O‘ZBEK MUSIQA FOL’KLORI NAMUNALARINI TO‘PLASH VA YOZIB OLISH TARIXI

5000 so'm


O‘ZBEK MUSIQA FOL’KLORI NAMUNALARINI TO‘PLASH VA YOZIB OLISH TARIXI

=== Taqdimot: O‘ZBEK MUSIQA FOL’KLORI NAMUNALARINI TO‘PLASH VA YOZIB OLISH TARIXI.pptx ===

=== Slayd 1 ===
O‘ZBEK MUSIQA FOL’KLORI NAMUNALARINI TO‘PLASH VA YOZIB OLISH TARIXI

=== Slayd 2 ===
Reja:

=== Slayd 3 ===
Jahonning ilk birinchi tili bu musiqadir. Buning ham falsafiy hamda psixologik ta’sirotida ezgulik yoxud yovuzlikni ruhan tasvirlanishi, ijobiy va salbiy ko‘rinishlarning harakatga kirishi va tegishli ta’sirotni ong asab faoliyati bilan bog‘lanib turishi va ruhan junbishga keltirishi, bu musiqaning tengsiz mo‘jizakor va tilsiz qudratidir. Ularni faqat etnik tuzilishida milliyligi-mahalliyligi, urf-odatlari va madaniy rivojidagi cholg‘ulari va ladlarigina u yoki bu davlat musiqasi kesimida ekanligini ajratib turishi bilan hammaga bir xil ijobiy yoxud salbiy differensial psixologik taassurot qo‘zg‘atadi.

=== Slayd 4 ===
Musiqiy meros va uning tarixini o‘rganishda maqom san’ati alohida o‘rin tutadi. San’atshunoslik yo‘nalishlarining nazariy va amaliy asoslari, milliy va mahalliy uslublari masalalari, musiqa ilmi nazariyotchilarining asarlari, musiqiy qarashlari, islomgacha bo‘lgan an’analar va fol’klor uslublari, musiqiy sozlar, maqomdon ustozlar tazkiralariga murojaat qilinib, ularning hayoti va ijodi hamda ijro uslublari va ijro maktablarining negiziy asoslari ko‘rsatib berilgan.

=== Slayd 5 ===
Dissertatsiya Jijjax davlat pedagogika institutining 2019-yilda o‘tkazilgan Ilmiy Kengashida tasdiqlangan. Mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar “Xalq og‘zaki ijodiyoti”, “O‘zbekiston fol’kloristikasi va tarixi”, ”Musiqa nazariyasi va tarixi”, “Cholg‘ushunoslik va cholg‘ulashtirish asoslari”, (sibileus dasturida notalashtirish) “O‘zbek musiqasi tarixi” fanlari tizimiga o‘z yechimini topgan.
O‘zbek musiqa fol’klori namunalarini to‘plash va yozib olish tarixini yoritish va qiyosiy tahlillarning induktiv nazariy va amaliy kreativligini asoslash hamda unutilgan va yangi qirralarini qayta tiklash masalalari asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.

=== Slayd 6 ===
Talaba yoshlarni O‘zbek xalqining qadimgi va zamonaviy fol’klor qo‘shiq hamda raqslari, laparlari, marosim qo‘shiqlari, cholg‘u asboblari va cholg‘u musiqasi singari xalq tomonidan yaratilib, ijro qilinib xalq ichida ommalashgan musiqa ijodiyoti namunalari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib, bular:
Markaziy Osiyo xalqlari musiqa fol’klorining qadimiy ildizlarida tarixiy bosqichlarni asoslab berish;
Nomoddiy madaniy merosning sohalarida o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analarini o‘rganish;
O‘zbek xalq musiqa ijodiyotining shakllanish va taraqqiyot yo‘lini sharhlash;
Xalq musiqasining mahalliy uslublarida qo‘shiqchilikning metroritmik janrlarini yoritish;

=== Slayd 7 ===
O‘zbekiston mahalliy (fol’klor) uslublarining zamonaviy sahna ko‘rinishlarida “To‘y qo‘shiqlari” va Bolalar fol’klorini tasniflarini namoyish etish;
O‘zbek musiqa fol’klri namunalarini to‘plash va yozib olish tarixini o‘rganish;
Xalq musiqasining mahalliy uslublarida qo‘shiqchilikning metroritmik janrlarini yoritish;
O‘zbekiston mahalliy (fol’klor) uslublarining zamonaviy sahna ko‘rinishlarida “To‘y qo‘shiqlari” va Bolalar fol’klorini tasniflarini namoyish etish;
O‘zbek musiqa fol’klori namunalarini to‘plash va yozib olish tarixini o‘rganish.

=== Slayd 8 ===
O‘zbek musiqa fol’klori namunalarini to‘plash va yozib olish tarixi davriy va hozirgi zamon bilan kunlik bog‘lanishlarga ega olamshumul kashfiyoti, uning hozirgi musiqashunoslikda ham ahamiyati yuksakdir. Ulardan ko‘pchiligi hali beri nota tizimining professional yo‘nalishidan o‘rin olmaganligi bilan dolzarb tadqiqotlarni talab etmoqda. Uning ijrolari qisman xalq orasida ustoz-shogird an’anaviy uslubida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Fol’klor ijodiy nusxalarini mukammal o‘rganilib, ushbu nusxalarni to‘liq ilmiy muomalaga tatbiq etishda manba bo‘lib xizmat etadi.

=== Slayd 9 ===
O‘zbek musiqa fol’klori sotsiologiya, etnografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, san’atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan empirik tarzda ish olib boradi. Tadqiqot natijalari, ushbu ish yechilishi kerak bo‘lgan muammolar va mavzularning dolzarbligi xalq fol’klorshunoslik ilmida muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, Oliy va o‘ta maxsus ta’lim muassasalari, talabalari hamda san’at maktablari o‘quvchilariga “O‘zbek musiqa fol’klori”, “Xalq og‘zaki ijodiyoti”, “O‘zbek musiqasi tarixi” fanlariga va “An’anaviy qo’shiqchilik va maqom asoslari”, kabi darslarda foydalanish mumkin.

=== Slayd 10 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘ZBEK MUSIQA FOL’KLORI NAMUNALARINI TO‘PLASH VA YOZIB OLISH TARIXI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar