O’TKIR HOSHIMOV
5000 so'm

Slayd 1
O‘TKIR HOSHIMOVNING HAYOTI VA IJODI.
“DUNYONING ISHLARI” ASARI HAQIDA
Slayd 2
Taniqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941-yili 4-avgustda Toshkentda Do’mbirobod mahallasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo’mita raisi.
Slayd 3
Cho‘l havosi” nomli birinchi qissasi 1963-yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e’tiboriga sazovor bo‘lgan. “Urushning so‘nggi qurboni”, “Yanga”, “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Umr savdosi”, “Quyosh tarozusi”, “Oq bulut, oppoq bulut” singari o‘nlab hikoyalari, “Shamol esaveradi” (1968), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Dunyoning ishlari” (1982), “Ikki karra ikki-besh” (1987) qissalari, “Nur borki, soya bor” (1976), “Ikki eshik orasi” (1985), “Tushda kechgan umrlar” (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy o‘zbek xalqining ma’naviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.
Slayd 4
Dunyoning ishlari
O‘tkir Hoshimovning bu asari har biri o‘ziga mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi, “Gilam paypoq”, “Oq oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “oltin baldoq”, “Voris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi. Ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona odob-axloq qoidalarini o‘zida mujassam etgan Ona madh etiladi. Bu qissa, oqsoqol adibimiz, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek “…dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz…”.
Slayd 5
Qarz
Bir kuni gapdan gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik:
– Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa qo‘yyapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi?
– Sandiq qayerda, bolam?- deb kuldi onam. – Qarzlarim bor. O‘shanga beraman-da.
Akamning qovog‘i osildi.
– Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi?
Slayd 6
-E senga nima bolam! Mening ishimga aralashib nima qilasan? Keyin gap boshqa tomonga aylanib ketdi. Bu suhbatni unutib yuborgan edim. Qaysi kuni ertalab hovlida aylanib yursam, qo‘shnimizning 7 yoshar qizchasi Nilufar chiqib qoldi. Oppoq bantik taqib, atlas ko‘ylak kiyib olibdi.
Slayd 7
– Ha Nilu, yasanib olibsan, mehmonga ketyapsanmi? – dedim erkalab.
– Bugun man tugʻildim, – dedi u qop-qora koʻzlarini pirpiratib jilmayarkan.
– Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir.
Uydan bir hovuch konfet olib chiqdim.
– Mana oʻrtoqlaring bilan ye.
Nilufar kattalardek bosh chayqadi:
– Men shokolad yemayman. Tishi tushgan. – Keyin yana oʻsha jiddiy ohangda qoʻshib qoʻydi: Bultur posho buvim menga tufli olib beruvdilar. Tugʻilganimda, – qizcha oʻylanib qoldi. – Keyin-chi, Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga koʻylak…
Qoʻlimdan konfet tushib ketdi.
Slayd 8
Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: “Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu — Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!”
Slayd 9
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan: ““Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.
Slayd 10
Nashr etilgan asarlari:
Hoshimov O‘. Bahor sog‘inchi –T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001.
Hoshimov O‘. Hadikli tushlar. –T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2002.
Hoshimov O‘. Saylanma (2 jildlik). T.: “Sharq”, 1993.
Hoshimov O‘. Bahor qaytmaydi. Toshkent. G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
Slayd 11
O‘quvchilar quyidagi anketa savollariga javob berishlari kerak:
1. O‘tkir Hoshimov tavallud topgan yil – 1941-yil 9-avgust.
2. Otasi – ishchi, kitobni, qiroatxonlikni sevgan.
3. Onasi – Hakima aya go‘zal fazilatlar egasi.
4. Bolaligi o‘tgan qishloq – Do‘mbirobod.
5. O‘tkirga xos tabiat – donishmandlik.
6. Bolalikda eshitgan dostoni – “Kuntug‘mish”.
7. U necha yoshda ijod qila boshladi – 12 yoshdan.
8. Dastlabki ijodi qanday boshlandi – she’rlar yozishdan.
9. Birinchi kitobi – “Po‘lat chavandoz”.
10. Uning ijodiga baho bergan talabchan yozuvchi – Abdulla Qahhor.
Slayd 12
11. Asarlarida ulug‘lanadigan fazilatlar – jonkuyarlik, fidoyilik.
12. Onasiga bag‘ishlangan asari – “Dunyoning ishlari”.
13. Qissaning yozilgan vaqti – 1981-yil.
14. Asar qanday hikoyalardan tashkil topgan – mustaqil .
15. Hikoyalarning barchasini qanday timsol birlashtiradi – Ona.
16. Adibning romanlari – “Cho‘l havosi”, “Bahor qaytmaydi”, “Nur borki, soya bor”, “Qalbingga quloq sol”, “Ikki eshik orasi” kabi…
17. Sahna asarlari: “To‘ylar muborak”, “Sizdan ugina, bizdan bugina”
18. Yozuvchining olgan mukofotlari: O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991) “Dunyoning ishlari” qissasi uchun Oybek nomidagi (1982) hamda “Ikki eshik orasi” romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo‘lgan.
Slayd 13
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.