- Savatga boshqa "GLOBAL JARAYONLAR VA BARQAROR TARAQQIYOT" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
O‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim
3000 so'm

=== Taqdimot: O‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
=== Slayd 2 ===
Ushbu mavzudagi asosiy tushunchalar:
=== Slayd 3 ===
Mundarija:
01
04
02
03
Ijtimoiy kompetensiya tushunchasi
Zamonaviy ta’lim konsepsiyasi
Ijtimoiy kompetensiyalar va ta’lim texnologiyalari o‘zaro bog‘liqligi
Ta’lim texnologiyalari nima?
=== Slayd 4 ===
Kirish
Dolzarblik:O‘zaro muloqot qilish, jamoada ishlash, mas’uliyat, empatiya kabi sifatlarni rivojlantirish – zamonaviy fuqaro tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maqsad:O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlarini ochib berish, samarali metodlarni namoyish etish.
=== Slayd 5 ===
“Ilm, ma’rifat va tarbiya – insonning eng yuksak qurolidir”.
—Abdulla Qodiriy
=== Slayd 6 ===
Ijtimoiy kompetensiya tushunchasi – bu shaxsning jamiyatda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi, muloqotga kirishishi, jamoaviy faoliyatda ishtirok etishi va madaniy mezonlarga asoslangan xatti-harakatlar ko‘rsatish qobiliyatidir.
=== Slayd 7 ===
Hamkorlik va jamoaviy ish
Ijtimoiy kompetensiya
Asosiy tarkibiy qismlari
Muloqot ko‘nikmalari
Empatiya va bag‘rikenglik
Tanqidiy va konstruktiv fikrlash
Fikrini erkin bayon qilish, tinglash va javob berish madaniyati.
Qaror qabul qilish, muammoga ijobiy yondashish
Guruhda ishlash, fikr almashish va kelishuvga erisha olish.
Boshqalarni tushunish, hurmat qilish
=== Slayd 8 ===
Ijtimoiy kompetensiyalarning ahamiyati
O‘quvchi o‘z fikrini aniq va ravon ifoda eta oladi. Tanqidiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.
Boshqalarni tinglash, hurmat qilish va ijtimoiy munosabatlar o‘rnatishga tayyor bo‘ladi.
Faol, tashabbuskor, mas’uliyatli shaxs tarbiyalanadi.
Shaxsiy rivojlanishda:
Jamiyatda muvaffaqiyatli integratsiyada:
Ta’lim jarayonida:
=== Slayd 9 ===
Zamonaviy ta’lim konsepsiyasi
Amaliy faoliyatda o‘z bilimini tatbiq eta olish; Ijodkorlik, mustaqil fikrlash va mas’uliyat hislarini rivojlantirish.
Kompetensiyaviy yondashuv mazmuni:
Asosiy g‘oya:
An’anaviy ta’limdan kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tish – zamonaviy ta’limning bosh tamoyilidir.
=== Slayd 10 ===
Zamonaviy ta’lim konsepsiyasining asosiy tamoyillari:
=== Slayd 11 ===
O‘quvchi – ta’lim jarayonining markaziy subyekti sifatida qaraladi.
O‘qituvchi – yo‘naltiruvchi, tashkilotchi va motivatsiya beruvchi rolida.
Har bir texnologiya aniq maqsad, bosqichli reja, interaktiv usullar va tahlil mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim samaradorligini oshirish
O‘quvchini faollashtirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish
O‘qitish jarayonini tizimli va rejalashtirilgan holga keltirish
Ta’lim texnologiyalari nima?
=== Slayd 12 ===
Ta’lim texnologiyasi
Bu o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan, rejali, tartibli va natijaga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatini tashkil etish usullarining majmuasidir.
Bu faqatgina usul emas, balki o‘qitishning tizimli strategiyasi bo‘lib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga, ularni mustaqil, faol va ijodkor etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
=== Slayd 13 ===
Ta’lim texnologiyasi ko‘rinishlari
“Aqliy hujum”, “Rol o‘ynash”, “Munozara”
Onlayn platformalar, bloglar, chatlar, AKT orqali masofaviy muloqot va axborot almashish
Guruhiy ish orqali ijtimoiy masalalarni yechish
Real ijtimoiy vaziyatlar asosida o‘rganish
Interaktiv metodlar
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar
Loyihaviy texnologiya
Muammoli ta’lim
=== Slayd 14 ===
Ijtimoiy kompetensiya shakllanishida interaktiv metodlar
1-sinf o‘quvchilari “Yaxshi do‘st qanday bo‘ladi?” mavzusida rolli o‘yin o‘ynaydi.
O‘quvchilar o‘zaro muomala qilishni, fikr bildirishni, boshqani tinglashni o‘rganadilar – bu ijtimoiy kompetensiyalarning shakllanishiga olib keladi.
Har bir darsda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullardan foydalanish kerak.
Amaliy misol:
Natija:
Xulosa
=== Slayd 15 ===
Loyihaviy texnologiya – bu o‘quvchilarning real hayotga yaqin, muammoli vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan, mustaqil va guruhiy faoliyat orqali bilim olish usulidir. O‘qituvchi emas, o‘quvchi – asosiy subyekt.
=== Slayd 16 ===
Loyihani rejalashtirish.Mavzuni tanlash, maqsadni aniqlash, savollarni belgilash.Loyihani tashkil etish.Guruhlarni tuzish, vazifalarni taqsimlash.Izlanish va bajarish.Manbalarni o‘rganish, ma’lumot to‘plash, muammo ustida ishlash.Taqdimot bosqichi.Loyiha natijalarini sinf oldida taqdim qilish (slayd, plakat, video va boshqalar).Baholash va tahlil qilish.O‘qituvchi va o‘quvchilar fikri, o‘z-o‘zini baholash.
Loyihaviy texnologiyaning bosqichlari:
=== Slayd 17 ===
Loyihaviy texnologiyaga amaliy misol
🏫 Mavzu: “Gul va kitob”
📚 Fan: Texnologiya / Tabiatshunoslik / Integratsiyalashgan dars (STEAM)
👦 Sinf: 3–4-sinf
Maqsadi: O‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish; Tabiatdagi go‘zallik – gullar orqali estetik didni shakllantirish; O‘quvchilarning mustaqil fikrlash, loyihalash, amaliy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
=== Slayd 18 ===
Tayyorlov bosqichi (muammoni qo‘yish):
“Gullarni kitob bilan qanday bog‘lash mumkin?”
Topshiriq: Guruhlarga bo‘linib, loyiha rejasi tuziladi.
Tadqiqot bosqichi:
turli kitoblar, o‘quvchilarning sevimli asarlari haqida ma’lumot
yig‘ish; tabiiy va sun’iy gullar haqida ma’lumot yig‘ish
Loyihalash bosqichi: Kitob qopqog‘i uchun gul shaklidagi
bezaklar loyihasini chizish;
Kartondan, matodan yoki rangli qog‘ozdan gul yasash;
Amaliyot bosqichi: gul shaklidagi kitob zakladkalari, kitobga
sovg‘a sifatida bezakli guldastalar, gulli kitob muqovalari;
Bosqichlari va mazmuni
=== Slayd 19 ===
Taqdimot bosqichi: Guruhlar o‘z loyihalarini
sinfdoshlariga taqdim etadi; Har bir guruh
ishlatilgan materiallar, texnikalar va g‘oya
haqida so‘zlaydi; Sinfda “Gul va kitob” ko‘rgazmasi
tashkil etiladi.
Tahlil va baholash bosqichi: guruh kreativligi, tozaligi,
estetikasi, dolzarbligi baholanadi; o‘quvchilarda ijodkorlik va
dizayn madaniyati rivojlanadi; kitobga nisbatan mehr va
e’tibor ortadi; estetik va ekologik tarbiya kuchayadi;
Jamoaviy faoliyatga qiziqish ortadi.
=== Slayd 20 ===
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar
Bu zamonaviy axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, tahlil qilish va tarqatish imkonini beruvchi texnologiyalar majmuasidir.
=== Slayd 21 ===
Masofaviy ta’lim afzalliklari
Joy va vaqtga bog‘liq emaslik;
Dunyodagi yetakchi professorlardan dars olish imkoniyati;
Transport, turar joy va boshqa xarajatlar yo‘q.
Ishlayotganlar uchun qulay
=== Slayd 22 ===
Ijtimoiy kompetensiya shakllanishida AKT
=== Slayd 23 ===
Muammoli ta’lim texnologiyasi
=== Slayd 24 ===
Muammoli ta’lim mohiyati
Tanqidiy va tizimli fikrlashni rivojlantirish
O‘quvchida mustaqil izlanish
Hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatish
Fkrlash ko‘nikmalarini shakllantirish
=== Slayd 25 ===
Muammoli ta’limning bosqichlari
Muammoli vaziyatni yaratish
01
Muammoni anglash
02
Gipotezani (taxmin) ilgari surish
03
Yechish yo‘llarini izlash
04
Xulosa chiqarish
05
=== Slayd 26 ===
Muammoli ta’limga real misollar
Do‘stlik nima?
Ikki do‘st bir-birini gap bilan haqorat qildi.
Ular qanday yo‘l bilan yarashishi mumkin?
Rolli o‘yinlar, munozara, sabab-oqibatni aniqlash orqali to‘g‘ri xulosa chiqarish.
Muammo
O‘quvchi faoliyati
O‘quvchilarda ijtimoiy-emosional kompetensiyalar rivojlanadi.
Natija
=== Slayd 27 ===
Ta’lim texnologiyalarini ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiring.
Interaktiv metodlardan foydalining.
Hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar bering.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) imkoniyatlaridan foydalaning.
O‘qituvchi – model shaxs sifatida namuna bo‘lishi kerak.
Baholashda ijtimoiy faollikni inobatga oling
Refleksiya (o‘z-o‘zini tahlil qilish)ga vaqt ajrating.
Tavsiya va eslatmalar
=== Slayd 28 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.