Savatga “FONETIKA” qo'shildi. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
O‘RTA OSIYODA QO‘LLANILGAN KALENDARLAR. HIJRIY YIL HISOBI. GRIGORIY KALENDARI. ZAMONAVIY KALENDARLAR
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Zardusht quyosh kalendari. VII asrda Zardusht quyosh kalendarining isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari.
2. Hijriy-Shamsiy yil hisobi. Hijriy-Shamsiy kalendar oy nomlari. Hijriy-Shamsiy kalendar yili.
3. Umar Xayyom kalendarining joriy etilishi. Umar Xayyom kalendarining dunyodagi mukammal quyosh kalendari sifatidagi xususiyatlari.
4.Muchal kalendari.
=== Taqdimot 3 ===
Zardusht quyosh kalendari. Vii asrda zardusht quyosh kalendarining isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari
Eron, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini shakllangach, Navro‘zga bu dinga xos urf-odat va an’analar kirib, uni diniy bayram sifatida o‘tkazish odatga aylangan. O‘sha davrda zardushtiylik mafkurasiga mos keladigan kalendar ijod qilishgan, uning oxirgi islohoti Sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Yazdigird davrida amalga oshirilganligi uchun
Yazdigird kalendari deb nomlangan. Bu kalendar 365 kunlik Quyosh (shamsiya) kalendari bo‘lib, uning 12 oyi 30 kundan 360 kun bo‘lgan, qolgan 5 kuni hech bir oyga kirmagan, bu 5 kun 21 martda kiradigan yangi yil oldidan alohida hisoblangan va bu kunlarda Navro‘z oldidan ibodat qilishgan va tayyorgarlik ko‘rishgan. Yazdigird kalendaridagi oy nomlari uning zardushtiylik mafkurasi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turadi.
=== Taqdimot 4 ===
Zardusht quyosh kalendarlarning qadimiy avestodagi va hozirgi nomlari quyidagicha:
Xshatra-vara (Shahrevar) – oliy hokimiyat,
Mitra (Mehr) – yorug‘lik, ahd va osmon xudosi,
Apu (Obon) – suv xudosi
Odar (Ozar) – olov xudosi,
Dotush (Dey) – yaratuvchi,
Vohu Manoh (Baxmon) – yaxshi fikr,
Spenti Omoti (Esfand) – taqvodorlik asosiy aqidalardan biri.
Fravashi (Farvardin) – butun mavjudotning ruhi xudo Axuramazdaning sifatlaridan biri,
Ashi Vaxishta (Ordibehesht chinakam) – taqvodorlik,
Xarvatot (Xo‘rdod) – butunlik va salomatlik xudosi,
Tishtriya (Tir) – Sirius yulduziga zardushtiylar sig‘inganlar,
Ameretot (Mo‘rdod) – abadiylik,
=== Taqdimot 5 ===
Zardusht yil hisobi
Markaziy Osiyo va Eron xalqlari qo‘llagan eng qadimgi yil hisobidir. Zardusht yil hisobi Quyosh yiliga asoslangan bo‘lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qo‘shimcha besh kun bor. Bu besh kun alohida oy hisoblanadi. Bu besh kun sakkizinchi oydan keyin qo‘yilgan bo‘lib, shunda to‘qqizinchi oyning boshlanishi Navro‘zga to‘g‘ri kelgan. Kalendardagi 12 ta oyning nomi “Avesto”dagi turli ma’budalarning nomiga borib taqaladi. Oy tarkibiga kirgan 30 kunning ham alohida nomlari bor. “Avesto”ning milodning VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning to‘liq nomi ro‘yxati keltirilgan. Biroq ba’zi kalendar atamalari “Avesto” “Gotlar”ida ham uchraydi.
=== Taqdimot 6 ===
Zardusht yil hisobi
Zardusht kalendari sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan va dastlab g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat kalendari sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda qadimgi Eron yil hisobi deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy “Xronologiya” asarida zardusht yil hisob miloddan avvalgi 441-yildan boshlangan deb ko‘rsatadi. Zardusht kalendari 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, to‘rt yilda yana bir kun orttirilgan, har to‘rt yilda kabisa yili o‘n ikkinchi oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qo‘shilgan. Zardusht yil hisobidan milodning 622-yilgacha ya’ni, islomgacha qo‘llanib kelindi. 632-yilda sosoniy shoh Yazdgird III zardushtiylik kalendarini isloh qiladi.
=== Taqdimot 7 ===
Zardushtiylar kalendaridagi hafta kunlari nomlarini to‘liq tasavvur etish uchun Andargohga murojaat etish lozim. Andargoh 365 kundan iborat kabisa yili qadimgi sharq xalqlarida besh kundan iborat bo‘lgan yoxud o‘sha davr haftalari besh kundan iborat edi. Hafta iborasi zardushtiylar kalendariga ko‘ra andargohga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 8 ===
Andargoh (hafta)ning har bir kuni Zardusht gotlarining alohida nomlari bilan atalgan. Andargoh (hafta)ning birinchi kuni – ahunavad goh (ahunavayti goso) Andargohning ikkinchi kuni – Ushtavad goh-(ushtavayti goso) Andargohning uchinchi kuni – sipantmada goh (avestoyi spinta maynyu koso) Andargohning to‘rtinchi kuni – Vuhuvhshtasr goh – (vuhuvshasra goso) – ma’nosi yaxshi shahar, go‘zal o‘lka Ahuramazdaning abadiy shahri Andargohning beshinchi kuni – vahiyshtvaysht goh.
Sharqda kabisa yilini Vaxiljak, gazhiyzan’, “o‘g‘irlangan beshlik”, “gohoniy besh kun”, “panja”, “ezgu panja”, “goh” va “andargoh” deb nomlangan.
=== Taqdimot 9 ===
Hozirgi kunda ham zardushtiylar diniga e’tiqod qiluvchilar bor bo‘lib, 1976-yilgi statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda 129 ming kishi bo‘lib, shundan 82 mingtasi Hindistonda, 5 ming kishi Pokistonda, 500 kishi Seylonda, 25 ming Eronda, ulardan 19 ming Tehron shahrida, 3 ming kishi Angliya, Kanada, AQShda, 200 kishi Avstraliyada ham yashaydilar. Sanoqli zardushtiylar Singapur, Aden, Shanxay, Kanton va boshqa hududlarda istiqomat qilmoqdalar. Navro‘z 365 kunlik Quyosh kalendari bo‘yicha kiradigan yangi yilning 1-kuni sifatida bayram qilinadi. Bu kalendar Malikshoh (1072-1092 yillar) davrida kiritilgan, uning oylari yulduz turkumlari nomi bilan atalgani uchun u “burjiy” kalendar deb nomlangan.
=== Taqdimot 10 ===
So‘g‘d kalendari
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda So‘g‘d hududida shahar davlat birlashmalari vujudga kelgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, so‘g‘diylarning oylarida eronliklarniki singari hayitlar va ulug‘ kunlar bor. so‘g‘dlarda o‘n ikkita oy bo‘lib, ularning har biri o‘ttiz kundan iborat. So‘g‘diylar har bir kunni alohida nom bilan ataganlar.
=== Taqdimot 11 ===
So‘g‘d kalendari
1. Navsard
2. J-rj-n
3. Niysanj
4. Basokanj
5. Ashn-x-n-z-a
6. Majndo
7. F-g‘-kon
8. Obonj
9. Fug‘
10. M-s-fug
11. J-m-d-n-j
12. X-sh-v-m
=== Taqdimot 12 ===
Xorazm kalendari
Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm yil hisobi Markaziy Osiyodagi eng qadimgi Quyosh kalendarlaridan biri bo‘lib, Xorazm xalqining yil va oylari urf-odatlari ham so‘g‘dlarnikiga o‘xshaydi, aksincha, eronliklarnikiga esa muxolifdir. Ularda ham yozning boshi novsorjinning avvalidir. Ya’ni, xorazmliklar va so‘g‘dliklarda yil boshi bayrami yangi kun ularning nomlanishi ham deyarli bir xil. Xorazm kalendarida bir yil 12 oy va har bir oy 30 kundan iborat. Qo‘shimcha 5 kun o‘n ikkinchi oyga qo‘shilgan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oylarning to‘liq nomi juda uzun bo‘lib, ko‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi.
=== Taqdimot 13 ===
Xorazm kalendari
Xorazm kalendaridagi oylarining qisqa nomlari
1. Novsorjiy.
2. Ardvst.
3. Xrvdod.
4. Jiriy.
5. Xmidod.
6. Axshrivriy.
7. Avmriy.
8. Yenoxi.
9. Arv.
10. Rimjd.
11. Arshmn.
12. Isfandorajiy.
Xorazm kalendaridai oy nomlarining to‘liq nomi
1. Ruchnofunovsrochi
2. Ardushfvsirx ankom
3. Xrvdod fvihiriy
4. Jiriy forozok
5. Xmdod
6. Axshrivriy
7. Avmriy
8. Yonoxn foxsrson rochibk
9. Arvfvfimxkobhrfin
10. Vsmrfvnofkonj ankom
11. Ashmn fvird ankom
12. Isbandarmajiyfvxshvm
=== Taqdimot 14 ===
Musulmon kalendari
Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo va Kavkaz davlatlari islomga qadar zardushtiylik kalendaridan foydalanishmagan. Islom dini vaqtni hisoblashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Islomdan avval arablar Oy kalendaridan foydalanganlar. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oylar qo‘shishni o‘rganganlar va u oyni “ayam an-nasi” deb ataganlar. Bundan biz arablarning Oy-Quyosh kalendaridan foydalanganligini bilishimiz mumkin.
=== Taqdimot 15 ===
Arab kalendaridagi oy nomlari
1. Muharram
2. Safar
3. Rabiul-avval
4. Rabiul-oxir
5. Jumodul-avval
6. Jumodul-oxir
7. Rajab
8. Sha’bon
9. Ramazon
10. Shavvol
11. Zul-qa’da
12. Zul-xijja
=== Taqdimot 16 ===
Muharram
Muharram – (30) ta’qiqlangan, “man etilgan”, “muqaddas” ma’nolarini beradi. Muharram oyida johiliyat davrida urush harom qilingan. Bu holat yettinchi (rajab), – o‘n birinchi (zulqa’da) va o‘n ikkinchi (zulhijja) oylariga ham tegishli bo‘lgan.
Safar
Safar – (29) “sariq”, “za’faron” degan ma’noni berib, bu oyda arablarga halok qiluvchi yara toshar edi. Insonlarga bu kasallik yetganida yuzlari sarg‘ayib ketardi. Shu sababli bu oyni safar “sariq” deb nomladi. Shuningdek, boshqa bir farazga ko‘ra, safar oyida arablar “safariya” nomli guruh bilan birgalikda oziq-ovqat qidirganlar.
Rabiul-avval
Rabiul-avval – (30) “Rabi” so‘zi arab tilida “bahor” ma’nosini beradi. Ammo Qadimgi arablar “rabi” so‘zini “kuz” ma’nosida ham qo‘llaganlar. Ushbu oy kuz faslida kelgani uchun “birinchi kuz” ma’nosini anglatgan.
=== Taqdimot 17 ===
Jumodul-avval
Jumodul-avval-bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bo‘lib, suv muzlagan paytini anglatuvchiga arabcha “jamoda” so‘zidan olingan bo‘lib, “qotib qolmoq”, muzlamoq ma’nosini beradi.
Jumodul-oxir – (29) kundan iborat.
Rabiul-oxir – “ikkinchi kuz” ma’nosini anglatgan.
Jumodul-oxir
Rabiul-oxir
=== Taqdimot 18 ===
Rajab
Rajab – (30) arablar bu oyni ulug‘laydilar, yana bu oyni “kar oyi” ham deb nomlaydilar, chunki ular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar.
Sha’bon
Sha’bon – (29) “tashaaba” so‘zidan olingan bo‘lib, “tarqalmoq” ma’nosini beradi.
Ramazon
Ramazon – (30) “yondirmoq”, “jazirama oy” ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq paytiga to‘g‘ri kelgan.
=== Taqdimot 19 ===
Shavvol
Shavvol – (29) “ko‘tarilmoq”, “olib bormoq”, “ko‘chirmoq” ma’nolarini beradi. Arab qabilalari bu oyda o‘z joylaridan ko‘chib ketardilar.
Zul-qa’da
Zul-qa’da – (30) “o‘tirmoq”, “uyda qolmoq” ma’nolarini anglatadi. Bu oyda urushlar bo‘lmaydi.
Zul-xijja
Zul-xijja – (29-30) “haj” so‘zidan olinib, “haj qilish” ma’nosini beradi. Arablar bu oyda haj qilganlar.
=== Taqdimot 20 ===
Hijriy yil hisobi
Ikkinchisi, hijriy – Shamsiy yil. Bu yil hisobi Yerning Quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan. Shu sabab hisob Quyosh kunlari asosida olib boriladi va bir yil 365 (366) kunga teng bo‘ladi. Faqat bir oy 28 kundan iborat bo‘ladi. Har 4 yilda bu oyga bir kun qo‘shilib, 29 kunni tashkil qiladi va shu yili kabisa yili hisoblanib 366 kundan iborat bo‘ladi.
Hijriy yil hisobi 622-yil 16-iyul Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.
Birinchisi, hijriy – qamariy yil hisobi bo‘lib, Oyning Yer atrofida aylanish davri 29,5 kecha- kunduz hisobidan olingan. Hijriy yil hisobi ham 12 oydan iborat bo‘lib, 6 oyi 29 kun, 6 oyi 30 kundan iborat bo‘ladi. Bir yil 354 kunni tashkil qiladi. Kabisa yilida 12 oy 30 kun qilib olinadi va bu yil 355 kunni tashkil qiladi.
=== Taqdimot 21 ===
Hijriy yilni aniqlash formulasi bo‘yicha topshiriqlarni bajarish
h = m – 622 + m-622
32
h = 2011 – 622 + 2011-622
32
h = 2011 – 622 + 43
H = 1432
Milodiy yilni aniqlash formulasi bo‘yicha topshiriqlarni bajarish
M = h – h + 622
33
M = 1432 – 1432 + 622
33
M = (1432 – 43) + 622
M = 1389 + 622 = 2011
M = 2011
=== Taqdimot 22 ===
№ Oy nomlari Kuni
1. Muharram 30
2. Safar 29
3. Rabiul–avval 30
4. Rabiul–oxir 29
5. Jumodiul–avval 30
6. Jumodiul–oxir 29
7. Rajab 30
8. Sha’bon 29
9. Ramazon 30
10. Shavvol 29
11. Zul–qa’da 30
12. Zul–hijja 29-30
HIJRIY QAMARIY YIL OYLARI
=== Taqdimot 23 ===
Hijriy – Shamsiy yil oylari
=== Taqdimot 24 ===
Umar Hayyom kalendari
Umar Hayyom 1074-yilida Nizom ul-Mulkni taklifi bilan Bog‘dodga boradi. U yerdagi “Nizomiya” akademiyasining atoqli munajjimlariga rahbarlik qiladi. Bu kalendar bo‘yicha 33 yilda 8 ta kabisa yili keladi va yilning uzunligi 365 kun 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng 1079-yil 16-martdan boshlab Eronda qabul qilindi va hozirgacha Eron va Afg‘onistonda qo‘llanib kelmoqda. Yangi yilni 1 kuni Hamal (Navro‘z) hisoblanadi. Hijriy Shamsiy oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtida keladi.
=== Taqdimot 25 ===
Umar Hayyom kalendari
Bu kalendar “Ziji Malikshox” deb ham atalgan. Kalendar 4500-yilda
1 sutka xato qiladi. Milodiy 1079-yilda Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshox Yazdigird yil hisobini isloh qilish to‘g‘risida buyruq beradi. Kalendar islohoti maxsus tuzilgan hay’at tomonidan o‘rganib chiqiladi. Unga shoir va olim Umar Xayyom rahbarlik qiladi. Kalendar Eron shohi Malikshox tomonidan 1079-yil 16-martda (bu davrda yulian kalendari bo‘yicha bahorgi teng kunlik shu kunga to‘g‘ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo‘yicha 471-yilning ramazon oyida qabul qilindi. Yangi kalendarda yilning boshlanishi bahorgi tengkunlikka to‘g‘ri kelishi kerak edi. Chunki o‘sha vaqtda yangi yilning boshlanishi bahorgi teng kunlikdan deyarli bir hafta uzoqlanib, 14-16-martga to‘g‘ri kelib qolgan edi. Agar yangi yil 20, 21 va 22-martdan boshlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
=== Taqdimot 26 ===
Muchal kalendari
Muchal-bu 12 hayvon nomi bilan atalgan yil va qadimgi davrlarda yaponlar, koreyslar, mo‘g‘ullar, xitoylar va turklar asrlar davomida ushbu hisob-kitobga amal qilishgan. 12 muchal haqida ma’lumot Abu Rayhon Beruniy va Ulug‘bek asarlarida mavjud. Muchal taqvimi 22-martda boshlanadi. Yanvar, fevral va 21-mart kunlari o‘tgan yilga kiritilgan. Yoz yillarida odamning yoshi hisoblanganda, hisobga yana bir yil qo‘shiladi. Insonning yoshi bachadonga qarab hisoblanadi.
=== Taqdimot 27 ===
=== Taqdimot 28 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
0.00
0 sharh
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Rahmat!
Sizning sharhingiz taqdim etildi
“O‘RTA OSIYODA QO‘LLANILGAN KALENDARLAR. HIJRIY YIL HISOBI. GRIGORIY KALENDARI. ZAMONAVIY KALENDARLAR” uchun birinchi sharh yozing; Javobni bekor qilish
Kategoriya: Asosiy
Tegishli mahsulotlar
GUIDELINES FOR WRITING
5000 so'm
DISCUSSION ESSAYS
5000 so'm
FONETIKA
5000 so'm
HUJAYRA ORGANOIDLARI
5000 so'm
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.