=== Taqdimot 1 ===
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI, GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI VA CHEGARALARI
=== Taqdimot 2 ===
01
02
03
04
Reja:
O‘zbekiston hududining Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy holati.
O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi.
O‘zbekistonning geografik o‘rni, maydoni, chegaralari va iqtisodiy geografik o‘rni.
Rus imperiyasi davri va oktyabr inqilobining dastlabki yillari.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekiston hududi kishilik jamiyatining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lib, bu yerda bir necha bor markazlashgan qudratli davlatlar barpo bo‘ldi. O‘tmishda iqtisodiy-ijtimoiy hayot mislsiz rivojlanib bordi, fan, madaniyat olamshumul yuksakliklarga ko‘tarildi. Bu o‘lka qadimdan yuqori darajada taraqqiy etib kelgan dehqonchilik va shahar madaniyatining beshigi bo‘lib hisoblanadi.
Farg‘ona, Zarafshon, Surxon-Sherobod vodiylari va Qashqadaryo havzasi hamda Quyi Amudaryo uzoq o‘tmishdan beri aholi yashab kelgan o‘lkalar qatoriga kiradi. Aholi sug‘orish ishlarini keng yo‘lga qo‘yib paxtachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilik hamda xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullangan. Bu qadimiy yurt xalqi bir necha bor benihoya og‘ir bosqinchilik zarbalariga duchor qilindi.
=== Taqdimot 4 ===
=== Taqdimot 5 ===
Eramizdan avvalgi III-II asrlardagi Iskandar Zulqaynar, VI-asrdagi turk saljuqiylari, VIII-IX-asrlardagi arab xalifaligi, XII-XIII asrlardagi mo‘g‘ul bosqinchilarining hujumi shular jumlasiga kiradi.
Bu davrlarda uning hududida hayot deyarli so‘ndirildi va u cheksiz kultepalarga aylantirildi. Keyinchalik XIV-XV-asrlardagi markazlashgan Amir Temur davlatining qaror topishi, so‘ngra bu hududni Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligiga bo‘linib ketishi va bu xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro hududiy kurashlar xalqni iqtisodiy va ma’naviy qashshoqlanishiga olib keldi.
Bu holatdan foydalangan chor Rossiyasi o‘zining mustamlakachilik harakatini (1865) boshlaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Rossiya mustamlakachiligi davrida o‘lkaning siyosiy-ijtimoiy hayoti yana og‘irlashdi. Bir tomondan metropoliyaga to‘liq tobe bo‘lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi, ikkinchi tomondan, ularning katta maydonlarini o‘z ichiga olgan Turkiston general gubernatorligi hamda bir qancha viloyatlar qadimiy Turkistonning yaxlitligiga katta putur yetkazdi. Bu parokandalik Oktyabr to‘ntarishidan keyin yangi bosqich kasb etdi. Nihoyat, 1917-yilning noyabr oyida o‘lka sovetlarining 111 sezdi bo‘lib, unda hokimiyat ishchi, soldat va dehqon deputatlari sovetlari qo‘liga o‘tganligi e’lon qilindi va Turkiston o‘lkasi xalq komissiyalari kengashi tuzildi.
=== Taqdimot 7 ===
Cancun night review
1918-yil aprelida o‘lka Sovetlarining qurultoyida Turkiston muxtor Sovet Ijtimoiyimlik Respublikasi tuzilib, RSFSR tarkibiga kiritildi. 1920-yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligi hokimiyati zo‘rlik bilan ag‘darib tashlanib, ular o‘rnida Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
=== Taqdimot 8 ===
Shunday qilib, asrlar davomida Turkiston, O‘rta Osiyoda joylashgan barcha tub yerli (aholi) xalqlar alohida bo‘linib yashashga odatlanmagan bo‘lsalar-da, markazning xohishiga ko‘ra yana aynan mustamlakachilik tizimiga xos boshqaruv usuli ixtiyor etildi, ya’ni milliy davlat chegaralarini o‘tkazishga kirishildi va shu maqsadni amalga oshirish uchun alohida komissiya tuzildi. Pirovardida 1924-yil 27-oktyabrda O‘zbekiston SSR tuzildi.
Turkistonda yashab kelgan boshqa millat va elatlar ham turli bosqichdagi milliy-hududiy birliklarga ega bo‘ldilar. Jumladan, 1924-yilda Muxtor Sovet Ijtimoiylik Respublikasi darajasida O‘zbekiston tarkibida bo‘lgan Tojikiston 1929-yildan boshlab mustaqil ittifoqdosh respublikaga aylantirildi.
=== Taqdimot 9 ===
O‘zbekiston Respublikasi tashkil topish tarixi
1924–1938-yillar 1925-yili O‘zbekiston SSRda oblastlar (viloyatlar)ga bo‘linish amalga oshirildi. Oblastlar uyezdlarga, uyezdlar yesa volostlarga bo‘linadi. 1926-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston SSRning ma’muriy-hududiy bo‘linishi quyidagicha edi.
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
1938 – 1987-yillar
1938-yil 15-yanvarda O‘zbekiston SSRning tarkibida Buxoro (Surxondaryo okrugi bilan birga), Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati tuzildi. 1938-yil 1-oktyabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston SSR ning ma’muriy hududiy bo‘linishi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lgan.
=== Taqdimot 12 ===
Beshket, Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, G‘uzor, Dehqonobod, Kogon, Qamashi, Qorako‘l, Qarshi, Kosonsoy, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Kitob, Romitan, Sherdilov, Chiroqchi, Shofirkon, Shahrisabz, Yakkabog‘, Buxoro shahri, G‘ijduvon shahri, Kogon shahri, Qarshi shahri, Shahrisabz shahri.
Buxoro viloyatiga bo‘ysunuvchi tuman va shaharlar
Surxondaryo okrugi Buxoro viloyati tarkibida
Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Termiz, Sherobod, Sho‘rchi, Termiz shaharlari.
=== Taqdimot 13 ===
Samarqand
Oqdaryo, Bulung‘ur, G‘allaorol, Jomboy, Zomin, Kattaqo‘rg‘on, Metan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtakor, Samarqand, Urgut, Forish, Xatirchi, Samarqand shahri, Jizzax shahri, Kattaqo‘rg‘on shahri.
Toshkent
Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Kalining, Mirzacho‘l, Quyichirchiq, Oronikidek, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Xovos, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent shahri, Chirchiq shahri, Yangiyo‘l shahri.
=== Taqdimot 14 ===
Oyim, Oltiariq, Andijon, Bag‘dod, Baliqchi, Vorashilov, Jalolquduq, Izboskan, Koganovich, Kosonsoy, Kirov, Qo‘qon, Kuybishev, Lenin, Marg‘ilon, Marhamat, Molotov, Namangan, Norin, Pop, Paxtaobod, Stalin, Toshloq, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Farg‘ona, Xo‘jaobod, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Farg‘ona shahri, Andijon shahri, Qo‘qon shahri, Leninizm shahri, Marg‘ilon shahri., Namangan shahri, Chust shahri.
Farg‘ona
Xorazm
Gurlan, Qo‘shko‘pir, Mang‘it, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch shahri, Xiva shahri.
=== Taqdimot 15 ===
Qorao‘zak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Tomdi, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shahboz, To‘rtko‘l shahri., Nukus shahri, Xo‘jayli shahri, Chimboy shahri.
Qoraqalpoq ASSR
=== Taqdimot 16 ===
1924
1986
1953
1992
=== Taqdimot 17 ===
Hozirgi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1925-yilda RSFSR tarkibida muxtor viloyat sifatida tashkil etildi. 1932-yildan boshlab esa MSSR ga aylantirildi. 1936-yildan boshlab O‘zbekistonga qo‘shib berildi. Hozirgi davrda u O‘zbekiston tarkibidagi suveren respublikadir. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy jihatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat – Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri hamda 164 qishloq tumanlari, 122 shaharlar va 115 shaharchalardan iborat.
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Toshkent shahri
Viloyat
Respublikaga bo‘ysunuvchi shahar
Tuman
Shahar tuman
Tuman
Viloyatga bo‘ysunuvchi shahar
Shahar posyolkasi
Shahar posyolkasi
Shahar
Qishloq fuqarolar yig’ini
Shahar posyolkasi
Qishloq fuqarolar yig’ini
Shahar posyolkasi
Qishloq fuqarolar yig‘ini
Shahar posyolkasi
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar
=== Taqdimot 19 ===
=== Taqdimot 20 ===
Viloyatlat (aholisi 2022-yil 1-yanvar ma’lumotlari)
Andijon:
Maydoni 4,24 ming kv.km, tumanlar soni 14 ta, shaharlar soni 11 ta, tashkil topgan sanasi 1941-yil, aholisi 3.253.501, o‘rtacha zichligi 767.
Buxoro:
Maydoni 40,3 ming kv.km, tumanlar soni 11 ta, shaharlar soni 11 ta, tashkil topgan sanasi 1998-yil 15-yanvar, aholisi 1.976.866 ta, o‘rtacha zichligi 49.
Jizzax:
Maydoni 21,2 ming kv.km, tumanlar soni 12 ta, shaharlar soni 7 ta, tashkil topgan sanasi 1973-yil 29-dekabr, aholisi 1.443.380 ta, o‘rtacha zichligi 68.
=== Taqdimot 21 ===
Navoiy:
Maydoni 110,9 ming kv.km, tumanlar soni 8 ta, shaharlar soni 6 ta, tashkil topgan sanasi 1982-yil 20-aprel, aholisi 1.338.69 ta, o‘rtacha zichligi 12.
Namangan:
Maydoni 7,44 ming kv.km, tumanlar soni 13 ta, shaharlar soni 8 ta, tashkil topgan sanasi 1967-yil 18-dekabr, aholisi 2.931.66 ta, o‘rtacha zichligi 394.
Samarqand:
Maydoni 16,7 ming kv.km, tumanlar soni 14 ta, shaharlar soni 11 ta, tashkil topgan sanasi 1938-yil 15-yanvar, aholisi 4.312.99 ta, o‘rtacha zichligi 258.
=== Taqdimot 22 ===
Sirdaryo:
Maydoni 4,3 ming kv.km, tumanlar soni 8 ta, shaharlar soni 5 ta, tashkil topgan sanasi 1963-yil 16-fevral, aholisi 878.599 ta, o‘rtacha zichligi 204.
Surxondaryo:
Maydoni 20.1 ming kv.km, tumanlar soni 14 ta, shaharlar soni 8 ta, tashkil topgan sanasi 1941-yil 6-mart, aholisi 2.743.196 ta, o‘rtacha zichligi 136.
Toshkent viloyati:
Maydoni 15,6 ming kv.km, tumanlar soni 15 ta, shaharlar soni 16 ta, tashkil topgan sanasi 1938-yil 15-yanvar, aholisi 2.941.620 ta, o‘rtacha zichligi 188.
=== Taqdimot 23 ===
Farg‘ona:
Maydoni 6.7 ming kv.km, tumanlar soni 15 ta, shaharlar soni 9 ta, tashkil topgan sanasi 1938-yil 15-yanvar, aholisi 3.896.393 ta, o‘rtacha zichligi 581.
Xorazm:
Maydoni 6.5 ming kv.km, tumanlar soni 11 ta, shaharlar soni 3 ta, tashkil topgan sanasi 1938-yil 15-yanvar, aholisi 1.924.167 ta, o‘rtacha zichligi 296.
=== Taqdimot 24 ===
Qashqadaryo:
Maydoni 28,5 ming kv.km, tumanlar soni 14 ta, shaharlar soni 12 ta, tashkil topgan sanasi 1973-yil 21-yanvar, aholisi 3.408.313 ta, o‘rtacha zichligi 119.
Toshkent shahri:
Maydoni 334,8 ming kv.km, tumanlar soni 11 ta, shaharlar soni 14 ta, tashkil topgan sanasi 1991-yil, aholisi 2.860.511 ta, o‘rtacha zichligi 854.
=== Taqdimot 25 ===
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
(2022 yil ma’lumotlari)
=== Taqdimot 26 ===
Nihoyat O‘zbek xalqi asriy orzusiga erishdi. 1991-yil 31-avgustda Respublika Oliy Kengashining sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining to‘la mustaqilligini tantanali ravishda e’lon qildi. Har yilning 1-sentyabrini mustaqillik kuni deb nishonlash qabul qilindi. 1991-yil 29-dekabrda o‘tkazilgan Prezident saylovi Respublika mustaqilligi haqidagi umumxalq referendumida yana bir marta tasdiqlandi. Shu davrdan boshlab O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotini o‘z manfaatlarini mustaqil tashkil etishga kirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 18-noyabrida o‘z bayrog‘i, 1992-yil 2-iyulda gerbi, 1992-yil 10-dekabrida madhiyasiga ega bo‘ldi. 1992-yil 8-dekabrida esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
=== Taqdimot 27 ===
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini jahondagi 180 dan ortiq davlatlar tan oldi. 130 ga yaqin mamlakatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Toshkentda 50 dan ortiq dunyo mamlakatlarining elchixonalari ochildi.
Binobarin, O‘zbekiston dunyoda eng obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosidir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMT ga a’zo bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston MDH, BMTning ixtisoslashgan muassasalari – YUNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF hamda mintaqaviy tashkilotlar – Yevropa Ittifoqi, YEXXT, EKO, OIK, MDH, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan hamkorlik qilmoqda.
=== Taqdimot 28 ===
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Jahon hamjamiyatida salmoqli salohiyatga ega. Jumladan, Respublika Jahonda oltin zaxirasi bo‘yicha beshinchi, uni qazib chiqarish hajmi bo‘yicha yettinchi, paxta yalpi hosili bo‘yicha beshinchi, uni eksport hajmi jihatidan AQSHdan keyin ikkinchi, pilla yalpi hosili bo‘yicha Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinlarni egallaydi.
=== Taqdimot 29 ===
O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, maydoni, chegaralari va iqtisodiy geografik o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 1-sentyabr 1991-yilda tashkil topgan. Maydoni 448,9 ming kv.km., aholisi 36 mln. kishidan ortiq (2024-yil.). Ma’muriy jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahridan iborat: Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari. Respublika poytaxti – Toshkent shahri.
=== Taqdimot 30 ===
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-hududiy tuzilishi (2024-yil ma’lumotlari)
=== Taqdimot 31 ===
O‘zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o‘ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq davlatlarning biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi BMT ga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan. Mamlakatimiz Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o‘rtasida joylashgan. Davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan
2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga,
1721 km Turkmanistonga,
1161 km Tojikistonga,
1069 km Qirg‘izistonga va
137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. Respublika hududi g‘arbdan sharqqa 1425 kilometrga cho‘zilgan, shimoldan janubga bo‘lgan masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) – dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq cho‘kmasi (Qizilqum cho‘li) – minus 12 m.
=== Taqdimot 32 ===
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining Orol dengiziga tutash qismida, 450 36’ shimoliy kenglik, janubiy nuqtasi Termiz shahri yaqinida – 730 10’ shimoliy kenglik, g‘arbiy nuqtasi Ustyurtda – 560 00’ sharqiy uzoqlikda va sharqiy nuqtasi Andijon viloyatining chekkasida – 730 10’ sharqiy uzoqlikda joylashgan.
O‘zbekistonning eng chekka nuqtalari
=== Taqdimot 33 ===
Iqtisodiy geografik o‘rni
O‘zbekiston tabiiy, iqtisodiy hamda siyosiy geografik o‘rnining eng muhim xususiyati uning Dunyo okeanidan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashganligidan iboratdir. Eng avvalo ta’kidlash joizki, O‘zbekiston hududining “markaziy” geografik o‘rni o‘tmishda, xususan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘lida”, uning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘inlaridan biri sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan. Yurtimizning jahon madaniyati, fani va iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’siri aynan shu davrda yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy geografik o‘rin (IGO‘) – bu ma’lum bir joyning (mamlakat, viloyat, shahar va hokazo.) o‘zidan tashqarida o‘rnashgan geografik elementlarning (tog‘, daryo, dengiz, shahar, davlat, foydali qazilma boyliklar va boshqalar.) shu joyning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy rivojlanishiga ta’siri demakdir.
=== Taqdimot 34 ===
Umuman olganda, davlatimizning Dunyo okeaniga chiqishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda quyidagi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar mavjud:
Qozog‘iston orqali Rossiya Federatsiyasining Shimoliy muz okeani va Tinch okean portlariga;
Turkmaniston va Kavkaz orqali Qora dengizga va undan O‘rta dengiz – Atlantika okeaniga;
Afg‘oniston, Pokiston yoki Eron orqali Hind okeaniga;
Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Istanbulga, O‘rta dengiz va undan Atlantika okeaniga;
Qirg‘iziston va Xitoy Xalq Respublikasi orqali Tinch okeaniga.
=== Taqdimot 35 ===
=== Taqdimot 36 ===
Geosiyosiy o‘rni
Yuqorida qayd etilganidek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo geosiyosiy mintaqasining markazida joylashgan. Uning aynan markazda, o‘rtada joylashganligi iqtisodiy va siyosiy geografik nuqtayi nazardan quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:
Markazda, demak respublikaning qo‘shinlari ko‘p. O‘zbekiston shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston Respublikasi bilan, sharqda Qirg‘iziston, janubi-sharqda Tojikiston, janubda Afg‘oniston va g‘arbda Turkmaniston bilan chegaradosh;
Respublikaning markaziy geografik o‘rni uning qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga, ijtimoiy, madaniy va siyosiy aloqalarini olib borishga qulaylik yaratadi;
=== Taqdimot 37 ===
Markazda joylashganlik qo‘shni davlatlar uchun bozor vazifasini bajaradi; Bu yerda mamlakatning tranzit vazifalarini boshqarish imkoniyatlari mavjud; Markaziy o‘rin mintaqada geosiyosiy vaziyatni shakllantirish va uni boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 38 ===
Chegara chiziqlari
Respublikamiz davlat chegara chiziqlarining ko‘rinishi ham har xil: agar ular shimol va shimoli-g‘arbda (ayniqsa Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi chegaralari) oddiy, ba’zan to‘g‘ri yoki qandaydir geometrik shakllarni aks ettirsa, Xorazm va Farg‘ona vodiysida bu chegara chiziqlari murakkab, egri-bugri ko‘rinishga ega.
Odatda, chegaralar oddiy bo‘lsa: o‘tmishda hududning kimnidir qaramog‘ida bo‘lganligi yoki koloniyasi ekanligini;
Hudud tabiiy xususiyatining noqulayligi, tabiiy resurslarining yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini;
Bu joyda aholi siyrak, yirik aholi manzilgohlari shakllanmaganligi, milliy tarkibning murakkab emasligini;
Daryo yoki orografik elementlarning yo‘qligi kabilarni bildiradi.
=== Taqdimot 39 ===
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, aynan shunday mamlakatning chiqish yoki kirish qismlarida (darvozalarida) kelajakda iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Chegaralarning ikki muhim xususiyati, ya’ni ularning baryer (ajratuvchi, uzoqlashtiruvchi) hamda kontakt (bog‘lovchi) vazifalari mavjud. Qolaversa, ba’zi davlatlarda aynan chegara iqtisodiyoti va infratuzilmasiga jiddiy ahamiyat berilmoqda.
=== Taqdimot 40 ===
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor masofada u bilan bog‘lanib turadigan anklav yoki batamom uzilib qolgan, qo‘shni davlat ichkarisida joylashib qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani yoki Shohimardon eksklav holatda joylashgan. Tabiiyki, bunday geografik o‘ringa ega bo‘lgan hududlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi.
=== Taqdimot 41 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.