O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi

5000 so'm


O‘zbekistonda-basketbolning-paydo-bo‘lishi-va-rivojlanishi-tarixi

Slayd 1

O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi

Slayd 2

O‘zbekiston sportchilarini “basketbol” degan o‘yin bilan birinchi marta Moskva instruktorlar va chaqiriq yoshidagi yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash maktabining bitiruvchisi Turkiston o‘lkasiga xizmat safariga yuborilgan umumta’lim vakili L.Barxash tanishtirgan. U 1920-yilning aprel oyida Skobalev (hozirgi Farg‘ona) shahrida instruktorlardan va harbiy xizmatga chaqiriq yoshiga etayotgan o‘smirlardan iborat basketbol jamoasi tashkil etadi. Ularga o‘yin qoidasini tushuntirib namunaviy o‘yinni o‘ziga o‘tkazib ko‘rsatadi. 28×16 metrli maydonchada o‘rtasidan ikkita uzunasiga chiziq tortilgan chegara qo‘yib, har birida 9 nafardan o‘yinchi bo‘lgan ikki jamoa uchrashadi.

Slayd 3

Toshkent shahrida basketbol jamoasini tuzgan kishi harbiy xizmatga chaqirish yoshiga yetayotgan katta yoshli o‘smirlar harbiy-jangovar maktabining o‘qituvchisi S.Stariy bo‘lgan edi. Bu erda Umumta’lim hovlisida tashkil etilgan basketbol maydonchasida 1920-yilning sentyabr oyida birinchi o‘yin bo‘lib o‘tgan edi. Unda har bir jamoada besh nafardan o‘yinchi bo‘lib to‘p o‘rnida futbol to‘pidan foydalangan edilar. Halqa o‘rniga sport maydonchasining har ikki chekkasidagi ustunlarga osib qo‘yilgan tagi teshik eski chelaklardan foydalanilgan edi.

Slayd 4

Tashkil etilgan mana shu dastlabki namunaviy o‘yinlar mahalliy yoshlarga va jismoniy tarbiya instruktorlariga ma’qul bo‘lib, ularda katta taassurot qoldiradi. Toshkentda o‘tkazilgan o‘sha birinchi basketbol o‘yini qatnashchisi M.D.Mogilevskiyning hikoya qilishiga, yigitlar har kuni kiyib yurgan kiyimlarida o‘yinga tushishgan va ko‘plari yalang oyoq o‘ynashgan. O‘yin boshdan-oyoq bir-biriga to‘p otish va qo‘liga tushgan to‘pni osib qo‘yilgan eski chelakka tashlashdan iborat bo‘lgan. Bu yerda o‘yinning eng oddiy qoidalariga rioya qilinmaganligiga qaramasdan, yangi o‘yin odamlarga kuchli hayajon uyg‘otgan, vaziyatning tez-tez o‘zgarib turishi bu yerda to‘plangan o‘smirlar va yoshlarning diqqatini o‘ziga tortgan.

Slayd 5

1920-yilning yozida va kuzida bir necha ko‘rgazmali uchrashuvlar o‘tkazildi. Yangi o‘yinga qizlar ham qiziqa boshlashdi. Shu yili Andijonda jismoniy tarbiya instruktori I.Bluskiy rahbarligi ostida ayollar basketbol jamoasi tashkil etildi. Qizlar unga “Lochin” nomini berishdi.

Slayd 6

Basketbol jamoalarining tashkil etilishi mashg‘ulotlar uchun joy ko‘rish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 1921-yilda Toshkentda, Qo‘qonda, Andijonda, Farg‘onada komsomolning tashabbusi bilan va profsoyuzlarning faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida basketbol maydonchalari qurildi. Qayta qurilgan maydonlarning o‘ziga xos tomoni shunda ediki, bunda shitlar va halqachalar yaratilgan edi. O‘sha yiliyoq basketbol bo‘yicha ikkita musobaqa o‘tkazildi: “ikki haftalik” va “Chaqiruvchiga bo‘lganlar haftaligi”.

Slayd 7

1921-yilning iyulida Toshkentda II O‘rta Osiyo olimpiadasi o‘tkazilayotgan vaqtda Farg‘ona, Samarqand, Chernyayevning eng yaxshi ayollar basketbol jamoalari birinchi rasmiy musobaqalarni o‘tkazdilar. “Doprizivnik” jurnali Farg‘onalik qizlarning yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligini ta’kidlagan edi. Olimpiada basketbolning yanada rivojlanishi uchun yangi turtki berdi. Lekin yagona qonun-qoidalarning yo‘qligi, metodik va sport xarakterdagi axborotning yomon etkazilishi, basketbol o‘yinining texnika va taktikasini yaxshi biladigan instruktorlik tarkibining yo‘qligi basketbol jamoalarining mahoratini o‘sishini to‘xtatib turardi.

Slayd 8

Toshkent shahrida basketbol jamoasini tuzgan kishi harbiy xizmatga chaqirish yoshiga yetayotgan katta yoshli o‘smirlar harbiy-jangovar maktabining o‘qituvchisi S.Stariy bo‘lgan edi. Bu yerda Umumta’lim hovlisida tashkil etilgan basketbol maydonchasida 1920-yilning sentyabr oyida birinchi o‘yin bo‘lib o‘tgan edi. Unda har bir jamoada besh nafardan o‘yinchi bo‘lib to‘p o‘rnida futbol to‘pidan foydalangan edilar. Halqa o‘rniga sport maydonchasining har ikki chekkasidagi ustunlarga osib qo‘yilgan tagi teshik eski chelaklardan foydalanilgan edi.

Slayd 9

1923-yilda Turkiston MIK qoshida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘lka Soveti tuzildi. Jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining davlat boshqaruv fanlari paydo bo‘lishi bilan jamoat tashkilotlarining sport o‘yinlari, jumladan, basketbolni tashkil etishdagi faoliyati aktivlashadi. Zavodlar, fabrikalar, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida sport to‘garaklari ochila boshladi.

Slayd 10

1924-yilning avgustida Farg‘ona, Poltorask, Toshkent, Sirdaryo va respublika poytaxti oliy o‘quv yurtlarining terma jamoalari I – Butun Turkiston jismoniy tarbiya bayrami musobaqalarida uchrashdilar. Jismoniy va texnik tayyorgarligi o‘z raqiblarinikida ustunroq bo‘lgan Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari ushbu musobaqalarning g‘oliblari bo‘ldilar. Musobaqalarda taxminan 60 kishi ishtirok etdi. Musobaqalar “Moskva qoidalari” bo‘yicha o‘tkazildi. Yuzasi 26×15 m va to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lgan maydonchada o‘ynashgan.

Slayd 11

Yuzaviy deb ataladigan qisqa chiziqlarning o‘rtasida vertikal shitlari bo‘lgan tirsaklar o‘rnatilgan bo‘lib, uning o‘lchamlari 180×205 sm bo‘lgan va yer yuzasidan 270 sm balandlikda o‘rnatilgan. Shitning pastki chegarasidan 30 sm masofada unga gorizontal ravishda kronshteynga radiusi 18 sm bo‘lgan temir halqa o‘rnatilgan edi. Har biri 20 daqiqadan bo‘lgan 2 taym o‘ynalar edi. O‘yin davomida halqaga tashlangan to‘p – 2 ochko, jarima to‘pi sifatida tashlangan to‘p esa – 1 ochko keltirar edi. O‘z raqibi halqasiga ko‘proq to‘p tushira olgan jamoa mutlaq g‘olib hisoblanar edi.

Slayd 12

Hech qanday kombinatsiyalar bo‘lmasdi, himoyachilar muayyan hujumchilarning yo‘lini to‘sar edilar, bunda chap himoyachi raqibning o‘ng hujumchisini to‘sar edi, markaziy o‘yinchi esa faqat markaziy o‘yinchi bilan shug‘ullanar edi. Daqiqalik tanaffuslar bo‘lmasdi. O‘yin vaqtida o‘yinchi almashtirish mumkin emasdi (baxtsiz tasodiflardan tashqari) kamida 4 kishiga o‘ynash ruxsat etilar edi. Markazdan o‘yin boshlaydigan o‘yinchi bir qo‘lini orqasiga qilib olishi kerak edi.
To‘pni markazda o‘ynatish vaqtida har ikkala jamoaning hujumchilari o‘z raqiblarining maydonchasida zarur edi.

Slayd 13

O‘sha zamon qoidalariga ko‘ra, o‘yinchi to‘pni bir joyda 2 soniyadan ortiq ushlab turishiga ruxsat berilmas edi. Bu to‘pning bir o‘yinchidan ikkinchisiga o‘tib, doimo harakatda bo‘lishiga va tez-tez uzatilishiga imkon berar edi. O‘yinchilar nomerlanmas, protokollar tuzilmas edi. O‘yinga bir kishi hakamlik qilar edi va hisob qanday bo‘lganini tushirilgan har bir to‘pdan keyin e’lon qilib turar edi. Yerga tushgan to‘pni 2 qo‘llab olib savatchaga tushirish va havodagi to‘pni bir qo‘llab otib nishonga tushirish eng keng tarqalgan usullardan hisoblangan. Maxsus murabbiylar bo‘lmagan. O‘yin paytida to‘pni albatta boshdan oshirib tashlaganlar, lekin ko‘p hollarda ikki qo‘llab to‘p tashlash va uni yerdan olib pastdan yuqoriga birdan ko‘tarib savatchani nishonga olish ko‘proq rasm bo‘lgan.

Slayd 14

Bora-bora basketbol yoshlar orasida keng tarqalib keta boshladi. 1927-yilda u birinchi Butun O‘zbekiston Spartakiadasining dasturiga ham kiritildi. Ungacha esa shahar musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar birinchiligi uchun basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi, Farg‘onada 8 ta, Samarqandda 12, Andijonda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ularning ayrimlari klublar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, matbaachilar (Toshkent) – 3 ta jamoa temiryo‘lchilar (Samarqand, Andijon) — har biri 2 tadan, profinternchilar (Toshkent) — 3 tadan jamoa tuzib o‘ynaganlar.

Slayd 15

1928-yilning avgust oyida Moskvada birinchi butun mamlakat Spartakiadasi bo‘lib o‘tadi. Unda tarkibida 193 kishi bo‘lgan. O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham sportning spartakiada dasturiga yetti turi bo‘yicha ishtirok etadi.
Basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoalari moskvaliklarga yutqazadilar va Zakavkaze Federatsiyasi sportchilarini yutadilar. Final o‘yinlarida mamlakat jamoasiga yutqazib, umumiy hisobga IV o‘rinni egallaydilar. Shu yerning o‘zida basketbol jamoalari Fransiya ishchilar Federatsiyasi jamoalari bilan Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladilar. Bunda erkaklar jamoasi 49:12, xotin-qizlar jamoasi 24:12 hisobida g‘olib chiqadilar.

Slayd 16

1930-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan kasaba soyuzlarining jismoniy tarbiya bo‘yicha I Butun mamlakat konferensiyasi jismoniy tarbiya to‘garaklarini bevosita zavod va fabrikalarda hamda o‘quv yurtlarida tashkil etiladigan jamoalarga hamda o‘quv aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Slayd 17

Quyidagi faktlar o‘sha davrda basketbol tobora ommaviylashib borganligini ko‘rsatadi: u II Butun o‘zbek kasaba uyushmalari Spartakiadasining (1935-yil, iyun), Samarqandda o‘tkazilgan xotin-qizlar jismoniy tarbiya bayrami (1935-yil, avgust), Toshkentda o‘tkazilgan idoralararo spartakiada (1935-yil, sentyabr) dasturlariga kiritiladi. Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Buxoro shaharlarida alohida birinchiliklar o‘tkaziladi. Xuddi o‘sha yili “Spartak”, “Lokomotiv”sport jamiyatlari tuzildi. Ushbu jamoalarda o‘quv-trenirovka jarayoni bilan shug‘ullanadigan murabbiylar paydo bo‘ladi. Chunonchi “Lokomotiv” jamiyatida M.Fedorov, “Spartak”da A.Kirillov, “Dinamo”da I.Konstantinov murabbiylik vazifasini bajaradilar. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining birinchi murabbiysi K.K.Morozov bo‘lgan edi.

Slayd 18

O‘sha zamon qoidalariga ko‘ra, o‘yinchi to‘pni bir joyda 2 soniyadan ortiq ushlab turishiga ruxsat berilmas edi. Bu to‘pning bir o‘yinchidan ikkinchisiga o‘tib, doimo harakatda bo‘lishiga va tez-tez uzatilishiga imkon berar edi. O‘yinchilar nomerlanmas, protokollar tuzilmas edi. O‘yinga bir kishi hakamlik qilar edi va hisob qanday bo‘lganini tushirilgan har bir to‘pdan keyin e’lon qilib turar edi. Yerga tushgan to‘pni 2 qo‘llab olib savatchaga tushirish va havodagi to‘pni bir qo‘llab otib nishonga tushirish eng keng tarqalgan usullardan hisoblangan. Maxsus murabbiylar bo‘lmagan. O‘yin paytida to‘pni albatta boshdan oshirib tashlaganlar, lekin ko‘p hollarda ikki qo‘llab to‘p tashlash va uni yerdan olib pastdan yuqoriga birdan ko‘tarib savatchani nishonga olish ko‘proq rasm bo‘lgan.

Slayd 19

Chambar halqalarni (1936-yil sentyabr oyida) doira shaklida temir halqalar bilan texnik jihatdan ancha takomillashtirilgan halqalar almashtirilishi to‘pni ko‘krakdan ikki qo‘llab va yelkadan bir qo‘llab har harakat vaqtida ham turgan joyidan halqaga tushirish imkonini berdi (to‘pni uzatish va olib yurish texnikasi yaxshilandi).

Slayd 20

Basketbol o‘yin qoidasi va musobaqa tashkil qilish asoslari
1937-yildan boshlab terma jamoalar o‘rtasida basketbol bo‘yicha Respublika musobaqalari o‘tkazila boshladi, sport jamiyatlari jamoalari g‘oliblari o‘zaro shahar, viloyat birinchiligi o‘tkaza boshladilar. G‘olib chiqqan jamoaga “chempion” unvoni berilib, ularga Butun mamlakat musobaqalarda O‘zbekiston tarafini himoya qilish huquqi ham beriladigan bo‘ldi.

Slayd 21

1939-yil yanvaridan boshlab yangi qoidalar joriy etila boshlandi: zaxirada o‘yinchilarga ega bo‘lishga ruxsat berildi. “O‘yinchiga sof vaqt ajratish” qoidasi joriy etildi, “uch sekund” qoidasi mavjud edi. Man shu punktning joriy etilishi bilan o‘yin ancha dinamik xarakter kasb etadi. Bunga yana qoidalarning to‘pni to‘xtamasdan doira chizig‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘pni halqaga tushirilgan hollarda (o‘yinni har safar markazdan boshlamasdan) o‘yinni to‘xtatmasdan to‘pni o‘yinga kiritishga ruxsat beradigan boshqa bir punkt ham o‘yin dinamikasini oshirdi.

Slayd 22

Ilgari bir o‘yinchi tomonidan shaxsan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xatolarning soni 4 xato bilan chegaralanib qo‘yildi, jarima to‘pini tashlash huquqi aziyat chekkan o‘yinchining o‘ziga beriladigan bo‘ldi. O‘sha qoidalar bo‘yicha basketbol halqasining aniq o‘lchovlari ham belgilab qo‘yildi (diametri 45 sm, to‘pning og‘irligi 600-650 gr) hamda barcha basketbol maydonchalari uchun yagona o‘lchovlar 26×14 m tarzida belgilab qo‘yildi. 1939-yilning qish davri mobaynida ko‘rgazmali hakamlik o‘yinlari o‘tkazildi.

Slayd 23

Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi bilan O‘zbekiston jismoniy tarbiya tashkilotlari o‘z ishlarini urush davri talablari asosida qayta tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, harbiy o‘quv punktlari tuzildi.
1943-yilga kelib jismoniy tarbiya – ommaviy ishlar, shu jumladan, basketbol ham asta-sekin tiklana boshlaydi. Shu yili basketbol bo‘yicha shahar birinchiliklari bo‘lib o‘tadi. Shahar birinchiligidan keyin Respublika birinchiligi uchun musobaqalar tashkil etilib unda “Dinamo” (Toshkent) jamoasining o‘yinchilari ayollar o‘rtasida chempion bo‘ladilar. Markaziy armiya klubi (Toshkent) jamoasi erkaklar o‘rtasida chempion bo‘ladi.

Slayd 24

1944-yili avgust oyida Tbilisida basketbol bo‘yicha XI mamlakat birinchiligi o‘yinlarining bayrog‘i ko‘tarildi. Bu yerda DKA O‘zbekiston ayollar jamoasi ishtirok etadi. Lekin u muvaffaqiyatli chiqa olmaydi va to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi.
1945-yilda Respublika spartakiadasi o‘tkaziladi. U tamom bo‘lganidan keyin O‘zbekiston jamoalari Frunze shahrida o‘tkazilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston spartakiadasida ishtirok etadilar. Unda O‘zbekiston sportchilari basketbol bo‘yicha va sportning boshqa turlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab g‘olib chiqadilar.
1946-yilda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ishlari komiteti Toshkent shahrida sport bo‘yicha birinchi instruktorlar maktabini ochadi.

Slayd 25

1947-yilda o‘yin qoidalariga o‘zgarishlar kiritiladi. Protokollarga 12 kishini kiritishga ruxsat beriladi. Musobaqalarning shiddat bilan o‘tkazilishi har bir o‘yinga ikkitadan hakam tayinlash zaruriyatini tug‘diradi.
1947-yilda Butun mamlakat paradi o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston basketbol bo‘yicha birinchiligi uyushtirildi. Unda 8 ta erkaklar jamoasi uch guruhdagi Butun mamlakat musobaqalarida ishtirok etib, V o‘rinni egallaydi.
1948-yilda aprel oyining oxirlarida O‘rta Osiyo respublikalari poytaxtlaridan uchrashuvlari tashkil etildi. Bunda O‘zbekiston ayollar jamoasi barcha tengdoshlaridan g‘olib chiqib I o‘rinni egallaydi. Erkaklar jamoasi esa faqat Olma-ota shahar jamoasiga yutqazib II o‘rinni oladi.

Slayd 26

1949-yil yoz davrida O‘zbekiston terma jamoalari mamlakat birinchiligi uchun o‘tkazilgan o‘yinlarda qatnashdilar. Unda erkaklar XVIII o‘rinni, ayollar esa XX o‘rinni oldilar.
1950-yilda Frunze shahrida basketbol bo‘yicha O‘rta Osiyo respublikalarining III an’anaviy musobaqalari o‘tkaziladi. Unda o‘zbek basketbolchilari g‘olib chiqadilar.
1951-yilda o‘smirlar o‘rtasida O‘rta Osiyo chempionati birinchi marta o‘tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar I o‘rinni egallaydilar.
Respublikamizning terma jamoasi Xarkov shahrida o‘tkazilgan Mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinlarda qatnashib, VII o‘rinni egallaydi.

Slayd 27

O‘sha kezlarda matbuotda tez-tez metodik mazmundagi maqolalar paydo bo‘la boshlaydi. 1958-yilning birinchi yanvardan boshlab basketbol bo‘yicha yangi qoidalar, yangi sport klassifikatsiyasi amal qila boshlaydi. Yangi sport klassifikatsiyasidagi yosh talablari sport natijalarini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shu yili o‘smirlar jamoalari o‘rtasida, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublikalari poytaxt terma jamoalari o‘rtasida an’anaviy musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, musobaqa o‘tkazish soxasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: endi musobaqalar ikki yosh guruhlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bo‘ladi. Shu bilan bizning yigit-qizlarimiz Dnepropetrovsk shahrida bo‘lib o‘tgan Butun mamlakat musobaqalarida ishtirok etadilar. Hamda qizlar IX o‘rinni, yigitlar XI o‘rinni egallaydilar.

Slayd 28

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘sha kezlarda ko‘pchilik jamoalarning tarkibi yosh-yosh o‘yinchilar hisobiga kengaytirildi va yangilandi, ko‘pchilik jamoalarning texnik tayyorgarlik darajasi yuksaldi. Chunonchi, erkaklar jamoalarining o‘yinchilari Toshkent shahridagi eng yaxshi basketbolchilarning o‘yin taktikasini mohirlik bilan qo‘llab boshladilar. “Tez yorib o‘tish” usuli bo‘yicha o‘ynab raqibning yo‘lini to‘sish metodlari qo‘llanib raqib o‘chiti yonida markaziy o‘yinchini chalg‘itish kombinatsiyalari qo‘llanilib o‘ynalganida o‘yinchini shaxsiy himoyalash yo‘llaridan ham tez-tez foydalaniladigan bo‘ldi.

Slayd 29

1955-yil – bu sobiq mamlakat xalqlari Spartakiadasiga tayyorgarlik yili bo‘ldi. Bir yili ichida 10 ta sport masteri, 348 ta razryadchi sportchilar tayyorlandi. Xuddi shu yili Jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi. Shu yili yana Toshkent shahar Oliy o‘quv yurtlari birinchiligi uchun musobaqalar o‘tkazildi. Uning g‘oliblari Butun mamlakat talabalar o‘yinida ishtirok etadilar.
1956-yilning avgust oyida Moskvada sobiq mamlakat xalqlarning Spartakiadasi ochildi, unda o‘zbek basketbolchilari V o‘rinni egalladilar.
1958-yilda basketbol bo‘yicha XXR va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi marta xalqaro uchrashuv o‘tkazildi. Unda mehmonlar g‘olib chiqdilar.

Slayd 30

1959-yilda X O‘zbekiston spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Spartakiada tamom bo‘lganidan keyin Respublika terma jamoasi Moskva, Leningrad, Tallin, Riga shaharlarida safarda bo‘ldi. Bu shaharlarda o‘zining jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun terma jamoamiz mamlakatning eng kuchli jamoalari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda katta tajriba to‘pladi.
1964-yildan boshlab o‘zbek basketbolchilari “A” klassi bo‘yicha oliy liga jamoalari bilan baravar mamlakat chempionatida ishtirok etib g‘olib jamoalar jadvalida 10-12 o‘rinni egalladi.

Slayd 31

1970-yildan 1990-yilgacha bo‘lgan davrda o‘zbek basketbolchilarining “Universitet” erkaklar jamoasi “SKIF” xotin-qizlar jamoasi Butun mamlakat turnirlarida, mamlakat chempionatlarida, “Burevestnik” O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. O‘yinchilarimiz orasidan ko‘pgina mashhur basketbolchilar etishib chiqdi. R.Salimova, A.Jarmuxamedova, E.Tornikidu shular jumlasidan bo‘lib, ular mamlakat terma jamoasining a’zolari edilar.

Slayd 32

1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘ldi. Xalqaro maydonda o‘zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir qiyinchiliklar vujudga keldi. 1992-yil yanvarida O‘zbekiston Milliy Olimpiya Komiteti qayta tashkil etiladi, xuddi shu yili O‘zbekiston Xalqaro Olimpia Qo‘mitasi (XOQ) ga a’zo bo‘lib kiradi. O‘zbekiston basketbolchilari shundan keyin tez-tez qatnasha boshlaydilar. Masalan, 1996-yilda bizning xotin-qizlar jamoamiz Pokistonda o‘tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, II o‘rinni egallaydi. Erkaklar jamoamiz 1995-yilda Seul shahrida o‘tkazilgan XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o‘rinni egallaydi.

Slayd 33

1996-yilda AQSHda Armiya klublari o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi. Bu yerda bizning milliy jamoamiz SSKA (MHSK) VII o‘rinni egalladi. 1997-yilda Malayziyada erkaklar jamoalari o‘rtasida Xalqaro turnir o‘tkazildi. Bu erda o‘zbek basketbolchilari uch g‘alabaga erishib, yarim final o‘yinlarida Rossiya jamoasiga yutqazib quydilar va umumiy hisobda III o‘rinni egalladilar.

Slayd 34

O‘zbekiston Respublikasini o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng 3 ta xalqaro toifadagi 12 ta milliy toifadagi hakamlar tayyorlandi. Har yili erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha Respublika Kubogi va birinchiligi o‘tkaziladi. “MHSK” jamoasi 16 karra Respublika birinchiligida g‘alaba qozonib shohsupaning yuqorisiga ko‘tarilgan. 1991-1995-yillar oralig‘ida ayollar jamoalari o‘rtasida “SKIF” jamoasi Respublika birinchiligida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 1996-yildan hozirgi kungacha Navoiyning “Nika” jamoasi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. Har yili g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa o‘yinchilaridan 20 dar ortiq o‘yinchiga sport ustasi unvoni berilib kelinmoqda.

Slayd 35

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 36

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar