=== Taqdimot 1 ===
O‘zbek xalqining boy ma`naviy va moddiy hayoti
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. O‘zbeklarning moddiy va ma’naviy madaniyati.
2. Turar joylari. Kiyim-kechaklari. Taqinchoqlari. Taomlari.
3. Ma’naviy hayot. Din.
4. O‘zbekistonda hozirgi davrdagi etno-madaniy jarayonlar.
5. Xulosa.
=== Taqdimot 3 ===
Foydalanilgan adabiyotlar:
A. X. Doniyorov, O. Boriyev, A. A. Ashirov
Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi
TDSHI Ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan.
Toshkentda 2011-yilda “Yangi nashr” nashriyoti tomonidan nashr qilingan.
316 betdan iborat.
Muqaddima, IX bob, xotima va qo‘shimcha bandlardan iborat.
I bobning “Etnografiyaga oid dastlabki yozma manbalar” deb nomlangan 3-bandi yuqoridagi mavzu doirasida ma`lumotlarni yoritgan.
=== Taqdimot 4 ===
A.Nabiyev, O. Bo‘riyev, I. Shoymardonov
“O‘zbekiston tarixini o‘qitishda etnografik materiallardan foydalanish”
Toshkentda “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan 1996-yilda nashr qilingan.
128 bet va 3 bobdan iborat.
II bobidagi “O‘zbek xalqi to‘g‘risidagi dastlabki etnografik ma’lumotlar” nomli mavzusida etnografiyaga oid manbalarning umumiy talqini bilan tanishingiz mumkin.
=== Taqdimot 5 ===
2001-yil 27-28-aprel kunlari shu nomda bo`lib o‘tgan Respublika ilmiy anjumani materiallari.Xorazm Ma’mun Akademiyasi Ilmiy Kengashining (2001-yil 18-aprel 5-bayonnomasi) qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.Xorazm Ma’mun Akademiyasi nashriyoti – 2001107 betdan iborat va 55 ta maqola jamlangan. 1) A. Abdullayevning “Avesto” va Xorazm vohasi folklori” nomli maqolasi;2) N. Salayevaning “Avesto”da oila-nikoh masalalarining talqini” nomli maqolasi;3) M.X. Pardayevning “Zardushtiylik qavmlarining dafn marosimi xususida” nomli maqolalarida etnografik ma`lumotlar mavjud.
“Avesto” – O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati tarixida
=== Taqdimot 6 ===
“Al-Xorazmiy geografiyasi”
• H.Hasanov, O.Bo‘riyev
• O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti tomonidan 1983-yilda nashr qilingan.
• Mas’ul muharrir – M.M. Xayrullayev
• 72 bet va quyidagi qismlardan iborat:
=== Taqdimot 7 ===
“Al-Xorazmiy geografiyasi”
1. Muqaddima
2. Xorazm farzandi
3. “Kitob surat al-arz”
4. Ptolemey va Xorazmiy
5. Yetti iqlim
6. Xorazmiy va Beruniy
7. Xorazmiy va Hofizi Abru
8. O‘rta Osiyo
9. “Surat al-arz”dagi kartalar
=== Taqdimot 8 ===
Beruniy va ijtimoiy fanlar
Mas’ul muharrir – akademik I.M. Mo‘minov.
O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti tomonidan Toshkentda 1973-yil nashr qilingan.
15 ta mashhur olimning ilmiy ishlaridan iborat.
=== Taqdimot 9 ===
Beruniy va ijtimoiy fanlar
Masalan:
1. I. Mo‘minov. Beruniy – buyuk ensiklopedist olim.
2. I. Mo‘minov. Beruniy va falsafa tarixi.
3. Ya. G`ulomov. Beruniy yashagan davr.
4. P.G. Bulgakov. Beruniyning ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy merosi.
5. A. Irisov. Bir-biriga o‘xshash hind va O‘rta Osiyo afsonalari.
6. K.Z. Ashrafyan. Beruniy hind kastalari haqida.
7. K. Shoniyozov. Beruniy asarlarida etnografiyaga oid materiallar.
=== Taqdimot 10 ===
Toshkentda 2006-yilda A. Asqarov muharrirligi ostida nashr qilingan.
100 betdan iborat.
57-65-betlarda etnoslarni klassifikatsiyalash, antropologik va til jihatidan, hududiy Geografik tomondan tasniflash haqida ma`lumotlar berilgan.
A. A. Ashirov, A. Atojonov
Etnologiya
=== Taqdimot 11 ===
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug`oti turk” asari
Turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbeklar etnografiyasi va etnik tarixini o‘rganishda o‘rta asrlar mualliflaridan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” nomli asari alohida o‘rinni egallaydi. Bu asarda mintaqadagi ayrim shahar va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarixi, ijtimoiy tuzumining qisqacha ta’rifi, etnotoponimikasi, ayrim qabila va urug‘larning joylanishi to‘g‘risida noyob ma’lumotlar keltirilgan. Eng muhimi, kitobda o‘zbeklarning qadimiy ajdodlaridan chigil, yag‘mo, qarluq, qipchoq, tuxsi va boshqa qabilalarning ijtimoiy va oilaviy turmushi, turli urf-odat va marosimlari, diniy e’tiqodlari va tasavvurlari kabi ayrim etnografik xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi.
=== Taqdimot 12 ===
Abulg‘oziy Bahodirxon “Shajarayi tarokima”
Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon Xiva tarixchilik maktabiga asos solib, “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlarida Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tgan.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbeklarning moddiy va ma`naviy madaniyati
Har bir xalqning moddiy madaniyati uning turar joyi, uyi, uy jihozlari, kiyim-kechagi va bezaklari, taomlari va ro‘zg‘or buyumlari bilan belgilanadi
Asosan tabiiy geografik sharoit va iqlim ta`sirida milliy ruhiyat va xarakterni ifodalovchi moddiy madaniyat namunalari uzoq tarixiy davr davomida shakllanib
=== Taqdimot 14 ===
O‘zbeklarning moddiy va ma’naviy madaniyati
O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan. Masalan, uy-joylarning qurilishi, unga ishlatiladigan qurilish materiallari va konstruksiyasi, uyning ichki loyihasi, o‘chog‘i va uni o`rnatish qonun-qoidalari.
Uydagi buyumlarning xillari va jihozlanishi kabilar nafaqat ayrim xalqlarda, balki bir xalq ichidagi ayrim etnografik guruhlarda ham farqlangan.
=== Taqdimot 15 ===
Uy-joy qurilishida o‘zbeklarda ba’zi bir o‘ziga xoslik saqlansa-da, umumiy yagona me’morchilik tipi keng tarqalgan bo‘lib, qadimiy uylar odatda ko‘cha va qo‘shni tomoni derazasiz devor bilan o‘ralgan hovlilardan iborat bo‘lgan.
O‘zbeklarning turar-joylari
Barcha turarjoy va xo‘jalik xonalarining oynalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli ikki qismga – bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga bo‘lingan.
Chorvador aholi ko‘chib yurishga qulay bo‘lishi uchun asosan o‘tovlardan foylanardi.
=== Taqdimot 16 ===
Asosiy materiallar
=== Taqdimot 17 ===
Eski tipdagi uylarning xonalari va oynalari ayvonga chiqqan. Eshiklar ichkariga darchalar tashqariga ochilgan.
Eshik oldiga poyabzal yechib quyish uchun peshtoq (poygak) bo‘lgan
Buxoro va Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan bolg‘a yoki boldoq osilgan.
=== Taqdimot 18 ===
Uylarni bezashda ishlatiladigan narsalar:
=== Taqdimot 19 ===
O‘zbek milliy kiyim-kechaklari
Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo hududida to‘qimachilikning vujudga kelishi yangi tosh asri – neolitga borib taqaladi.
Bu davrda Kopettog‘ etaklarida (Joytun madaniyati) to‘quv dastgohlarining qoldiqlari aniqlangan. Mil. avv. VI asrda kiyimda jun matolari teri matolarini siqib chiqargan.
=== Taqdimot 20 ===
O‘zbek milliy kiyim-kechaklari
Munchoqtepa (Farg‘ona vodiysi)dan ilk o‘rta asrlarga oid erkak, ayol va bolalar ust-boshlari topilgan.
Mil. avv. II asrga oid kiyim qoldiqlari O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hududida joylashgan Sopollitepadan topilgan.
=== Taqdimot 21 ===
Erkaklarning an’anaviy yaktak ko‘ylagi tizzagacha, ayollar va qizlarniki to‘pig‘igacha uzunlikda tikilgan.
An’anaviy o‘zbek kiyim-kechagi, asosan, ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshda do‘ppi, oyoqqa maxsi-kalish va etik kiyishdan iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
=== Taqdimot 24 ===
Ayollarning bosh kiyimlari:
=== Taqdimot 25 ===
O‘zbek milliy taqinchoqlari
An’anaviy taqinchoqlar majmuyi ham muayyan xalqning, etnosning hamda etnografik va lokal guruhlarning o‘ziga xos etnik xususiyatlarini aks ettiradi.
=== Taqdimot 26 ===
O‘zbek milliy taomlari
O‘zbekiston aholisi iste’mol qilayotgan xilma-xil taomlar asrlar davomida shakllanib kelgan.
Xalqning taom tayyorlash an’anasi va madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, milliy taomlarni tayyorlashda azaldan turli xil go‘sht, o‘simlik va boshqa mahsulotlaridan foydalanganlar.
O‘zbeklar orasida kundalik ovqat sifatida donli ekinlar, sabzavotlar, chorva – qo‘y, qoramol, echki yog‘lari, kunjut, zig‘ir va sariyog‘, paxta yog‘I ishlatilib kelinadi.
=== Taqdimot 27 ===
Ma’naviy hayot va din
=== Taqdimot 28 ===
Ma’naviy hayot va din O‘zbek milliy bayramlari
=== Taqdimot 29 ===
=== Taqdimot 30 ===
O‘zbek diniy bayramlari
=== Taqdimot 31 ===
O‘zbekistonda hozirgi davrdagi etno-madaniy jarayonlar
=== Taqdimot 32 ===
=== Taqdimot 33 ===
Ming yillar davomida o‘zining turmush tarzi, moddiy madaniyati, xo`jaligiga ega bo`lgan xalq o‘z atrofidagi qardosh xalqlarga ham rivojlanishda ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.O‘zbek xalqi necha asrlar davomida taraqqiy etib kelgan amaliy, madaniy va ma’naviy san’ati tarixi an’analariga nihoyatda boy, bitmas-tuganmas noyob xazinadir.
XULOSA
=== Taqdimot 34 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
E’tiboringiz uchun rahmat!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.