Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularning funksiyalari
5000 so'm

=== Taqdimot: Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularning funksiyalari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularning funksiyalari
=== Slayd 2 ===
Reja:
Pedagogik faoliyat haqida tushuncha va pedagogik faoliyat turlari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni loyixalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
01.
02.
=== Slayd 3 ===
Pedagogika: Inson kamolotiga yetaklovchi fan
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusidir. Ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan.
Pedagogika so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiradi.
=== Slayd 4 ===
Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonni loyihalashtirish
Ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni ilmiy asoslangan shaklda tashkil etish, ayniqsa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni loyihalashtirish ta’lim tizimining yanada samaradorlikka erishishiga olib keladi.
Maktabgacha pedagogikaning asosiy vazifalari:
Bolalarda ta’lim olish ehtiyojini shakllantirish.
O‘qishga qiziqish va maktabga borish hissiyotini rivojlantirish.
Pedagogik muammolarni hal qilish.
Bolalarni mustaqil erkin fikrlashga o‘rgatish.
Yuksak odob va ma’naviy-axloqiy tushunchalarni o‘rgatish.
=== Slayd 5 ===
Pedagogik loyihalashning asosiy predmeti
Davlat talablariga singan faoliyat
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasini rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq faoliyat yuritish.
Ta’lim mazmunini takomillashtirish
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish.
IT asosida metodlarni tashkil etish
Ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil etish.
Pedagogik mahorat
Bolalarning jismoniy va aqliy-ruhiy sog‘ligini ta’minlashda o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik mahoratini talab qilish.
=== Slayd 6 ===
Loyiha bosqichlari: Rejalashtirishdan baholashgacha
Rejalashtirish bosqichi
Har qanday faoliyatda, avvalo, rejalashtirish amalga oshirilsa, o‘sha ish-harakatni amalga oshirish tezroq va samaraliroq bo‘ladi.
01.
Amalga oshirish bosqichi
Rejalar asosida amaliy ishlarni bajarish va loyihani hayotga tatbiq etish.
02.
Baholash bosqichi
Loyihaning natijalarini tahlil qilish, samaradorligini baholash va kelgusi rejalar uchun xulosalar chiqarish.
03.
=== Slayd 7 ===
Loyiha usulini ishlab chiqishning tarixiy tajribasi
Loyihalar usulini ishlab chiqishning tarixiy tajribasini umumlashtirib, biz asosiy bosqichlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
Maqsad qo‘yish:
O‘qituvchiga bola uchun ma’lum vaqt davomida eng samarali va amalga oshirishi mumkin bo‘lgan vazifalarni tanlashga yordam beradi.
Loyihani ishlab chiqish:
Bu maqsadga erishish uchun tadbirlar rejasini amalga oshirishning amaliy qismidir.
=== Slayd 8 ===
Loyihalashtirish texnologiyasi: Hamkorlik va samadorlik
Loyihalashtirish texnologiyasi bolalar va kattalarning hamkorlikda faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik
=== Slayd 9 ===
Ta’limga yo‘naltirilgan yondashuv
Bu o‘ziga xos vosita bo‘lib, ta’lim olishga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshiradi.
Zamonaviy ta’lim tizimi
Zamonaviy ta’lim tizimini boshqarishning yangi texnologiyalari va modellarini izlash ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Uning samaradorligi, birinchi navbatda, maktabgacha ta’limning davlat ta’lim standarti bilan tartibga solinadigan asosiy tamoyillarni hisobga olish va ularni amalda qo‘llash bilan bog‘liqdir.
=== Slayd 10 ===
Loyihalashtirishning dolzarbligi va rivojlanishi
Hozirgi vaqtda pedagogik jarayonni loyihalashtirish keng tarqalmoqda. Bu, eng avvalo, o‘quv va tarbiyaviy faoliyat sifatini va samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini izlash bilan bog‘liqdir.
O‘qituvchi faoliyatining samaradorligi tobora ko‘proq uning o‘z faoliyatini qat’iy ilmiy asosda tashkil etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, nafaqat o‘quv jarayonini, balki uning natijalari, shart-sharoitlari va rivojlanish mexanizmlarini ham o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 11 ===
Loyihalashtirishga kirish: Devis Falko nazariyasi
Faraziy variantlar
Pedagogik loyihalashtirish kelajakdagi faoliyatning faraziy variantlarini yaratishga qaratilgan.
Natijalarni bashoratlash
Bu, amalga oshiriladigan loyihaning kutilgan natijalarini oldindan ko‘ra bilishni anglatadi.
Devis Falko
Bu tamoyil rus o‘quvchisi Devis Falko tomonidan ilgari surilgan.
=== Slayd 12 ===
Loyihalarning turlari (kleepatrik bo’yicha)
Bu mahsuliy loyihalash bo‘lib, yangi g‘oyalar va original yechimlar yaratishga qaratilgan. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhimdir.
Ijodiy loyiha
Muammolarni hal qilishga qaratilgan amaliy loyihalash. Bolalarga real hayotiy vaziyatlarda qaror qabul qilishni o‘rgatadi.
Istismolchi loyiha
=== Slayd 13 ===
Mashq loyihasi
Ma’lum ko‘nikma va bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan. Takrorlash va amaliy qo‘llash orqali o‘rganishni ta’minlaydi.
Tadqiqiy loyiha
Bolalarning dunyoni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydigan izlanishga asoslangan loyihalar.
=== Slayd 14 ===
Ta’lim sifati va samaradorligida loyihalashtirish
Shaxsning barqaror rivojlanishi
Ta’lim faoliyati shaxsning har tomonlama va barqaror rivojlanishiga qaratilgan.
Muammolarni hal qilish
Ta’lim muhitini tashkil etish va o‘quvchilarning turli faoliyatini boshqarish muammolarni hal qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Pedagogik faoliyat
Bu jarayon pedagogik faoliyatning muhim qismi bo‘lib, kognitiv faoliyatni boshqarishga yordam beradi.
=== Slayd 15 ===
Pedagogik loyihalashtirishning asosiy komponentlari
Konstruktiv faoliyat
O‘quv materialini tanlash, tuzish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va qo‘llash.
Tashkiliy faoliyat
Talabalarni turli faoliyatlarga jalb qilish, jamoaviy ishlarni tashkil etish.
Kommunikativ faoliyat
O‘qituvchi-o‘quvchi, maktab-ota-onalar o‘rtasida maqsadga muvofiq munosabatlarni o‘rnatish.
=== Slayd 16 ===
Pedagogik jarayon samaradorligi: Nazorat va baholash
Shu sababli pedagogik faoliyatda nazorat qilish va baholash komponenti alohida ajratiladi, bu esa jarayonni doimiy ravishda takomillashtirishga yordam beradi.
Nazorat va baholash komponenti
Pedagogik jarayonning samaradorligi doimiy teskari aloqaning muvofiqligi bilan bog‘liq.
O‘qituvchining natijalarni rejalashtirishi, vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi, o‘z vaqtida ma’lumot olishi va muhokama qilishi muhim vazifa hisoblanadi.
=== Slayd 17 ===
Maktabgacha ta’limda loyihalashtirish rolining rivojlanishi
Bolalar o‘yinlar o‘ynaydi, o‘yinlar yaratadi, topishmoqlar o‘ylab topadi. Bu jarayon loyihalashtirish asosida amalga oshadi.
O’yinlar va Ijod
Liboslarning modellarini ishlab chiqadi, bu esa kelajakda ularning rivojlanishiga katta yordam beradi.
Dizayn va Modellashtirish
=== Slayd 18 ===
Tadqiqot va sarguzasht
Kattalar ko‘magida tadqiqot ishlari, ijodiy ishlar, sarguzashtlar va o‘yinlarni amalda qo‘llashadi.
=== Slayd 19 ===
Pedagog-tarbiyachidan talab qilinadigan qobiliyat va mahorat
Madaniyatning integratsiyalashuvi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Farzand tarbiyasida pedagog-tarbiyachidan yuqori darajadagi qobiliyat va mahorat talab qilinadi.
Layoqatli tarbiyachi: Tarbiyachi o‘zi layoqatli bo‘lmasa, farzand tarbiyasida mas’ul hisoblanmaydi.
Faoliyat muhimligi: Loyihalashtirishda ham aynan mana shunday tarbiyachidan talab qilinadigan faoliyatlar muhim hisoblanadi.
Integratsiyalashgan yondashuv: Bolaning madaniyat doirasidan tashqarida ham davr yo‘llarini, mustaqil fikrlashni o‘rganishi uchun yordam beradi.
=== Slayd 20 ===
Pedagog-tarbiyachining mahorati bolaning kelajakdagi shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
=== Slayd 21 ===
Loyihalar usulining pedagogik jarayondagi o‘rni
Loyihalar usuli o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan pedagogik jarayonni tashkil etish usuli hisoblanadi.
Atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish usuli maqsadga yetishish uchun bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va sifatli ifodalanadi. Loyihalar ta’lim-tarbiya jarayonida muhim hisoblanadi va farzand tarbiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
=== Slayd 22 ===
Xulosa va keyingi qadamlar
Pedagogik loyihalashtirish – bolaning barkamol rivojlanishi uchun muhim omil.
Zamonaviy ta’lim tashkilotlari amaliyotida qo‘llaniladigan loyihalar turlari:
Tadqiqot loyihalari: Bolalar eksperiment o‘tkazadilar va mustaqil fikrlashga o‘rganadilar.
Ijodiy loyihalar: San’at orqali o‘ziga nisbatan ishonch hosil qiladilar.
Rolli o‘yinlar: Bolalar ijodiy g‘oyalarni o‘zlari o‘ylab topadilar, bu ularga mustaqil fikrlash va yangiliklar yaratish imkonini beradi.
=== Slayd 23 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning yoshiga bog‘liq psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtirish muvaffaqiyatli natija beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining alohida bosqichlarini tartibga solish, loyihalashtirish ishiga befarq bo‘lmaslik va uning samaradorligiga alohida e’tibor qaratish muhimdir.
Muvaffaqiyatli loyihalashtirish
=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.