=== Taqdimot 1 ===
PUNKTUATSIYA (ISHORAT QOIDALARI)
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti.
02
Punktuatsiya prinsiplari.
03
Tinish belgilari tasnifi.
=== Taqdimot 3 ===
“Punktuatsiya” so‘zi lotincha “punctum”, ya’ni, “nuqta”, “o‘rin, joy” tushunchalarini anglatadi.
“Punktuatsiya” tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi bo‘limi bo‘lib, unda tinish belgilari (punktogramma)ning qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi.
Punktuatsiya tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prosodik to‘xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig‘indisini (tinish belgilarini) anglatadi.
=== Taqdimot 4 ===
Tilshunoslikda punktuatsiya termini quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1) tilshunoslikning bir bo‘limi, u tinish belgilari tizimini, ularning ishlatilish qonun-qoidalarini o‘rganadi;
2) punktuatsiya qoidalari yig‘indisi;
3) tinish belgilari.
=== Taqdimot 5 ===
Punktogramma
Tinish belgilari punktogramma deb ham yuritiladi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika)ning uzviy qismi bo‘lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
=== Taqdimot 6 ===
Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o‘zaro logik-grammatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi.
=== Taqdimot 7 ===
2. Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq odam emassiz, – dedi.
1. Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq, odam emassiz, – dedi.
Ushbu gapda tinish belgisini o‘zgartirish orqali ikki xil mazmunni farqlash mumkin:
Birinchi holatda ahmoq so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, gap podshoning aqlliligi haqida emas, balki uning ham ahmoq, ham yomon odamligi haqida boradi.
Ikkinchi holatda esa podshoning ahmoq odam emasligi, aqlliligi haqida gap boradi. Demak, ushbu gapda talaffuzda ohang, yozuvda tinish belgisi orqali ikki xil ma’no anglashilmoqda.
=== Taqdimot 8 ===
Ohangning o‘zgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi gaplarning ohangini qiyoslaylik:
Mustaqil O‘zbekiston- kelajagi porloq davlatdir.
Mustaqil O‘zbekiston – kelajagi porloq davlatdir?
Mustaqil O‘zbekiston – kelajagi porloq davlatdir!
Mustaqil O‘zbekiston – kelajagi porloq davlatdir!..
Bu gaplarning birinchisida xabar ohangi, ikkinchisida so‘roq, uchinchi va to‘rtinchi gaplarda esa his-hayajon, sevinch, mamnunlik ma’nolari ifodalangandir.
=== Taqdimot 9 ===
Tarixga nazar
O‘rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi) ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qo‘llanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi yozuvlarga xos “punktuatsion” belgilar deyish mumkin.
O‘rta Osiyoda arab yozuvi qo‘llanila boshlangandan keyin bunday maxsus belgilar ishlatilmagan. Demak, XIX asrning 2 yarmigacha arab grafikasidagi o‘zbek yozuvida tinish belgilari bo‘lmagan.
Tinish belgilari yozuvning keyingi bosqichlarida shakllana boshlagan. Qadimgi yozuvlar piktografik (rasm yozuv), logografik (so‘z yozuv) shakllarida bo‘lganligi sababli tinish belgilariga ehtiyoj sezilmagan.
=== Taqdimot 10 ===
O‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotining muhim davrlari:
XIX asrning 2-yarmidan 1917-yilga qadar bo‘lgan davr. Bu davr o‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llana boshlashi, ularni qo‘llashning odat tusiga kirishi hamda o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
=== Taqdimot 11 ===
1917-yildan keyingi davr o‘zbek punktuatsiyasi. Bu davrda tinish belgilarining qo‘llanishi muayyan tartibga solinadi, o‘zbek punktuatsiyasi grafikaning alohida bir bo‘limi sifatida o‘rganila boshlanadi.
Xususan, 1920-yillardan keyin barcha turkiy tillar bilan birga, o‘zbek grafikasining rivojida, xususan, orfografik va punktuatsion qoidalarning ishlanishida o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbek tiliga ko‘pgina tinish belgilari (so‘roq, undov, qo‘shtirnoq, ko‘p nuqta kabi) kiritildi.
=== Taqdimot 12 ===
O‘zbek tilshunosligida tinish belgilari dastlab Abdurauf Fitratning “Nahv” asarida o‘rganiladi va “turish belgilari” deb nomlanadi. Fitrat tinish belgilarini shunday ta’riflaydi: “So‘zlarni to‘plab bir-biriga baylab gap tuzishda “o‘y” qulay anglashilsin deb turli belgilar ishlatiladir. Bunlarning hammasig‘a birdan “turish belgilari” yo sodacha “turishlar” deyiladir. Turish belgilaridan qaysi birtasini gapning qaysi bo‘lagidan so‘ng qo‘yilishi to‘g‘risida har birining o‘z o‘rnida ma’lumot berilgusidir.
=== Taqdimot 13 ===
Bunda hammasini bir qatordan ko‘rib o‘tishimiz kerak: ““Nuqta” (.)dir. Bunga kelgach, o‘qug‘uchining to‘xtashi lozim. Bir tinish belgisi (;)dir. Bunga kelgach, o‘qug‘uchi to‘xtamaydir; biroq gapdagi so‘zlarning munosabatlari uzilmasin uchun bir nafas tolish (bir tinish) vaqti turib o‘tadir. “Yarim tinish belgisi” (;)dir. Bunga kelgach, o‘qug‘uchi yarim tinish vaqti turib o‘tadir. So‘rash belgisi (?)dir. Undash belgisi (!)dir. Qo‘sh nuqta (:)dir. Tirnoqlar (“’)dir. Yoylar ( )dir. To‘rtkul (to‘rtburchak) yoylari [ ]dir. Ulkan yoylar { }dir. Chiziq (-) dir. Nuqtalar (…)dir”.
=== Taqdimot 14 ===
Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillari:
Bu tamoyil nutq mazmuni, tuzilishi, nutq intonatsiyasini o‘z ichiga oladi. Bu
tamoyilga ko‘ra tinish belgilari nutqning logik-grammatik jihati bilan bog‘liq tarzda ishlatiladi.
Logik-grammatik tamoyil
=== Taqdimot 15 ===
Bu prinsipga ko‘ra tinish belgilari nutq parchasining uslubiga bog‘liq holda
qo‘llanadi. Uslubiy tamoyil keng ma’noda bo‘lib, yozuvchining individual uslubini ham o‘z ichiga oladi.
Uslubiy tamoyil
Farqlovchi (differensial) tamoyil
Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog‘liq holda odatdagidan farqli ishlatilishini farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi.
=== Taqdimot 16 ===
Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra tinish belgilari uch guruhga ajratiladi:
1. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!).
2. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari: vergul.
3. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari: ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqta.
=== Taqdimot 17 ===
Qo‘llanish usuliga ko‘ra tinish belgilari quyidagicha guruhlanadi:
1. Yakka holda qo‘llanuvchilar. Bunga faqat ikki (:) nuqta kiradi.2. Yakka va qo‘sh holda qo‘llanuvchilar. Bu tinish belgilari yakka holda (alohida-alohida, mustaqil) qo‘llanishi bilan birga, qo‘sh holatda ham qo‘llana oladi. Tinish belgilari qo‘sh qo‘llanganda ikki va undan ortiq tinish belgisi bir o‘rinda ketma-ket (birgalikda) ishlatiladi. Bular qo‘sh qo‘llanganda:a) o‘z shaklini to‘liq saqlaydi (so‘roq+undov tipida: ?!); b) o‘z shaklini o‘zgartiradi (qo‘shtirnoq va qavs kabi); d) bir tinish belgisi ikkinchisining hisobiga qisqaradi (vergul va ko‘p nuqta qo‘sh qo‘llanganda, vergul qisqaradi); e) bir belgining o‘zi (mas., undov belgisi) takrorlanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Tinish belgilari tuzilish jihatidan ikkiga ajraladi:
1. Bir elementli tinish belgilari: vergul, nuqta, tire.
2. Ko‘p elementli tinish belgilari:
a) ikki elementli tinish belgilari: ikki nuqta, nuqtali vergul, so‘roq, undov va qavs;
b) uch elementli tinish belgilari: ko‘p nuqta;
d) to‘rt elementli tinish belgilari: qo‘shtirnoq. Buni o‘z mohiyatiga ko‘ra “juft elementli” yoki “qo‘sh elementli” tinish belgisi deb ham yuritish mumkin.
=== Taqdimot 19 ===
Tinish belgilari vazifasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
1. Chegaralovchi tinish belgilari. Bular yozma matndagi ayrim qismlarning leksik-semantik farqlanishi va ajralishini, grammatik-uslubiy chegaralanishini ularning boshlanish va tugallanish nuqtasini hamda o‘rinlashuv doirasini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.2. Ayiruvchi tinish belgilari. Bular yozma matnlarni yoki ularning qismlarini bir-biridan ajratish va muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: bunday ajratish logik-grammatik jihatdan bo‘ladi. Bularga nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul kiradi.3. Murakkab vazifali tinish belgilari. Bular yozma matn qismlarini o‘rni bilan ham ajratish, ham chegaralash, ba’zan ham biriktirish vazifalarini bajaradi.
=== Taqdimot 20 ===
Oʻzbek tilshunosligida qoʻllaniladigan tinish belgilari
Nuqta (.)
Soʻroq belgisi (?)
Undov belgisi (!)
Koʻp nuqta (…)
Qavs ( )
Qoʻshtirnoq (“ ”)
Vergul (,)
Nuqtali vergul (;)
Ikki nuqta (:)
Tire (-)
=== Taqdimot 21 ===
Tinish belgilarining qo‘llanishida:1. Gap mazmuni e’tiborga olinadi. Ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo‘lsa, nuqta, undov yoki so‘roq belgisi, uch nuqta qo‘yiladi.
Gaplar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalashda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko‘p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.
2. Gapning grammatik qurilishi ham tinish belgilarining ishlatilishini belgilab beradi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.
3. Gap ohangi asosida tinish belgilari qo‘yiladi. Undov, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta va nuqta, tire tugallangan ohang bilan, vergul kichik to‘xtam bilan, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire esa izoh ohangi bilan talaffuz qilinadi.
=== Taqdimot 22 ===
1. His-hayajonsiz aytilgan darak gap, buyruq va undov gaplardan soʻng: Ustoz ertaga teatrga olib boradigan boʻldi.
2. Atov gaplardan keyin: Oltin kuz. Daraxtlar bargi sargʻayib, kunlar sovib qoldi.
3. Ism, otasining ismi (baʼzan familiya) qisqartirilganda ularni bosh harfidan keyin: A.Navoiy va Z.M.Bobur ruboiylarini yod oldik.
4. Nashriyot ishlarida, lugʻat va maʼlumotlarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim soʻzlarning birinchi harfi yoki boʻgʻinidan soʻng:
v.h. (va hakozo); Gʻ.Gʻ. (Gʻafur Gʻulom); t.t.j. (talabalar turar joyi)
5. Baʼzan yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan soʻng ham nuqta qoʻyilishi kuzatiladi: 04.01.2002
Nuqtaning ayrim qo‘llanilish o‘rinlari:
=== Taqdimot 23 ===
Soʻroq belgisi quyidagi oʻrinlarda qoʻyiladi:
01
Soʻroq mazmundagi gaplarning oxirida:
Yaxshilik ortidan yaxshilik kelishini tushundingmi?
Kim, nima, qanday, qanaqa, qachon kabi soʻroq olmoshlaridan soʻng:
Sifatlar qanday? qanaqa? soʻroqlariga javob boʻladi.
Gap yoki matn ichidagi birorta soʻz yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz boʻlsa, undan soʻng qavs ichiga qoʻyiladi. “Toping” maʼnosida:
Sayohatchilar kecha Angliya shahridan (?) yetib kelishdi.
02
03
=== Taqdimot 24 ===
Undov belgisi quyidagi oʻrinlarda ishlatiladi:
1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan soʻng:
Oqposhsho yerdan bir siqim tuproq oladi.
– Ana tuproq, mana tuproq! – deydi. – Boʻrsildoq tuproq, magʻizdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq!
2. Soʻz boshida kelib kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan soʻng qoʻyiladi:
Ey podsholarning eng adolatlisi! Meni bir qoshiqdan qonimdan kechsangiz-da, oʻz Vatanim tomon uchib ketay!
=== Taqdimot 25 ===
3. Ha, yoʻq, xoʻp, uzr, mayli, xayr, salom kabi soʻz-gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ulardan soʻng qoʻyiladi:
Balli-balli! – dedi Rahim va Sharafga qarab im qoqdi. Yoʻq! Borolmayman, – dedi qayrilib.
4. Aytilishi lozim boʻlgan fikr oʻta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qoʻyiladi:
– A-a-a!!! – dedi chinqirib.
– Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.
=== Taqdimot 26 ===
Koʻp nuqta quyidagi oʻrinlarda qoʻyiladi:
1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida: -Mana shu imperiya…
2. Soʻzlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun:
– Men… Men Oʻzbekistonda besh-olti yil ishlab edim, – deya yigʻladi.
Qish… Butun atrof oppoq libosda…
3. Matn (jumla) qisqartirilsa: – Ilkimdan kelgancha… – deb boshlanar edi.
4. Fikr boʻlib-boʻlib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa:
– Turkistonda birinchi m…m…m…artaba tia…t…t…tr, – dedi-da, fikrgʻa toldi.
5. Suhbatdoshlarning gapi javobsiz qoldirilsa:
– Dadangni borib koʻr deyapman. Ahvoli ogʻir eshityapsanmi?
– …
=== Taqdimot 27 ===
Qavsning qo‘llanilishi:
1. Kirish gaplarda: Oʻzbekiston sobiq SSSRdan birinchilardan boʻlib (Latviya, Litva, Estoniyadan keyin) 1991-yil 31-avgustda mustaqilligini eʼlon qildi.
2. Remarkalarda: Xon (yolgʻiz). Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (Turib yuradur).
3. Olingan misollar yoki gaplar manbayida: Kuch – adalotdadur. (Amir Temur)
4. Izoh maʼnosidagi soʻz va soʻz birikmalarida:
Biosfera yunoncha soʻz boʻlib, tarjimada hayot qobigʻi (bio-yer, sfera – shar) maʼnosini bildiradi.
5. Matematikada foydalaniladi: (78+45):3=?
=== Taqdimot 28 ===
“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida tilshunos olimlar prof. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov tomonidan chiqarilgan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”da tinish belgilari 2 turga ajratilgan holda yoritiladi:
1. Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanilishi bo‘limida nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.
2. Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanilishi bo‘limida esa vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga to‘xtalinadi.
=== Taqdimot 29 ===
1. Koʻchirma gap qoʻshtirnoqqa olinadi.
2. Sitatalar qoʻshtirnoq ichida yoziladi.
3. Koʻchma maʼnoda qoʻllangan soʻzlar, ishlatilishi odat turiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qoʻllanayotgan, kesatiq, piching, doʻq-poʻpisa va shu kabi maʼnolarni bildiruvchi leksik birliklar qoʻshtirnoq ichida yoziladi.
4. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qoʻshtirnoq ichida beriladi.
5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qoʻshtirnoq ichida yoziladi.
6. Transportlarning markasini bildirgan soʻzlar, oʻsimliklarning turini, mahsulotni nomini ifodalovchi leksik birliklar qoʻshtirnoqqa olinadi.
7. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qoʻshtirnoq ichida beriladi.
Qoʻshtirnoqning qo‘llanilishi:
=== Taqdimot 30 ===
1. Uyushiq boʻlaklar orasida: Madina, Mubina, Robiya bitta guruh oʻqishyapti.
2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Ustoz, doskada men maʼruza qilsam boʻladimi?
3. Kirish soʻz va kirish birikmalardan keyin: Albatta, biz Vatanga munosib boʻlgaymiz.
4. Ajratilgan boʻlaklar orasida: Onaga, eng ulugʻ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi.
5. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida:
Doʻsting mingta boʻlsa ham oʻz, dushmaning bitta boʻlsa ham koʻp.
6. Undov soʻzlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan soʻng vergul qoʻyiladi: Ey, menga quloq soling.
7. Koʻchirma gap darak, buyruq gap boʻlsa, undan keyin vergul qoʻyiladi:
“Qiz bola qogʻozga oʻralgan oq qandday boʻladi”, – deb aytdi buvim.
Vergulning qoʻllanilishi:
=== Taqdimot 31 ===
1. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatdan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin boʻlmagan hollarda: Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi.
2. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda: Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham; yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham.
Nuqtali vergulning qoʻllanilishi:
=== Taqdimot 32 ===
3. Uyushiq boʻlaklar guruhlanib, oʻzaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda har birini anglatuvchi soʻzdan keyin:
Gerb rangli tasvir boʻlib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanogʻi va “Oʻzbekiston” degan yozuv tilla rangda; gʻoʻza shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; togʻlar havo rangda, chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi.
4. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida:
Otabek timsoliga tavsif:
a) Otabek – oʻqimishli, oʻz davrining yetuk kishisi;
b) Otabek – oʻz ahdiga sodiq va vafoli yor.
=== Taqdimot 33 ===
1. Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplardan soʻng.
2. Muallif gapi koʻchirma gapdan oldin kelganda undan soʻng.
3. Uyushiq boʻlaklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi soʻzdan keyin.
4. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi soʻzlarda keyin.
5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni taʼminlash maqsadida turli xil rasmiy maʼlumotlarda, nashr ishlarida ayrim soʻzlardan keyin.
6. Sport musobaqalarida raqiblar oʻrtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun.
Ikki nuqtaning qoʻllanilishi :
=== Taqdimot 34 ===
1. Dialoglardagi har bir gapning boshida.
2. Bogʻlamasiz qoʻllangan ot kesim bilan ega orasida: Til – millatning qalbi.
3. Muallif gapi bilan koʻchirma gap orasida: “Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir”, – deb yozgandi L.N.Tolstoy.
4. Maʼlumot mazmunidagi asosiy gapdan keyin soʻng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida: 1926-yil 26-aprelda taʼsis etildi:
– “Amir Temur” ordeni;
– “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni.
5. Zid maʼnoli bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar orasida:
Vaqting ketdi – baxting ketdi.
Tirening qoʻllanilishi:
=== Taqdimot 35 ===
XulosaGapda tinish belgilari yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari hamda til birliklari bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni psixologik va innovatsion holatlarni ifodalashda ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari tinish belgilari matndagi fikrlarni yozma ravishda ifoda etish uchun muhim bo‘lgan qismlarga ajratishga yordam beradi.
=== Taqdimot 36 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.