O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy
6000 so'm

=== Taqdimot: O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy turi sifatida
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. O‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi sifatida.
2. Maktabgacha ta’limda qo‘llaniladigan o‘yinlar va ularni tashkil etish uslubiyati.
3. O‘yinni to‘g‘ri tashkil etishda tarbiyachining ahamiyoti.
=== Slayd 3 ===
O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotida tutgan o‘rnini umumlashtirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
=== Slayd 4 ===
O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab, unga o‘rab turgan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining barcha xilma-xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida aks etgan jihatga o‘z munosabatlarini bildirish imkonini beradi.
01
=== Slayd 5 ===
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi asosiy o‘rinni egallab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim.
02
=== Slayd 6 ===
O‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat usullari, axloq me’yorlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar.
03
=== Slayd 7 ===
04
O‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning uslub va usulidir. O‘yin jarayonida bolalarning bilimlar va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim.
=== Slayd 8 ===
Ijodiy o‘yinlar
Qoidali o‘yinlar
Maktabgacha ta’limda qo’llaniladigan bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, ularni ikki guruhga tasniflash mumkin:
=== Slayd 9 ===
Ijodiy o‘yinlarni bolalarning o‘zlari o‘ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoida bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini bolalar o‘yin jarayonida o‘zlari belgilashadi.
=== Slayd 10 ===
Ijodiy o‘yinlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
01
02
03
Syujetli-rolli o‘yinlar
Qurilish-yasash o‘yinlari
Sahnalashtirilgan o‘yinlar
=== Slayd 11 ===
Syujetli rolli o‘yinlar o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti, faoliyati bu o‘yin mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o‘yinlarning o‘ziga xosligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. Buning uchun albatta, bolalar xayol qilingan voqea to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
=== Slayd 12 ===
Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim:
01
02
03
Bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o‘yinini bilishi va doim kuzatib borishi lozim.
Tarbiyachi bolalarning o‘yin davomida muloqotlari, xatti-harakatlarini muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim.
Syujetli rolli o‘yinlarni o‘ynash uchun ma’lum joy ajratish lozim.
=== Slayd 13 ===
04
05
06
O‘yin jarayonida o‘ynash uchun kerak bo‘ladigan o‘yinchoqlarni bolalar o‘z qo‘llari bilan yasashlari uchun barcha jihozlarni tayyorlash lozim.
O‘yin mavzusini tanlashga yordam berish o‘ynashga o‘rgatish usullaridan biridir.
Tarbiyachi hamma bolalarni o‘yinga qatnashishlari uchun harakat qilishi lozim.
=== Slayd 14 ===
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma’lum bir rolni bajarishga, o‘yin jarayonidagi personajlarning aytadigan so‘zlarning yod olinishga asoslangan bo‘lib, bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalar harakatlariga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
=== Slayd 15 ===
Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. I-bosqich:
1. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash.
2. Asarning nafaqat mazmuni balki, unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lishiga e’tibor berish.
3. Asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak.
4. Asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur va asar bolalarning yoshiga mos kelishi zarur.
=== Slayd 16 ===
II-bosqich
IV-bosqich
III-bosqich
O‘yin qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun kerakli materiallarni, kiyimlarni va jihozlarni tayyorlash.
Sahnalshtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib berish.
Asarning bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish.
=== Slayd 17 ===
Bolalarning qurilish-buyum yasash o‘yinlari rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarning o‘z fikrlarini ro‘yobga chiqarish usulidir. Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishlari ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar.
=== Slayd 18 ===
Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda o‘ynashlari uchun yetarli bo‘lishlari lozim
Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quritadigan, bir necha kungacha saqlab qo‘yishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi kerak.
Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo‘lgan g‘ildirakli shkaf bo‘lishi, uni bolalar xohlagan tomonlariga sudrab olib yurishlariga imkon yaratishlari kerak.
Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:
=== Slayd 19 ===
Qurilish materiallari saqlanadigan shkafda mayda o‘yinchoqlar, o‘yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar hamda transport bo‘lishi lozim.
Bolalarning o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli materiallar bo‘lishi lozim.
Bolalarga qurilish usullarini o‘rgatish lozim.
Qurilish materiallaridan yasalgan buyumlarni bir necha kungacha, hatto undan ko‘proq muddat saqlash kerak.
=== Slayd 20 ===
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilim, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolalarni har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
=== Slayd 21 ===
Boshqalarga xalaqit bermaslik
Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
Navbatma-navbat ta’sir etish
So‘ralganda javob berish
O‘yin qoidasini bajarish
O‘rtoqlari fikrini eshita olish
O‘z xatosini tan olish
Riddle 1
01
02
03
04
05
06
=== Slayd 22 ===
Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar
Stol-bosma o‘yinlari
Og‘zaki so‘z o‘yinlari
Didaktik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:
=== Slayd 23 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.