=== Taqdimot 1 ===
O‘rta asrlar (V-XVII asrlar) va Yangi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport (XVIII-XIX asrlar)
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
O‘rta asrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport turli madaniyatlar, dinlar va ijtimoiy tuzumlarga ko‘ra rivojlangan. Bu davrda sport va jismoniy mashg‘ulotlar asosan harbiy tayyorgarlik, ovchilik va diniy marosimlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Quyida turli mintaqalardagi o‘ziga xos jihatlar haqida ma’lumot keltiriladi.
O‘rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport
=== Taqdimot 4 ===
O‘rta asrlarda Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida jismoniy tarbiya an’anaviy fe’l-atvorga ega bo‘lgan. O‘rta asr davri V-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda feodal tuzum G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga kelib, rivojlanib borgan. Markaziy Amerika, Avstraliya qit’alari, Osiyoning shimoliy hududlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk quldorchilik tuzumi davom etgan. O‘rta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrika kabi bir qancha mamlakatlarda feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davr edi. G‘arbiy hamda Sharqiy Yevropaning, Hindi-Xitoyning ko‘pgina davlatlari, Arab davlatlari, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlar vujudga kelgan.
O‘rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport
=== Taqdimot 5 ===
Ba’zi bir xalqlar quldorlik tuzumini chetlab, ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal munosabatlarga o‘tganlar. O‘rta asrlar jamiyatining asosiy tarkibini feodallar va dehqonlar tashkil etgan. Feodalizm davrida yer zodagon feodallarning mulki hisoblangan. Ular o‘rtasida butun o‘rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib borilgan. Bu kurash o‘sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, feodallar va xalq ommasining jismoniy tarbiyasiga ham hal qiluvchi ta’sir qilgan edi.
=== Taqdimot 6 ===
Feodallar jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib, o‘zlarini bosqinchilik urushlariga va dehqonlarning qo‘zg‘olonlarini bostirishga tayyorlab borganlar. Urush olib borishning yangi usuli va yangi harbiy-jismoniy tarbiya vositalari va usullarida ayrim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ritsarlarning butun tarbiyasi harbiy-jismoniy tayyorgarlikdan iborat edi. Ritsarlik musobaqalari o‘sha vaqtlarda o‘ziga xos ko‘ngil ochish vositasi emas, balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsarlarning harbiy-jismoniy jihatdan tayyorgarligini namoyish etuvchi ko‘rik, nayza va qilichni ishlatish mahoratiga doir musobaqa edi.
=== Taqdimot 7 ===
Bu davrlarda shahar aholisi orasida yugurish, sakrash, tosh uloqtirish, og‘irlikni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, qilichbozlik, yoydan oq otish, kurash va to‘p o‘ynash kabi jismoniy mashqlar keng tarqalgan. Ular bu mashqlar yuzasidan uyushtiriladigan musobaqalarni bayram kunlari o‘tkazgan. Ular qirol yoki harbiy boshliq chaqirig‘i bilan qurollangan holda yetib kelishlari va harbiy yurishlarda qatnashish uchun tayyor bo‘lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta’lim yaxshi tashkil etilmagan, chunki aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning uyushgan harbiy ta’lim tizimi shakllanmagan edi.
=== Taqdimot 8 ===
Dehqonlar uchun harbiy jismoniy tarbiya faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur bo‘lgan. Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy fe’l-atvori birinchi navbatda jismoniy tarbiyadan foydalanish maqsadlarida namoyon bo‘lgan. Dehqonlar jismoniy tarbiyadan mehnat va jangovar faoliyatga tayyorlash vositalaridan biri sifatida, yuqori martabaga erishgan feodal asilzodalar esa o‘z qudratini mustahkamlash vositasi sifatida foydalanganlar.
=== Taqdimot 9 ===
Ritsarlarni tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov qilish, suzish, kamondan o‘q otish, shaxmat o‘yini, she’r aytish kabilardan foydalanilgan. Ritsarlar tayyorlash tizimining dastlabki bosqichida oddiy feodallar o‘zlarining 7 yoshlik o‘g‘illarini senor (boy feodal) qal’asiga yuborganlar. Bo‘lajak ritsarlar qal’ada 7 yoshdan 14 yoshgacha paj xizmatini o‘taganlar va bunda zodagon, obro‘li feodal ayollar tarbiyasini olganlar. Bu davrda ular kuchli va epchil bo‘lish uchun maxsus o‘qituvchilar yordamida kamalak otish, tosh va nayza uloqtirish, sakrash, yugurish, suzish va otda yurish kabi mashqlar o‘rgatilgan. Ularga ov qilish, harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish va ritsarlik odob qoidalari o‘rgatilgan. Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar navbatdagi bosqichga ya’ni 14 yoshga yetgan pajlar qurolbardorlikka o‘tkazilgan.
Ritsarlar jismoniy tarbiya tizimi
=== Taqdimot 10 ===
Musobaqa o‘yinlari feodallarning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lib harbiy va sport guruhlariga ajratilgan. Feodallarning eng ommaviy sport o‘yini kichik koptok – hozirgi tennis koptokiga o‘xshash koptok o‘yini edi. Fransiyada bu o‘yin “jo de po‘m” deb atalgan. Bu o‘yin uchun maxsus to‘r, koptoklar, raketkalar tayyorlanib, maxsus bino “o‘yin uyi” qurilgan. Katta to‘p “so‘l” o‘yini – futbol o‘yinini eslatuvchi o‘yin edi. Lekin qirol va uning atrofidagi asilzodalar undan hazar qilmas edilar. Butun XV asr davomida musobaqalar o‘tkazib turildi, lekin endi kishilarning e’tibori musobaqa ishtirokchilarining mahorati va harbiy ta’limiga emas, balki kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga qaratilgan edi. 1487-yilda so‘nggi umum German musobaqalari, 1512-yilda esa oxirgi mahalliy musobaqalar bo‘lib o‘tgan. Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq tizimi asta-sekin unutib borildi. Ritsarlik tarbiya tizimi o‘rnida jentlmenlar tayyorlash tizimi vujudga kela boshladi.
=== Taqdimot 11 ===
XIV asrda Shveysariyada 16-18 yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida yugurish, sakrash, kurash, nayza uloqtirish, tayoqlarda qilichbozlik kabi mashq turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan. XV asrda Yevropa davlatlarida dehqon va hunarmandlar katolik dini va feodallarga qarshi g‘alayon va qo‘zg‘alonlarida jismoniy mashqlardan harbiy maqsadda samarali foydalanganlar.
=== Taqdimot 12 ===
Fransiyada “Jo de po‘m” o‘yinidagi o‘zgarishlar shahar sharoitlarining o‘yinlar taraqqiy etishiga bo‘lgan ta’sirini yaqqol ko‘rsatadi. “Jo de po‘m” o‘yini har xil joylarda – ritsarlik qal’alarida, cherkov maydonlarida o‘ynalgan edi. Keyin esa “jo de po‘m” o‘yini uchun atrofi yopilgan maxsus maydonlar qurilgan.
Angliyada futbol o‘yini ham taxminan xuddi shunday taraqqiy etdi. Ilgarigi vaqtlarda bu o‘yin dehqonlar o‘yini edi. Hosil yig‘ib olingandan keyin qo‘shni qishloq dehqonlari hosili o‘rib olingan dalalarda to‘p bilan o‘ynar edilar. Shaharliklar markaziy bozor maydonida yoki ko‘chalarda futbol o‘ynar edilar.
=== Taqdimot 13 ===
O‘rta asrlarda o‘q otish qurollarining kashf etilishi ritsarlik tarbiya tizimi barham topishining muhim sabablaridan biridir. Shahar va qishloq aholisi o‘rtasida jismoniy mashqlar turli xil o‘yinlar bilan ommaviy shug‘ullanish vaziyati yuzaga kelgan edi. Shahar va qishloqlarda o‘ziga xos bo‘lgan an’analar, bayramlar, katta ziyofatlar uyushtirib, kurash, mushtlashish va boshqa mashq va o‘yinlarni tashkil etish keng rivojlangan. Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamlakatlarida qadimgi an’analarning uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
=== Taqdimot 14 ===
Gumanistlar o‘rta asr ilohiy qarashlariga qarama-qarshi o‘laroq, inson shaxsini ulug‘ladilar, insonga, uning kuch va qobiliyatiga ishonch bilan qaradilar. Insonga bo‘lgan qarashlardagi bunday o‘zgarish odatda “gumanizm” – insonparvarlik tushunchasi bilan bog‘langan. So‘nggi o‘rta asr davridagi gumanizm ikki asosiy manbadan: qadimgi xalqlar madaniyati va xalq ijodidan foydalangan. Biroq ular xalq ijodidan kam foydalanganlar, shuning uchun so‘nggi o‘rta asr davrining gumanizmi asosan qadimgi dunyoda yaratilgan qadriyatlarni tiklashdan iborat edi.
Jismoniy tarbiya to‘g‘risida gumanistlar ta’limoti
=== Taqdimot 15 ===
Gumanistlar — insonparvarlik g‘oyalari va inson huquqlarini targ‘ib qiluvchi, odatda, madaniyat, san’at, adabiyot va fan sohalarida faoliyat yurituvchi shaxslar hisoblanadi. Gumanizm tushunchasi insoniyatning markaziy o‘rinda ekanligini ta’kidlaydi va insonning shaxsiy erkinligi, qadr-qimmati hamda axloqiy javobgarligini ilgari suradi. Ular inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ta’limni rivojlantirishga hissa qo‘shish, ijtimoiy adolat va tenglik uchun kurash, insoniyatning umumiy manfaatlariga mos keladigan loyihalar va harakatlarni amalga oshirish kabilarni ilgari surishgan.
=== Taqdimot 16 ===
Bolalarni sof havoda o‘ynatish, suvda suzish va turli jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirgan. Vittorino da Feltre o‘quvchilarning sog‘ligi va jismoniy kamoloti to‘g‘risida ayniqsa ko‘p g‘amxo‘rlik qilgan edi. Feltre o‘quvchilarni sof havoda harakatli o‘yinlar o‘ynashga, suvda suzishga va jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirgan edi; bu esa o‘quvchilarning jismoniy kuchini, epchilligini rivojlantirishga va chiroyli odob axloqlarini tarbiyalashga yordam bergan.
Vittorino da Feltre (1378-1446)
=== Taqdimot 17 ===
Rabli tarbiyada aniq tartib, ya’ni tozalik, ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bo‘lishi shartligini ta’kidlagan. O‘quvchilarni erkin fikrlashga va erkin harakat qilishga olib keladigan tarbiyani tavsiya qilgan. U inson shaxsining axloqiy, aqliy va jismoniy tomonlarini tarkib toptirishni istagan.
Fransua Rabli (1483-1553)
=== Taqdimot 18 ===
Mashhur italyan gumanisti gimnastikaga doir oltita kitob yozgan. Dastlabki uch kitobi jismoniy mashqlar tarixini yoritishga, qolgan uch kitobi esa jismoniy mashqlarni tibbiy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Iyeronim Merkurialis barcha mashqlarni haqiqiy (davolash), harbiy (hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga ajratgan edi. Merkurialis ayrim mashqlarning ahamiyatini baholab, ko‘proq jismoniy kuch talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsiflagan. U sog‘lomlashtirish-gigiyena jihatdan foyda berishi mumkin bo‘lgan mashqlarni bajarishni tavsiya qilgan.
Iyeronim Merkurialis (1530-1606)
=== Taqdimot 19 ===
Yangi davrda Jon Lok, Jan-Jak Russo, Iogann Pestalotssining pedagogik qarashlari, nemis filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta’sir etgan. Jon Lokk (1632-1704) ingliz faylasufi va pedagog olimi bo‘lgan. Lok o‘zining pedagogikaga doir qarashlarini “Tarbiya to‘g‘risidagi fikrlar” (1693) nomli kitobida bayon qilgan. Jon Lok o‘z falsafiy va pedagogik ta’limotida ingliz zodagonlarining manfaatini ifoda etgan. Jon Lokning fikricha, tarbiyaning vazifasi – oddiy kishilar emas, balki o‘z ishlarini samarali va ishbilarmonlik bilan olib bora oladigan jentelmenlarni tarbiyalashdan iborat.
Yangi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport (XVIII-XIX asrlar)
=== Taqdimot 20 ===
Jon lok jismoniy tarbiyani sihat-salomatlik va farovonligimiz uchun zarurdir, deb ta’kidlagan. Lok qadimgi Rim shoiri Yuvenalning “Sog‘lom tanda sog‘ aql” degan so‘zlariga rioya qilish kerak, deb hisoblagan. Shu sababli, bolaning yoshlik chog‘idanoq tanasini chiniqtirish, charchashga, qiyinchiliklarga, o‘zgarishlarga bardosh berishga va tartibga rioya qilishning ahamiyatini asoslab, bolaning kiyimi, ovqati va kun tartibi qanday bo‘lishi to‘g‘risida maslahatlar bergan. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya, bolaning mard va chidamli bo‘lishiga imkon beradi. Jon Lok insonning ichki va tashqi tajribasini bilish manbai, deb hisoblagan.
Jon Lok (1632-1704)
=== Taqdimot 21 ===
Jan-Jak Russo fransuz ma’rifatchi arboblaridan biridir. Russoning “Emil yoki tarbiya to‘g‘risida” kitobida kishini tabiatga muvofiq ravishda individual tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Uning fikricha, inson erkin bo‘lib tug‘iladi, lekin u yo‘rgakdalik chog‘idayoq, dastlab o‘z odatlarining quliga, so‘ngra esa jamiyat quliga aylanadi. Hech qanday odatlarga ega bo‘lmaslik – eng yaxshi odatdir. “Tana jondan ilgari tug‘iladi, shuning uchun dastlab tana to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kerak, bu har ikkala jins uchun ham umumiy bo‘lgan tartibdir”- degan. Russo jismoniy tarbiyani tabiiy ozod insonni tarkib toptirishning asosi deb hisoblagan.
Jan-Jak Russo (1712-1778)
=== Taqdimot 22 ===
Fransiyada hukumat tomonidan mamlakatda gimnastika joriy qilish ishlari polkovnik Fransisko Amorosga (1770-1848) yuklatilgan edi. Fransisko Amoros 1817-yilda harbiy gimnastika maktabini tashkil qilgan. Uning “Jismoniy, gimnastika va axloqiy tarbiyaga doir qo‘llanma” (1830) kitobi barcha maktablarga joriy etilgan.
Fransuz gimnastika tizimi
=== Taqdimot 23 ===
Chexiyada XIX asrning 60-yillarida “Sokol” gimnastika harakati vujudga kelgan. “Sokol” gimnastikasining muallifi, mashqlarning asosiy texnikasi va usullarini ishlab chiqqan mutaxassis, professor Miroslav Tirish (1832-1884) bo‘lgan. 1871-yilda Chexiyada 130 ta “Sokol” jamiyati mavjud bo‘Igan. Jamiyatda chex jismoniy tarbiyasining milliy tizimi tarkib topib, ayrim jihatlari nemis gimnastikasiga o‘xshagan. Tizimda mashqlarning gavdaga ta’siri emas, balki bajariladigan harakatlarga ko‘proq e’tibor berilgan. Keyinchalik gimnastika mashqlarining odam sog‘ligiga va uning irodasiga bo‘lgan ta’sirini e’tirof etib, kitoblar yozishgan. “Sokol” gimnastikasi nemis gimnastikasiga nisbatan ancha boy va uslubiy jihatdan ancha mukammal bo‘lgan.
“Sokol” gimnastika tizimi
=== Taqdimot 24 ===
Sport o‘yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko‘p mamlakatlarda tashkil topgan. Ularning tashkiliy va uslubiy shakllari o‘ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo‘ljallangan va yaxshi natijalarga erishishni ko‘zda tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o‘yinlarni o‘zida mujassamlangan. Shimoliy mamlakatlarda chang‘ida va konkida uchish musobaqalari o‘tkazilgan. Shahar va qishloqlarning aholisi orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o‘yini, kriket, kamon va to‘pponchadan o‘q otishlar keng rivojlangan.
Sport o‘yinlari tizimi
=== Taqdimot 25 ===
Sport o‘yinlari tizimining asoschisi Regbi shahridagi kollej direktori pedagog Tomas Arnold (1795-1842) bo‘lgan. U o‘z faoliyatida o‘quvchilarining harakatchanligi va faolligini rivojlantiruvchi, qiyin sharoitlarga tezda mo‘ljal olish, qo‘rqmaslikni tarbiyalovchi sport turlariga katta e’tibor bergan.
XVII asr o‘rtalarida Buyuk Britaniyada
=== Taqdimot 26 ===
Sport o‘yinlari tizimi AQSHda keng rivojlangan. XIX asrning 20-30-yillarida mamlakatning turli o‘quv yurtlari, universitetlarida jismoniy tarbiya darslari kiritilgan. 1850-1870-yillarida ba’zi sport klublari tashkil etilib, musobaqalar o‘tkazilgan. AQSHning milliy aholisi – hindular orasida turli xil o‘yinlar davom etgan. Ular qilichbozlik, kamondan o‘q otish, nayza uloqtirish, uzoq masofalarga yugurish, sakrash, kurash va boshqa mashqlar bilan doimiy shug‘ullanganlar.
AQSHda sport о‘yinlari tizimi
=== Taqdimot 27 ===
AQSHda 1870-yilda yoshlarning xristian tashkilotlarida sport bilan shug‘ullantirish ishlari amalga oshirilgan. Bunda shved va nemis gimnastika tizimi mazmuni va usullaridan foydalanilgan. O‘rgatishda diniy xodimlar ruh, aql va tana majmuidagi tushunchalar asosida sport o‘yinlarini qo‘llagan edi. AQSH xristian yoshlar ittifoqining g‘oyalari, ish shakllari va usullari Yevropa mamlakatlariga ham keng tarqalgan.
=== Taqdimot 28 ===
Havaskorlik sportiga maqom berishdan maqsad aristokratik sport doirasidagilar va boshqa sohalardagi sportchilarni chegaralash, o‘z navbatida esa jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ishchilar, sport sohasidagi mutaxassislar, murabbiylar, pedagoglarga keng imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turlari bo‘yicha klublar yuzaga keldi va shular qatorida sport jamiyatlari tashkil etilgan. Sport harakatining rivojlanishi musobaqalarning qoidalarini yaratish, rekordlarni rasmiylashtirish, axborotlarni yig‘ish kabi faoliyatlarni yuritishni taqozo qildi.
Havaskorlik sporti
=== Taqdimot 29 ===
Bu avvalo milliy, keyinchalik sport turlari bo‘yicha xalqaro uyushmalarni tashkil qilishga olib keldi, ya’ni uyushmalar, ligalar, federatsiyalar yuzaga kelgan. Birinchi milliy uyushma – AQSHning beysbol milliy federatsiyasi 1858-yilda ta’sis etilgan. 1863-yilda Angliya futbol ligasi tuzilgan. Keyinchalik esa gimnastika, qilichbozlik, boks va boshqa sport turlari bo‘yicha milliy uyushmalar Yevropa, Amerika, Osiyo, Avstraliya mamlakatlarida ham tashkil qilingan. Sport harakatining kengayishi, qit’alarda milliy sport uyushmalarining tashkil etilishi, xalqaro sport federatsiyalarining ta’sis etilishi va musobaqalar o‘tkazilishi zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklashga olib kelgan.
=== Taqdimot 30 ===
XVII-XVIII asrlarda professional sport paydo bo‘lgan, bu savdo, ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan uzviy bog‘liq edi. Professional sport – sportning sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishga doir qismi bo‘lib, sportchilar ularda o‘zining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik ko‘rganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi. Professional sportning salbiy tomonlari bilan birgalikda uning targ‘ibot yo‘lidagi ba’zi ijobiy xususiyatlarini ham tan olishga to‘g‘ri keladi.
Professional sport
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.