O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI
5000 so'm

Slayd 1
O‘zbekiston ichki suvlari
Slayd 2
Reja:
1. O‘zbekiston ichki suvlarining umumiy ta’rifi.
2. Daryolari: to‘yinishi, harorati, muzlashi, loyqaligi.
3. O‘zbekiston ko‘llari va ularning joylashuvi.
4. Yer osti suvlari.
5. O‘zbekiston suv omborlari.
6. Suv resurslarini muhofaza qilish.
Slayd 3
O‘zbekiston hududida daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emas. Respublika yer maydonining 71 foizini ishg‘ol qilgan tekislik qismida daryo tarmoqlari juda siyrak joylashib, har kv. km maydonga 2 m. uzunlikdagi daryo to‘g‘ri keladi, vaholanki, hamdo‘stlik hududi bo‘yicha daryo tarmoqlarining o‘rtacha zichligi har kv. km maydonga 140 metrdir. Respublikamiz hududining 17 foizini ishg‘ol qilgan adirlar qismida esa daryo tarmoqlari nisbatan zichlashib boradi.
1.O‘zbekiston ichki suvlarining umumiy ta‘rifi
Slayd 4
2. Daryolari: to‘yinishi, harorati, muzlashi, loyqaligi
1,1O;
1. Muz va qor suvlaridan;
2. Qor va muz suvlaridan;
3. Qor suvlaridan;
4. Qor va yomg‘ir suvlaridan.
Slayd 5
Tog‘larning eng baland (4500 m. dan yuqori) qismidan boshlanuvchi daryolar asosan muzlik va qorlarning erishidan suv oladi. Bunday daryolarning to‘yinishida muzlik suvlarning miqdori yillik oqimning 25—30% ni tashkil etadi. Daryolarning suvi u yildan bu yilga kam o‘zgaradi va to‘lin suv eng kech, ya’ni iyul—avgust oylariga to‘g‘ri keladi va yillik oqimining 30—50% ni iyul—sentyabr oylarida oqizadi. Chunki bu davrda tog‘larning baland qismidagi muzlik va qorlar haroratning ko‘tarilishi bilan ko‘plab eriydi, aksincha, bunday xildagi daryo suvlarining eng ozaygan davri dekabr—mart oylariga to‘g‘ri keladi.
Slayd 6
Amudaryo
Zarafshon
Isfayramsoy
So‘x
Isfara
122 km
877 km
124 km
2540 km
107 km
Slayd 7
O‘zbekiston tog‘larining dengiz sathidan 3400—4500 m
Sirdaryo
Norin
Qoradaryo
Chirchiq
Surxondaryo
Tanxoz
Bu daryolarning suvi may—iyun oylarida qorlar ko‘plab eriganda juda ko‘payib ketadi va yillik oqimning 30—40% ni tashkil etadi. Bunday daryolarda muzlik suvlarining hissasi ancha kam bo‘lib, yillik oqimning 15 foiziga to‘g‘ri keladi.
Slayd 8
3400 m. dan, ya‘ni doimiy qor chizig‘idan pastdan boshlanuvchi daryolar kiradi
Daryolarning suvi mavsumiy qorlar ko‘plab eriy boshlagan mart—may oylariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yillik suv oqimining 60 foizi oqib o‘tadi, eng kam suvi avgust—sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Qashqadaryo, G‘uzordaryo, G‘avasoy, Sangardak, Sangzor kabi daryolar.
Slayd 9
2000 m. dan pastda joylashgan yerlardan boshlanadi
1.
Zominsuv
2.
Sheroboddaryo
3.
Tusundaryo
4.
Ohangaron
5.
Kalas
Ular asosan yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli bunday daryolarning suvi erta bahorda, mart—aprel oylarida qorlarning erishi va yomg‘irlarning ko‘p tushishi sababli ko‘payadi, yillik oqimining 80% i shu oylarda o‘tadi. Yozning ikkinchi qismida esa suvi qurib qoladi.
Slayd 10
Daryo suvining harorati
Tekislikka chiqish joyida daryolarning o‘rtacha ko‘p yillik harorati 10—12°
tekislik qismida esa atmosfera havosi haroratining yuqoriligi va daryolarning sekin oqishi tufayli o‘rtacha ko‘p yillik harorati 14—15° ko‘tariladi.
Chotqol daryosi suvining o‘rtacha ko‘p yillik harorati Ters irmog‘i ko‘shilishi yerida 4,1°
Nayza irmog‘i quyilagan joyida 6,1° bo‘lsa, Chorvoq suv ombori yaqinida 7,1° ni tashkil qiladi.
Slayd 11
Qishda respublikamiz ko‘proq shimoli-sharqiy sovuq havo massasi ta’sirida bo‘lganligi sababli havo harorati 0°dan pastga tushadi. Natijada daryo suvlari sovib, harorati 0°dan pastga tushishi oqibatida muzlash hodisasi sodir bo‘ladi. Respublika daryolarining muzlash hodisasini o‘rganish xalq xo‘jaligi uchun muhimdir.
Faqat shovush (daryo yoppasiga muzlamay suv ichida hosil bo‘lgan muz parchalari suv betiga chiqib suzib yuradi) ko‘p tarqalgan bo‘ladi. Bunday hodisa daryolarning yuqori oqimida ikki-uch oy (oktyabr oyidan boshlanadi) davom etadi. Daryo suvlarining yoppasiga muzlashi faqat vodiysi kengaygan, sayoz va yoyilib, sekin oqadigan qismidagina uchraydi.
Daryolarning muzlashi
Slayd 12
Respublika tog‘laridagi daryolarning sayoz qismida suvdan chiqib turgan toshlar orasiga shovush tiqilib qoladi. Bu muz qalinlashib, kengayib, boshqa toshlar atrofidagi muzlar bilan tutashadi, so‘ngra asta-sekin bir qirg‘oqdagi muz ikkinchi qirg‘og‘idagi muz bilan tutashib, muz ko‘priklarini hosil qiladi. Muz ko‘priklari so‘ngra kengayib bir-biri bilan tutashib muz to‘siqlarini hosil qiladi.
Slayd 13
V. L. Shulsning ma‘lumotiga ko‘ra, respublika daryolarining har bir kubometr suvida 0,01 dan 2,1 kg. gacha loyqa bo‘lib
Amudaryoda 3740 g/m3
Qashqadaryoda 1970g/m3
Sirdaryoda
2170 g/m3
Sheroboddaryoda
3140 g/m3
Zarafshonda 1390 g/m3
Slayd 14
V. L. Shuls va R. Mashrapovning ma‘lumotiga ko‘ra har kvadrat kilometr maydondan
G‘uzordaryo 180 t
Surxondaryo—350 t
Chirchiq daryosi 170 t
Sheroboddaryo 240 t
Zarafshon daryosi 889 t
Norin 309 t
Qoradaryo 516 t
So‘x — 664 t
Slayd 15
3. O‘zbekiston ko‘llari va ularning joylashuvi
O‘zbekiston hududidagi ko‘llar soni (5360 ta ko‘l) 100% desak, shuning 56,5% uning tekislik qismida, 43,5% esa tog‘li qismida joylashgan. Lekin suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan tekislikdagi ko‘llar oldinda bo‘lib, 67% ni tashkil etadi. O‘zbekiston hududining tekislik va tog‘li qismida ko‘llar notekis joylashgan. Respublikamiz tog‘li qismining 1000—2000 m balandliklarida (82 ko‘l mavjud), kamroq, aksincha 2000—3000 m balandliklarida (165 ta ko‘l mavjud) ko‘proq, 3000 m. dan baland qismida esa ko‘p (2083 ta ko‘l) ko‘l joylashgan. O‘zbekiston hududidagi ko‘llarning ko‘pchiligi uning tekislik qismida, xususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ularning quyi qismlarida joylashgan.
Slayd 16
Bu ko‘llarning ko‘pchiligi kichik, sayoz va sho‘r bo‘lib, bahorda hamda daryo suvi ko‘paygan vaqtda suvlarga to‘lib, yozning oxirlariga borib, suvi juda ozayib sayozlashib, ba’zilari qurib, botqoqlik sho‘rxokka aylanib qoladi. O‘zbekiston hududidagi asosiy ko‘llar Orol, Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon;Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko‘l, Somonko‘l, Kunjako‘l, Sho‘rko‘l, Qoraqir, Hojiobko‘l; Farg‘ona vodiysidagi Axsikentko‘l, Damko‘l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko‘l, Abilko‘l, Oqko‘l, Sudochhe, Bo‘zatovko‘l, Zokirko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km kvadratgacha etadi.
Slayd 17
4. Yer osti suvlari
O‘zbekiston hududidagi yer osti suvlarini joylashish sharoitiga qarab grunt suvi, qatlamlar orasidagi suv, mineral suvlar.
1. Grunt suvlari yer osti suvining eng ustki qatlami hisoblanib, yer betiga yaqin joylashgan. U odatda suv o‘tkazmaydigan qatlamning ustida yig‘iladi. Bu yerga suv yer yuzidan — yog‘inlardan, daryo, ko‘l, ariq, suv omborlaridan sizib keladi va to‘yintirib turadi. Chunki grunt suvining ustki qismida suv o‘tkazmaydigan jinslar deyarli yo‘q. Grunt suvlari bosim kuchiga ega emas, ular faqat og‘irlik kuchi ta’sirida sizib yuradi.
Slayd 18
O‘zbekiston tog‘li mintaqasida grunt suvining miqdori ancha katta. Agar Turkiston tog‘larida uning miqdori sekundiga 1250 m kub (yiliga 39,4 km kub) bo‘lsa, shuning sekundiga 105 m kub O‘zbekiston tog‘lari zimmasiga tushadi. O‘zbekiston tog‘laridagi 105 m kub/sek. yer osti suv miqdorining 80% buloq tariqasida yoki daryo vodiylariga sizib chiqadi.
O‘zbekistonning tog‘li qismida bir sekundda vujudga kelgan 105 m kub yer osti suvini 100% desak, o‘shani 31,4% Toshkent oldi, 23,8% Surxondaryo, 13,5% Qashqadaryo, 11,6% Zarafshon, 6,7% Nurota-Turkiston, 5,25% Mirzacho‘l, 5,9 Farg‘ona va 2% ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik mintaqasiga (rayoniga) to‘g‘ri keladi.
Slayd 19
Qatlamlar orasidagi suvlar
Nisbatan chuqurda, suv o‘tkazmaydigan ikki qatlam jinslar orasidagi bo‘shliqlarda suzib yuruvchi suvga qatlamlar orasidagi suvlar deyiladi. Bunday suvli qatlamlar ikki-uch va hatto o‘n-o‘n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘sha qatlamlar orasidagi suvlar bosim kuchiga ega bo‘lsa, artezian suvlari deb yuritiladi. Artezian suvlari mavjud bo‘lgan chegaralar (joylar) artezian havzasi deb yuritiladi.
Slayd 20
Minerallashgan termal suvlar
1500—3500 m va undan ham chuqurda, asosan mezozoy va paleozoy davri yotqiziqlari orasida joylashgan bo‘lib harorati 40—70° ga, tarkibida har xil minerallar erigan holda uchraydi. Ular karbonat kislotasi, vodorod sulfidi, yod, brom, bor, litiy, bariy, stronsiy, radioaktiv moddalar va boshqa tuzlar. O‘zbekiston hududida so‘nggi yillarda 100 dan ortiq shifobaxsh termal mineral suvlar aniqlandi.
Slayd 21
Vodorod sulfidli (serovodorodli) shifobaxsh suvlar Chimyon, Polvontbsh, Xonobod, Sho‘rsuv, Shimoliy So‘x, Andijon, Uchqizil, Ko‘kayti, Lalmikor, Xaudog‘da, yodli suvlar Chortoq, Namangan, radonli Arason Buloq, Jayronxona, kam minerallashgan ishqorli termal suvlar Toshkent, Vannovsk-Qiziltepa yoki Farg‘ona, sulfat-xlornatriyli suvlar Moxoxosa, Qorako‘l, Gazli va boshqa.
Ularning eng muhimlari
Slayd 22
5. O‘zbekiston suv omborlari
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sun’iy suv havzalari — suv omborlar ko‘plab qurilgan. Bu suv omborlar asosan daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to‘plab, yozda ekin dalalariga berish uchun qurilgan mavsumiy bo‘lib, asosan sug‘orish maqsadi uchun barpo etilgan. O‘zbekiston suv omborlari sathining o‘zgarishi daryo rejimiga va suv xo‘jalik talabiga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik ekinlari uchun suv kerak bo‘lmaganda va ayniqsa bahorgi daryolarning to‘lin suv davrida omborlarga suv to‘planib uning sathi ko‘tarilsa, aksincha, yozda to‘plangan suv sug‘orishga sarflanib, suv sathi pasayib qoladi.
Slayd 23
Slayd 24
6. Suv resurslarini muhofaza qilish
O‘zbekistonning qurg‘oqchil kontinental iqlimli cho‘l, chala cho‘l va tog‘ oldi dashtlari keng tarqalgan sharoitda suv muammosi hamisha eng jiddiy muammo bo‘lib kelgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda shaharlardagi vodoprovodlar bir sistemali. Buning oqibatida ichishga ham, yuvinish, kir yuvishga ham, yozda sepish va sug‘orishga ham tozalangan suv sarflanadi. Toza suvni tejash uchun vodoprovodlarni 2–3 sistemali foydalanishga o‘tkazish zarur.
Slayd 25
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.