=== Taqdimot 1 ===
Pedagogik mahorat va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
01.
Pedagogik mahorat tushunchasi haqida
02.
Pedagogik qobiliyat-pedagogik mahorat asosi sifatida
03.
Pedagogik texnika
=== Taqdimot 3 ===
Pedagogik mahorat – o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada mahoratli o‘z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis mahoratidir.
=== Taqdimot 4 ===
O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha
O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogik mahorat
Madaniyatning yuqori darajasi va aql – zakovatning darajasi;
O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi bo‘lish;
O‘quv tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
=== Taqdimot 6 ===
Pedagogik qobiliyat – pedagogik faoliyatni boshqara olish imkoniyatini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini shuningdek pedagogik jarayonlarni tashkil etish borasidagi xususiyatlarining komponentlaridir.
=== Taqdimot 7 ===
Pedagogik qobiliyat turlari:
01.
Didaktik
02.
Akademik
03.
Perseptiv
04.
Kommunikativ
05.
Tashkilotchilik
06.
Psixologik tashxis
07.
Diqqatni taqsimlash
08.
Yo‘naltiruv chanlik
09.
Ghostik
10.
Konstruktivlik
=== Taqdimot 8 ===
Didaktik qobiliyat (oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni tushuntirish) ya’ni o‘quvchilar bilan muloqot qilishda pedagogning ta’lim, tarbiyaviy hamda metodlarni chuqur o‘zlashtirgan holda dars berish qobiliyatidir.
=== Taqdimot 9 ===
Akademik qobiliyat (barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo‘lish) O‘qituvchi o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida va o‘zlashtirishda namoyon etishidir.
=== Taqdimot 10 ===
Pеrsеptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditoriya holatini idrok qila olish fazilati); tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish ya’ni kuzatishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini va psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi.
=== Taqdimot 11 ===
Kommunikativ, nutqiy qobiliyat (ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm chastotaga ega bo‘lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qilishi); O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota- onalar bilan o‘zaro muloqotga kirishishida muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi muomala madaniyatini muntazam o‘zida singdirib shakllantirib borishi lozim.
=== Taqdimot 12 ===
Kommunikativ, nutqiy qobiliyat (ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm chastotaga ega bo‘lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qilishi); O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota- onalar bilan o‘zaro muloqotga kirishishida muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi muomala madaniyatini muntazam o‘zida singdirib shakllantirib borishi lozim.
=== Taqdimot 13 ===
Tashkilotchilik qobiliyati (sinf guruhi yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi); ya’ni sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga va to‘garaklarga jalb qila olishida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 14 ===
Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilish bashorati); tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishidir.
=== Taqdimot 15 ===
Diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir nеcha obyektlarga bir vaqtning o‘zida ongini qarata olish); O‘qituvchida diqqatning barcha xususiyatlari: hajmi , idora qilinishi, safarbarligi taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
=== Taqdimot 16 ===
Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati. Bilim oluvchilarni tashabbuskorlikka, ijodga yo‘naltirish va ijodkorlikni shakllantirish.
=== Taqdimot 17 ===
Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik (yangilik yarata olish) ya’ni O‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi amaliyotda namoyon etishi va yangilik yarata olishidir.
=== Taqdimot 18 ===
Konstruktiv qobiliyat – O‘qituvchining o‘quv tarbiyaviy faoliyatini puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.
=== Taqdimot 19 ===
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikridir.
=== Taqdimot 20 ===
Pedagogik takt
Pedagogik konflikt vaziyatni o‘z qo‘liga olish, emotsional taranglikni bartaraf etish ya’ni tashqi vazminlik va xotirjamlik
O‘z xatti-harakatlari bilan sherigiga ta’sir ko‘rsatish, bunda ishtirokchining yuzini diqqat bilan kuzatish
Maqsadni muvofiqlashtirish (talaba bilan o‘zini muvofiqlashtira olish)
Samarali yechim borligiga ishonishingizni namoyon qilish
=== Taqdimot 21 ===
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog Ivan Vladimirovich Straxov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning bunda muhimi-o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llash, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarning hisobga olish zarurdir.
1905-1985
=== Taqdimot 22 ===
Tarbiya tamoyillari
Tarbiya maqsadining aniqligi
Bolalar va kattalarning birgalikdagi faolyati
O‘z-o‘zini anglash
Tarbiyaning shaxsga yo’naltirilganligi
Ixtiyoriylik
Jamoa yo‘nalishi
=== Taqdimot 23 ===
PEDAGOGIK TEXNIKA – bu o‘qituvchining va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat etishga doir usullari va maxsus ko‘nikmalari majmuidir.
PANTOMIMIKA – bu qo‘l, oyoq, bosh butun tana harakati bo‘lib, asosiy fikrni ajratib ko‘rsatadi va obrazlarni chizadi.
MIMIKA – bu o‘z fikri hissiyotlari, kayfiyati, holatini yuz muskullari orqali ifodalash.
=== Taqdimot 24 ===
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri — har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir.
=== Taqdimot 25 ===
Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogik vazifalarni yuksak darajada yechish, o‘qituvchining shaxsiy xislatlari sintezi, uning rang-barang ilmiy sohadagi va pedagogik faoliyatidagi bilim hamda malaka va ko‘nikmalari bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.