Pedagogik tajriba-sinov dasturini ishlab chiqish metodikasi 2

4000 so'm


Pedagogik tajriba-sinov dasturini ishlab chiqish metodikasi 2

 

 

Slayd 1

Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturíni íshlab chiqish metodikasi

Slayd 2

Darsdan maqsad:Talbalarga pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish xaqida ma’lumot berish.
Tayanch tushunchalar: tajriba-sinov, dastur, tuzilma, tajriba-sinov ishlaridasturi, tamoyillar, metodikasi.

Slayd 3

Tajriba— yo’lingdagi yorug’ shamchiroq. U. Fillipo
Faqat tajribagina bizni hayot ne’matlarini qadrlashga o’rgatadi. Ya. Gyote Haqiqiy bilimning manbai — faktlarda. P. Buast har qanday aniqlikning asosi hisoblanmish tajriba negizida tug’ilmagan bilim besamara va g’ij-g’ij xatodir. Leonardo da Vinchi bema’ni tuyg’ularga inonish — betamizning xislati.
Olimlar qarashlari

Slayd 4

Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish o’ziga xos murakkab va ma’suliyatlidir. Inson predmetida ayniqsa navnihol yoshlarda tajriba-sinov o’tkazish aniq dastur asosida tashkil etilishi, dastur har tomonlama pedagogika-psixologik qonuniyatlar, shart-sharoitni hisobga oladi. Ilmiy tadqiqot dasturi tajriba-sinov ishlarini maqsadli, izchil amalga oshirish mazmuni belgilaydi. Pedagogik tajriba-sinov dasturi, mavzuning dolzarbligi, ijtimoiy iqtisodiy ahamiyatini aniqlash, ilmiy farazning haqqoniyligini asoslash qo’llanmasidir.

Slayd 5

Tadqiqot nazariyasining amalda sinab ko’rish; tadqiqot ilmiy-amaliy imkoniyatini joriy etish, umumlashtirish; bir necha variantda har xil sharoitda tadqiqot natijasini tekshirib ko’rish; matematik statistik tahlil qilish va baholash kabi yo’nalishlardan iborat bo’ladi. Ma’lumki, amaliyot ilmiy bilishning mezonidir. Ilmiy tadqiqot fanning istiqbolini belgilovchi, mumtoz qonuniyatlarni yorituvchi yoki vaqtinchalik bo’lishi, ba’zan takror bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun tajriba-sinov ishlari ana shu imkoniyatlarni hayotda o’z ifodasini aniqlashdan iborat bo’ladi. Ilmiy farazlarni asoslashda tajriba-sinovlari muhim tarkibiy qismdir.

Slayd 6

Ilmiy farazlarga asosan tajriba-sinov ishlari tashkil etiladi, ilmiy farazlar amaliyotda sinalsagina nazariy g’oyaga aylanadi. Ilmiy farazlar tajribalarda asoslanmasa ilmiy tadqiqot yo’nalishi o’zgartiriladi, qayta tajriba o’tkaziladi. Ilmiy tadqiqotning konsepsiyasi muammoning o’rganilish tarixiy taraqqiyoti, hayotda tipik ko’rinishlari tajribada sinab ko’riladi. Amaliy tajriba tadqiqot nazariyasini asoslaydi to’ldiradi. Shuning uchun tajribasinov ishlari dasturi ilmiy tadqiqotni izchil amalga oshirish tizimi, mexanizmdir.

Slayd 7

Tadqiqot nazariyasi tajriba-sinov ishlari bir-biri bilan uzviy bog’liq. Nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi falsafiy kategoriya tajriba-sinov ishlarining metodologik asosidir. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyatini aniqlashda tajriba-sinov ishlari ekspertiza vazifasini bajaradi. Tadqiqot argumenti tajriba- sinov ishlarining natijasiga asosan ifodalanadi. Ilmiy tadqiqotni argumentlash, g’oyaviy aksioma tajriba-sinov ishlarining har xil variantda, har xil sharoitda o’tkazilganiga bog’liq. Pedagogik tadqiqotda subyektiv tavsiyalar o’tgan asrda ta’lim-tarbiya tizimini inqirozga olib bordi.

Slayd 8

Bir necha variantda, shart-sharoitda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari tajriba va nazorat guruhlarida sinab ko’riladi. Uzoq muddatli tajribada har bir bosqichda bajariladigan kuzatish tajriba-sinov ishlar tartibi belgilanadi. Tajriba guruhlari xususiyatiga ko’ra bir yoki bir necha bosqichli tajriba-sinov ishlari rejalashtiriladi. Tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirishda mantiqiy xulosalar bilan birga matematik statistik tahlil argumentli konsepsiyalar, amliy qo’llanmalar yaratish imkoniyatini oshiradi.

Slayd 9

Bir necha variantda, shart-sharoitda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari tajriba va nazorat guruhlarida sinab ko’riladi. Uzoq muddatli tajribada har bir bosqichda bajariladigan kuzatish tajriba-sinov ishlar tartibi belgilanadi. Tajriba guruhlari xususiyatiga ko’ra bir yoki bir necha bosqichli tajriba-sinov ishlari rejalashtiriladi. Tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirishda mantiqiy xulosalar bilan birga matematik statistik tahlil argumentli konsepsiyalar, amliy qo’llanmalar yaratish imkoniyatini oshiradi.

Slayd 10

Tadqiqot yo’nalishi pedagogikaning tarkibiy qismlari, mavzuga doir tajriba-sinov ishlari dasturi yaratilishi, tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda ham ijodkorlik bo’lishi mumkin. Masalan, buyuk allomalarning tajriba haqidagi ta’limotlari bugungi kunda ham alohida ahamiyatga ega: Fan tabiatni takomillashtiradi, ammo o’zi ham tajriba negizida takomillashadi zero, tug’ma iste’dodlar yovvoyi o’simliklarga o’xshab, ilmiy Pedagogik tadqiqot tajriba–sinov ishlari ilmiy tadqiqot maqsadi Tadqiqotning ilmiy farazi dastlabki tajriba-sinov ishlari ilmiy tadqiqot obyekti ilmiy tadqiqot metodlari ilmiy tadqiqot predmeti ilmiy tadqiqot tajriba-sinov ishlar dasturi ilmiy tadqiqot vositalari Qayta tajriba-sinov ishlari Tadqiqot natijalarini argumentlari ilmiy g’oya, tavsiyalar Umumlashtirish, ommalashtirish parvarishga muhtojdir; ayni paytda tajriba bilan oydinlashtirib turilmasa, ilmning o’zi haddan tashqari umumiy dastur beradi.
F. Bekon

Slayd 11

Faqat tasavvurda tug’ilgan minglab mulohazadan ko’ra, men birgina tajribani afzal ko’raman.
M. VLomonosov
Barcha tajribalar — umid va sinchkovlik changalida turadi.
O. Balzak

Slayd 12

Tasavvur qanotida parvoz qilish qanchalar jozibali bo’lmasin, hamisha sinovdan o’tgan faktlar shippagida, vazmin qo’rg’oshin tagli shippakda yurishni afzal ko’rgan ma’qul.
J. Fabr
Faktlarning ahamiyatini kamsitmaylik qachondir unda haqiqat chechagi gul ochadi.
G. Toro

Slayd 13

Bugun mayda, yakka va ahamiyatsiz tuyulgan faktlar yangi kashfiyotlar tufayli ertaga fanning sersamara yangi tarmog’iga asos bo’lishi mumkin.
A. M. Butlerov
Tajriba va kuzatish — donishmandlikning tuganmas bulog’i va undan istagan odam bahramand bo’lishi mumkin.
U. Chenning

Slayd 14

Biz mulohazalarni emas, faktlarni anglashga intilmog’imiz va aksincha fikrlarimiz tizmasidan bu faktlarga o’rin topib bermog’imiz lozim.
G. Lixtenberg.
Har qanday ilmiy sohada — tabiat sohasida ham, tarix sohasida ham — bizga ma’lum faktlardan kelib chiqmoqlik zarur… Bog’lanishlarni konstruksiya qil. Ish va ularni faktlarga olib kirish mumkin emas, aksincha, ularni faktlardan keltirib chiqarmoq va ular topilgach, imkon yo’l qo’ygan darajada tajriba yo’li bilan ularni dalillamoq zarur.
F. Engels

Slayd 15

Kishini rasmiyatchiga aylantiruvchi faktlardan xabardorlik haqiqiy bilim emas, balki o’sha faktlardan foydalanish uni faylasuf darajasiga ko’taradi.
G. Bokl Rasmiyatchi
Aql badhazmligi kasaliga mubtalo bo’lgan kishidir.
J. Renar
Fanda g’oyalarni izlamoq kerak. G’oyasiz fan bo’lishi mumkin emas. Faktlarni bilishning qimmati asosan shundaki, ularda g’oyalar yashiringan bo’ladi g’oyasiz faktlar miya va xotiraning ifloslanishidir. V. G. Belinskiy
Hamma faktlar ham yozib olishga arzirli bo’lavermaydi.
F. Volter
Bema’ni tuyg’ularga inonish — betamizning xislati.
Geraklit
Yuzaki odam jaholatni teranlik deb, yovvoyilikni zabardastlik, mavhumlikni nihoyasizlik, bema’nilikni o’ta ta’sirchanlik, deya qabul qiladi.
F. Shiller

Slayd 16

Ilmiy ishni doimiy tajribalar va aniq ko’rgazmalar vositasida to’g’ri olib bormoqlik uchun bardoshli mahorat kerak.
J. Maksvell
Rejasiz odam ma’lum faktlar ko’chasida ham osongina adashadi.
D. I. Mendeleyev

Slayd 17

Faktlar, hammavaqt faktlar o’rgatadi, tarbiyalaydi, g’oyalar esa unga yo’ldosh, ular faktlardan oldinga o’tolmaydi.
M. Gorkiy
Faktlar — misoli shunday narsaki, shubhagumonlar undan xuddi temirga urilib sakragan rezina koptokdek qochadi.
M. Gorkiy

Slayd 18

So’zlar tizmasida nutq, ranglar yig’indisidan muayyan qiyofalar tug’ilgani singari, bir-biri bilan o’zaro bog’langan juda ko’p faktlarni bilishdan tom ma’nodagi yuksak bilim paydo bo’ladi.
A. M. Butlerov

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik tajriba-sinov dasturini ishlab chiqish metodikasi 2” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar