O’zbek Eronshunos olimlari
4000 so'm

Slayd 1
O’zbek Eronshunos olimlari
Slayd 2
Tarixga nazar
Yurtimizda eroniy tillar (fors, dariy, pashtu, tojik tillari)ni o‘qish-o‘rganish va bu tillarda yaratilgan adabiy va tarixiy manbalarni tadqiq etish ko‘p asrlik tarixga ega. Zamonaviy eronshunoslik tarixi 1918- yildan boshlanadi. Bu davrda bir guruh O‘zbekiston ziyolilari tomonidan “Milliy dorulfunun” ta’sis etilgan bo‘lib, bu oliy ta’lim muassasasida qadimiy an’analarimizni tiklab farzandlarga arab, fors va turkiy tillarni o‘rgatish maqsad qilib qo‘yilgan edi.
Lekin 1944- yilgacha biron arzigulik ilmiy ish qilingani yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratilgani yoki ko‘zga ko‘ringudek sharqshunos-eronshunos yetishib chiqqani ma’lum emas. Eron filologiyasi kafedrasining keng ko‘lamli ilmiy va o‘quv-amaliy faoliyati 1944- yildan boshlandi.
Slayd 3
1944-yilning avgustida O‘rta Osiyo universiteti tarkibida Sharq fakulteti qaytadan tiklandi. Bu fakultetda Moskva va Leningraddan urush tufayli Toshkentga ko‘chirilgan bir guruh sharqshunos olimlar, jumladan, A.P. Barannikov, A.K. Borovkov, Ye.E. Bertels, I.P. Petrushevskiy, K.A. Antonova, N.D. Mikluxo-Maklay va boshqalar ish boshladilar. 1944- yilda fakutet dekani etib A.X. Hamroyev tayinlandi. Bu fakultetda birinchi bo‘lib Ye.E. Bertels boshchiligida Eron filologiyasi kafedrasi tashkil qilingan edi. 1947- yilda fakultetda 4 ta kafedra bo‘lib, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasining mudiri (1955-yildan) A.K. Arends edi. Kafedrada A.G. Gasanbekov, N.F. Leviskiy, S. Mirzayev, B.Z. Xolidov, R.U. Umarov, shuningdek, fors tili namoyandalari eronlik A. Tabotaboiy (Ustuvor), Hamidiy Iftixor, Xal’atbariy, Rustamiy, K.A. Shidfarlar dars berardilar.
Slayd 4
Bu davrda Eron-afg‘on filologiyasining birinchi bitiruvchilaridan akademiklar R.X. Aminova, M.B. Baratov, U. Karimov, A.P. Qayumov, A. Rustamov, professorlar Sh.I. Shomuhamedov, A.G‘. G‘aniyev, A.M. Mannonov, M.S. Imomnazarov, A. Quronbekov, S. G‘aniyeva, dotsentlar N.A. Muhamedova, Z.A. Umarov o‘z hayotlarini sharqshunoslikka bag‘ishlab, O‘zbekistonda taniqli olimlar bo‘lib yetishdilar.
1960- yildan 1979- yilgacha Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasiga Sh.M. Shomuhamedov, A.G‘. G‘aniyevlar rahbarlik qildilar.
Slayd 5
Shoislom Shomuhammedov
Shomuhamedov Shoislom Mahmudovich (1921.16.4, Toshkent — 2007) — sharqshunos-eronshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1968), professor (1970). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—42).
O‘rta Osiyo universiteti sharq fakultetini tugatgan (1952). Shu universitetda o‘qituvchi, dotsent (1958—60), sharq fakulteti dekani (1960—72), universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori (1972—85), Sharq fakulteti (1991 yildan Toshkent sharqshunoslik instituti) xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi mudiri (1966—72), kafedra professori (1985 yildan) bo‘lib ishlagan.
Slayd 6
Shoislom Shomuhamedov olim, shoir va tarjimon sifatida mumtoz va hozirgi zamon eron adabiyoti bo‘yicha tadqiqotlar, o‘quv qo‘llanmalari, fors-tojik adabiyoti klassiklari asarlaridan tarjimalar va uning o‘z qalamiga mansub she’rlar, hikoyalar to‘plamlaridan iborat 90 ga yaqin kitob yaratdi.
Shoislom Shomuhamedov tarjimon sifatida o‘nlab sharq shoirlari asarlarining o‘zbek xalqi ma’naviy mulkiga aylanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Xususan, Firdavsiy «Shohnoma»sining 3 jildli yangi tarjimasi va nashri (1975—79) bevosita Shoislom Shomuhamedovning rahbarligi va ishtirokida amalga oshirildi. U hind, arab, rus, ozarbayjon, tojik, turkman shoirlari asarlaridan ham ko‘plab namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Shoislom Shomuhamedov shoir va yozuvchi sifatida bolalar hamda kattalarga atalgan, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy g‘oyalarni targ‘ib etuvchi o‘nga yaqin she’riy va nasriy asarlarini nashr ettirgan.
Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot laureati (1973), «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Slayd 7
Suyima G’aniyeva
Suyima G‘aniyeva 1932 yil Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Sharq fakultetida ta’lim olgan. 1956 yildan O‘zFA Til va adabiyot institutida, Toshkent Davlat konservatoriyasida, 1993 yildan Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida ishlab kelgan. Olima adabiyotshunoslik, matnshunoslik va tarjimachilik sohasida yaratilgai 20ta kitob va risolalar, 300dan ortiq maqola va taqrizlar muallifi hisoblanadi.
Slayd 8
Alibek Rustamov
(1931.15.5, Yangiyo’l shahri — 2013.10.10, Toshkent) – manbashunos – tilshunos olim. O’zbekiston FA akad. (1995), filologiya fanlari doktori (1968). O’rta Osiyo universiteti sharq fakultetining eron-afg’on bo’limini tugatgan (1955). Shu universitetning tilshunoslik kafedrasida laborant (1956-1957), aspirant (1957-1959), o’qituvchi (1960). O’zbekiston FA Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi (1960-1961), ToshDU sharq fakulteti dotsenti (1961-1965), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti umumiy tilshunoslik kafedrasining mudiri (1965-1990), Toshkent sharqshunoslik instituti turkiyshunoslik kafedrasining mudiri (1991-1999), kafedra professori (2000 yildan). Rustamov asarlari turkiyshunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga, qadimgi turkiy (o’zbek) tili va yozuvi, Navoiy asarlari tilini o’rganishga, uslub va uslubshunoslik, aruz she’r tizimi, mumtoz adabiyot terminlari tadqiqiga bag’ishlangan; u, shuningdek, ilmiy va badiiy tarjima bilan shug’ullanadi
Slayd 9
G’aniyev Abduhofiz-
(1929-1993)Filologiya fanlari doktori,professor.
Quronbekov Ahmadjon-filologiya fanlari doktori,professor
Mahmudov Qozoqboy(1922-2013)Filologiya fanlari doktori,professor Mahmud Koshg’ariy nomli Xalqaro ukofoti sovrindori
Abdullayev Ismatulla-(19270-2005)Xizmat ko’rsatgan fan arbobi;filologiya fanlari doktori,professor,Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori
Imomnazarov Muhammad Sultanovich-filologiya fanlari doktori
Abdullayev Ravshan Vahidovich(1959)-Iqtisod fanlari doktori,professor TIU rektori
Usmonov Orif(1934-2006)-filologiya fanlari doktori
Mannonov Abdurahim Mutalovich(1942)-O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi,filologiya fanlari doktori,professor,TDSHI sobiq rektori
Muhammedova Nadida(1924-2014)-filologiya fanlari doktori
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.