O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rivojlantirishning konseptual asoslari
=== Taqdimot 2 ===
1. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar.
2. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunlar.
3. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
4. Ta’lim tizimi va turlari.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Uzluksiz ta’lim tizimidagi islohatlarning huquqiy asoslari
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil. 2. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. 3. 2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-2707.
=== Taqdimot 4 ===
4. O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. PF-5712. 29.04.2019 y. 5. Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-2909. 20.04.2017 6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
=== Taqdimot 5 ===
Bizga ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida, mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etmoqda. Ta’lim sohasining barcha bosqichlari zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ular quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilmoqda:
1. Maktabgacha ta’lim sohasida;
2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3. Oliy ta’lim;
4. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
5. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi
Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.
=== Taqdimot 7 ===
Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.
=== Taqdimot 8 ===
2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish.
2026-yilda qabul ko‘rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish. Davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish,
Davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli huquq va vakolatlarini aniq belgilash.
46-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish
=== Taqdimot 9 ===
Mustaqil O‘zbekistonda qabul qilingan Ta’lim to‘g‘risidagi qonun
1. 1992-yilda mustaqil O‘zbekistonning ilk “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.
2. 1997-yil 29 avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. (5 bob 34 ta modda)
3. 2020-yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi (11 bob 75 ta modda).
=== Taqdimot 10 ===
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
5-modda. Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
=== Taqdimot 11 ===
7-modda. Ta’lim turlari
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3. Professional ta’lim;
4. Oliy ta’lim;
5. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7. Maktabdan tashqari ta’lim.
=== Taqdimot 12 ===
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
11-modda. Oliy ta’lim
=== Taqdimot 13 ===
15-modda. Ta’lim olish shakllari va ular quydagilardan iborat:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
Dual ta’lim;
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
Inklyuziv ta’lim;
Eksternat tartibidagi ta’lim;
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
=== Taqdimot 14 ===
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
Pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilaydi;
Xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
Xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi;
=== Taqdimot 15 ===
28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish Ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:
Pedagogik kengash;
Kuzatuv (vasiylik) kengashi;
Oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
Ta’lim tashkilotining rahbari.
=== Taqdimot 16 ===
Ta’lim tashkilotlarida o‘qitish tilidan foydalanish tartibi “davlat tili haqida”gi O‘zbekiston respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
Ta’lim quyidagi tillarda amalga oshiriladi:
O‘zbek
Qozoq
Qirg‘iz
Tojik
Turkman
Qoraqalpoq
Rus
33-modda. Ta’lim berish tili
=== Taqdimot 17 ===
44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
=== Taqdimot 18 ===
52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi. To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin. Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
=== Taqdimot 19 ===
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilar:
Ta’lim ustuvorligini tan olinishi;
Ta’lim olish shaklining tanlash erkinligi;
Ta’lim sohasida kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymasligi;
Ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
Ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
=== Taqdimot 20 ===
11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 1 yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqlikligi;
Insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
Jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
Bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodni rag‘batlantirilishi;
Ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqliklik va shaffoflik;
=== Taqdimot 21 ===
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori
Mazkur qarorga muvofiq, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik.
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha tegishli tartibda ilmiy darajalar hamda ilmiy unvonlar beriladi
Ilmiy darajalar: falsafa doktor (PhD) hamda fan doktori (DSc).
=== Taqdimot 22 ===
Xulosa qilib aytganda, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim jarayoni ishtirokchilaridan katta mashaqqatli mehnatni talab etadi. Prezidentimizning mamlakatimiz kelajagini ta’lim va ilm fanda ko‘rayotgani, uchinchi Re­nessans g‘oyasi milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilgani, zamonaviy dunyoga yuzlanish hamda dunyo bilan tenglashmoq istagida ana shu Vatan va millat tuyg‘usining yana bir jilvalanishini ko‘rish mumkin.
=== Taqdimot 23 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar