimlik qilar ekan, o’quvchilar uchun ham, o’qituvchilar uchun ham darslik va qo’llanmalarning yo’qligini, borlari ham bugungi kunning talablariga yaxshi javob bera olmasligini tajribasidan o’tkazdi. Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan bolalarga mos ertak, hikoya, she’r, masal va hikoyalar darsliklarda o’z aksini topishi darkor deb tushundi hamda bu xayrli ishga qo’l urdi.
Slayd 17
Darslik juda og’ir ijodiy mehnat bilan 1872-yilda “Alifbe” nomi bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga mo’ljallangan bu kitob “Alifbe”dan tashqari, ruscha o’qish uchun to’rt kitob, arifmetika va muallim faoliyatidan tashqari tashkil topgan edi. Bu darslik bolalarga hech qanday yengillik bermadi. Ayniqsa, badiiy asar ko’p bo’lsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo’q edi.Shu sabablarga ko’ra pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan to’g’ri xulosa chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga o’qimishli, ta’sirli, eng muhimi ularning savodini chiqarishga mo’ljallangan “Yangi alifbe” va unga qo’shimcha qilib Rus tili o’qish kitobi”ni 1875 –yilda nashr ettirdi. Bu kitob uchun adib yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. “Uch ayiq”, “Fillipok”lar shular jumlasiga kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni yuksak mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Bu kitob har tomonlama bolalarga mos tushadi. Tolstoy kitob haqida: “Mazkur “Alifbo” haqidagi orzularim ro’yobga chiqqanidan, uning rus bolalarining ikki avlodi o’qib, dastlabki poetik zavqini shu kitobdan olishlaridan faxrlanaman. Bu kitobga ko’p mehnat va muhabbatimni jo qildim, u hayotimning muhim sahifasi bo’lishiga aminman,”- deb yozgan edi.
Slayd 18
Bu darslik qayta-qayta bosildi. Hatto 1921-yilda ham uning so’nggi nashri chop etildi.
Tolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayotining bir tomonini ochib berishga qaratilishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki hayotni, bolalarni qattiq sevgan va unga mehr-muhabbati juda kattak bo’lgan adib kichkintoylarga qarata yozilgan har bir katta-kichik asari hayotiy bo’lishini istaydi va o’zining bu qaroriga butun ijodi davomida sodiq qoladi.
Tolstoyning bolalarga bahishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida oddiy inson qiyofasi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida adibning bir qator asarlariga nazar tashlab o’tishga to’g’ri keladi. Bir bog’bon bolalari ishyoqmas, yalqov bo’lib o’sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U o’limi oldidan o’g’illarimni bir aldasam, zora ishlab, o’zlarida mehnat ko’nikmasi hosil bo’lsa, degan o’y, xayol bilan: “Bolalar, men tok tagiga oltin ko’mib qo’ydim, uni mendan keyin qazib olinglar”, degan g’oyani “Bog’bon va bolalar” hikoyasida juda qoyil qilib yozadi.
Ko’chat ekish, bog’ qilish juda og’ir va mashaqqatli ish.Bu bog’bondan og’ir mehnat, sabr-toqat talab qiladi.Bog’bon o’zi uchun, kelajak avlod uchun ko’chat ekadi. Shu nuqtayi nazardan adibning “Mo’ysafid olma ekdi” hikoyasi diqqatga loyiqdir.
Slayd 19
Tolstoy ochko’z, faqat o’z manfaatlarini ba’zi odamlarni ko’pgina asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan ochiqdan ochiq kuladi. “Odamga qancha yer kerak?” degan hikoyaning sarlavhasini o’qigan odam hayron bo’lib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi. “Bugun qancha o’lchasang, hammasi seniki,”-deydi. Foma yugurib-elib, odimlab, kun bo’yi yer o’lchaydi.Oxiri ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu o’sha joyning o’zida jon beradi. Adib Foma cho’zilib yotgan yerni ko’rsatib, odamga ikki metr yer kerak bo’ladi, xolos, deydi.
Tolstoy asarlari orasida hayvonlar, jonivorlar, parrandalar haqida yozilganlari ham ko’p. Do’stlik, birodarlik, do’stga sadoqat, mehr-oqibat faqat odamlar o’rtasida emas, balki hayvonlar o’rtasida ham mavjud ekanligini biz adibning “Arslon bilan it” hikoyasi misolida bilib olamiz.
Tolstoyning “Bolalik”, “Kavkaz asiri” kabi povestlari ham bolalar sevib o’qiydigan asarlar sirasiga kiradi.
L.N.Tolstoyning ibratli ertak, hikoya va masallari hali ham o’zining badiiy hamda tarbiyaviy kuchini yo’qotgan emas.Uning bu janrlardagi asarlari qator darslik va majmualarga kiritilgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.
Slayd 20
Samuil Yakovlevich Marshak (1887-1964)
Slayd 21
Samuil Yakovlevich Marshakning roli katta. U rus bolalar adabiyotida kichkintoylar uchun katta she’riyat yaratib bergan ulkan san’atkor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir.
S.Ya. Marshak 1887-yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tug’ildi. Bo’lajak san’atkorda shoirlik iste’dodi juda erta uyg’ondi. “To’rt-besh yoshlarimda, deb eslaydi shoir,- she’rlar yoza boshladim. O’n bir yoshlarimda, bir qancha poemalar yaratdim. Goratsiyning “Odamlar”ini tarjima qildim”.
S.Ya.Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o’qishga kiradi. Bu yerda bo’lajak shoir o’z zamonasining yetuk san’atkorlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906-yildan boshlab feletonlari, she’r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi.
S.Ya.Marshak 1912-yilda Angliyaga jo’naydi. London universitetining san’at fakultetiga o’qishga kiradi. Ta’til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktablarida bo’ladi. Ingliz xalq qo’shiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Tagor va boshqalarning she’r va poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi.
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan chambarchas bog’lanib ketadi. U 1915-22-yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri bo’lib kamol topishida katta rol o’ynaydi.
Slayd 22
S.Ya.Marshak 20-yillarda o’zining she’r, ertak va poemalari bilan kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi.”Qaerda ovqatlanding, ey chumchuq”, “Axmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur asarlari o’sha yillarda maydonga kelgan edi.
1939-yilda Marshakning “Petya nimadan qo’rqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur she’rlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etadi. Ayniqsa, 1943-yilda yaratilgan “O’n ikki oy” nomli ertak-dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur bo’lib ketdi.
“Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo’ladi, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish ko’radi”,-degan shoir bir umr bolalrni sevdi, ular uchun g’oyaviy–badiiy yuksak asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi.
S.Ya. Marshakning nomini olamga yoygan,bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri «Ahmoq sichqoncha haqida ertak» dir.
Slayd 23
S.Ya.Marshak “Yong’in”, “Pochta”, “Musobaqalar doskasi” asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi.
S.Ya.Marshak yaratgan juda ko’p qahramonlarni o’zi shaxsan tanigan, bilgan yoki eshitgan bo’ladi, ba’zan esa gazeta materiallari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, hayotiy prototiplari mavjud. Jumladan, student V. Burskiy, (“Noma’lum qahramon haqida qissa”), Katya Budanova (“Katya Budanova”), Seryoja Smirnov (“Sizning kitobingizni qanday nashr qiladilar?”) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi.Shoir “Noma’lum qahramon haqida qissa” poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish bilan 30-yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish yo’llarini ko’rsatib berdi.
Slayd 24
Pushkin o’z ertaklarining manbasini qaerdan oladi?
Shoirning qaysi asarida Dadon qoralanadi?
Siz Pushkinning qaysi ertak, dostonini yoqtirasiz?
Nekrasov qaysi asarida mehnatkash xalq bolalarining musibatli kunlarini tasvirlaydi?
“Daraxt kesish” she’rida qanday voqea aks ettirilgan?
“Mazay bobo va quyonlar” asarini bolalarga qanday ahamiyati bor?
L.N.Tolstoy 1872-yilda yaratgan “Alifbe” darsligi nima uchun tanqidga uchradi?
“Mo’ysafid olma ekdi”hikoyasidan siz qanday xulosa chiqardingiz?
“Odamga qancha yer kerak?” asarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
Shoirning ozodalikka bag’shlangan qanday she’rlarini bilasiz?
“Suvarakxon” asarining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
“Doktor Voyjonim” asaridan siz o’zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
Shoirning yong’in o’chiruvchilar to’g’risidagi she’rlaridan o’zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”ning asosiy g’oyasi nimada?
Shoirning qaysi she’ri sizga yoqdi?
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.