Pedagogik texnikaning ahamiyati va shakllantirish uslublari

4000 so'm


Pedagogik texnikaning ahamiyati va shakllantirish uslublari

 

 

Slayd 1

O‘qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati va uni shakllantirish uslublari

Slayd 2

Reja:
Pedagogiktexnika haqida tushuncha.
Pedagogiktexnikaning tarkibiy qismlari.
Pedagogik texnikani egallash mahorati.

Slayd 3

Pedagogik texnika haqida tushuncha.
Pedagogik texnika – o‘qituvchining butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.

Slayd 4

Savodli va ifodali so‘zlay olishi
Fikrini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi
His-tuyg‘usini jilovlay olishi
Mimik va panto­mimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi
Aniq imo-ishora, ma’noli qarash
Psixologik bilimlarga ega bo‘lishi
Rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum
Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – o‘qituvchining:

Slayd 5

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarida
Ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalaridan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi.

Slayd 6

Birinchi guruh:
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi (MI­MI­­ka, pantomimika);
O‘z hissiyotini jilovlay oli­shi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
Mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuv­chan­lik, xayol) egaligi;
Nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bili­shi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.

Slayd 7

O‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommu­nika­tiv qobiliyatlari;
Ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning baja­rilishini nazorat qilishi;
Ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
O‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini boshqara olishi
Ikkinchi guruh:

Slayd 8

Kasbiga xos bilimlari
Kasbiga xos xislatlari
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi
Tashkilotchilik malakalari
Kommunikativ malakalari
Gnostik malakalari
Ijodiy hislatlari
O‘qituvchining shaxsiy xislatlari

Slayd 9

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuv­chi muhim xususiyatlaridan biridir. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishini aso­san namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi meh­ribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir.

Slayd 10

Mimika – bu o‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko‘z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini ku­chay­tirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.

Slayd 11

Pantomimika – bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq haraka­tini tartibga soluvchi uslubdir. Gavdani rost tutib yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qilib qo‘lini, boshini turli hara­katlarda ifodalash o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi.

Slayd 12

Qo’llar orqada, bosh yuqori ko’tarilgan, iyak oldinga surilgan – o’ziga ishonch, o’zini boshqalardan ustun qo’yish;
Tananing yuqori qismi oldga intilgan, qo’llar belda – dadillik, o’ziga ishonch va faol harakatlarga tayyorligi, tajovuzkorlik, o’z fikrini oxirigacha himoya qilishlikka tayyorlik;
Qo’llar bilan stol yoki stulga tayanish – suhbatdoshi bilan to’la kontakt yo’qligi;
Bir necha pozaning psixologik nuqtai nazardan talqini:

Slayd 13

Qo’llar tirsaklar ochilgan holda bosh orqasida qovushgan – o’zini boshqalardan ustunligini his etish;
Bosh barmoqlarini belbog’ yoki cho’ntaklarga solib turish – tajovuz, o’ziga ishonganlikni ifodalaydi;
Bosh barmoqni cho’ntaklardan chiqargan holda turish – o’zini katta olishlik;
Qo’l va oyoqlar almashtirilgan holda – suhbatdoshiga nisbatan ishonqiramaslik va o’zini himoyalash;

Slayd 14

Qo’l va oyoqlar almashtirilmagan holda, pidjak tugmalari yechilgan – ishonish belgisi;
Boshning chetga egilishi – qiziqish uyg’onganligi;
Boshning quyi egilganligi – salbiy munosabat;
Boshning sal ortga egilganligi – tajovuz belgisi;
Stul chetida o’tirish – har qaysi momentda turib ketishga tayyorgarlik

Slayd 15

«Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazil­la­shishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin».
A. S. Makarenko.

Slayd 16

O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida nutq texnikasi, his-tuyg‘ularini boshqara olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko‘zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda udda­buronlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko‘ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir.

Slayd 17

Pedagogik texnikani egallash mahorati
O‘qituvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan pedagogik texnikaning mu­him tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, dik­si­yasi, tovush ohangini baland, o‘rta, past qila olishi va hokazo)

Slayd 18

Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avva­lo, o‘qituvchi o‘z fanini, o‘qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda bilishi, pedagogik va axborot texno­logi­yalarini, pe­da­­gogika va psixologiya fanlari asoslarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalay oladigan bo‘lishi zarur.

Slayd 19

Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o‘qituvchining tashkiliy – metodik malakalarni egallashiga ham bog‘liq.
Pedagogik texnikani bir maromda egallashda, har bir o‘qituv­chining o‘z individual dasturini ishlab chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik texnikani namoyish etishda o‘qituvchining umumiy madaniyati, ma’naviy va estetik dunyo­qarashi muhim o‘rin tutadi.

Slayd 20

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 21

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik texnikaning ahamiyati va shakllantirish uslublari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar